Gravitatsiya bilan bogʻlangan yorqin


Download 0.59 Mb.
bet3/5
Sana21.02.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1216909
1   2   3   4   5
Bog'liq
yulduzlar

Yoshi[tahrir]


Aksariyat yulduzlar 1-10 milliard yoshda. Ayrim yulduzlar yoshi hatto 13,7 milliardga - olam yoshiga yaqin. Kashf etilgan eng qadimgi yulduz, HE 1523-0901, 13,2 milliard yoshdadir.[81][82]
Yulduz qanchalik massiv boʻlsa, umri shuncha qisqa boʻladi, chunki massiv yulduzlar oʻz yadrolariga kattaroq bosim koʻrsatib, vodorodni tezroq yoqishga majbur qiladi. Eng massiv yulduzlar bir necha million yil yashasa, minimal massali (qizil mitti) yulduzlar yoqilgʻilarini juda sekin ishlatib, oʻnlab, yuzlab milliard yil umr kechiradi.[83][84]

Kimyoviy tuzilishi[tahrir]


Hozirgi Somon Yoʻli galaktikasida shakllanayotgan yulduzlar massa nisbatidan 71% vodorod, 27% geliy,[85] va oz miqdorda boshqa unsurlardan iborat. Ogʻir unsurlar ulushi yulduz atmosferasidagi temir miqdori bilan oʻlchanadi, chunki u keng tarqalgan va yutilish chiziqlari nisbatan yaqqol aniqlanadi. Ichida yulduzlar shakllanadigan molekular bulutlar oʻta yangi yulduzlar portlashi ketidan ogʻir unsurlar bilan toʻyingani uchun yulduz kimyoviy tarkibidan uning yoshini chiqarsa boʻladi.[86] Ogʻir unsurlar ulushi shuningdek yulduz sayyoraviy tizimga ega yoki emasligi ehtimolini koʻrsatadi.[87]
Eng kam temirli yulduz HE1327-2326 boʻlib, unda Quyoshdagi temir miqdorining atigi 1/200 000 qismi bor.[88] Bunga zid oʻlaroq, metalga boy μ Leonis yulduzi Quyoshnikidan ikki, sayyorasi bor 14 Herculis esa deyarli uch baravar koʻp temirga ega.[89] Shuningdek spektrida tayinli xrom va noyob yer unsurlari kabi unsurlar koʻpligini koʻrsatuvchi pekular yulduzlarham mavjud.[90]

Diametri[tahrir]

Y ulduzlar hajmda keskin farqlanadilar. Tepadagi har bir rasmda oʻngdagi jism keyingi paneldagi chapdagi jismga teng. Yer 1-panelda oʻngda, Quyosh esa 3-panelda oʻngda.


Yerdan juda katta masofada boʻlgani uchun, Quyoshdan xorij barcha yulduzlar odam koʻziga tungi osmondagi Yer atmosfera taʼsirida yiltirovchi yorugʻ nuqtalar boʻlib koʻrinadi. Quyosh ham yulduz, biroq u Yerga disk boʻlib koʻrinish va kun yorugʻini berish uchun yetarlicha yaqindir. Quyoshdan tashqari eng koʻrinma yorqin yulduz R Doradus boʻlib, uning burchak diametri 0,057 arksoniyadir.[91]
Koʻpchilik yulduzlarning disklari zamonaviy yerdagi teleskoplar bilan kuzatish uchun burchak oʻlchamda juda kichikdir, shuning uchun ularni interferometr teleskoplar bilan kuzatiladi. Yulduz burchak kattaligini oʻlchashning yana bir usuli qoplanish orqalidir. Yulduzning Oy tomonidan qoplanganidagi yorqinligi kamayishini oʻlchash orqali yulduz burchak diametri hisoblanadi.[92]
Yulduzlar hajmda 20—40 km diametrli neytron yulduzlardan to Betelgeyze kabi diametri Quyoshnikidan 650 marta oshiq (900 000 000 km) supergigantlargacha keladi. Biroq Betelgeyzening zichligi Quyoshnikidan ancha past.[93]

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling