Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/56
Sana08.05.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1446201
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   56
Bog'liq
PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI Pedagogi

sodiqlik, rahm-shafqat, xayriya, qarindoshlik rishtalari, mukofot, 
tenglik, har qanday ishni hukm qilishda boshqalarning huquqlarini 
buzmaslik, 
do’stlik, umid va ibodat deb keltiradi. 


93 
Beshinchi bobda, axloqsizlikning ko’rinishlari ta’kidlanadi. 
Olim, johillikni donolikning dushmani, qo’rqoqlikni jasoratning, 
ochko’zlik, odobsizlikni adolatning istibdodi bilan izohlaydi. Tusiyga 
ko’ra, har qanday fazilat o’z chegarasiga ega va har qanday fazilat 
cheklovdan past yoki ustun darajaga erishsa, shafqatsizlikka aylanadi. 
Olim axloqsizlikka olib keladigan xatti-harakatlarni yettita omilga 
xasislik, jahldorlik, qizg’anchiqlik, adovat saqlashlik, shahvoniylik, 
manmanlik, hasadgo’ylikka va yuksak axloqiy tafakkurga olib 
keluvchi xatti-
harakatlarni o’n to’rt omilga sabr-toqat, qanoat, 
yordam va do’stona munosabat, odamiylik, saxiylik, yumshoqlik, 
olijanoblik, adolat, kamtarlik, sadoqat, samimiylik, huquq va 
burchlilik, yaxshi fazilat, vijdonlilik
va boshqalarga ajratadi. Bular 
olimning fikricha axloqiy tarbiyaning maqsadini tashkil qilmog’i 
lozim. 
Oltinchi bobda, qadr-
qimmat o’rtasidagi farq va qadr-qimmat 
bilan tashqi o’xshashlik yoritiladi. 
Yettinchi bobda adolat qiymatining boshqa fazilatlardan 
afzalligi, 
uning 
xususiyatlari 
va 
turlari 
yoritilgan. 
Tusiy, 
munosabatlarda tenglikni yaratish va adolat bilan yondashish 
lozimligini ta’kidlaydi. Uning fikriga ko’ra, adolatli inson nomuvofiq 
narsalarni muv
ofiqlashtiradigan insondir. Bunday odam o’rtacha va 
tenglik me’yorlari bo’yicha mukammal hakam bo’lishi kerak. Adolat 
va tenglikning haqiqiy yaratuvchisi 
– birlik vujudi hisoblanadigan 
ilohiy vijdondir (inson vijdoni). Adolatning fazilatlariga erishgan 
inson ilohiy yaqinlikka erishadi (eng oliy yaqinlik). 
Sakkizinchi 
qism 
baxtning 
fazilatlari 
va 
darajalarini 
o’zlashtirishga bag’ishlangan. Har bir inson o’zining tug’ma iste’dodi, 
izlanishi va tirishqoqligi tufayli ezgu fazilatlarni egallaydi
1

To’qqizinchi bob, sog’lom istak va qadr-qimmatni saqlab qolish 
haqida. Tibbiyot fani inson sog’lig’ini saqlash uchun mijozga mos 
keladigan malhamlardan foydalanishni tavsiya etgani kabi, axloqiy 
qonunlar ham nafsni sog’lom saqlab qolish uchun umumiy 
xususiyatlarga 
ega 
b
o’lgan insoniy munosabatlarni qo’llab-
quvvatlashni talab qiladi. 
1
 library.ziyonet.uz/ru/book/download/28752


94 
«Maqsadlar» ning oxirgi bobida Tusiy nafs xastaliklarini 
davolash qoidalari, ya’ni razillik haqida gapiradi. Tananing 
davolanishida (tibbiyotda) bo’lgani kabi, kasalliklar o’zlarining 
qarama-qarshiliklari bilan davolanadilar va xuddi shunday nafsni 
davolashda razillik o’zining qarama-qarshisi bilan yo’q qilinadi. 
Tibbiyot sohasida birinchi navbatda kasallik nimada ekanligi 
aniqlanadi, undan so’ng sabablari to’liq tekshiriladi va nihoyat 
davolash boshlanadi, axloq tarbiyasida ham shu jarayon kechadi. 
«Xonadon farovonligi» nomli ikkinchi maqola 5 qismdan iborat. 
Ushbu maqolada oila qurish madaniyati, bola tarbiyasi, oila 
boshlig’ining oila oldidagi burch va masuliyatlari, ayol va uning 
vazifalari borasida gap boradi
1
. Birinchi bobda 
ro’zg’orshunoslik fani 
ning ma’nosi ochib beriladi. Tusiy, ro’zg’orshunoslik fani oilani 
saqlashga yordam beradigan muhim fan ekaniga ishonadi va 
ro’zg’orshunoslik fanini oila qurishning donishmandi deb ataydi. 
Tusiy f
ikriga ko’ra, «ro’zg’orshunoslik fani» ning umumiy asoslari 
inson tanasining tarkibiy qismlari o’rtasidagi muvozanatni saqlashga 
o’xshaydi. Agar muvozanat bo’lsa, uni himoya qiladi, agarda buzilgan 
bo’lsa, uni qayta tiklashga harakat qiladi. 
Ikkinchi qism 
esa boshqaruv, mol va dunyoni to’planishiga 
bag’ishlangan. Ushbu bobda Tusiy uchta asosiy vazifa pul topish

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling