Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/56
Sana08.05.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1446201
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   56
Bog'liq
PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI Pedagogi

 
 


86 
5 - MAVZU. XIII ASRDAN XIV ASRNING BIRINCHI 
YARMIGACHA FAYLASUF OLIMLAR VA ULARNING 
KOMIL INSON HAQIDAGI QARASHLARI 
 
Tayanch iboralar: 
«Axloqi Nosiriy», «Zubdat ul-haqoyiq», 
«Insoni komil» ta’lim-tarbiya, odob-axloq, ilm-ma’rifat, ma’naviyat, 
iymon, e’tiqod, do’stlik, mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, komil 
inson. 
XIII asrdan XIV asrning birinchi yarmigacha tasavvuf allomalari 
bilan bir safda faylasuf olimlar va mutafakkirlar jamiyatning ijtimoiy, 
ma’naviy hamda madaniy hayotida ulkan iz qoldirdilar. Ularning 
ilmiy merosida insonni tarbiyalash masalalari 
«axloqi zamima (yomon 
xulqlar)
»dan «axloqi hamida (yaxshi xulqlar)»ga kelish yo’li 
tasvirlangan bo’lib, «axloqi zamima» – hirs, shahvat, johillik, badniyat 
vasfi sanaladi. U qalbning kasalligidir. Uni davolash esa - yomon 
axloqning zararli oqibatlarini tushuntirish orqali amalga oshirish 
lozimligi asarda o’z aksini topgan. Axloqi hamida (yaxshi xulqlar)
– 
hikmat, adolat, iffat va shijoat yaxshi fe’l-atvorlarning asosidir. 
Allomalar bu borada 
«Qalbni malham bo’lguvchi hikmatlar bilan 
tarbiyalash
» lozimligini olg’a suradilar hamda asarlarida «vujudi 
bashariy
»dan, «vujudi ma’naviy»ga erishish – «axloqi zamima» 
(yomon xulqlar)dan 
yomon fe’llarni chiqarib, tozalab «axloqi hamida» 
va 
«axloqi pisandida» (yaxshi va maqtovga sazovor xulqlar)lar bilan 
bezash lozimligini ta’kidlaydilar. 
Nosiriddin Tusiy. 
Abu Ja’far Muhammad Nosiriddin Tusiy 
1201 yilning 18 fevralida Xurosonning Tus shahri yaqinidagi Jahrun 
qishlog’ida tavallud topdi. Diniy va falsafiy ilmlarni 1216 yildan 
Nishopurda, shaharni m
o’g’ullar bosib olganidan keyin (1222) esa, 
Tusda o’rgangan. 1228-55-yillarda ismoiliy hukmdorlar, jumladan, 
Ko’histon hokimi Nosiriddin va uning o’g’li Muyiniddin saroyida 
xizmat qilgan. 1255-
73 yilllarda mo’g’ul hukmdorlari Xulogu va 
Abaqa huzurida mas’ul lavozimlarni egallagan. 1274 yilda Bag’dodda 
vafot etgan. 
Nosiriddin Tusiy iltimosiga ko’ra astronomik ilmiy-tadqiqotlar 
uchun XIII asrda Janubiy Ozarboyjonning poytaxti Marog’a shahrida 


87 
1259 yili Xuloguxon rasadxona qurdirdi. Maktabning ilmiy rahbari 
Nosiriddin Tusiy edi. Xuloguxon ush
bu rasadxonadan o’z manfaatini 
ham ko’zlagan edi, ya’ni u turli harbiy yurishlar va boshqa ma’muriy 
tadbirlarni amalga oshiradigan omadli kunlarni aniqlash va bunday 
kunlarni oldindan bildiradigan taqvim jadvali tuzishni olimlardan 
talab qilgan edi. Bunday jadvallarni tuzish esa ma’lum astronomik 
kuzatishlarni taqozo qilardi. Nosiriddin Tusiyning g’ayrati va shijoati 
sabab bo’lib, bu rasadxona XIII asrning yirik ilmiy markaziga aylandi 
va tarixda o’chmas iz qoldirdi. O’rta asr tarixchisi Rashididdinning 
ma’lum qilishicha, rasadxonaning yuzga yaqin xodimi bo’lgan va 
Tusiy 
Marog’a rasadxonasining asoschisi sifatida shuhrat qozongan. 
Sharqning ikkinchi astronomik ilmiy maktabi XV asrda Samarqandda 
Mirzo Ulug’bek tomonidan tashkil etilgan. Rasadxonaning qurilishi va 
ishga tushirilishida Tusiy rasadxonasining ko’pgina ijobiy 
tajribalaridan, jumladan, ilmiy ishlarni rejalashtirishda va olingan 
natijalarni taqqoslashda keng foydalanilgan. 
Tusiy, minerialogiya, tibbiyot, riyoziyot, falsafa, tabiatshunoslik 
va ayniqsa falakiyotga oid asarlar hamda tarjima va sharhlar muallifi. 
U ko’pgina yunon olimlarining asarlarini arab tiliga tarjima qilgan. 
Uning 150 ga yaqin asarlari va maktublari mavjud bo’lib shulardan 25 
tasi fors, qolganlari arab, ayrimlari arab, fors va turkiy tillar birligida 
yaratilgan. Uning matematika va astronomiyaga oid «Algebra va al-
muqobaladagi hisoblash masalalari haqida risola», «Astronomiyadan 
Nosiriddinning esdaliklari», fizikaga oid «Nurning sinishi va qaytishi 
ha
qidagi risola», «Issiq va sovuq haqidagi risola», boshqa fanlar 
sohasida Xuloguxonga bag’ishlangan «Tansiqnomai Elxoniy» 
(«Elxon minera-logiyasi»), «Ziji Elxoniy», mantiq bo’yicha yozgan 
«Asos al-iqtibos» («Bilim olishning asoslari»), fiqh hamda kalomga 
ba
g’ishlangan «At-Tajrid» («Nutq pokligi») va «Qavoid al-aqoid» 
(«Aqidalar asosi») asarlari qimmatli meros hisoblanadi. 
Biz buyuk olim va faylasufning qanday darajada pedagogik 
g’oyalar targ’ibotchisi ekanligi uning ushbu sohada yaratgan asarlari 
va ularning 
ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati orqali tan olamiz. Olimning 
150 dan ortiq asarlari ichida pedagogika sohasiga tegishli g’oyalarini 
«Adab ul-muallimin» («O’qituvchi odobi»), «Adab ul-mutaallimin» 
(«O’quvchilarning xulq-atvori»), «Axloqi Nosiriy», «Axloqi 
Muh
tasham», «Ovsaf ul-ashraf» («Azizlarimning mukofoti»), «Usuli 


88 
omuzish» («O’qitish metodlari») nomli asarlari mazmunida 
ifodalaydi
1

Sharqda keng tarqalgan «Axloqi Nosiriy» asarining yozilish 
tarixi haqidagi ma’lumotga ko’ra Tusiy Ko’histon (arabchasi 
Qahaston Eron sharqida) hokimi Nosiriddin Abdurahim ibn Abi 
Mansur 
Muhtasham Ko’histoniy huzuruda xizmatda bo’lgan davrida 
bir shohona majlisda ishtirok etadi. Majlisda suhbat komil, hakim va 
fozil ustoz Abu Ali Ahmad ibn Muhammad ibn Yoqub ibn Miskavayh 
Xozin 
Roziyning «Kitob ul-tahorat» («Poklik va pokizalik kitobi») 
haqida boradi. Kitob arab tilida yozilganligi sababli majlis 
qatnashchilarining ko’pchiligi uning g’oyalarini kengroq yoritish va 
mazmunini teranroq anglashga yordam berish uchun, kitobni fors 
tiliga tarjima qilish maqsadga muvofiqligi haqida fikr bildirdilar. 
Hukmdor Nosiriddin Abdurahim ibn Abi Mansur bu xayrli ishning 
bajarilishiga amr etdi. Shuning uchun kitob uning irodasini hisobga 
olgan holda «Axloqi Nosiriy» deb ataldi. Agarchi ushbu kitob amaliy 
hikmat
(axloq) nuqtai nazaridan oliy darajada mukammal yozilgan 
bo’lsa ham, ammo unda ikki qismning joyi, ya’ni madaniy hikmat 
(ijtimoiy falsafa) va manziliy hikmat (uy-
ro’zg’or yuritish, oilaviy 
iqtisod)
2
kabi qismlari yozilmay qolgan bo’ladi. Bu qismlarni 
to’ldirish va yozish maqsadga muvofiq edi. Natijada Abu Ali 
Miskavayhning «Kitob ul-tahorat» asarining mazmunini to’liq 
saqlagan holda, keyingi davrlarda o’tgan barcha hukamolarning axloq 
to’g’risidagi qarashlarini inobatga olib, hamda yozilmagan qismlarni 
yoritib, dunyoni anglash, unga munosabat bildirish, fanlar, ularning 
turlari hamda vazifalarini yoritib kitob qayta yoziladi. Shu tariqa 
«Axloqi Nosiriy» asari vujudga keladi. 
Yana bir manbada, 
«Axloqi Nosiriy» kitobining birinchi asosiy 
maqoloti 
«Tahzib ul-axloq» («Axloqni poklash») aslida Ibn 
Miskavayh Roziyning arab tilida yozilgan 
«Kitob ul-tahorat» 
kitobining 
erkin 
tarjimasidir. 
Kitobning 
ikkinchi 
maqoloti 
1
Dr. M.Demirkol. Nasireddin Tusinin bilim ve felsefedeki yeri // Şarkiyat İlmi Dergisi. Sayı: 
IV (Kasım, 2010), s.50 
2
library.ziyonet.uz/ru/book/download/28752
file:///D:/
укув%20кулланма/ibn_sinoning_falsafij_maktabiga_mansub_nasriddin_tusi.pdf
 


89 
G’azzoliyning «Kimyoi saodati»dan ilhomlanib yozilgan
1

– deb 
ta’kidlanadi. 
Keyinchalik
, Nosiriddin Tusiyning «Axloqi Nosiriy» asari 
ta’sirida Husayn Voiz Koshifiyning (1495) «Axloqi Muhsiniy», 
Jaloliddin Davoniyning (1502) «Axloqi Jaloliy», Qinalizoda Ali 
Afandining (1572) «Axloqi Ali» asarlari yaratilganligi ma’lum. 
«Axloqi Nosiriy» – Tusiyning axloqqa oid asari bo’lib, uning 
asosiy mazmuni 
– «donishmandlik» hisoblanadi. Unda axloqiy 
muammolar ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Asarni 
yozishda muallif Arastu, Aflotun, Ibn Miskavayh, Abu Rayhon 
Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn 
Sino, Abu Homid al G’azzoliylarning 
axloqiy ta’limotlaridan foydalangan. Risola keyingi davrlarda Yaqin 
va O’rta Sharq mamlakatlarida keng tarqaldi. U Eron, Ozarbayjon, 
Hindiston, arab mamlakatlari, Movarounnahr va Xurosondagi maktab 
va madrasalarda asosiy 
qo’llanma vazifasini o’tagan. Umuman 
olganda kitob, uch maqola va natijadan iborat. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling