Gruntga ishlov berish texnologik jarayonining tarkibi. Reja


Bir cho’michli ekskovatorlar bilan gruntni ishlash (qazish)


Download 241.58 Kb.
bet2/2
Sana28.12.2022
Hajmi241.58 Kb.
#1014261
1   2
Bog'liq
Gruntga

Bir cho’michli ekskovatorlar bilan gruntni ishlash (qazish).
Bir cho’michli ekskovatorlar davriy harakatlanuvchi mashinaga kiradi. Asosiy parametri-cho’mich sig’imi m3. Asosiy texnologik parametrlari: qazish chuqurligi eng kata radiyus, ortish balandligi. Turli sanoat tarmoqlarida (ko’mir, tog’ sanoatida) cho’michini sig’imi 100 m3bo’lgan ekskovatorlar qo’llaniladi.
Qurilishda ishlatilayotgan ekskovatorlar sakkiz o’lchamli guruhga bo’linadi, cho’mich sig’imi 1,5 dan 4,0 m3eng ko’p tarqalgan, 4 va 5 guruh (cho’mich sig’imi 65 va 1m3).
Bir qator modellarga



  • Ekskovator ish jarayoni ba’zi operasiyalarini avtomatlashtiradigan moslamalar o’rnatilgan. An’anaviy jihozlar yordamida (to’g’ri cho’michi, teskari cho’michli, draglayn greyder), texnologik jarayoni kompleks tarkibiga kiradigan.


  • Bir cho’michli ekskovatorlar bilan gruntni qayta ishlashda quyidagi jarayonlarni mexanizasiyalash mumkin:


Turli turdagi yer inshootlarida gruntni qazish va joylash; gruntni ortish; yer inshooti chegarada gruntni so’rish.



5.10 -rasm
Ko’pincha bir cho’michli qurilish ekskovatorlari bu-universal mashinalar, turli almashtiriladigan ishchi jihozlari bilan ta’minlangan bo’lishi mumkin. Oxirgi yillarda gidroprivodni keng tarqalish sababli, bir cho’michli ekskovatorni universalligi yanada oshdi. Hozirgi zamon gidravlik ekskovator o’nta turli ko’rinishdagi ishni jihozlari bilan ta’minlangan, ular ekskovatorni texnologik imkoniyatini yanada kengaytiradi.
Almashadigan ishchi jihozlarini qo’llash quyidagi jarayonlarni mexanizasiyalash imkonini yaratadi; qazilma tubini tozalash, gabaritsiz va xarsang toshlarni maydalash va olib pardozlash, yer inshootlar nishabini qazilma tubini pardozlash, tor joylarni qayta to’ldirish, gruntni qatlamlab zichlash; muzlagan va qiyin qaziladigan gruntlarni yumshatish. Qurilish ekskovatorlari gusenisali va pnevmo g’ildirakli bo’ladi. Ishchi jihozlarni eng keng tarqalganlariga to’g’ri, teskari cho’mich, draglayn va greyfer(5.11-rasm). Oldindan qazilgan gruntni ortish, yuqori qatlamni olish uchun va planirovka ishlari uchun ortadigan jihoz qo’llaniladi.

Yer ishlarini bajarishda, misol muxandislik tarmoqlariga gruntni qazishda, tez-tez bir-biridan ajralmaydigan ishlar kuzatilinadi. Jihozlarni, materiallarni, yuklarni o’zatish bilan bog’liq. Bunda kran jihozi qo’llaniladi. Tozalash va rejalashtirish ishlarni bajarish, sifatini oshirish, qo’l mehnatini kamaytirish, rejalashtiruvchi jihozlarni qo’llash imkonini beradi. Turli ko’rinishli va gabaritli o’ylamalarni qazish uchun profilli cho’mich qo’llanadi. Yer qazish ishlari texnologiyasini gruntda devor usulini amalga oshirish uchun maxsus shtangali jihoz xizmat qiladi. Ekskovator qo’llash sohasini kengaytirish uchun shu qatori qiyin qaziladigan muzlagan gruntlarni, unga o’rnatilgan yumshatish jihozlar: tishli-yumshatgich va to’qmoqlar yordam beradi. Gidravlik ekskovatorlarga o’rnatilgan qisqich jihoz shu maqsadda xizmat qiladi. Qurilish maydonida yer ishlari olib borilayotganda uchraydigan yirik toshlarni olib tashlashda, transportga ortishimizga va chikarib tashlashda qisqich qo’llanadi.
Obyektlarni ta’mirlashda, sexlarda, devor va poydevorlar oldilarida ekskovator qo’llanilganda, tor joylarda ish bajariladigan jihozlar qo’llaniladi. Asosiy ishchi jihozlarni sharnirlibiriktirilishi konkret sharoitlarda ishlarni bajarishga moslashish imkonini yaratadi. Bir cho’michli ekskovator – davriy harakatlanuvchi mashina har qanday ko’rinishdagi ishchi jihoz bilan grunt qaziganda ma’lum ketma – ketlikda almashadigan operasiyalardan iborat:
Gruntni kesish va cho’michni to’ldirish.
Cho’michni grunt bilan ko’tarish.
Ekskovatorni o’z o’qi atrofida to’kadigan joyga joylashtirish.
Cho’michdan gruntni to’kish .
Ekskovatorni orqaga qayiltirish.
Cho’michni gruntga tushirish va gruntni kesimga o’zatish;
Ekskovatorni asosiy maqsadi qazilma, rezerv, karyer, transheya, kotlovanlarni qazish, gruntni ko’tarmaga to’kish yoki transport vositasiga ortish bir to’kishda ekskovatorni qazishdagi eng katta o’yish, uni ishchi parametrlariga bog’liq, qazilma qazilayotgandagi ekskovatorni ishchi parametrlariga: maksimal kavlash balandligi +N (to’g’ri cho’michli ekskovator uchun) - + belgisi ekskovator turgan joyi yuqorisini qaziydi; Kavlash chuqurligi (kesim) -N (boshqa turdagi ekskovatorlar uchun); Turgan joydan eng ko’p va eng kam kavlash radiusi R max va R min;
To’kish radiusi Rv
To’kish balandlik H v
Bir cho’michli ekskovator bilan gruntni qazish maromda olib boriladi. Ekskovatorni ish maydoni zaboy deyiladi.
Zaboy ekskovatorni ishchi zonasi, unga ekskovator joylashgan maydoni; qazilayotgan grunt massasini bir qismi; transport vositasi o’rnatiladigan joy; qazilayotgan gruntni joylash uchun maydon (agarda ko’tarmaga ishlasa). Ekskovator shu zaboyda qazib bo’lgandan so’ng, yangi pozisiyaga o’tadi.Ekskovator va transport vositalari zaboyda shunday joylashishi kerakki, ekskovtorni cho’michni to’ldirishdan to’kishgacha bo’lgan o’rtacha qayilish burchagi eng kam bo’lsin, chunki strelani qayilish ikki marta amalga oshiriladi, yuk bilan transport vositasigacha va to’kkandan so’ng bu ekskovatorni bir shakldagi ish vaqtini o’rtacha 70% tashkil etadi. Qurilish maydoni sharoitiga, maqsadga muvofiqli sig’imiga, ekskovator to’riga va shu bilan birga talab qilingan parametrlar-strela uzunligiga, kesimi to’kish radiusiga va boshqalarga qarab ekskovator tanlanadi.
Ekskovatorni almashadigan jihozlarini tanlash yer osti suv satxiga va qazilayotgan qazilma xarakteriga (transheya, kotlovan tormi yoki kengmi) bog’liq.To’g’ri cho’michli ekskovatorlar o’zi turgan joydan yuqorida joylashgan gruntlarni qazishda to’g’ri cho’michli ekskovatorlardan foydalaniladi, ko’p hollarda transportlarga ortishda uni qayerlarda qurilishda oldindan yig’ilgan grunt to’plamlarini transportga ortish yoki kotlovanni o’yishda qo’llaniladi, bunda ekskovatorni uzi pandus – ekskovator va transport vositasi uchun 10-15% nishabli kotlovanga tushadigan yo’l barpo etadi. To’g’ri cho’mich tepasi ochiq oldi kesuvchi ko’rinishli cho’mich rukoyatka bilan sharnirli biriktirilgan, va bosimli mexanizm yordamida oldinga suriladi. Ekskovator qurilmasi , o’zi turgan joydan 10-20sm pastni ham kavlash imkonini beradi, zaboy balandligi 1,5 m kam bo’lmaganda me’yoriy mehnat unumdorligiga erishish mumkin. Cho’mich tubini ochib u bo’shatilinadi. Bunday to’g’ri cho’miсh konstruksiya, cho’michni qalpoq qilib to’lishi hisobiga yuqori mehnat unumdorligini ta’minlaydi.
1 va 2 gruntlar qazilayotganda ekskovator kattalashtirilgan hajmdagi cho’mich bilan ta’minlash mumkin. Ekskovator asosan gruntni transport vositasiga ortish zarur bo’lganda qo’llaniladi. Agarda yer osti suv satxi qazilma ostidan yuqorida bo’lsa, ekskovatorni qo’llash maqsadga muvofiq emas, chunki xo’l gruntda ekskovator va transport vositalarni harakati qiyinlashadi.
To’g’ri cho’michli ekskovator bilan gruntni qazish yonboshdan va ro’paradan zaboylar bilan bajariladi.Ro’paradan zaboy ekskovator o’zini oldidagi gruntni qazishda va ekskovatorga tubidan yoki yonidan o’zatilayotgan transport vositasiga ortishda qo’llaniladi. Birinchi holatda avtomobillar, zaboyni bir u tarafidan orqasi bilan yurib o’zatilinadi, zaboy o’lchami pastidan 7 m kam bo’lmasligi kerak. Bunday sharoitda ishlaganda ekskovatorni qayilish burchagi 1400...180ga yetadi, o’z navbatida uni mehnat unumdorgigini pasaytiradi. Shu sababli ro’paradan zaboy kamdan-kam, asosan kotlovanga tushish yo’li barpo etishda yoki birinchi o’tish yo’lini qazishda qabul qilinadi zaboy yuqoridan bo’lishi mumkin (5.12 rasm), 1,5 R kes gacha – tor zaboyda; 1,5... 19 R kes-me’yoriy zaboyda va transport vositasi ikki tarafdan uzatilganda; 2,5 R kes gacha-keng zaboyda va ekskovator harakati (egri-bugri kesim radiusini oshirmaydi va egri-bugri oxirida ikki marta to’xtash ); 3,5 R kes gacha kengaytirilgan zaboy; uch pog’onali so’rilish (egri-bugri uzunligi ikkita kesim radiusiga erishish mumkin). Tor zaboylarda ortish uchun ekskovatorni bir tarafidan orqasidan, me’yoriyda esa navbatma-navbat ekskovatorni ikki tarafidan uzatilinadi, bu transport vositasini ortishga o’zatishda ekskovator bo’sh to’rmaydi. Zaboyni bu ko’rsatkichlarida ekskovator kotlovanda zaboy o’qi bo’ylab to’g’ri harakatlanadi. Ba’zi holatlarda ekskovatorlarni egri-bugri harakatlantirib kengaytirilgan zaboy bilan gruntlarni qazish yaxshi natija beradi. Bunday zaboylarda ekskovatorni bo’sh o’tishi qisqaradi va samosvalni ortishga qo’yishdagi manevr qilish sharoiti yaxshilanadi.

5.12 - rasm


Ro’paradan to’g’ri o’tish yo’li V eknini quyidagi formula bo’yicha topish mumkin:
V=2
va egrig’-bugri uchun
V=2
Bunda R0- ekskovatorni optimal kesim radiusi;
lc– ekskovatorni ishchi so’rilish uzunligi;
(maksimal va minimal kesim radiusini farqi)
Rk - turgan joydan kesish


Ro’para zaboy bilan qazilma qazishda, o’zi to’kar mashinani ortishga, surishga va joylashi qiyinlashadi. Transport vositaga grunt ortish uchun ekskovatorni o’rtaga qayilish burchagi 1800 yetadi, bu ekskovatorni ishchi sikli vaqtini anchagina oshiradi, va uni mehnat unumdorligini pasaytiradi. Bundan tashqari ekskovatorni zaboyga tushishi uchun katta hajmdagi tushish yo’li qaziladi. Shu sababli ro’para zaboyni qo’llash cheklangan. Ro’para zaboy bilan gruntni qazish samaradorligi, cho’michni grunt bilan to’lishi ekskovatorni harakat tamoni bir tarafdan va qisman o’zini oldidan amalga oshiriladi. Bu sxema bo’yicha ortishga transport qazilmani yonidan uzatilinadi, bunda transport vositasiga grunt ortishdagi ekskovator strelasini qayilish burchagi ancha kamayadi (70...90atrofida).
Download 241.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling