Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI Pedagogi
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Nafsi insoniy» kitobi. (Parcha)
Aziziddin Nasafiyning
«Insoni komil» asari – yirik pedagogik manba. Aziziddin Nasafiyning fikricha, ulug’ olamda mavjud xususiyatlar inson olamida aks etadi. Agar biz ulug’ olam xossalarini bilmoqchi ekanmiz, unda avval inson olamini har tomonlama anglab yetishimiz darkor. Olimning fikricha inson olami juda murakkab sir-sinoatlarga boy. Lekin insondagi barcha fazilat va xislatlar faqat Xudoning ixti yori bilan bo’ladi. Olimning fikricha, insonning jismi bilan ruhi orasida o’zaro aloqadorlik mavjud. shuning uchun inson kamolot darajalari turlicha bo’lganidek, uning ruhiy kamolot darajalari turlicha bo’ladi. Chunki, moddiy olam ruhiy olamsiz, ruhiy olam esa moddiy olamsiz mavjud bo’lmaydi. Inson jismi va ruhida bo’ladigan o’zgarishlar manbai, olimning fikricha, olamning asosini tashkil etgan unsurlar: tuproq, suv, havo, olovga bog’liq. Ushbu to’rt unsurning har biri o’z shakli va ma’nosiga 114 ega. Insonning jismi ham ana shu to’rt unsurning aralashuvidan paydo bo’lgan. Aziziddin Nasafiyning fikricha, inson – hayvon turlaridan biri bo’lib, u faqat ta’lim-tarbiya, o’qish va takrorlash, taqvo va zikr tufayligina inson darajasiga ko’tariladi. Hayot, bilim, iroda, quvvat, eshiti sh, ko’rish, nutq, idrok kabi xususiyatlar insondan tashqarida mavjud emas. Bunday xususiyatlar, qobiliyatlar inson jismida harakat qilgandagina haqiqiy mavjudlik kasb etadi. Inson kamoloti xuddi shu mavjudlik bor joydagina sodir bo’ladi. Odamzod oilasini boqishi, boshqalarga yordam berishi, sabr qilishi, ozod bo’lishi kerak. Komil inson bo’lish uchun avvalo o’z-o’zini tanish zarur. Kimki, qanoat qilsa – shoh, aks holda o’tkinchi hisning qulidir. «Nafsi insoniy» kitobi. (Parcha) So’fiylar deydilar: «Inson kichik olamdir (olami sag’irdir) va aql bu olamning odamidir va jism Hav odir va qo’rquv iblisdir va shahvat tovusdir v a g’azab ilondir. Va yaxshi axloq jannatdir va yomon axloq – do’zax va aql quvvatlari, ruh quvvatlari va jism quvvatlari maloiklardirlar »... E y darvesh! Tuproq odami nurlarning mag’ribidir, zerokim butun nurlar jabarutning mashriqidan chiqqanlar va tuproq odamiga kelib tushganlar. Endi esa nur tuproq odamidan zohir bo’lur (shu bois) qiyomat kuni oftob mag’ribdan chiqar. ...Bilgilki, ye tti do’zax va sakkiz jannat bor. Har bir jannat muqobilasida bitta do’zax bor. Ammo birinchi jannat muqobilasida do’zax yo’kdir, Odam bilan Havvo shu birinchi jannatda edilar. Bu jannatda vujud (jismlar) yo’q edi va ziddiyatlar yo’q edi, shu bois muqobilada shayton yo’q edi... Ikkalasi (Odam va Havvo) bu birinchi jannatdan chiqarildilar va adam (yo’qlik) osmonidan vujud zaminiga kelib tushdilar. Xitob bo’ldikim: yo Odam, bu ikkinchi jannat sof ruhlarning joyidir, unda sokin bo’l, chunki bu yerda ochlik va chanqoqlik yo’qdir va issiq-sovuqning azobi ham yo’kdir. Mizoj (to’rt unsur) daraxtiga yaqinlashma, chunki agar mizoj daraxtiga yaqinlashsang, bu ikkinchi jannatdan chiqishga to’g’ri keladi. Agar bu jannatdan chiqsang, badbaxt bo’lasan, ya’ni muhtojlikka uchraysan, ochlik paydo bo’ladi va tashnalik yuz beradi va yalang’och bo’lasan va issiq-sovuqning azobi qiynaydi. Mizoj daraxtiga yaqinlashdilar va 115 ikkinchi jannatdan quvildilar va uchinchi jannatga kirdilar. Va uchalasi (uchinchisi iblisdir) tafrid (yolg’iz ruh) osmonidan tarkib (jismlar) zaminiga ye tdilar va uchinchi jannatda muhtoj bo’ldilar va ochlik, tashnalik va yalang’ochlik ularni qiynadi. Va bu uchinchi jannat go’daklar va ablahlar jannatidir. Yana xitob bo’ldikim: Yo Odam, shu uchinchi jannatda yashab tur, chunki bul uchinchi jannatda ne’mat ko’pdir va senga mone’lik yo’q va da’vo, mulohaza, talab yo’kdir. Aql daraxtiga yaqinlashma, agar aql daraxtiga yaqinlashsang, bu uchinchi jannatdan ham chiqishga to’gri keladi. Va agar uchinchi jannatdan chiqsang, zolim bo’lasan. Akl daraxtiga yaqinlashdilar ... va uchinchi jannatdan chiqarildilar va to’rtinchi jannatga kirdilar. Ey darvesh! Ular shuning uchun zolim bo’ldilarki, aql daraxtiga yaqinlashmaguncha kulfatli emas edilar va ular uchun halol-u harom vojib emas edi. Va da’vo bilan talab yo’q edi... Aql daraxtiga yaqinlashgandan keyin kulfatga giriftor bo’ldilar va amru nahiy ( buyurilgan va man’ qilinganlar) sodir bo’ldi. Endi agar amrga itoat etib, nahiydan parhez qilmasalar, zolim bo’ladilar, ya’ni o’z-o’zlariga zulm qiladilar. Ey darvesh, ikkinchi jannatdan uch kishi badarg’a bo’ldilar: Odam, Havvo va shayton. Uchinchi jannatdan esa olti kishi chikdilar: Odam, Havvo, shayton, iblis, tovus va ilon. Odam – ruhdir, Havvo – jism, shayton – tabiatdir, iblis – qo’rquv, tovus – shahvatdir va ilon – g’azab. ...Bilgilkim, olami kabir (katta olam)ning avvali bir javhardan iborat, xuddi olami sa g’ir (kichik olam)ning boshi bir javhar bo’lganiday. Kichik olam boshining javhari nutfadir (inson urug’i) va kichik olamda mavjud bo’lgan har bir narsa nutfada mavjuddir. Va nutfa olamida bo’lmagan narsaning kichik olamda bo’lishi maholdir. Ey darvesh, agarchi mavjudotning har bir qismi bu nur sifatining mazharidir, ammo ikkita mazhar bag’oyat kuchlidirlar: biri insoni kabir (ulug’ inson), ikkinchisi insoni sag’ir (kichik inson). Insoni kabir qudrat mazharidir va insoni sag’ir ilm mazharidir, ya’ni falaklar, yulduzlar va anosir (to’rt unsur) qudrat mazharidirlar va komil inson ilm mazharidir. ...Bilgilki, insonlardan ba’zisi shunday xosiyatlarga egaki, boshqalarda bu xislat yo’q. Va odamizodning ham mavjudotning har biri biror xosiyatga egadir. Oda mlardan ba’zisi shundayki, kimni ko’rsalar yoxud ko’rmagan bo’lsalar ham uning nomi, ota-onasining 116 nomi, qarindosh- urug’larining nomini aytib beradilar va uning o’tmishi va kelajagidan xabar beradilar va buning bari to’g’ri chiqadi, yolg’oni bo’lmaydi. Bu toifa kishilarni nomgo’ylar va nomjo’ylar (nomni aytuvchilar) deb yuritadilar. Va yana odamlardan ba’zisi shunday xislatga egaki, nazarlariga biror narsa tushsa va yoqib qolsa, u narsa albatta zarar ko’radi yoki halok bo’ladi. Bu toifani yomon ko’zlilar va kasofat keltiruvchilar deydilar. Va yana ba’zilar shunaqaki, tillariga bir nima kelsa, o’sha narsa darhol muhayyo bo’ladi va bu toifani tili qoralar deydilar. Va yana odamlardan ba’zilari shundayki, eng qiyin ilmlarni, agar jiddu jaxd bilan kirishsalar, b ir kunda o’zlashtirib oladilar va har qanday mushkul hunar yoki san’atni bir kunda yoki o’n kunda o’rganadilar va o’rgangan ilmlari, hunarlarini hech vaqt unutmaydilar. ...Bilgilki, komil inson shunday insonki u shariat, tariqat va haqiqat borasida yetukdir va agar buni tushunmasang, boshqa ibora bilan aytay: bilgilki, komil inson deb shunday insonni aytamizki, unda to’rt narsa kamolga yetgan bo’ladi, ya’ni: yaxshi so’z, yaxshi amal, yaxshi xulq va ma’rifat. Uning tili poku dili pok, ishi va niyatlari pokdi r. Ey darvesh, iloh yo’lini qabul etgan jami soliklar shuni (e gallash bilan) mashg’uldirlar va soliklarning vazifasi ana shu to’rt narsani kamolga ye tkazishdan iborat. Kimki bu to’rt narsani kamolga ye tkazsa, o’zi ham kamolga yetadi. Darig’kim, ko’p odamlar bu yo’lga kirdilar, ammo girdoblarga g’arq bo’ldilar va maqsadga y etolmadilar, murodlari hosil bo’lmadi. Komil inson nima ekanini bilding, endi bilgilkim bu komil insonning ism- sifatlari (belgilari) ko’pdir, turli ismlarni e’tibor yuzasidan unga nisbatan beradilar va buning barchasi to’g’ridir. Ey, darvesh, komil insonni shayx va rahbar, hodiyu mahdi deydilar. Va dono va boli g’ (balog’at cho’qqisi) va komil va mukammal va imom va xalifa va qutb va zamon egasi deb ulug’laydilar. Va jahonni ko’rsatuvchi jom va olamni ko’rsatuvchi ko’zgu va ulug’ taryok va iksiri a’zam deydilar. Va uni o’likni tirgizuvchi Iso va hayot suvini ichgan Xizr ham deydilar. Va Sulaymon deydilar, chunki qushlar tilini biladi va devu pariga shohdir. Va bu komil inson hamisha olamda bo rdir, ammo bittadan ortiq emasdir, shu uchunkim mavjudot go’yo bir shaxs kabidir va komil inson bu shaxsning qalbidir. Bas, komil inson hamisha olamda bordir va qalb bittadan ortiq bo’lmaganiday, 117 komil inson ham bittadan ortiq bo’lmagay. Olamning bu yagonasi dunyodan o’tsa, boshqasi uning martabasiga yetadi va uning o’rnida o’tiradi, toki olam qalbi doimo tirik urib tursin. ...Mulk, malakut va jabarut olamlarida hech narsa komil inson ko’zidan yashirin qolmaydi. Barcha ashyoning mohiyatini va ashyolar hikmati mohiyatini tub-tubigacha biladi. Odamlar koinotning qaymog’i va xulosasi hamda mavjudot daraxtining mevasidirlar, komil inson esa odamlar mavjudotining qaymog’i va xulosasidir. Mavjudot ham surat va ham ma’ni yuzasidan birato’la komil inson nazari ostid adir. Chunki me’roj (ko’tarilish) ham surat va ham ma’niga ko’ra bu tarafdandir (inson tarafidandir). Ey, darvesh, komil inson ilohiyotni tanib, Xudoyi taolo diydoriga yetgandan keyin xalqqa rohat ye tkazishdan ulug’roq toatni bilmagay va hech bir ishni bun dan ortiq ko’rmagay va odamlarga ehson qilish, bir foydali so’z aytish yoki foydali ish qilishdan o’zga rohatni bilmagay. Toki odamlar u aytgan yo’ldan yurib, buyurgan ishni qilib, dunyoda osonroq yashasinlar va dunyoning balovu fitnalaridan emin bo’lsinlar va oxiratda azoblardan qutulsinlar. Kimki shunday qilgay, u nabilarning vorisidir. Ey darvesh, komil inson xalq orasida rostlikni barqaror etish va yomon odat- rusumlarni xalq orasidan ko’tarish va odamlar ichida ezgu qonun-qoidalarni joriy etish, odamlarni X udo yo’liga chorlab, oxiratni ta’riflash va dunyoni mazammat qilish, darveshligu xoksorlikning foydasini kishilar ongiga yetkazishni eng yaxshi ibodat deb biladi. Toki kishilar qalbida darveshlikka muhabbat uy g’onsin va shahvat, boylikka nafrat paydo b o’lsin. Komil inson yaxshilarga jannat ne’matini, yomonlarga esa do’zaxni sog’inadi, odamlarni bir- birlariga muhabbatli va mushfiq qilish uchun kurashadi, toki odamlar bir-birlariga ozor yetkazmasinlar va bir- birlarining o’rinbosarlari bo’lsinlar. Buyuradi, tokim odamlar tillari va qo’llari bilan bir- birlarining tinchligi va omonligini ta’minlasinlar va shunga axdu paymon qilsinlar va bu ahdni buzmasinlar, agar buzsalar – imonsizdirlar....Bilgilki, g’ayb olamidan ravona bo’lgan har bir ato (ehson) yoki balo shahodat olamiga (moddiy dunyoga) kelib ye tguncha komil inson qalbida paydo bo’ladi va u ushbu holdan xabardor bo’ladi. Boshqalar tushida ko’radigan narsalarni u o’ngida ko’radi. 118 Ey darvesh, daryoi muhit – uqyonusda olamni ko’rsatuvchi ko’zgu o’rnatganlar, deb necha bor eshitgandirsan, uqyonusda nima voqea- hodisa yuz bersa, nimaiki paydo bo’lsa o’sha ko’zguda ko’rinadi, deydilar. Bu uqyonus G’aybning g’ayb olamidir va bu ko’zgu esa – komil insonning qalbidir. G’aybning g’ayb olamidan nima narsaki ravona b o’lgay vujud qirg’og’iga kelib yetguncha uning aksi komil inson dilida ifodalanadi va komil inson ushbu holatlardan ogoh bo’ladi. Va har kimki komil inson huzuriga kirsa, qalbida nima bo’lsa, ul narsalar komil inson qalbida paydo bo’ladi. Jumla mavjudot odamzodga shuning uchun sajda qiladiki, odamlar orasida komil inson bor. Bas, jumla odamzod komil inson tufayli (sharafli)dirlar. Mavjudot ichra komil insondan ko’ra ulug’roq va donoroq narsa yo’q, chunki komil inson eng pastdan eng yuqorigacha martabalardagi mavjudotning xulosasi va qaymo g’idir va farishtalar, ruhoniy mavjudotlar va arshu kursi, samovotu kavokib hammasi komil inson xizmatidadirlar va hamisha komil inson tegrasini tavof qilurlar va komil inson ishlarini bajo keltirurlar... Komil inson ilm mazharidir, komil inson ilohiy zot sifatlarining ham mazharidir... Komil inson olamning siri va qutbidir, shu sababdanki, u ilmning muhiti- manbaidir, olimdir, har bir narsani o’z joyida ko’radi va o’z mavqeida baholab, adolat qila oladi. Va odamlar hammasi uning tegrasida, u tufayli yashaydilar. Aflok va anjumning ikki qutbi bor va ular shu qutblar atrofida aylanadilar – bularning biri shimoliy ikkinchisi janubiy qutb. Odamlar ham ikki qutbga egadirlar – biri dono inson, ikkinchisi tavono, ya’ni kuchli inson. Agar bir kishi ham dono va ham kuchli bo’lsa, uning ishi oson kechadi, albatta, faqat komil insongina shunday fazilatga molik. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling