Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/56
Sana08.05.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1446201
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   56
Bog'liq
PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI Pedagogi

Aziziddin Nasafiy. 
To’liq nomi – Aziziddin ibn Muhammad an 
- Nasafiy) (1220, Nasaf, Qashqadaryo 
– 1305, Yazd, Abarko’h) – 
buyuk ensiklopedist olim, tabib, tasavvuf falsafasining yirik vakili. 
Shayx Najmiddin Kubro va Ibn al - 
Arabiy ta’limotlarini o’zaro 
bo
g’lagan kubroviya mashoyixlaridan biri. 
Aziziddin Nasafiy dastlab Nasaf, so’ng mo’g’ullar istilosi 
davrida Buxoro madrasalarida ta’lim olgan
1
. Falsafa va tasavvufni 
o’rganish bilan birga tib ilmidan ham yuksak mahoratga ega bo’lgan. 
Bir muddat Buxoro madrasalarida talabalarga tasavvufdan darslar 
o’tgan. Nasafiy 1243-52 - yillarda Xurosonda yetuk oriflardan 
bo’lmish Sa’diddin Hamaviy (Hamuya, 1191-1252) bilan tanishadi va 
uni o’zining piri deb biladi. 1273 - yili Buxorodan Bahrobod 
(Xuroson
)ga ketgan, Isfahon va Sheroz safaridan so’ng Yazdning 
Abarko’h shahrini maskan tutgan. Umrining oxirigacha shu yerda 
yashab, shu yerda vafot etgan. 
1
Ҳомиджон Ҳомидий. Тасаввуф алломалари. – Т.: «Шарқ», 2009. – 130 б. 


101 
Nasafiy hamma asarlarini fors tilida yozgan. Nasafiyni komil 
inson 
tadqiqotchisi desak mubolag’a bo’lmaydi. «Al - inson al – 
komil
» («Komil inson») asari olim yozgan risolalarning eng mashhuri 
bo’lib, uni fransiyalik olim Marijan Mole fransuz tiliga tarjima qilgan. 
Kitob bir muqaddima va turli mavzularga bag’ishlangan 22 risoladan 
iborat. Undagi risolalarning ko’pi «Manozil us-soyirin» 
(
«Yo’lovchilar qo’nalg’asi»)ning ba’zi nusxalarida uchraydi. Ushbu 
asar 556 sahifa bo’lib, irfon va hikmatlarga oid nozik tushunchalardan 
bahs yuritadi. Irfon va hikmat masalalari va asosi haqida yana 
«Bayot 
ut-tanzil
» nomli kichik va muxtasar kitobi ham bor. Nasafiyning 
bildirishicha, uning fikr va aqidalari faqat 
«Maqsad ul-aqso» 
(
«So’nggi maqsad») asarida ifodalangan. Asar 8 fasl, 8 bob va 1 
xotimadan iborat. Shuningdek, olimning 
«Kashf ul – haqoyiq» 
(
«Haqiqatlarning yaralishi»), «Zubdat ul – haqoyiq» («Haqiqatlar 
qaymog’i»), «Nuzul va uruj» («Quyilash va ko’tarilishi»), «Mabda’ va 
ma’od» («Chiqish va qaytish»), «Miftoh ul-asror» («Sirlar kaliti»), 
«Nafsi insoniy», «Vahdati vujud» va boshqa kitoblari chet ellarda 
chop etilgan. 
«Zubdat ul-haqoyiq» asari tasavvufshunos olim, 
professor N.Komilov tarjimasida o’zbek tilida chop etildi. 
Olam va odam birligi ta’limoti Nasafiy asarlarining mohiyatini 
tashkil etadi. Uning ijodi arab, ingliz, nemis, fransuz, turk, hind, rus 
olimlari tomonidan 
tadqiq etilgan. Qo’lyozma nusxalari Vena, 
Leyden, London, Kalkutta, Dushanbe, Istanbul, Sank-Peterburg, 
Tehron 
shaharlari kutubxonalarida, O’zbekiston FA Sharqshunoslik 
instituti 
qo’lyozmalar fondida saqlanadi. 
Aziziddin Nasafiy tasavvuf ta’limotini rivojlantirishga ustozlari 
shayx Najmiddin Kubro, Sa’diddin Hamaviylarning g’oyalarini 
davom ettirdi. U 
«Insoni komil» nomli risolasida komil insonga ta’rif 
berib, shunday yozadi: 
«Bilgilki, komil inson deb shariat va tariqat va 
haqiqatda yetuk 
bo’lgan odamga aytadilar va agar bu iborani 
tushunmasang, boshqa ibora bilan aytayin: bilgilki, komil inson 
shunday insondirkim, unda quyidagi to’rt narsa kamolotga yetgan 
bo’lsin: yaxshi so’z, yaxshi fe’l, yaxshi axloq va maorif»
1

1
Комилов Н. Тасаввуф ёки комил инсон ахлоқи. Биринчи китоб. Т.: Ёзувчи, 1996. 147-
бет.


102 
Bu sifatlar bilan ziynatlangan odam yolg’on, riyo va 
badkirdorlikdan chekinadi, hamma vaqt ezgu niyat bilan yashab, ezgu 
ishlarga tayyor turadi. 
Yaxshi sifatlarni egallab borgan odam komil inson martabasiga 
ko’tarila oladi. Komil inson – insonlarning eng mukammali, eng oqili
va donosi. Komil inson insonlar jamiyati ichidan yetishib chiqadigan 
mo’tabar zotdir. Insonlar komillikka axloqiy-ma’naviy poklanish 
jarayonida erishadilar. 
Aziziddin Nasafiy kamolotning belgisi sifatida ikki narsani asos 
qilib oladi. Birinchisi 
– hamida (go’zal) axloq bo’lsa, ikkinchisi – o’z-
o’zini tiyish. Shu ikki asosning bor yoki yo’qligiga qarab u odamlarni 
uch qismga ajratadi.
Birinchisi, hamida axlo
qiy xislatlar bilan bezanmagan va o’z-
o’zini tanimagan odamlar. Ikkinchisi, hamida axloqiy xislatlar bilan 
bezangan, ammo o’z-o’zini anglamagan odamlar. Uchinchisi, hamida 
axloqiy sifatlar bilan be
zangan va o’z-o’zini tanigan, anglagan 
odamlar. Olimning nazarida uchinchi toifa odamlar komil insonlardir: 
«Binobarin, insonning kamolotga erishishi hamida axloqqa ega bo’lish 
va o’z-o’zini tanish bilan amalga oshadi»
1


Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling