Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI Pedagogi
«Masnaviy»ning to’rtinchi kitobi «Masnaviy» «manzillarining
eng go’zali, sud-u samarlarning eng buyugi tomon to’rtinchi safardir», ya’ni to’rtinchi kitob «Jonlarga farog’at bu, badanlarga shifo...» bo’lgani kabi ma’naviyat «Solih badanlarning harakatlariga, soliklarning xohish-istaklariga bena zar», – deyiladi va «Masnaviy» «Bizga boqqan, biz bilan diydorlashganlarga – nur, kelajak avlodlarimiz, farzandlarimizga – xazina», – deya ta’rif keltiriladi. Kitobda «Voiz», «Qaltis harakat», «Benomus xotin», «Xushbo’y hidlardan o’zidan ketgan odam», «Amal bilan nasihat etmoq so’z ila o’git bermoqdan afzaldir», «Tarozuning toshi», «Ibrohim Adham qissasi», «Suv sasi», «Bir shoir qissasi», «Ahmoqning javobi sukut», 1 Румий Жалолиддин. Маснавийи маънавий. – Т., 2010. – 846 б. – (368-бет). 2 Румий Жалолиддин. Маснавийи маънавий. – Т., 2010. – 846 б. – (370-бет). 144 «Majnunning nortuyasi» kabi hikoyatlar keltirilgan. To’rtinchi kitob inson ma’naviy-axloqiy shakllanishida to’rtinchi qadam bo’lib, ko’proq insonlarni ziyo, nur, ya’ni ilmu ma’rifatga chorlaydi. Aksariyat hikoyatlarda ilmsizlik, axloqsizlik qoralanadi. Ba’zi hikoyatlarda nafs quliga aylangan insonlar hayoti hajviy shaklda tasvirlanadi. To’rtinchi kitobi mana bu misralar zamirida yaratilgan desak, mubo lag’a bo’lmaydi: Ul hadisda dedikim, Yazdonu hu, Xalqni olamni yaratdi uch guruh. Bir guruhda jumla aql ilmi jud, Ul malaklardir, faqat aylar sujud... Bir guruh borkim, ular hayvonsifat, Yeb-ichib, uxlab semirgaylar faqat... Bor uchinchi bir guruh – qavmi bashar, Yarmi inson, yarmisi eshak magar 1 . Bunda Rumiy hadisga sharh keltirib, insonni uch guruhga ajratib ko’rsatadi: birichi guruh – iymon-e’tiqod, ilm sohibi, ya’ni malaklardir; ikkinchi guruh – hirs, nafs sohibi, ya’ni hayvonlardir; uchinchi guruh – gumon sohibi, ya’ni yarmi inson, yarmi eshakdir, deydi. Rumiy aynan to’rtinchi asarda bir-birini inkor qiladigan hayotiy qarashlar haqida fikr yuritadi. U insonning ma’naviy tarbiyasi borasida qayg’urar ekan, uni davolovchi tabiblarni ikkiga bo’lib tasvirlaydi: bittasi – tan tabibi, ikkinchisi – qalb tabibi. «Tan tabibi badaningga boqib, tomiringni ushlab nafasing va rangi ro’yingdan tashxis qo’yib davolasa, qalb tabibi ko’zingga, so’zingga boqib ko’ngil xastaligingni biladi va ko’ngillarga yo’l topib, ruhiya tingni tadqiq etib davolaydi», – deydi. Shoir qarashlarida qalb tabibi ma’naviy tarbiya beruvchi ustoz sifatida gavdalanadi. Tan va qalb tabibi, ya’ni (tibbiy) madaniy va ruhiy tarbiya uyg’unlikda insonni yetuklik darajasiga yetkazadi deya ta’kidlaydi alloma. «Masnaviy»ning «bu Masnaviy daftarlari, ma’naviy tushunchalarning beshinchi kitobidir. Ul haqdakim, shariat shamga o’xshar, yo’lingni yoritar, to qo’lga sham olmaguncha yo’l yurmog’ing maholdir. Bas, yo’lga tushdingmi, ul Tariqatdir. Yo’l 1 Румий Жалолиддин. Маснавийи маънавий. – Т., 2010. – 846 б. – (432-бет). 145 bosib maqsadga y etganing, qo’lga kiritganing – Haqiqat», – deyiladi va kitobda komillikka erishish yo’llari ko’rsatiladi. «Shariat ilmdir, tariqat amaldir. Haqiqat Allohga y etishmoqdir», – deyiladi. Asarda «Fe’ldagi tafovutlar», «Tovus», «Darveshlar suhbati», «Itiga ma rsiyalar kuylab yig’lagan arab hikoyati», «Ohu bolasi», «Abu Bakr ismli kishi», «Tushda», «Nafs», «Senga bir do’st kerak», «Payg’ambarlik da’vo qilgan kimsa», «Murid», «Zarvon ahli qissasi», «Ayozning farosati», «Majnun voqeasi», «Mashuqning imtihoni», «Nasuhning tavbasi», «Agar yuragi bo’lsa», «Teri qo’ldan ketdi» nomli bir qator hikoyatlar keltirilgan. Beshinchi kitob inson ma’naviy- axloqiy shakllanishida beshinchi oliy qadam bo’lib, inson o’zidagi yomon xislatlardan qutulib, kamolot yo’lini tanlashi borasida fikr yuritilgan. Rumiy ta’limotining markaziy g’oyasiga e’tibor qaratilsa, unga ko’ra, hayotning o’zi inson qalbining buyuk haqiqatini izchil, uzluksiz o’rganish usuli kabi ko’rinadi, chunki har bir qalb uni o’zi qabul qila oladigan darajada va belgilangan chegarasigacha qabul qiladi. Bundan tashqari, butun olamning o’zi o’qitish maskani sanaladi; undagi darslar – inson hayoti borasida tashkil qilingan; o’quv qurollarini esa hayotda kuzatiladigan butun holat, uchrashuvlar, narsa va hodisalar, tirik mavjudot tashkil etadi. Imtihon – sinov va nafs, bizning erishganimiz, anglaganimiz... O’qituvchi albatta Yaratuvchining o’zi sanaladi. Bu ta’limot so’fiylik haqiqati bilan xarakterlidir. Rumiy beshinchi kitobda insonning ma’naviy olamini quyidagicha tasvirlaydi: Boqki, inson qalbining to’rt vasfi bor, Ahliga chormix bo’lib, etgay fishor... Ma’naviy to’rt qushki, mash’um, rohzan, Xalq dilu jonida tutmishlar vatan. Chun ular g’ozdir, tovus, zog’u xo’roz, Nafs aro har lahza bergaylar ovoz. G’oz – hirsdirkim, xo’roz – shahvat erur. Gar tovus joh ersa, zog’ niyat erur 1 . Bu misralarda g’oz – hirs, xo’roz – shahvat, tovus – johillik, zog’ – niyat, ramzi bo’lib, inson qalbidagi ana shu to’rt vasfni jilovlab 1 Румий Жалолиддин. Маснавийи маънавий. – Т., 2010. – 846 б. – (506-бет). 146 bilsa, «vujudi ma’naviyga», ma’naviy yetuklikka erishadi, deyilmoqda. Beshinchi kitobning asosiy mazmuni «insonning tani mehmonxonaga, undagi turli-tuman fikru andishalar turli mehmonlarga o’xshar» degan tushuncha bilan boyitiladi va Rumiy insonni hamisha bo’layotgan voqea-hodisalardan to’g’ri xulosa chiqarishga va hur fikrlashga chorlaydi. «Masnaviy»ning oltinchi kitobi. «Bu Masnaviy daftarlari, ma’naviy bayonotlarning oltinchi jildidir. Vahm-u ishtibohlar qorong’uligini yorituvchi, xayolot va shubha gumonlarni yo’qlikka surguvchi mash’aladirkim, uni hayvoniy his ila idrok etishning imkoni yo’qdir». Oltinchi kitob inson ma’naviy-axloqiy shakllanishida oltinchi qadam, ko’proq insonning o’z mohiyatini anglashi, qalbidagi shubha- gumonlarni yo’qotishiga qaratilgan va u quyidagi misralar bilan boshlanadi: Ey hayoti dil, Husomiddin, yigit, Jazb etar ko’nglingni ul oltinchi jild... Bir ariq och Masnaviydin unga, bas, Ma’naviyat dengizin ko’r har nafas 1 . «Masnaviy» - ma’naviyat dengizi sifatida millat tanlamaydi. Shoir ijodi bilan tanishgan odam qaysi firqa, din vakili bo’lishidan qat’iy nazar ma’naviy ozuqa oladi, chunki Rumiy ta’limoti umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan. Tadqiqotlardan shu narsa ma’lumki, xoh u musulmon, xoh u xristian, xoh u buddaviy bo’lsin, barcha olimlar Rumiy ijodidan birdek ilhomlanib, o’z asarlarini yaratganlar. Zero: Millati ishq barcha dinlardan judo, Ahli ishqqa millatu mazhab Xudo. Uning ijodida yuksak insoniylik kabi bir tuyg’u borki, dunyo ahlini lol qoldirib, ijod ahlini larzaga solib keladi. Oltinchi kitobda «Og’ochdagi qush», «Sham», «O’g’rining makri», «Posbon», «Ko’ngil uyg’oqligi», «Shirakayf shoh va cholg’uchi», «Shum kampir», «Darveshning duosi» kabi bir qator hikoyatlar keltiriladi. Rumiy «Masnaviy» borasida fikr bildirar ekan: 1 Румий Жалолиддин. Маснавийи маънавий. – Т., 2010. – 846 б. – (639-бет). 147 Boqma sen suratgakim, ul masnaviy, Boq o’shal siyratga, ulkim ma’naviy 1 – deydi. Rumiy ijodi haqiqat bilan yo’g’rilgan, uning asarida adabiy bo’rtma tasvir uchramaydi. Hayotdagi voqea-hodisa qanday bor bo’lsa, shundayligicha tasvirlanadi va uning mohiyatiga dalil keltirilgan holda isbotlanadi. Rumiy so’zlarni shunday ishlatadiki, bu so’zni boshqacha holatda ishlatib bo’lmaydi. Uning so’z san’atidan shoir va yozuvchilar manba sifatida foydalanib kelishadi. Rumiy: Bo’lsa gar o’rmon – qalam, daryo – siyoh, «Masnaviy» nazmiga yetgaymu ado?.. 2 – deydi. «Masnaviy»da keltirilgan ma’naviyat borasidagi fikrlar hech vaqtda nihoya topmasligi, bu tushunchaning abadiyligi va u orqali ko’karish, yangilanish, yasharish davom etishini aytadi. Rumiy «Masnaviy»si uning betobligi tufayli oltinchi kitobdagi «Uch shahzoda» hikoyatiga kelib nihoyasiga yetmay qoladi. Uni nihoyasiga y etkazish uchun hech kim Rumiy qalamiga qo’l urolmaydi va o’g’li Sulton Valad xotimasi bilan tugaydi. Rumiyning boy ma’naviy merosi ayniqsa, «Masnaviyi ma’naviy» asari bilan yaqindan tanishish natijasida asar shaxsni ma’nan yetuk, axloqan poklikka yetaklash manbai ekanligi yaqqol namoyon bo’ldi. Mutafakkir ma’naviy merosini o’rganish jarayonining mazmunini quyidagicha ifodalash mumkin: komil inson, o’zlikni anglash ijtimoiy zaruriyat bo’lib, bu muammoning hal etilishi milliy va umumbashariy qadriyatlardan unumli foydalanish, barkamol insonni tarbiyalashdek ulkan maqsadni amalga oshirishga xizmat qiladi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling