Laboratoriyada kerak boʻladigan maslahatlar: namunadan uchuvchan moddalarni chiqarib yuborishda har doim sirt yuzasi asosiy omil boʻlib kelgan. Katta sirt yuzaga ega boʻlgan birikmalarda bugʻlanish tezligi ham oshadi. Siz sirt yuzani kattalashtirishingiz mumkin, buning uchun namunani idishga imkon boricha siyrak qatlam bilan joylashtirib qizdiring yoki qattiq moddaning yirik boʻlaklarini maydalang, chunki namlik yirik boʻlaklarning ichida saqlangan boʻlishi mumkin.
[Agar men biror narsani tara qilishni esdan chiqarsam nima boʻladi?]
Xulosa
Gravimetrik analiz bu analit miqdorini yoki konsentratsiyasini hisoblash uchun massa oʻzgarishidan foydalanadigan laboratoriya usullaridan biri. Gravimetrik analizning bir turi haydash usuli boʻlib, bunda uchuvchan birikmalar chiqarilib yuborilgandan soʻng, oʻzgargan massa oʻlchab olinadi. Masalan, metall gidrat qizdirilib, suv chiqarilib yuboriladi. Soʻng massa oʻzgarishidan foydalanib, metall gidratnig miqdori yoki tozaligi aniqlanadi. Gravimetrik analiz tajribasi va uning hisoblari uchun baʼzi foydali maslahatlar:
Stexiometrik nisbatlarni takror tekshiring va tenglamalar muvozanatda turganiga ishonch hosil qiling.
Namunadan uchuvchan moddalar chiqarilib yuborilayotganda ular oʻzgarmas massagacha quriganiga ishonch hosil qiling.
Idishingiz massasini doimo hisobga oling!
Gravimetrik analizning boshqa turi haqida koʻproq bilishni istasangiz, gravimetrik choʻktirish usuli toʻgʻrisidagi maqolaga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |