Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI Pedagogi
Axloq haqida
Bir kuni Amir Alining oldiga bir mo’ysafid kelib: «Yo amir, qarib qoldim, kun o’tkazish mashaqqatli bo’lib qoldi. Tirikchilikdan hech bir rohat topolmayapman. Manga pand-u nasihat qilsang, shoyad sening nasihating tufayli xudoyi taolo mening ishlarimni yaxshi yo’lga boshlasa», dedi. Amir Ali mo’ysafidga xitob qildi: «E shayx, agar esda tutuvchi bo’lsang, ikki narsani esdan chiqar: xalq uchun qilgan yaxshiligingni, birov senga qilgan yomonlikni». «Mardlik va odamiylik haqida biror so’z aytgin», dedi mo’ysafid. «Odamiylik uldirki, minnat yukiga bardosh berolsa, mardlik uldirki, qo’lidan keladigan ishni o’zgadan darig’ tutmasa», dedi. «Yo amir, – dedi mo’ysafid, – hamma vaqt mo’min va musulmon bo’lmoqlik haqida biror so’z desang...» «Kishi aybini qidirmaslik musulmonlikdir. Yomon so’zlarni gapirmaslik m o’minlikdir. Agar bilsang, barcha yaxshi axloqni ushbu jumlalarda bayon qildim. Ushbu aytgan so’zlarimni yodingda tutib, shunga amal qilsang, shubhasiz, yaxshi axloq egasi bo’lasan», dedi amir. 3. Zolim va badaxloqlar zikrida Zulm tagi qashshoqlik Kunlardan bir kun Qubod shikorga chiqdi. Shikorda kiyik orqasidan quvib, o’z askarlaridan ajralib uzoqqa ketib qoldi. Havo isib ketdi. Charchagan va holdan toygan podsho uzoqda sahro o’rtasida uch chodirni ko’rdi. Qubod chodir tomon yurdi. Chodirga yetib otdan tushdi. Eski chodir ichidan bir kampir unga peshvoz chiqdi. Kampir Qubodni ichkariga kiritib o’tqazdi. Oldiga taom qo’yib mehmon qildi. 63 Qubod qornini to’yg’azib bir oz dam olgandan so’ng, unda uyqu g’alaba qildi. Qubod kechga yaqin uyg’ondi. Kun oxirlab tun yaqi nlashgan edi. Nihoyat namozshom bo’ldi. Bir necha sigirlar o’tloqdan qaytib o’z qarorgohlariga keldilar. Kampirning o’n ikki yoshli qizchasi bor edi. Nihoyatda go’zal va farosatli, bilimdon edi. Kampir qiziga buyurdi: «Ey qizim, o’rningdan tur va ozroq sut sog’ib kel, toki mehmonning oldiga qo’yay!» Qiz sigirlarni sog’ib, ko’p sut keltirdi. Bu holni ko’rib o’tirgan Qubod ajablandi va fikran «bu jamoat bizning adl va soyamizda bu sahroda vatan qurib o’tiribdilar va har kuni qanchadan-qancha sut sog’ib oladilar. Agar har haftada bir kunlik sog’ilgan sutlarni sulton xazinasiga yuborib tursalar, davlatlari kamayib qolmas. Shuningdek sultonlik xazinasi ham foydalanadi», deb o’yladi va o’zicha qaror qildi: «Dorul mulkka yetib borishim bilan bu haqda farmon chiqara man». Tun o’tib tong ota boshladi. Kampir qizini uyg’otdi va sigirlarni sog’ib olishni buyurdi. Qiz sigirni sog’moqqa kirishdi va nogoh onasiga qarab qichqirdi: «Ey ona, tezroq yuzingni duoga o’girki, podshoning niyati zulm qilmoq bo’libdur». «Subhonolloh, - dedi Qubod, - mening andishamni bu qiz qayoqdan bilibdur...» Kampir xudoga nola tazarru’ bilan yolvorib iltijo qila boshladi. Qubod kampirni chaqirib so’radi: «Podshoning zulm ixtiyor qilganini qayoqdan bilding?» – Har kuni ertalab sigirimiz ko’p sut beradi. Bugun esa sut bermadi. Bildimki, podshoning niyati buzilibdi. Shuni bilginki, agar podsho o’z fuqarosiga zulm ixtiyor qilsa, xudovandi karim o’sha y erdan barakani ko’tarur. Agar podsho o’z fuqarosi foydasiga yaxshi niyat qilsa, olloh u yerga behad ba raka in’om qilg’ay. – Rost aytadursan, men bu niyatimdan qaytdim, – dedi Qubod. Qiz o’rnidan turib sigirni qayta sog’di va juda ko’p sut oldi ( «Qissasi Rabg’uziy»da ham mavjud – G.I.). Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling