Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI Pedagogi
4-jadval. Jaloliddin Rumiyning ma’naviy merosi № Asar nomi Mazmuni Yozib qoldirilgan 1. Devon Ushbu dev on, g’azal va ruboiylardan iboratdir. Fors tilida bitilgan 45,000 dan ortiq g’azallar majmui hisoblanadi Shogirdlari tomonidan 2. «Fiyhi mo fiyhi» («Ichindagi ichindadir») Mavlononing suhbatlaridan iborat 71 ta ma’naviy rasmiy va norasmiy suhbatdan tashkil topgan falsafiy kitob. Falsafiy- so’fiyona mushohadalar keltirilib, ruhiyat dialektikasi haqida yozilgan Shogirdlari tomonidan 3. «Mavoizi majolisi sab’a» Rumiyning y etti o’git va pand - nasihatlarini qamrab olgan Shogirdlari tomonidan 4. «Maktubot» Mavlononing turli davrlarda zamondosh- lariga yozgan maktublaridan tuzilgan to’plam Shogirdlari tomonidan 135 5. «Masnaviyi ma’naviy» 7 ta kitob (25700 bayt)dan tashkil topgan fors va ba’zilari arab tilida bitilgan bebaho ta’limiy-tarbiyaviy asar. U she’riy – ikkilik tarzida yozilgan bo’lib, xalq og’zaki ijodi, 760 ga yaqin Quron oyatlari sharxi, 703 ga hadis namunalari, turli milliy eposlar, Ezop hikoyalari, «Avesto»dan namunalar, Firdavsiy «Shoxnoma»si, hindlarning mashhur «Kalila va Dimna»sidan namunalar shar xlar, tarjimalarni o’z ichiga oladi. Bu asar fors tilidagi Qur’on deb ham nom olgan. Asarni Rumiy 43 yilda yozgan. «Masnaviy» axloqiy ta’sir va ma’naviy munozara hamda tasavvuf usullari joylan asardir Shogirdi Husomiddin Chalabiy tomonidan «Masnaviy» – «Qur’oni karimning ochiq-ravshan bayoni... ma’naviy rizqni kengaytiruvchi... xulqlarni pok... martabalarni yuksak» tutguvchi asar. Oltita kitobdan iborat bo’lgan bu asar 760 ga yaqin Qur’on oyatlari sharhi, 703 hadis namunasi, turli milliy epos, xalq og’zaki ijodi namunalari va tarjimalarni o’z ichiga olgan. Asarda ma’nan yetuk, komil inson masalasi, payg’ambar, vali, avliyo, so’fiy, shayx, ustozlar ta’limoti yetakchi o’rinni egallaydi. Asar hajmi olti kitob – 25632 bayt yoki 51 264 satrni tashkil etadi. «Masnaviy»ni olimlar: «Tarixda «sharif» deb sifatlangan uchta asar mavjud bo’lib, birinchisi – «Buxoroyi sharif», ikkinchisi – «Shifoyi sharif» va uchinchisi – «Masnaviyi sharif» deyishadi. Masnaviy (arabcha – qo’shaloq, ikkilik; ikki misrali she’r shakli) har bir baytining misralari o’zaro qofiyadosh bo’lgan va baytdan baytga qofiyalar yangilanib boradigan she’r shakli. Mutafakkirga olamshumul shuhrat keltirgan asar – «Masnaviy»ning o’ziga xos yaratilish tarixi bo’lgani kabi, unda ifodalangan masalalar qamrovi ham cheksizdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling