Massasi[tahrir]
Asosiy maqola: Yulduzlar massasi.
Bizga maʼlum eng massiv yulduzlardan biri Eta Carinae boʻlib,[100] uning massasi Quyoshnikida 100–150 marta ortiq; uning hayot davomiyligi juda qisqa — bir necha million yil xolos. Arches klasterini oʻrganish natijasida 150 Quyosh massasi hozirgi olamdagi yulduzlar uchun eng katta massa ekanligi aniqlandi.[101] Bunday cheklanish sababi toʻlaligicha maʼlum emas, sabab sifatida atmosferadan gazlarni koinotga chiqarmay eng koʻp nurlanish qiymatini aniqlovchi Eddington chegarasi taxmin etiladi. Biroq R136a1 nomli yulduz (RMC 136a klasterida) Quyoshdan 265 marta massivroq ekanligi aniqlangan, bu bunday chegarani shubha ostiga qoʻyadi.[102] Tadqiqot shuni koʻrsatdiki, R136dagi massiv yulduzlar qoʻshaloq yulduzlar toʻqnashuvi va birlashishi natijasida hosil boʻlib, 150 Quyosh massasi chegarasidan tashqariga chiqishni ilojli qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |