Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI Pedagogi
Amir Xusrav Dehlaviy ruboiy va g’azallari (Parcha) Ey sar vi chaman, jilvagari bo’ston bo’l, E y bodi sabo, chamanda kez, sayron bo’l. Ey gul, sabr aylaki, nargis mastdir, Gul pardasi ichra bir nafas pinhon bo’l. *** Jonona, shu lablaring menga taskindir, Bir bo’sa tilarmen, oshig’ing – miskindir. Dedingki, bu gap ni qo’y, labimda tuz ko’p, Hay, sho’r demagil, sho’r deganing – shirindir... *** 151 E y ta’mayu hirs agarchi doxil senga, Tuproq emish oxiri manzil senga... Tuproqni namunchalar bezaysen, ey do’st? Tuproq bo’ladir bir kuni hosil senga... *** Sendin nechakim ja bru jafo ko’rgaymen, Men barchasiga o’zni rizo ko’rgaymen. Ko’ngil boricha men seni ko’rsam deyman, Nur ye tganicha ko’zimda to, ko’rgaymen.... *** Kulsang, sanamo, nozli ko’zing noz etgay, Gul ikki yuzingda o’zni og’oz etgay Gar g’uncha labingdin so’z tilar ersa, sanam, Gul- gul ochilib, o’zini pardoz etgay... *** Dedimki, labingda ko’p shakarlar bordir. Dedingki, ko’zingda ko’p guharlar bordir. Dedimki, faqirmen, dedingki, bas qil, Yuzingdin ayon bo’ldiki, zarlar bordir... *** Ishqing meni oshuftai hayron qildi, Aqlimni olib, besaru somon qildi. Har nechaki so’ylasam, g’amim kam bo’lmas, Yuvgan bilan ketmadi bu dog’, qon qildi... *** Jonon, ichaver, ayshi mudoming bo’lsin, Qonim to’kaver, bodai joming bo’lsin. May senga halol emish, nigoro, lekin Mensiz uni ho’plasang, haroming bo’lsin. G’azallar Ey nasimi subhidam, yorim qani? O’tdi haddin g’am… u g’amxorim qani? Ko’zlarimga uyqu kelmas kechalar, Ul charog’i chashmi bedorim qani? Dedi do’st: «Oshufta bo’lgil, zor bo’l!» Do’stlar, oshuftavu zorim qani? 152 Bir dame osuda bo’lmam dastidan, Yorab, ul osuda hamkorim qani? Nazdida ifsho qilay holimni man, Nola qilsin, Xusravi zorim qani? *** Ishq jonim birla bu tandan burun ketmoqdadir, Sezdirib-sezdirmayin aylab fusun ketmoqdadir. Dil giriftoru jigar xasta, bu tan ham zordir, Tan zaif erdi… u ham emdi bukun ketmoqdadir. E shiging ostida kutdim bedilu bexud bo’lib, Jon ramaqqa y etdiyu, bo’lmas zabun… ketmoqdadir. Ko’zlarim yo’lingda to’rt bo’ldi… bukun qaytmoqdasan, Ko’zlarimning ashki-la oluda xun ketmoqdadir! Qon yut ardim hajridin… bul kun kelib dil sathidan Yorab, ul silsilai g’oliyagun ketmoqdadir! Qancha dersan: «qil faromush hajrini, ey Xusrav-o!» Oxir ul Oy tashlabon dilga junun ketmoqdadir! Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling