Gruntlarning fizik va mexanik xossalari
Download 0.68 Mb.
|
Gruntlarning fizik va mexanik xossalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gruntlarning zichlanish ko’rsatkichlari
Poydevor zaminidagi gruntlar o’zining xususiy og’irligi va inshootdan uzatiladigan yuklar ta‘sirida, ma‘lum darajada zo’riqgan holatda bo’ladi. Gruntning xususiy og’irligidan hosil bo’ladigan bosim tabiiy bosim deyiladi. Chuqurlik oshgan sayin bu bosimning qiymati ham ortib boradi. Inshootdan uzatiladigan yuklar zamindagi gruntda qo’shimcha bosimni yuzaga keltiradi. Tabiiy va qo’shimcha bosimlar ta‘sirida grunt qatlamlarida normal() va urinma() kuchlanishlar hosil bo’ladi. Normal kuchlanishlar gruntning zichlanishiga, urinma kuchlanishlar esa grunt qatlamlarining o’zaro siljishiga sabab bo’lishi mumkin. Ma‘lumki, grunt zarrachalari tishlashish yoki ishqalanish kuchlari hisobiga bir-biri bilan o’zaro bog’langan. Agar normal va urinma kuchlanishlar zarrachalar orasidagi bog’lanish kuchlaridan katta bo’lsa, zarrachalarning o’zaro siljishi yoki surilishi hisobiga deformatsiyalanish (zichlanish yoki siljish) sodir bo’ladi.Gruntlarning zichlanish ko’rsatkichlari Tashqi yuk ta‘sirida grunt zarrachalarining o’zaro siljishi, surilishi va yanada zichroq joylashuvi natijasida ular orasidagi g’ovaklik kamayib, grunt zichlanadi. Inshootdan uzatiladigan amaldagi bosim qiymatlarida, grunt qattiq zarrachalarining hajmiy deformatsiyalanishi (zichlanishi) deyarlik sodir bo’lmaydi, shu sababli, gruntning zichlanishi undagi g’ovaklar hajmining kamayishi hisobiga yuz beradi. Ma‘lumki, serg’ovak va siljishga kam qarshilik ko’rsatadigan gruntlar zichlanuvchan bo’ladi. Gruntlarning zichlanishga moyilligini aniqlashda ular zarrachalari orasidagi bikr bog’lanish kuchining qiymati ahamiyatlidir. Tarkibida yuqori qiymatli bikr bog’lanish kuchiga ega bo’lgan qoya gruntlari amalda zichlanmaydi deb qabul qilingan.Tashqi yuk ta‘sirida gruntlarning zichlanishi hamma vaqt plastik (qoldiqli) deformatsiyalanish shaklida namoyon bo’ladi. Gilli va sochiluvchan gruntlarga xos bo’lgan bu xususiyat zichlanish qonuniyatiga bo’ysunadi. Gruntlarning zichlanish qonuniyatlarini maxsus asboblar (odometrlar, stabilometrlar va h.k.) yordamida o’rganish mumkin. grunt namunasini odometrda sinash sxemasi ko’rsatilgan. Odometr tsilindrsimon taglikdan, xalqadan va porshendan tashkil topgan qurilmadir. Odometrda sinaladigan grunt namunasi suvga to’la to’yingan bo’lish kerak. Gruntdagi suvning, zichlanish jarayonida erkin chiqib ketishi uchun, odometr tagligi va porshenda maxsus teshikchalar qoldirilgan. Odometr suvli idish ichiga joylashtiriladi. 1 – rasm. Grunt namligini odometrdasinash sxemasi: 1–taglik; 2 – rasm. Zichlanish egri chizig’i 2–xalqa; 3–porshen; 4–suvli idishDownload 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling