Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/56
Sana08.05.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1446201
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   56
Bog'liq
PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI Pedagogi

Nazorat topshiriqlari: 
1.
Sharq mutafakkirlari va ularning pedagogik fikr taraqqiyotiga 
qo’shgan hissasi. 
2.
Nosiriddin Tusiy va uning ilmiy-ma’rifiy merosi. 
3.
Nosiriddin Tusiyning «Axloqi Nosiriy» asarining Sharq 
xalqlari ma’naviy merosimizdagi o’rni. 
4.
Aziziddin Nasafiyning ilmiy merosi. 
5.
Aziziddin Nasafiyning «Zubdat ul-haqoyiq» va «Insoni 
komil
» asarida inson barkamolligi borasida. 


119 

– MAVZU. XIII ASRDAN XIV ASRNING BIRINCHI 
YARMIGACHA SHARQ MUTAFAKKIRLARI VA 
ULARNING PEDAGOGIK QARASHLARI 
 
Tayanch iboralar: 
ma’naviy meros «Guliston», «Bo’ston», 
«Masnaviyi ma’naviy», «To’tinoma» ta’lim-tarbiya, obdob-axloq, 
ilm-
ma’rifat, ma’naviyat, iymon, e’tiqod, do’stlik, mehr-muhabbat, 
mehnatsevarlik, komil inson. 
 
Muslihiddin Sa’diy Sheroziy - Sharqu G’arbda Sa’diy nomi 
bilan shuhrat qozongan Sa’diy Sheroziy (asl ism-sharifi Muslihiddin 
Abu Muhammad Abdulloh ibn Mushrifiddin) 1184 yili ayrim 
manbalarga k
o’ra 1210 yili Sherozda davlat xizmatchisi oilasida 
dunyoga keladi. Forsigo’y shoir, adib va mutafakkir Sharq xalqlari 
orasida Shayx Sa’diy nomi bilan mashhur. Sa’diy mo’g’ul 
bosqinchilari O’rta Osiyo va Eronda hukmronlik qilayotgan, xalq 
ularning zulmiga qarshi kurashga otlangan davrda yashadi, ijod qildi. 
Sa’diy ozodlik uchun olib borilgan kurashda xalqning g’alaba 
kilishiga ishondi, uni o’z asarlarida aks ettirdi. 
Otasi Sheroz otabegi Sa’d binni Zanjiyning mulozimlaridan 
bo’lgan. Otadan yosh yetim qolgan Sa’diy boshlang’ich ma’lumotni 
tug’ilgan shahri Sherozda olgach, tahsilni xalifalikning poytaxti, ilm 
va madaniyat markazi bo’lgan Bag’dodda davom ettirgan. 1226 yili 
«Nizomiya» va «Mustansiriya» madrasalarida diniy, filologik, tabiiy 
va aniq fanlarni o’rgangan. O’z davrining dongdor mutasavvifi va 
faylasufi Shahobiddin Suhravardiy (1145-1234) hamda yirik 
ilohiyotshunos Abdulfaraj Abdurahmon ibn Jazviy (1186-1257) 
qo’lida tahsil olgan. 
Madrasani tugatgan Sa’diy Sharq mamlakatlari bo’ylab 30 yillik 
ilm o’rganish, 30 yillik sayohati davomida, Kichik Osiyo, Misr, 
Xuroson, Sharqiy Turkiston, Hindiston kabi mamlakatlarni ba’zan 
ulovda, ba’zan piyoda kezib chiqqan. Qiyinchiliklar bilan kechgan bu 
sayoh
atlarida Sa’diy hayot ilmini chuqur o’rganib, inson fe’lini butun 
murakkabligi bilan anglab, o’z davrining ko’pni ko’rgan donishmand 
faylasufi 
bo’lib etishgan. XIII asr o’rtalarida Sherozga qaytib kelgan 
Sa’diy dunyo tashvishlaridan o’zini chetga olib, shahar chekkasidagi 


120 
shayx Abu Abdulloh Hafif xonaqosida faqirona hayot kechirgan. 
Sa’diy 1292 yili Sherozga vafot etadi.
Fors-
tojik adabiyotida Sa’diy maqomi juda yuksak. Xususan, 
Damashqda 
«Bo’ston» («Sa’diynoma», 1257) va Sherozda «Guliston» 
(1258) asarlarini yozgan va sherozlik hukmdor Abubakr ibn Sa’d 
(1226-1260)ga 
taqdim qilgan. Sa’diy g’azallari 4 devondan iborat 
bo’lib, ular «Tayyibot» («Latif g’azallar»), «Badoe’ («Yangi 
g’azallar»), «Xavotim» («Xotima g’azallar») va «G’azaliyoti qadim» 
(
«Eski g’azallar»)dan iborat. Shoirning «Sohibiya» asari, arabcha va 
forscha 
qasidalari, qit’a, ruboiy va fardlari ham mashhur. Uning 
asarlari o’sha davrda yaratilgan ikki «Kulliyot»i orqali saqlangan. Biri 
shoir vafotidan 37 yil 
o’tgach Ali binni Ahmad binni Abubakr 
Beustun tomonidan tuzilgan 
«Kulliyot» bo’lib, 19 bo’limdan iborat. 
Kitob debochasida 
to’plovchi «Kulliyot» ustida 7 yil ishlaganligini, 
ko’pchilikning maslahati va yordami bilan bu ishni amalga oshirganini 
yozadi. Ikkinchi 
«Kulliyot» XIII asrga oid bo’lib, kim tomonidan 
to’planganligi yozilmagan. Shu ikki manba asosida Eron olimi 
Muhammadali Furo’g’iy Sa’diy «Kulliyot»ini nashr ettirgan (1941). 
«Kulliyot»ga, diniy-falsafiy, nasriy asarlardan tashqari, «Guliston», 
«Bo’ston», «Arab qasidalari», «Fors qasidalari», «Tarjibband», 
shuningdek, 
to’rt devoni kiritilgan. Asar 18 bo’limdan iborat bo’lib, 
10 dan ortiq janrdagi asarlarni o’z ichiga oladi. 
Bir umr xalq ichida yashagani, hayotning butun achchiq-
chuchugini totgani uchun ham Shayx 
Sa’diy asarlari boshqa Sharq 
shoirlaridan hayratlanarli darajada hayotiyligi bilan alohida ajralib 
turadi. 
«Bo’ston» va «Guliston» hayotiy hikoyatlardan tashkil topgani, 
donishmand shoirning bu hikoyatlar 
so’ngida qissadan hissa tarzida 
keltirgan she’rlari real turmushdan chiqarilgan xulosalar ekanligi bilan 
jahon ilmu adab ahlini birday o’ziga tortib kelmoqda. BMTning 
Tinchlik Kengashi binosi peshtoqiga 
«Guliston»dan olingan quyidagi 
misralar bitilgan: 
«Odam bolalari ibtidoda bir gavhardan bino 
bo’lganlari tufayli yaxlit bir vujud kabidirlar. Binobarin, zamon uning 
bir a’zosiga jarohat yetkazsa, boshqa a’zolari ham o’z tinchini 
yo’qotadi». 
Shayx 
Sa’diy ijodi o’zidan keyingi Sharq adabiyotiga kuchli 
ta’sir ko’rsatganligi bilan ham ahamiyatlidir. Shoir asarlari qadimdan 
o’zbek xalqi orasida ham mashhur. Ayniqsa «Bo’ston» va «Guliston» 


121 
asarlari o’tmishda O’rta Osiyo maktab, madrasalarida asosiy darsliklar 
qatorida o’qitilib kelingan. Navoiy «Devoni Foniy»da Sa’diy 
g’azaliga 22 ta tatabbu’ bag’ishlagan. Jomiyning «Bahoriston», 
«Silsilatuz-zahab»i, Majiddin Xofiyning «Xoriston»i, Habib 
Qooniyning 
«Parishon»i, Navoiyning «Hayratul-abror», «Mahbub ul-
qulub»i, Ibn Kamolposhshoning «Nigoriston»i, Avloniyning «Turkiy 
guliston» asarlari bevosita Sa’diy ijodi ta’sirida yaratilgan.
Sa’diy Sheroziy «Bo’ston» va «Guliston»da o’z davridagi eng 
muhim va katta-katta siyosiy, iqtisodiy voqealarni aks ettirar, axloqiy 
normalarni talqin etar ekan, o’sha davr kishilarining xilma-xil 
obrazlarini yaratganki, bu obrazlarning umumlashtiruvchi kuchi ham, 
ta’sir doirasi ham shoirning o’z yurti va davri chegarasidan chiqib 
ket
adi. Uning ilg’or orzulari umumbashariyat orzulari bilan 
hamohang. Shuning uchun ham bu asar jahon adabiyoti durdonalari 
qatoridan joy olgan. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling