Gravimetrik analizga kirish: haydash gravimetriyasi


Download 95.65 Kb.
bet1/8
Sana16.06.2023
Hajmi95.65 Kb.
#1509638
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Gravimetrik analizga kirish


Gravimetrik analizga kirish: haydash gravimetriyasi
Google sinfxona
Haydash va choʻktirish gravimetriyasi bilan tanishish. Haydash gravimetriyasidan foydalanib metall gidratli aralashmaning tozaligini aniqlashga doir misollar.
Gravimetrik analiz nima?
Gravmetrik analiz laboratoriya usullaridan biri boʻlib, bunda modda massasining oʻzgarishini oʻlchash orqali uning massasi va konsentratsiyasi aniqlanadi. Miqdoriy analiz qilinayotgan kimyoviy modda baʼzan analit deb ataladi. Gravimetrik analiz usulidan foydalanib, biz quyidagi savollarga javob berishimiz mumkin:

  • Eritmada analitning konsentratsiyasi qancha?

  • Namunamiz qanchalik toza? Bunda namuna qattiq holatda yoki eritma tarkibida boʻlishi mumkin.

[“Gravimetrik” soʻzi nimani anglatadi?]
Gravimetrik tahlilning keng tarqalgan 2 turi mavjud. Ikkala turida ham analitning faza oʻzgarishi sodir boʻladi va aralashmadan ajralib chiqadi, bu esa oʻz navbatida massa oʻzgarishiga olib keladi. Siz bu usullardan birini yoki ikkalasini ham eshitgan boʻlishingiz mumkin, shuningdek, quyida ularning taʼriflari berilgan.

Lyuis Kerollning “Alisa moʻjizalar mamlakatida” asaridan, “Meni ich” yozuvli jigarrang idish ushlab turgan Alisaning rasmi.
Odatda sirli suyuqlikni ichish tavsiya etilmaydi! Ehtimol, Alisa shisha ichida nima borligini aniqlash uchun gravimetrik tahlildan foydalanishi mumkin edi. Kumushning eriydigan tuzlari borligini u qanday tekshirishi mumkin? Alisaning rasmi Wikimedia Commonsʼdan, jamoat mulki
Gravimetrik haydash usulida namunani qizdirish yoki kimyoviy parchalash orqali aralashmadagi moddalar ajratib olinadi. Qizdirish yoki kimyoviy parchalashda aralashma tarkibidagi har qanday uchuvchan moddalar ajralib chiqadi, natijada namuna massasi oʻzgaradi va biz ushbu massani oʻlchaymiz. Ushbu maqolaning keyingi boʻlimida haydash usuliga doir misollarni batafsilroq koʻrib chiqamiz.
[Kimyoda "uchuvchan" nimani anglatadi?]
Gravimetrik choʻktirish usulida choʻkma hosil qilish bilan boradigan reaksiyadan foydalanilib, aniqlanayotgan modda qattiq birikma holida choʻkmaga tushiriladi va ajratib olinadi. Bunda fazaning oʻzgarishi sodir boʻladi, yaʼni analit suyuq fazadan, reaksiyaga kirishib, qattiq choʻkma holatiga oʻtadi. Choʻkma filtrlash orqali suyuq fazadan ajratilib olinadi. Choʻkmaning massasini hisoblash orqali eritmadagi ionli birikmalarning miqdorini yoki konsentratsiyasini aniqlash mumkin.
Ushbu maqolada biz kimyoviy laboratoriya sharoitida gravimetrik haydash usuliga doir misollarni koʻrib chiqamiz. Shuningdek, gravimetrik tahlil boʻyicha tajriba qilayotganimizda baʼzi jarayonlar biz kutgandek natija bermasligini va bu bizning natijalarimizga qanday taʼsir qilishi mumkinligini muhokama qilamiz.

Download 95.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling