«Men uni qattiq sevardim, u ham meni sevardi.» [A.Q. B.17. 115-b] (bog’langan qo’shma
43
5. «I hope you’ll be all right» [F.A. Ch.17. p78] (object clause without conjunction)
«Shoyad ishingiz yaxshi bo’lib ketsa.» [A.Q. B.17. 116-b] (kiritmali, sodda gap)
6. «You’ll fight before you’ll marry.» [F.A. Ch.17. p78] (clause of time) «Yo urushib qolasiz,
yo o’lasiz.» [A.Q. B.17. 116-b] (bog’langan qo’shma gap)
Keltirilgan misollarning birinchisida asl nusxada faqat ega va kesimdan iborat bo’lgan
bog’langan qo’shma gap bir tarkibli qismli bog’lovchisiz qo’shma gap tarzida, ikkinchisida
ergash gapli qo’shma gap, ega harakat nomi bilan ifodalangan yoyiq sodda gap tarzida,
uchinchisida sabab ergash gapli qo’shma gap, sabab ergash gap tarzida, to’rtinchisida esa
bog’langan qo’shma gap bog’langan qo’shma gap tarzida, beshinchisida esa bog’lovchisiz
to’ldiruvchi ergash gap, kiritmali sodda gap tarzida tarjima qilingan, oltinchi misoldagi payt
ergash gap, ma’nosi o’zgargan holda bog’langan qo’shma gap tarzida tarjima qilingan.
Mana shu bir qancha misollar orqali ingliz tili qo’shma gaplari qanday tarzda berilishi va
tarjimada uning ifoda shakllari qanday bo’lishi yuqoridagi bandlarda qisman ko’rib o’tildi.
Tarjima nazariyasi masalalariga bag’ishlangan yirik asar yozgan G’Salomovning «Tarjima
nazariyasi asoslari» asarida «Sintaksis va tarjima» [24] bandida tarjimalarning mahorati-yu
kamchiliklari, har bir so’z, tafsilot va detalni iloji boricha aks ettirishga harakat qilgani haqida
yozadi. «Har bir so’z, tafsilot va detalni iloji boricha aks ettirish» ancha mushkul, chunki bu uslub
imkoniyati-yu, tarjimon mahoratiga bog’liq. Shunga qaramay, ingliz tili qo’shma gaplari va
ularning o’zbekcha variantlarining qiyosiy tahlilida ba’zi bir hollarda duch kelindiki, quyida bu
haqda qisqacha fikr yuritamiz:
1. Ingliz tilida «and» bog’lovchisi bilan bog Ma nib kelgan qo’shma gap, o’zbek tilida
bo’linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: