Gravitatsiya bilan bogʻlangan yorqin
Download 0.59 Mb.
|
yulduzlar
Massiv yulduzlar[tahrir]
Asosiy maqola: Qizil supergigant. Geliy yoqish fazasida juda katta massali (>9 Quyosh massasi) yulduzlar kengayib qizil supergigantlarga aylanadi. Geliy sob boʻlgach, ular geliydan ogʻir unsurlarni sintez qilishda davom etishlari mumkin. Yadro harorat va bosim uglerodni sintezlashga yetarli boʻlguncha siqiladi. Ushbu jarayon davom etib, neon, kislorod va kremniy sintezlanishi fazalaridan oʻtadi. Yulduz hayoti nihoyasiga kelib sintez yulduz qobiqlarida ham roʻy berishi mumkin. Har bir qobiq turli unsur sintezlaydi: eng tashqi qobiq vodorod, uning ostidagi qobiq geliyni va hk.[68] Yulduzning oxirgi bosqichi temir sintezlash bilan boshlanadi. Temir atomlari yadrolari mustahkam bogʻlangani tufayli ularning sintezi energiya chiqarmaydi, balki aksincha, energiya yutadi. Shu sabab bilan temir yadrolari boʻlinsa ham energiya chiqmaydi.[66] Nisbatan eski, juda massiv yulduzlar markazida inert temir yigʻilib boradi. Bu yulduzlardagi ogʻirroq unsurlar sirtga sizib chiqib, Wolf-Rayet yulduzi deb nomlanuvchi, atmosferasini qattiq shamollar yirtuvchi obyekt shakllanishi mumkin. Kollaps[tahrir] O ʻrtacha hajmli evolutsiyalangan yulduz tashqi qatlamlarini yirtib, sayyoraviy tumanlik hosil qiladi. Tashqi atmosfera tarqalganidan keyingi qoldiq 1,4 Quyosh massasidan yengil boʻlsa, u nisbatan mitti (Yerdek keladigan) obyektga aylanadi, bunday obyekt oq mitti deyilib, massasi kamligi tufayli unda siqilish roʻy bermaydi.[69] Oq mitti ichidagi degenerat modda endi plazma boʻlmaydi. Oq mittilar juda uzoq vaqtdan keyin alal-oqibat qora mittilarga aylanadi. Qisqichbaqa tumanligi, 1050-yillar atrofida birinchi kuzatilgan oʻta yangi yulduz qoldiqlari. Kattaroq yulduzlarda sintez temir yadro oʻz massasini dastaklamaydigan darajada massivlikka (>1,4 Quyosh massasi) yetguncha davom etadi. Ushbu yadro uning elektronlari protonlariga itarilib kirib, elektron tutilishi (teskari beta parchalanish) natijasida neytron va neytronlarni shakllantiradi. Bunday keskin siqilish (kollaps) ketidan hosil boʻladigan zarb toʻlqini yulduzning qolgan qismini portlatib, oʻta yangi yulduz hosil qiladi. Oʻta yangi yulduzlar shunday yorqin-ki, ular yulduzning butunboshli ona galaktikasini ham porloqligi bilan vaqtincha toʻsib qoʻyishi mumkin. Somon Yoʻlida kuzatilgan oʻta yangi yulduzlar qurollanmagan koʻz bilan bemalol aniqlangan.[70] Yulduz moddasining koʻp qismi portlash tufayli tarqab, tumanlik hosil qiladi (Qisqichbaqa tumanligi kabi)[70] va uning qoldigʻi oʻzini pulsar yoki barster sifatida namoyon etuvchi neytron yulduzi, agar qoldiq massasi Quyoshnikidan 4 yoki undan koʻp marta oshiq boʻlsa, qora tuynuk boʻlib qoladi.[71] Neytron yulduzidagi modda neytron-degenerat modda, deyilib, uning yadrosida ekzotik kvark modda yigʻilishi mumkin. Qora tuynuk ichidagi modda haqida esa hozirda maʼlumot yoʻq. Oʻlayotgan yulduzlarning uchib chiqqan tashqi qatlamlari yangi yulduz shakllanishi paytida qayta ishlanishi mumkin ogʻir unsurlarni oʻz ichiga oladi. Bunday ogʻir unsurlar tosh sayyoralar shakllanishiga imkon beradi. Oʻta yangi yulduzdan portlab chiqqan modda va yulduz shamollari yulduzlararo muhitni shakllantirishda muhim rol oʻynaydi.[70] Y ulduzning deyarli barcha sifatlari, jumladan yorqinlik, hajm, evolutsiya, hayot davomiyligi va taqdiri uning boshlangʻich massasi bilan belgilanadi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling