Gravitatsiya bilan bogʻlangan yorqin
Download 0.59 Mb.
|
yulduzlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- M agnit maydoni[tahrir]
Kinematikasi[tahrir]Asosiy maqola: Yulduzlar kinematikasi. Hulkar, Buzoq yulduz turkumidagi siyrak klaster. Bu yulduzlar fazoda birga harakatlanadi.[94] NASAfotosi Y ulduzning Quyoshga nisbatan harakati yulduz kelib chiqishi va yoshi, shuningdek uning atrofidagi galaktika tuzilishi va evolutsiyasi haqida foydali maʼlumot berishi mumkin. Yulduz harakatiga Quyoshdan yoki Quyoshga tomon radial tezlik va oʻz harakati deb ataladigan burchak harakati kiradi. Burchak tezligi yulduz spektr chiziqlaridagi doppler samarasi yordamida oʻlchanib, km/s birlikda ifoda etiladi. Yulduzning oʻz harakati yiliga milliarksoniyalarda aniq astrometrik oʻlchanadi. Yulduz parallaksini aniqlab, uning oʻz harakatidan tezlikni chiqarish mumkin. Oʻz harakati yuqori yulduzlar odatda Quyoshga yaqinroq joylashadi, bu ularni parallaks oʻlchashda qulaydir.[95] Harakatining ikkala qiymatlari aniqlangach, yulduzning Quyoshga yoki galaktikaga nisbatan fazoviy tezligi hisoblanishi mumkin boʻladi. Yaqinroq yulduzlarda yangi, I avlod yulduzlari tezligi eski, II avlod yulduzlarinikidan kamroq boʻlishi kuzatilgan. Eskiroq yulduzlar galaktika tekisligiga oqqan elliptik orbitada harakatlanadi.[96] Yaqinroq yulduzlar kinematikasini solishtirish natijasida shuningdek yulduzlar birlashmalari aniqlangan. Bular ehtimol bir molekular bulutda shakllangan yulduzlardir.[97] M agnit maydoni[tahrir]Asosiy maqola: Yulduzlar magnit maydoni. SU Aur (T Tauri tipli yosh yulduz) sirt magnit maydoni, Zeeman-Doppler vizualizatsiyasi yordamida ishlangan. Y ulduz magnit maydoni uning ichidagi konvektiv oqimlar boʻlib turadigan mintaqalarida hosil boʻladi. Konduktiv plazmaning bunday harakati dinamo kabi magnit maydon paydo qiladi, bu maydon yulduzdan tashqariga ham choʻziladi. Magnit maydon kuchi yulduz massasi va tuzilishiga, sirt magnit faolligi esa yulduzning oʻz oʻqi atrofida aylanish tezligiga bogʻliq. Bunday sirt faolligi yulduz dogʻlari deb ataladigan kuchli magnit maydonli va sovuqroq mintaqalarni yaratadi. Faol mintaqalardan yulduz tojiga toj sirtmoqlari deb nomlanadigan yoysimon magnit maydonlari chiqishi mumkin. Shu magnit maydoni tufayli yuqori energiyali zarrachalar otilib chiqishiga esa yulduz chaqnashideyiladi.[98] Yosh, tez aylanuvchi yulduzlar oʻzlarining magnit maydonlari tufayli yuqori darajadagi sirt faolligiga ega boʻlishi kuzatiladi. Magnit maydoni yulduz shamoliga taʼsir etib, yulduz keksayishi sari uning aylanishini sekinlashtirishi mumkin. Natijada Quyosh kabi eski yulduzlar sekinroq aylanib, sirt faolligi nisbatan oz boʻladi. Sekin aylanuvchi yulduzlar faolligi darajasi davriy oʻzgarib, bir qancha vaqtga oʻchishi ham mumkin.[99] Masalan, Maunder minimumi paytida Quyoshda 70 yil deyarli chaqnash sodir boʻlmagan. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling