Gravimetrik analizga kirish: haydash gravimetriyasi
Nazorat savoli: 111 - holatda metall gidratining massasi qanchaga teng boʻlardi?
Download 95.65 Kb.
|
Gravimetrik analizga kirish
Nazorat savoli: 111 - holatda metall gidratining massasi qanchaga teng boʻlardi?
[Javobni koʻrish] Yuqoridagi holatni keltirishimizdan maqsad nima? Doimo barcha reaksiya tenglamalarini toʻgʻri tenglashtirilganini ikki martalab tekshiring! 222-holat: suv bugʻlanishi uchun berilgan vaqt tugadi, ammo suvning hammasi bugʻlanib ketishga ulgurmadi Qoʻlda ushlab turilgan soat oynasi. Soat oynasida oq rangli kukunsimon mis (II) sulfat va unga suv qoʻshilishidan keyin, oq kukun oʻrtasida hosil boʻlgan och koʻk rangli mis (II) sulfat gidrati. Baʼzi holatlarda metall gidrati va uning suvsiz birikmasining ranglari bir-biridan farqlanadi. Masalan, mis (II) sulfat oq rangli qattiq birikma, lekin gidratlanish reaksiyasidan keyin och-koʻk rangli kristallogidrat hosil qiladi. Shunin uchun degidratlanish jarayonini nazorat qilish uchun rang hamda massa oʻzgarishidan foydalanishingiz mumkin. Rasm manbasi: Benjah-bmm27 on Wikimedia Commons, Jamoat mulki Ikkinchi holatda namunadan suvni toʻliq chiqarib yubormadik. Afsuski, bunday holat koʻp sabablarga koʻra sodir boʻlishi mumkin. Masalan, bizning vaqtimiz yetmasligi mumkin, harorat juda past oʻrnatilgan boʻlishi mumkin yoki namunani issiqlik manbaidan oʻylamasdan erta olib qoʻygan boʻlishimiz mumkin. Bu narsa bizning hisoblashlarimizga qanday taʼsir qiladi? Bu holatda 111-bosqich boʻyicha hisoblab topilgan massa farqi haqiqiy qiymatdan kamroq boʻladi, shunga muvofiq ravishda 222-bosqich boʻyicha hisoblangan suvning miqdori ham kamroq boʻladi. Bu esa BaCl2⋅2H2OBaCl2⋅2H2Ostart text, B, a, C, l, end text, start subscript, 2, end subscript, dot, 2, start text, H, end text, start subscript, 2, end subscript, start text, O, end text ning massa ulushi namunaning toʻliq degidratlashdan olingan qiymatdan koʻra kamroq boʻlishiga olib keladi. Natijada biz sof metall gidratning massa ulushini notoʻgʻri hisoblagan boʻlardik. Kimyogarlar odatda 222-holatning oldini olishga harakat qilishadi, yaʼni namunani oʻzgarmas massaga kelguncha quritishadi. Bu degani, siz namunani qizdirib quritayotgan paytingizda massa oʻzgarishini tekshirib borasiz, toki massa oʻzgarmas holatga kelguncha (bu, shuningdek, laboratoriya tarozisining aniqligiga ham bogʻliq). Namunani birinchi marta qizdirayotgan paytingizda suv bugʻlanib chiqqayotgani sababli massaning keskin kamayishini kuzatishingiz mumkin. Namunani qizdirishda davom etganingizda massa kam oʻzgaradi, chunki namunada bugʻlanish uchun kam suv qoladi. Qandaydir onda massani keskin oʻzgarish uchun yetarli suv qolmaydi, shuning uchun avvalroq oʻlchab olingan massa bir nechta oʻlchovlar davomida ham deyarli oʻzgarishsiz qoladi. Shu ondan boshlab namunangiz quruqligiga ishonch hosil qilishingiz mumkin! Download 95.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling