Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi


 - MAVZU. XIII ASRDAN XIV ASRNING BIRINCHI


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/56
Sana08.05.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1446201
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   56
Bog'liq
PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI Pedagogi

4 - MAVZU. XIII ASRDAN XIV ASRNING BIRINCHI 
YARMIGACHA TASAVVUF ALLOMALARI VA 
ULARNING ODOB-AXLOQ HAQIDAGI QARASHLARI 
 
Tayanch iboralar: 
tasavvuf, din, ilm, ma’rifat, futuvvat
javonmardlik, tariqat, yodnoma, ta’lim-tarbiya, odob-axloq, 
ma’naviyat, kamolot. 
Xalq ommasi zulmga, istiloga va u vujudga keltirgan 
parokandalikka qarshi kurash uchun yolg’iz hajv va rivoyatlardan 
madad 
olish 
bilangina 
kifoyalanmasdi. 
Kurashning 
boshqa 
vositalaridan ham foydalanardi. Tasavvuf ana shunday vosita edi. 
Tasavvuf 
kurash tig’ini ezuvchilarga qaratilgan va qutulish vositasi 
bo’lgan edi. 
XII-XIII asr 
ziyolilari ixlos qo’ygan tasavvuf, mo’g’ul istilosi 
yuzaga keltirgan zulm va tushkunlik qarshisida hech qanday xalos 
bo’lish yo’lini topa olmaganlar kurashga kuchlari etmaganlar murojaat 
qilgan yagona yo’l edi. Aslida esa bu odamlarning muayyan 
hodisalardan o’zlarini chetga olishi degan edi. Kurashdan o’zini 
chetga olish esa ular uchun qutulish 
yo’li hisoblanardi. Tasavvuf 
yo’lini tutganlar uzlatga chekinib, muayyan va moddiy olamdan ko’z 
yumishga urinadilar. Tasavvuf keng xalq ommasi orasida ham o’ziga 
ko’plab tarafdorlar to’plagandi.
Bu davrda badii
y ijod bobida qalam tebratgan so’z ustalarining 
kattagina guruhi so’fiylik – tasavvuf tariqati yo’lidan bordilar, barcha 
ilmiy doiralar va fikriy harakatlar esa aqliy dalillar, qiyoslar 
keltirishga haddan tashqari berilib ketdilar. Ulamolar, allomalarning 
botiniy haqiqatlarni isbot qilish uchun, albatta, aqliy dalillar va 
falsafiy muqaddimalar keltirishlari oddiy zaruratga aylanib qoldi. 
Shuning uchun o’sha davr kalom ilmi (Qur’on tafsiri ilmi) va falsafasi 
(mushohada ilmi) hamma ilmlardan ustun turdi. Bu ikki narsasiz ish 
bitmas edi. O’sha davrdan boshlab savod o’rgatish, Qur’on va 
hadislarni o’rganish, ulardagi ko’rsatmalarni o’zlashtirish bilan birga 
olib borildi. Shunga ko’ra, Qur’on va hadislardagi pand-nasihatlar 
ham olimlar, 
ham adiblar ijodiga ta’sir etgan. Ularda ilgari surilgan 
musulmonlikning muhim xislatlari: halollik, sahovat, himmat, mehru 


66 
oqibat, ehson, sharm-hayo, ilm izlash, ustoz-shogirdlik, muomala 
qoidalari, axloq mezonlari va boshqalar o’z ifodasini topdi. Bular 
Sharq adabiyotiga, jumladan, ta’limiy-axloqiy asarlarga ta’sir etdi. Bu 
asarlar bevosita hadislarda ilgari surilgan g’oyalar asosida yaratildi. 
Islom dini peshvolari (sayidlar, ulamolar, mashoyixlar)ga davlat 
arboblari juda katta iltifot 
ko’rsatganlar, elchilik munosabatlarida va 
turli nizolarni tinch 
yo’l bilan hal qilishda ular bilan bamaslahat ish 
tutganlar. 
O’rta asrlarda markazlashgan yirik siyosiy birlikning 
mavjudligi, iqtisodiyot, fan va madaniyat 
yo’nalishlaridagi umumiy 
o’sish o’z navbatida, ma’naviy madaniyat taraqqiyotiga ijobiy ta’sir 
etdi. Xususan, tasavvuf 
ta’limoti keng rivojlandi. Bu davrda Xuroson 
tasavvuf maktabining 
ta’siri kengayganligi kuzatiladi. Abdulla 
Ansoriy (1006-1089), Yusuf Hamadoniy (1049-1140), Ahmad Jom 
(1049-1142) uning yirik namoyondalari edilar. Tasavvufning qator 
mayda tariqatlari: muhosibiya, qassoriya, tayfuriya, junaydiya, nuriya, 
sahliya, hakimiya, xarroziya, xafifiya, sayyoriya va boshqalar silsilalar 
yuzaga keldi. Yagona siyosiy birlik zaminida Xuroson tasavvuf 
maktabi bevosita Movarounnahrda tasavvuf rivojiga sababchi 
bo’ldi. 
Jumladan, Yusuf Hamadoniy tasavvuf maktabi asosida yassaviya va 
xojagon-naqshbandiya tariqatlari vujudga kelgan. XIII asrdagi 
tasavvuf taraqqiyoti birinchi navbatda xorazmlik yirik mutasavvuf 
olim Najmiddin Kubro (1145-1221) nomi bilan 
bog’liqdir. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling