Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI Pedagogi
Aziziddin Nasafiyning
«Zubdat-ul xaqoyiq» asari xususida. Aziziddin Nasafiy o’z asarlarida inson barkamolligining bosqichlarini tasavvuf, ta’limoti asosida tushuntirib berishga harakat qiladi. Bu ta’limotlar tayfuriya, junaydiya, kubraviya, naqshbandiya, yassaviya, malomatiya, nuriya, qadariya va boshqa tariqatlar zamirida vujudga kelgan. Tasavvuf talablariga ko’ra inson komillik darajasiga ko’tarilishi uchun to’rt murakkab bosqich: shariat, tariqat, ma’rifat, haqiqat kabi larini bosib o’tishi zarur. Ushbu bosqichlar biri ikkinchisi bilan dialektik aloqador, biri ikkinchisiga poydevordir. Komillikni orzu qilgan inson avvalo, shariat qonunlariga amal qilmog’i, ularni bilmog’i darkor. Shariatda inson harakatlari «halol» va «harom»ga bo’lingan va beshta mezon bilan o’lchangan. Bular: farz – majburiy amallar, sunnat – majburiy emas, ammo ma’qul hisoblangan harakatlar, mubox – bajarish ixtiyoriy bo’lgan urf-odatlar, makruh – nomaqbul qiliqlar, harom – ta’qiqlangan xatti-harakatlar. 1 Тасаввуф/ Н.Комилов; - Т.: “Movarounnahr” – “O’zbekiston”, 2009. – 137 б. 103 Ruhiy ma’naviy komillikni orzu qilgan kishi shariat qonunlariga amal qilmog’i darkor. Shundagina u tariqatga qadam qo’yadi. Tariqat talablariga ko’ra esa inson ustoz saboqlarini olishi shart. Chunki ustoz-shogird , ya’ni «pir-murid» chig’irig’idan o’tish komillikni orzu qilganlar uchun shart hisoblangan. Komillikka orzumand kishi o’z ixtiyorini ustoz qo’liga berib qo’yishi, ustoz uni uzluksiz nazorat qilishi zarur. Shuningdek ustoz , ya’ni pir ham shogird mulkiga ko’z olaytirmasligi, shariat qonunlariga o’zi qat’iy amal qiladigan, chuqur bilimli, axloqiy pok, so’zi va ishi bir, tashkilotchi va tadbirkor, shaxsiy ibrat ko’rsata oluvchi, ishontirish qobiliyati kuchli, saboq berishda san’atkor darajasidagi inson bo’lishi kerak. Ustozlar o’z murabbiylik mahoratlarini muttasil oshirib bormoqlari darkor… Ko’rinib turibdiki, komillikka da’vogar inson bosib o’tishi lozim bo’lgan hayot yo’li g’oyatda murakkab va ma’suliyat talab qilgan. Ammo kubroviy a ta’limotida ular tasavvuf va so’fiylikning nazariy asosiga, komillikni targ’ib etuvchi falsafiy dunyoqarashga aylandi, tarkidunyochilik va zoxidlik doirasidan chiqib, chinakam inson falsafasi tomon burib yuborildi. Boshqacha aytilganda, tasavvufga kubroviy a inson muammosini olib kirdi. Najmiddin Kubroning o’zi esa dinning yulduzi darajasiga ko’tarildi, o’ta noyob xislatlar sohibi sifatida dong taratdi, valiylarni tarbiyalovchi «Valiytarosh» nomiga muyassar bo’lib, inson miyasidagi fikrlarni uqish darajasiga etgan komil inson, ulug’ avliyolardan sanaladi. Aziziddin Nasafiy shayx Najmiddin Kubroning izdoshi sifatida musulmon dunyosida komil inson tarbiyasini amalga oshirish haqidagi g’oyani rivojlantirdi. Aziziddin Nasafiy «Zubdat ul-xaqoyiq» («Haqiqatlar qaymog’i») asarida ta’kidlashicha, olam ikki qismdan: olami g’ayb «yashirin olam» va olami shuhud «ko’rinadigan olam» dan iborat. Butun olamning o’zi ulug’ olam «olami kubro» bo’lsa, undagi inson- kichik olam «olami sug’ro»dir. Ulug’ olamning ham, kichik olamning ham asosini yagona javohir «javhar» tashkil etadi. Ulug’ olam ham, kichik olam ham o’sha yagona urug’dan tarqalgan. Shuning uchun inson olamidagi o’zgarishlar ulug’ olamdagi o’zgarishlarga bog’liq bo’ladi. Aziziddin Nasafiy ruh ham, jism ham darajalarga egaligi borasida «Ruh javhardir, u jismni harakatga keltiradi va 104 takomillashtiradi», - deb yozadi. Ruh tabiatiga ko’ra – o’simlik darajasida; iroda(harakat)ga ko’ra hayvon darajasida; aqlga muvofiq esa inson darajasida zuhur etil adi. Ko’rinadiki, Nasafiy inson aqlini uning ruhi bilan barobar narsa, deb biladi, ya’ni ruh inson darajasidagi aqldir 1 . Aziziddin Nasafiy qarashlarining yana bir tahsinga sazovor jihatlari shundaki: faqat ruh takomillash uv xislatiga ega bo’lib qolmay, balki ruh va jism birga taraqqiy etadi, mukamallashadi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling