Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi


«Javome’ ul-hikoyot va lavome’ ul-rivoyot»


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/56
Sana08.05.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1446201
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   56
Bog'liq
PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI Pedagogi

 
«Javome’ ul-hikoyot va lavome’ ul-rivoyot»
1
(Parcha) 
1.
Hukmdorlik ibrati.
Iskandar va Chin shohi 
Iskandar jahonni zabt qilmoq qasdida Chin mamlakatiga kirib 
bordi va shohning saroyi ro’parasida o’z lashkargohini qurdi. Bir kuni 
Iskandarning xos hojibi Chin shohining elchisi eshik orqasida kutib 
turgani va kirishga ruxsat so’rayotgani hiqida xabar qildi. Iskandar 
elchini olib kirishlarini buyurdi. Elchi Iskandar huzuriga kirgach, unga 
ta’zim qildi va tik turaverdi. «Nima gaping bor?» so’radi Iskandar. 
«Chin shohi menga, Iskandarga nimaiki gapirsang xilvatda gapir, 
uning oldida hech kim bo’lmasin, deb buyurgan», dedi elchi. Iskandar 
hammaning chiqib ketishini buyurdi. Hamma chiqib ketdi. Faqan 
Iskandarning xos qullaridan ikkitasi qoldilar, xolos. «Mahramlar 
oldida Iskandarga aytadigan so’zim yo’q», dedi elchi. 
Iskandar elchini tintib ko’rishni buyurdi. Shundan so’ng 
mahramlariga uni xoli qoldirish
ni buyurdi va elchiga qarab: «Chin 
shohining yo’llagan xabari nimadir?» dedi. «Chin shohi men erurman. 
1
Нодир ҳикоялар. – Т., 1977. – 204 б. 


59 
Sening huzuringga keldim, toki qanday farmon bersang barchasini 
qabul qilaman», dedi elchi. 
Iskandar taajubda dedi: 
– Nimaga ishonib bunchalik jur’at qilding? 
– Bilginki, men seni odil va oqil podshoh deb bilar edim. 
Qadimdan to hozirgacha o’rtamizda hech qanday kina va adovat yo’q 
edi. Men senga hech qachon qasd qilganim yo’q. Shuningdek, bu 
yerga lashkargoh qurib, sening ham niyating bu mamlakatni ozod 
q
ilish emas. Mabodo sen meni o’ldirganing bilan mening o’rnimga 
boshqasini o’tqazadilar va odam o’ldirishda badnom bo’lasan. 
Iskandar Chin shohining oqilligiga tahsinlar o’qidi va: 
«Mamlakatning uch yillik xirojini xohlayman», dedi. Chin podshohi 
rozilik bildirdi. 
Iskandar Chin shohining darhol rozi bo’lganini ko’rib: «xirojni 
to’lab, ado qilganingdan so’ng ahvoling nechuk kechgan», deb 
so’radi. 
– Shunday bo’ladiki, kim mamlakatga hujum qilsa, albatta halok 
qiladi. 
– Agar ikki yillik xirojingga qanoat qilsam-chi? 
– U holda, avvalgi ahvolidan bir oz yaxshiroq bo’ladi. 
– Agar bir yillik xirojingga qanoat qilsam-chi? 
– U holda mamlakatimga xalal yetmaydi. Agarchi bu mol bilan 
xazinam bo’shab qolsa-da, ammo xushbaxtligim yo’qolmaydi. 
– Men yarim yillik xirojingga rozidurman. 
Chin shohi shukur qildi va: «Falon kuni diydor ko’rishsak, o’z 
arkoni davlatingiz bilan bizning dasturxonimizga marhamat qilib, 
tanavuldan keyin xirojni olib, so’ngra qaytsangiz», dedi. 
Tayinlangan kuni Iskandar o’z arkoni davlati va askarlari bilan 
birga Chin shohining huzuriga keldi. Uning askarlari Chin shohining 
askarlari oldida go’yo daryodan tomchidek edi. Bu ahvolni ko’rgan 
Iskandar vahimaga tushib, jang taraddudiga tushdi. Shu payt Chin 
shohi y
etib kelib Iskandarga ta’zim qildi. Iskandar Chin shohiga 
qarab: «Makr hiyla qildingmi?» dedi. 
– Kuchli podshohlar makr-hiyla qilmaydilar. Makkorlik ojizlar 
ishidir. 
– U holda hisobsiz askarni yig’ishning boisi nima? 


60 
– Bu hali hamma askarim emas, faqat o’rta (qalb) qismi xolos. 
Maymana va maysara qismlari yetib kelishmadi. Men ojizligim tufayli 
senga itoat qilayotganim yo’q. Senga shuning uchun o’z askarlarimni 
ko’rsatmoqdaman. Biroq, shunga aminmanki, senga osmon davlati 
yordir. Kimki sen bilan bellashsa, u albatta yiqilajagini sezdim. 
Shuning uchu
n ham senga farmonbardor bo’ldim. 
– Sen izzat-ehtirom va ehsonlarga sazovor kishisan. Men sendan 
olmoqchi bo’lgan mollarimning bahridan kechdim, – dedi Iskandar. 
Shundan so’ng Chin shohi Iskandarni qarorgohga boshladi. 
Keng sayhon y
erga gilamlar to’shalgan, butun askarga yetib ortgudek 
noz-
ne’matlar dasturxonga qo’yilgan. Maydonning yuqori qismiga 
la’ldan gul solingan, atlasdan chodir qurilgan. Chodir qimmatbaho 
zeb-
ziynatlar bilan bezatilgan edi. Zarrin dasturxonlar ustiga qo’yilgan 
oltin kosalar marvarid 
va javohirlar bilan to’lg’azilgan ediki, ularning 
qiymatini baholash amri mahol edi. 
Chin shohi Iskandarni dasturxonga o’tqazib, tanovul qilishni 
taklif qildi. Iskandar dedi: 
– Bu javohirlar odamlar uchun ovqatlik qilmaydi. 
– Bo’lmasa, sen nima yeysan? 
– Barcha inson yeydigan non yeyman. 
– Vo ajab, Rumda non topish shunchalik mushkulmidi? Shuncha 
mashaqqatlar chekib bu erlarga kelibsan?.. 
Iskandar yig’ladi va: «Mening bu safarimdan hech qanday foyda 
bo’lmasada, sening bu hikmatli panding barcha maqsad va talabimga 
javob bo’ldi», dedi. 
Shundan so’ng Iskandar o’z askarlariga orqaga qaytishga farmon 
berdi. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling