tilshunosligida keng tarqalgan qiyosiy, sinxron tasviriy, statistik va struktur-semantik
metodlardan foydalanildi. Shuningdek, ingliz va o’zbek tilshunosligida keyingi davrda
ustozlarimiz; Dots.R. Qiyomov va Dots. S. Egamberdiyevlar qo’lga kiritilgan yutuqlar ushbu
6
Bitiruv malakaviy ishning ilmiy yangiligi. Ingliz tili qo’shma gap birligining qo’llanishi
maxsus tadqiq etilmagan. Qo’shma gaplarning bir qirrasi -ingliz tili qo’shma gaplarining o’zbek
tilida berilishi xususiyatlari diqqat markazda bo’ldi va quyidagilarga erishildi:
- qo’shma gap tahlilida ingliz va o’zbek olimlari yaratgan nazariyalardan kelib chiqildi;
- qo’shma gap tipik turlari tarkibida gaplarning kelishi ularning o’ziga xos xususiyatlari,
o’zaro munosabati va semantikasi har ikki til materialida tadqiq etildi;
- ergashgan qo’shma gaplar har ikki tilda qo’llanganda ularning o’ziga xos xususiyatlari
ko’rsatildi;
- qo’shma gaplarning ingliz tilidan o’zbek tiliga tarjimalarida qo’llanishi tahlil etildi;
- ingliz tilidagi ba’zi qo’shma gaplarning o’zbek tiliga tarjima qilganda sodda gap tarzida
qo’llanishi qayd etildi;
- ingliz tilidagi qo’shma gap qismlarining o’zaro birikishi tahlili berildi va o’zbek tilidagi
varianti bilan qiyoslandi;
- qo’shma gaplarning mazmuni xususiyatlari har ikki tilning o’ziga xos xususiyatlari dan kelib
chiqqanligi va ba’zi mazmun bo’yoqlari bo’rttirilib, ayrimlari kuchsizlantirilgan holda hamda
yana birlarining o’zgargan tarzda berilishi tahlil etildi;
- ingliz tilidagi qo’shma gaplarning o’zbek tilidagi variantlari bilan qiyosiy tahlili ularning
ham mazmun, ham tuzilish jihatidan farqli va o’xshash tomonlarini bo’lishi mumkinligi
aniqlandi.
- Ingliz tilidagi bir yoki ikki qo’shma gap, o’zbek tiliga qo’shma gaplardan keyin qo’llangan
sodda gap tarzida berilishi o’rganildi.
Do'stlaringiz bilan baham: