Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/56
Sana08.05.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1446201
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   56
Bog'liq
PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI Pedagogi

 
Ziyovuddin Naxshabiy. 
O’z hayoti va faoliyati bilan nafaqat 
hind adabiyoti tarixida, ayni vaqtda jahon mumtoz adabiyoti 
sahifalarida ham o’chmas iz qoldirgan buyuk zotlardan biri 
Ziyovuddin Naxshabiydir. U XIII asrning to’rtinchi choragida 
Naxshab (hozirgi Qarshi) shahrida tug’ilib, o’sha yerda kamol topgan. 
Keyinchalik Hindistonning Badoun shahriga kelib yashay boshlagan
1

Bu y
erda u ilmu irfon tili bo’lgan sanskrit tilini, hind adabiyoti va 
falsafasi, tabobat ilmini chuqur o’rganib, asli shaxrisabzlik shoir, 
adabiyotshunos, bastakor Amir Xusrav Dehlaviydan tahsil olgan. 
Naxs
habiy 1350 yilda Badoun shahrida vafot etgan bo’lib, ustozi 
Dehlaviy qabri yonida dafn etilgan. 
Ziyovuddin Naxshabiyning fors, urdu va hind tillarida yaratgan 
adabiy falsafiy hamda tabobat ilmiga tegishli qator asarlarining deyarli 
barchasi bizning davrimi
zga qo’lyozma sifatida yetib kelgan. Ulardan 
biri 20 hikoyani o’z ichiga olgan «Gulrez» dostoni bo’lib, mazkur 
nasriy asarda turkiy qavmga mansub shahzodaning moviy ko’zli ozar 
malikasi 
– afsoniviy Nuxshobaga bo’lgan muhabbati va uning ruhiy 
1
 
https://ru.wikipedia.org/Нахшаби 


153 
kechinmalari b
ayon etilgan. Tibbiyot faniga oid «Juziyoti kulliyot» 
(«Tana va uning a’zolari») nomli 40 bobdan iborat asarida muallif 
inson tanasi va a’zolari xususiyatlari, odam kasallikka chalinganda uni 
qanday davolash usullarini batafsil bayon etilgan. Hozirgi kunda ham 
uning ilmiy-
adabiy merosi dunyo olimlari tomonidan keng o’rganilib 
kelinmoqda. 
Naxshabiydan 
so’fiylik ta’limotiga oid bir qator nodir asarlar 
ham meros qolgan. Ularning eng mashhuri fors tilida bitilgan 
«To’tinoma»dir. Ushbu asarni adib 1320 yili (XII asr) sanskrit tilida 
yaratgan 
bo’lib, Hindistonda xalq e’tiborini qozongan «Shukasaptati» 
(«To’tining yetmish qissasi») nomli hikoyalar to’plamini ilk bor qayta 
ishlab, fors tilida ixcham ravishda badiiy asar shakliga keltirgan. 
Tabiiyki, Naxshabiy bu asa
rni g’oyaviy-badiiy jihatdan qayta ishlab, 
butunlay mustaqil asar yaratishga muvaffaq bo’lgan. Chunki, asarda 
O’rta Sharq madaniyati hind falsafasi bilan uyg’unlashgan. Butun 
musulmon dunyosiga taniqli bo’lgan asar asrlar davomida mazmunan 
va usluban soddalashtirilib, zamon ruhiga moslashgan holda qator 
qo’shimcha va o’zgartirishlar bilan dunyo xalqlari tillariga qayta va 
qayta tarjima qilinib kelingan. 
Yana bir manbada Dehli sultoni Allovuddin Muhammad (1296-
1326
)ga bag’ishlangan Imod ibn Muhammad an-Naoriy qalamiga 
mansub taxminan 1305 yilda fors tilida bitilgan «Javohir al-asmar» 
(Suhbatlar javohiri) yoxud unut
ilgan «To’tining hikoyalari» nomli 
asar haqida ma’lumot keltirib o’tiladi
1
. Asar «Shukasaptati»ning ilk 
tarjimasi hamda musulmon an’anasidagi ilk tuzilma bo’lib, to’ti 
tilidan gapiradigan voqeabandlikka asoslangan. Asarda Qur’onning 49 
sura va 174 hadis namunalari keltirilgan. Bundan tashqari asarda hind 
xalq og’zaki ijodi hamda 100 ga yaqin Mu’izziy, Anvariy, Haqoniy, 
Nizomiy, Jaloliddin Rumiy va S
a’diyning she’rlar hamda hikmatli 
so’zlaridan keng foydalanilgan. Asar 52 kecha va 57 hikoyadan 
tashkil topgan. Muallifning aytishicha, Sharq xalqlarida 52 yoxud 104 
gavhar o’zining sohibiga sog’liq va baxt keltirib, ofatlardan saqlaydi. 
Shuni ta’kidlash joizki Muhammad an-Naoriy Amir Xusrav 
Dehlaviyning zamondoshi bo’lgan va uning oilasi Dehli sultonligida 
1
http://www.rulit.me/tag/antique-east-literature/zhemchuzhiny-besed-download-free-
149307.html 


154 
davlat xizmatchisi- dabir (yozuvchi, munshiy, kotib, muallim)lar 
bo’lgan. 
Naxshabiy tomonidan yaratilgan jozibali va to’liq adabiy til 
talablarga javob 
bera oladigan «To’tinoma» tufayli Naoriy tomonidan 
yaratilgan «Javohir al-asmar» (Suhbatlar javohiri)ga talab pasayadi va 
bora-bora Sharq xalqlari tomonidan unutiladi. Hozirgi kunda bu 
asarning birgina nusxasi Tehron kutubxonasida saqlanmoqda. 
Aslida «Shukasaptati» («To’tining yetmish hikoyasi») Sharq 
xalklari orasida keng tarqalgan axloqiy-estetik mavzudagi asar. 
Hindistonda sanskrit tilida xalq og’zaki ijodi asosida yaratilgan
1

Ushbu asarning asl nusxasi bizgacha yetib kelmagan. Lekin barcha 
hind ertakla
ri singari «Shukasaptati» ertagi ham ko’p marta qayta 
ishlangan. Ulardan ayrimlari yetib kelgan. Jumladan, birinchisi, 
sanskrit tilida Chintamani Bxatta tomonidan qayta ishlangan to’liqroq 
varianti, va ikkinchisi esa, ko’p vaqtlar o’tganidan keyin nazmda 
yaratilgan variantining soddaroq tilda nasrda qayta ishlangan 
variantidir. 
Asarning 
qisqacha 
mazmuni 
quyidagicha: 
Savdogar 
Madanavinoda safarga yo’lga chiqadi va yosh ayoli Prabxavatini uyda 
yolg’iz qoldiradi. Bir necha kundan keyin yorisiz zerikkan ayol 
du
gonalari maslahati bilan, begona erkak bilan do’stlashishga qaror 
qiladi. Ularning uyida bir to’tiqush bor edi. Mana shu to’tiqush ayolni 
gunoh yo’ldan to’xtatish maqsadida uni chalg’itib turli hikoyalar 
so’zlab beradi. To’ti qiyin ahvolga tushganda nima qilish lozim, bu 
holdan qanday qilib chiqish mumkin, axloq-
odob yo’lida qanchalik 
katta foyda borligi va shu kabi turli tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan 
hikoyalarni so’zlab beradi
2
. «Shukasaptati» («To’tining yetmish 
qissasi»)da hikoyaning yakunlanishida Prabxavati oilasi va yoriga 
sodiq qolib, Madani safardan kelganidan keyin, unga bo’lib o’tgan 
voqeani aytib beradi. To’ti uni yaxshi yo’lga chorlagani uchun 
minnatdorchilik bildiradi. Natijada Madana va Prabxavati sadoqat va 
vafo borasidagi hayot sinovidan 
o’tib baxtli hayot kechirishadi. 
1
Нахшабий, Зиёвуддин. Тўтинома: ривоят. – Тошкент: «Ўзбекистон миллий 
энциклопедияси», Давлат илмий нашриёти, 2015. – 184 б 
2
Зийа ад-Дин Нахшаби. Книга попугая (Тути-наме). Пер. Е.Э. Бертельса. М.:Наука, 
1979. (переизд. 1982); 


155 
Asarda hikoyalar orasida axloqsizlikni qoralovchi voqealar 
mavjud bo’lib, ular orqali ayollar nayranglari fosh qilingan. Jamiyat, 
oila mustahkamligini buzuvchi erkaklar tanqid ostiga olingan. 
Naxshabiyning Sharq va G’arbda juda mashhur «To’tinoma»si 
qoliplash usuli 
– voqeaband asarlarga xos kompozitsion usulda, ya’ni 
rivoyatni hikoya ichida hikoya tarzida berish usulida qurilgan mustaqil 
asar hisoblanib, «Shukasaptati»dan uning bosh g’oyasi olingan, 
xolos
1
. «To’tinoma»dagi qissa, rivoyat va ulardagi qahramonlar nomi 
shaxsan muallif qalamiga mansub bo’lib, adib yuksak mahorat bilan 
undagi voqealar silsilasining mantiqiy ifodasi va tasvir uslubining 
o’ziga xosligini ta’minladi. «To’tinoma»ni aksariyat hollarda «Ming 
bir kecha» asariga ham qiyos qilishadi. Bu bejiz emas albatta, sababi 
Naxshabiyning ham «To’tinoma»dagi qissa va rivoyatlarni yaratishda 
aynan o’sha davrga tegishli xalq og’zaki ijodi namunalaridan keng 
foydalanilgan. 
Noma (fors. 
– xat, maktub) – adabiy janr; o’zbek va fors 
mumtoz asarlarida yaratilgan, real yoki xayoliy to’qima shaxsga 
asosan she’riy maktub tarzida yozilgan badiiy asar turi hisoblanadi
2

«To’tinoma»ga o’xshash didaktik asarlar turli davrda turli xalqlar 
tomonidan yaratilgan.
Naxshabiyning «To’tinoma»siga taqlid qilib, asar yozgan 
shoirlardan yana biri Mullo Qurbon Xiromiydir. Xiromiy (1796-
1891)ning 
«To’tinoma» asari hajman eng yirik 12 ming misradan 
iboratdir
3
. Asarning bosh 
g’oyasi – vafo va sadoqat bo’lib, to’tining 
barcha hikoya va qissalari shu 
g’oyani asoslash, isbot lashga 
qaratilgan. 
Naxshabiyning «To’tinoma»si ilk bor XV asrda temuriyzoda 
Mirzo Husayn Boyqaro farmoyishiga muvofiq Abu Said Mirzo 
tomonidan fors tilidan turkiy tilga tarjima qilingan. XVI asrda yana bir 
temuriyzoda Boburning nabirasi, Hindiston hukmdori shoh Akbarning 
1
Sh.Hasanova. “To‘tinoma” tipidagi asarlarning qiyosiy-tipologik va tekstologik tadqiqi”. 
“Mumtoz so‘z”, T., 2015. – 14 б. 
2

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling