Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi
Sa’diyning «Guliston» va «Bo’ston» asarida ilgari surilgan
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI Pedagogi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-jadval. «Guliston» va «Bo’ston»ning tuzilishi Guliston Bo’ston
Sa’diyning «Guliston» va «Bo’ston» asarida ilgari surilgan
ta’limiy-ahloqiy qarashlar. Mutafakkirning komil insonni tarbiyalash jarayonida muhim ahamiyat kasb etuvchi «Guliston» asari Sharq xalqlarining pedagogik fikrlari tarixida o’ziga xos uslubga ega didaktik asar sifatida tan olingan. Ushbu asar muallifning boy hayotiy tajribasi asosida yaratilganligi bilan ham qimmatlidir. A sar mazmun va mohiyatiga ko’ra insonni yetuklik, kamolotga y etaklovchi omillar to’g’risidagi ma’lumotlarni yoritishga xizmat qiladi. Har nechuk gul dilingni qilmas chog’, «Guliston»imdan ol biror yaproq. Gul zamoni besh, olti kundur bas, Bu «Guliston» hamisha pok nafas 1 . 1 Саъдий. Гулистон. Бўстон: тўплам / нашрга тайёрловчи Ҳ.Ҳомидий; таржимонлар: Ғ.Ғуломов, Ш.Шомуҳамедов, Р. Комилов, Чустий. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги нашриёти-матбаа ижодий уйи, 2013. – 264 б. – 15 б. 122 3-jadval. «Guliston» va «Bo’ston»ning tuzilishi Guliston Bo’ston Asarning tarkibiy tuzilmasi kitobning yozilish sababi va boblardan iborat. asar sakkiz bobdan iborat asar o’n bobdan iborat Boblar nomlanishi: «Podshohlar odati bayoni» (I- bob), «Darveshlar axloqi bayoni» (II- bob), «Qanoatning fazilati bayoni» (III- bob), «Sukut saqlashning foydalari bayoni » (IV-bob), «Ishq va yoshlik bayoni» (V- bob), «Zaiflik va keksalik bayoni» (VI- bob), «Tarbiyaning ta’siri bayoni» (VII-bob), «Suhbat qoidalari bayoni» (VIII- bob). «Mamlakatni idora qilish tadbiri odillik hamda to’g’ri fikrlash haqida» (I-bob), «Ehson haqida» (II-bob), «Ish haqida» (III-bob), «Kamtarlik haqida» (IV-bob), «Rozilik haqida» (V-bob), «Qanoat haqida» (VI-bob), «Tarbiya haqida» (VII-bob), «Shukr va omonlik haqida» (VIII- bob), «Tavba haqida» (IX-bob), «Munojot» (X-bob) 1 . Asarda Firdavsiy, Abu Nasr Forobiy, Yusuf Xos Hojib, Farididdun Attor hamda Nizom ul-Mulk kabi mutafakkirlarning asarlarida bayon etilgani kabi insonning baxtli, saodatli bo’lishini ta’minlay oluvchi jamiyat, fozil, odil hukmdor hamda uning fazilatlari, saroy a’yonlari va ularning ma’naviy-axloqiy qiyofasi, davlatni adolatli boshqarish shartlari, shuningdek, mavjud jamiyatda ustuvor o’ringa ega bo’lgan axloqiy me’yorlar xususida so’z yuritiladi. Mutafakkirning nuqtai nazariga ko’ra, tabiatan olib qaraganda hukmdor ham oddiy inson sanaladi, u ham shaxsiy manfaatlari yo’lida harakat qilish huquqiga ega, biroq zimmasiga 1 «Бўстон» асарининг Чустий (1960 йил) таржимасида ўнинчи бобнинг таржимаси келтирилмаган. 123 yuklangan ijtimoiy vazifaga ko ’ra, u el-yurt manfaatini shaxsiy manfaatlaridan yuqori qo’yishi shart. Hukmdor, eng avvalo, yurt tinchligi va xalq farovonligini ta’minlash yo’lida sabot bilan kurashsagina jamiyat taraqqiy etadi. U yurt podsholarga qarata donishmandlar tilidan: «Har kimki g’azabin ichiga yutar, u gunoh qilganning gunohin yutar » va yana «Fitna qo’zg’atuvchi rostidan maslahatli yolg’on yaxshi» degan fikrlarni ilgari suradi 1 . Muslihiddin Sa’diy podshohlarning yuksak insoniy sifatlarga ega bo’lishlarini orzu qiladi. El-u yurt hukmdori sifatida e’tirof etilgan inson quyidagi fazilatlarni o’z qiyofasida namoyon eta olishi maqsadga muvofiqdir: adolatli, tadbirli, g’ayratli, shijoatli, fahm- farosatli, bilimdon, dono, ziyrak, olijanob, sahovatli, jasur, mard hamda fuqarolariga nisb atan g’amxo’r bo’lish, shuningdek, do’st bilan dushmanning farqiga bora olish. Muayyan mamlakat fuqarolariga yetakchilik, boshchilik qilayotgan podshohlarning yuqorida qayd etilgan fazilatlar egasi bo’lishlari hayotiy zaruriyatligini muallif ibratli hikoyatlar misolida ochib beradi. Masalan: Faridun qasrining peshtoqiga shu so’zlar yozilgan edi: Bu jahon hechkimga qolmas, birodar, Dilingni Tangriga topshirsang yetar. Tayanch deb bilmagil bu dunyo molin, Ko’plarni o’stirib, berdi zavolin. Jon berar ekansan, farqi yo’q sira, Taxtda o’lasanmi yo tuproq uzra 2 . Sa’diy «Guliston»da Firdavsiyning «Shohnoma»sidan ko’plab misollar keltiradi. U odil podshoh, vazir, donishmandlar tilidan shogirdlariga hikmatli so’zlarini yetkazadi. Masalan: «Boylik molda emas, kamolda, aql yoshda emas, boshdadir» 3 . Asarda davlat ravnaqi fuqarolarning tinchligi va ularning totuvligiga bog’liqligi hayotiy, tarixiy voqealar hamda hikmatli so’zlar orqali yoritilgan. Masalan: «Zaif fuqaroga shafqat etsang, kuchli dushmandan zahmat ko’rmaysan» 4 . Sa’diy insonga maslahat berar ekan «aziz do’stim, podshohga xizmat qilishning ikki jihati bor: biri – 1 Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 20 б. 2 Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 21 б. 3 Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 27 б. 4 Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 31 б. 124 non topish umidi, ikkinchisi – jondan judo bo’lish qo’rquvi» 1 – deb ta’kidlaydi va yana, «to’rt odam to’rt odamdan o’lguday qo’rqadi: qaroqchi-sultond an, o’g’ri – posbondan, qallob – chaqimchidan va fohisha – mirshabdan», – deydi. Asarda ushbu o’rinda quyidagi hikoyat keltiriladi: «Kunlardan bir kuni ov chog’ida mulozimlar No’shiravoni Odilga kabob tayyorlab berishmoqchi bo’libdilar. Biroq o’zlari bilan olishgan masalliqlar ichida tuz yo’q edi. Mulozimlar bir xizmatkorni ov uyushtirilayotgan manzilga yaqin qishloqdan tuz olib kelgani jo’natadilar. No’shiravon xizmatkorga shunday deydi: «Tuzni bahosini to’lab ol, toki tekinga olish odat qatoriga kirib, qi shloq xarobalikka yuz tutmasin». Mulozimlar undan so’radilar: «Shu zig’irdek narsadan qishloqqa qanday zarar yetadi? » No’shiravon shunday javob berdi: «Avvalda olamda zulm oz edi, keyinchalik har bir kelgan odam bir oz bir ozdan qo’shdi, natijada zulm hozirgi darajasiga kelib yetdi» 2 . Alloma ushbu hikoya orqali insoniylik hamda saxiylik sifatlariga ega bo’lish shaxs kamoloti darajasini ko’rsatuvchi eng yuqori mezonlar ekanligini bayon etadi. «Guliston»ning ikkinchi bob «Darveshlar axloqi bayoni»da katta man sabdorlardan biri shayxdan so’radi: «Ba’zi odamlar falon shayxni ta’na-malomat bilan tilga oladilar, shu kishi haqida qanday fikrdasan?» Shayx javob berdi: «Tashqi qiyofasida hech qanday ayb ko’rmayman, ko’nglidan esa xabardor emasman» 3 . Insonning ko’zini ochishga, unga yashamoq yo’llarini o’rgatishga umrini bag’ishlagan Sa’diy hayotda insonni pok, irodali, kuchli va mag’rur ko’rishni istaydi. Insonning tashqi qiyofasidan ko’ra uning ko’ngli faoliyat mazmunini bezaydi. Eski kiyimda ham orifdir ayon, Chunki uning yuzi doim Haq tomon. Gap kiyim- boshdamas, ish bo’lsin ko’rkam, Toj kiyib, ye lkangga bayroq qo’ysang ham 4 . 1 Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 37 б. 2 Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 43 б. 3 Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 55 б. 4 Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 57 б. 125 Muslihiddin Sa’diy jismoniy yetuklikning axloqiy kamolot bilan uyg’un holatda mavjud bo’lishiga alohida urg’u beradi. Darhaqiqat, jismoniy yetuk likning muhim belgisi bo’lgan kuchli iroda hamda mustahkam xarakter yordamida jamiyat tomonidan e’tirof etilgan axloqiy me’yorlarga amal qilishga erishilsa, ayni vaqtda axloqiy sifatlarni o’zida aks ettira olish, xususan, mehnatga muhabbat qo’yish va uni tashkil etish iroda va xarakterni tarbiyalaydi. «Guliston»ning uchinchi «Qanoatning fazilati bayoni» bobida keltirilgan hikoyada bir mag’ribiy gadoy Halabdagi bazzozlik rastasida derdi: «Ey davlatmandlar! Basharti sizlarda insofu, menda qanoat bo’lganda edi, olamda tilanchilik degan gap qolmasdi» 1 . Demak, insof yo’qolgan joyda qanoat, haqiqat, ma’suliyat ham yo’qoladi. Insoniy qadr-qimmatni mutafakkir birinchi galda mehnatga, bilim va hunarga tayanishida, birovga xor bo’lmaslikda deb tushunadi va shunday ta’lim beradi: O’z mehnatidan non egan kishi Hotam minnatidan ozod yoz, qishi 2 . «Guliston»ning to’rtinchi «Sukut qilishning foydalari bayoni» bobida shukronalik, tavba borasidagi fikrlardan tashqari fikr qudrati va so’zlash madaniyati borasida ham qator fikrlar keltirilgan. Masalan: «Bir fikrni ikki marta aytishga majbur bo’lgan taqdirda ham boshqa ibora bilan ifoda etmoq lozim» 3 . «Birov gapini tugatmasidan burun gapga aralashadigan kishidan ko’ra ortiqroq o’z nodonligini oshkor qiladigan odam bo’lmaydi» 4 . «Guliston»ning beshinchi «Ishq va yoshlik bayoni» bobida ko’ngilga marg’ub bo’lgan ko’zga ham mahbub bo’lishi orqali ko’ngil mohiyati ustu nligi yana bir bor ta’kidlanadi. Yana ishq borasida xalq og’zaki ijodida tasvirlangan ishq mavzusidan misol keltirib: «Laylining husni jamolidan bahramand bo’lish naqadar huzur baxsh etishini payqamoq uchun unga Majnunning ko’zi bilan boqmoq kerak!» 5 – deydi. 1 Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 77 б. 2 Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 81 б. 3 Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 98 б. 4 Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 98 б. 5 Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 109 б. 126 «Guliston»ning oltinchi «Zaiflik va keksalik bayoni» bobida yoshlik shijoati va qarilik hikmati tarannum etilgan bo’lib, qarilik chog’ida yoshlikni havas qilib kulguga qolmaslik, yoki yoshlarning qarilarni hurmatini joyiga qo’yishi lozimligi, zaiflar ustidan zo’ravonlik qilish insoniy fazilat emasligi ta’kidlangan. «Guliston»ning yettinchi «Tarbiyaning ta’siri bayoni» bobida Muslihiddin Sa’diy ta’lim va tarbiya ishlarini samarali yo’lga qo’yishning ahamiyatini ochib berish bilan birga aksariyat bolalarning tug’ma qobiliyatga ega bo’lishlarini e’tirof etadi. Muayyan qobiliyatga ega bolalarga berilayotgan ta’lim va tarbiyaning izsiz ketmasligi, shuningdek, ma’lum kasb yoki hunar sirlarini yoki ilm asoslarini o’rganishga nisbatan qobiliyatga ega bo’lmagan bolani donishmand qilib voyaga ye tkazish mumkin emasligini quyidagi to’rtlik yordamida yoritib beradi: Qobiliyat bo’lsa aslida, Tarbiyat unga qiladi asar. Qancha urinma bo’lmas sayqali, Temir aslida bo’lmasa javhar. 1 A sarida inson kamolotining ta’minlanishida tarbiyaning alohida o’rin tutishiga ham urg’u beradi. Tarbiya jarayonini tashkil etish murakkab jarayon ekanligini ta ’kidlagan holda, bolaga juda yoshligidan tarbiya berish maqsadga muvofiqligini uqtiradi. Zero, yoshlik yillarida bola ongiga singdirilgan axloqiy talablar uning xarakteri, xulq- atvorining shakllanishida muhim rol o’ynaydi. Ushbu fikr mutafakkir qarashlarida shunday aks etadi: Kimga yoshligidan berilmas odob, Ulg’aygach, bo’ladi baxtsiz, dili g’ash. Ho’l novda egilar qay xilda egsang, Quruqni to’g’rilar faqat o’t-otash 2 . Mutafakkir ham ta’lim-tarbiya ishlarini olib borishda muallimning talabchan va qattiqqo’l bo’lishi borasidagi qarashni yoqlaydi. Zero, ilm o’rganishdek mashaqqatli jarayonning uzluksiz, izchil tashkil etilishi zamonaviy pedagogikada ham alohida e’tirof etilgan. Ta’lim jarayonining uzluksiz va izchil kechishi ma’lum 1 Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 116 б. 2 Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 117 б. 127 talablarga og’ishmay amal qilish evaziga kechadi. Ta’lim oluvchilarning mazkur talablarga amal qilishlari doimo muallimning nazorati ostida bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Quyidagi to’rtlikda ana shu qarash o’z ifodasini topgan: Yubordi o’g’lini maktabga podsho, Qilib qo’yniga nuqra taxtacha jo. Kumush ul taxtaga zardin bitib yod: «Ota mehridan afzal jabri ustod» 1 . Muslihiddin Sa’diy asarlarida mehnat ham ulug’lanadi. Inson o’z mehnati evaziga yuksak qadr- qimmatga ega bo’ladi, deb hisoblagan alloma insonning hamisha o’z mehnati, bilimi va hunariga tayanishi maqsadga muvofiqligini e’tirof etadi. O’z mehnati bilan kun kechirayotgan insonga ta’ma, ochko’zlik, hasadgo’ylik, hirs va nafs balosi begonadir. Zero, doimiy ravishda mehnat qilish bilan band bo’lgan kishi ruhan yuksalib boradi. Natijada unda qanoat, nafsini o’ziga bo’ysundira olish tuyg’usi shakllanadi. Qanoatli bo’lish uni ochko’zlik, hirs va nafs balosiga yo’liqishdan himoya qiladi. Mehnat natijasida xonadonida qut- u baraka bo’ladi, ehtiyoji uchun zarur narsalarni o’zining kuchi orqali topa olishiga ishonadi. Shu bois u o’zgalarga hasad qilish tuyg’usidan yiroqda bo’ladi. Asar mazmunida quyidagi o’rinda ushbu hikoyat keltiriladi: Hikoyatlaridan birida «Men bir donishmanddan: «Eng ashaddiy dushmaning ikki kifting orasida joy olgan nafsingdir », - degan hadisning ma’nosi nima?» deb so’radim. Donishmand shunday javob berdi: «Ma’nosi shuki, har bir dushmanga ehson qilsang, u senga do’st bo’ladi, illo nafs degan narsaga qancha iltifot qilsang, adovatini shuncha oshiraveradi ». Maromida ovqat ye gan farishta bo’lur, Hayvon kabi esa tushar og’ir tosh misol. Kim istagin bajo qilsang amringga tobe. Nafs aytganin qildingmi, bo’ysindirmoq, mahol 2 . «Guliston»ning sakkizinchi «Suhbat qoidalari bayoni» bobida Muslihiddin Sa’diy ham boshqa mutafakkirlar kabi ilm o’rganishning ahamiyati, bilim olish jarayonida amal qilinishi lozim sanalgan 1 Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 119 б. 2 Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 126 б. 128 shartlar, mazkur shartlarga muvofiq faoliyatni tashkil etish qoidalari, ilm ahli va ularning odobi masalalari yuzasidan to’xtalib o’tar ekan, mavjud bilimlarni chuqur egallagan olimlarning xalq o’rtasida obru- e ’tiborlari yuqori bo’lishini aytadi. Bayon etilayotgan hikoyatlar mazmunida jamiyat a’zolariga oqil va dono kishilarni hurmat qilishga undovchi da’vat o’z ifodasini topgan. Ayni o’rinda ilmli kishilarning o’z bilimlarini jamiyat hamda insonlar uchun foyda keltiruvchi ishlarga sarf etishlari muhimligi alohida ta’kidlanadi: «Ikki toifa odam behuda ishlab, behuda harakat qilgan bo’ladi: biri mol-mulk yig’ib, foydalanmagan va ikkinchisi esa, ilm olib amal qilmagan odam ». Xususan: Harchand o’qibsan, bilimdonsan, Agar amal qilmading, nodonsan. Ustiga kitob ortilgan eshak, Na olim va na donodir beshak. Bu miyasiz qaydan topadi xabar, Ustida o’tinmi, yo kitob-daftar 1 ? Muslihiddin Sa’diy bilimli va fozil kishilarning so’z va amal birligiga tayanishlari maqsadga muvofiq ekanligini ta’kidlaydi. Ezgu so’zlarni aytuvchi olimlarning bildirilgan fikrlarga o’zlari amal qilmasliklari kishilar oldida obr o’larining tushishiga sabab bo’ladi, degan g’oyani ilgari suradi. Mazkur holatning isboti sifatida quyidagi hikoyatni keltiradi: Bir odamdan: «Ilmiga amal qilmagan olim nimaga o’xshaydi?» deb so’radilar. U javobida: «Bolsiz asalariga o’xshaydi!», - deydi» 2 . Mazkur fikrni yanada boyitib, bir o’rinda «Ilmiga amal qilmagan olim m ash’ala ko’targan ko’rga o’xshaydi!», – deydi. «Bo’ston»da – tasvirlangan muammolarni nazariy, amaliy, hayotiy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan dalillash maqsadida tarixiy, afsonaviy, diniy- axloqiy mavzularda hikoyalar, masallar, mav’iza va tanbehlar keltiradi. «Bo’ston»ning birinchi «Mamlakatni idora qilish tadbiri, odillik hamda to’g’ri fikrlash haqida»gi bobida No’shiravonning Hurmuzga, Xisravning Sheruyaga, Abdullazizning o’g’liga bergan maslahatlari, nasihatlari keltirilgan. Masalan: fitnagar, xiyonatchi, g’arazgo’ylarni 1 Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 127 б. 2 Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 139 б. 129 qo’llab quvvatlama; Mudom el g’amini yegin; Zaiflarga jabr ko’rsatma; Ulug’larga ergashish hamda nasihat, o’gitlarga quloq tutib davlatni boshqarish lozimligini uqtiradi. Daraxt bo’lsa shoh, xalq ildiz erur, Bil, o’g’lim, tomir-la daraxt ulg’ayur 1 . Sa’diy inson o’zidan keyin albatta yaxshi amal, yaxshi nom qoldirishi kerakligini uqtiradi. Yomon ham o’tar, yaxshi ham, yaxshi bil, Seni yaxshi nom birla yod etsin el 2 , – deydi va yana: Tirik ulki undan keyin qolsa joy, Hovuz, ko’l-u ko’prik-la karvonsaroy 3 . «Bo’ston»da ham shaxs shaklanishida hayotiy munosabatlarni, ayniqsa, ta’lim-tarbiyani tashkil qilishda qatiqqo’llik va muloyimlik hamisha yonma-yon turishi kerakligi aytiladi. G’azab-la muruvvat – ikkov ham kerak, Tabiblarcha nashtar va malham kerak 4 . «Birovga choh qazima, o’zing yiqilasan» kabi xalq maqolida insonning yomon fazilatlari bo shqaga emas, birinchi navbatda o’ziga zarar keltirishi ta’kidlanadi. Mutafakkir bu borada quyidagi baytni keltiradi: Kesardi birov shox-u shoxda ozi, Tus hib qoldi bog’bonning unga ko’zi. «Dedikim bu odam yomon ish qilur, Yomonlik na menga, o’ziga erur» 5 . Sa’diy insoniyatni bir butun tana deb biladi, har bir odamni uning bir qismi hisoblaydi. Uning fikricha, tana – insoniyat sog’lom, barcha a’zolari sog’ bo’lishi kerak, yosh bolaning kamol topishi uchun, tarbiya jarayonida unda hayot uchun zarur bo’lgan sifatlarni shakllantirish kerak. Sifat esa insonda asta-sekin, avvalo, oilada, maktabda va jamoada tarbiya yo’li bilan, katta bo’lganda hayotiy tajriba yoki o’z-o’zini tarbiyalash jarayonida shakllanadi. 1 Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 148 б. 2 Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 149 б. 3 Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 151 б. 4 Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 151 б. 5 Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 169 б. 130 O’git, ma’rifat elagidan o’tib, Tuzilmish, shirin so’z bilan qo’shilib 1 . Shayx Sa’diy o’z pedagogik qarashlarida tarbiyani uch asosiy ko’rinishga – aqliy, nafosat va jismoniy, ya’ni mehnat tarbiyasiga bo’ladi. U ota-onalarga murojaat qilib shunday deydi: O’tay yaxshi nom bilan desang agar, Sen o’g’lingga o’rgatgil ilm-u hunar. Agar bo’lmasa aql-u fikri uning, Nishon qolmagay sendan o’lgan kuning. Alloma bola xarakterini hisobga olgan holda, axloqiy tarbiyani yoshligidan boshlash g’oyasini ilgari suradi. Zero, xarakter shakllangach, bolaga tarbiya ta’sir etmaydi. Sa’diyning nazarida, aqliy tarbiya bilimni egallash va uni hayotga tatbiq etish bilan bogliqdir, aqliy tarbiya uni hayotga tadbiq etish jarayonida rivojlanib boradi va tajribada qo’llanadi. Bo’stonning ikkinchi bobida «Ehson haqida»gi bobida y etimlarning boshini silash, qariyalarni, kambag’allarni qo’llab- quvvatlash, dangasalarga xayr qilmaslik kabi qator masalalar haqida fikr keltirilgan. Sa’diy muhtojlarga yordam berishni oliy darajali insoniy fazilat, deb hisobladi. Ochko’z, baxil bo’lmaslik, hotamitoy, mehmondo’st bo’lish, chehrasi ochiq, pok dil bo’lishni ta’kidlaydi. Ayniqsa, u yetim bolalarga ota- onalari kabi g’amxo’rlik qilishni, muhtojlar hayotini yaxshilashni mehnat ahliga xos insoniy fazilat deb biladi: Yetimlar boshiga mudom soya sol, Agar gard-u changin tikan kirsa ol. Ye tim tursa oldingda ma’yus dil, O’z o’g’lingni hatto o’pib suymagil... 2 Sa’diy kamtarlikni ulug’laydi, haqiqiy kamtar odam, o’z-o’zini maqtamasligini, boshqalarning maqtoviga muhtoj ham emasligini aytadi. Agar u, yaxshi odam bo’lsa, bu sifatning o’zi uning yaxshiligidan dalolatdir. Tirikdil o’lik yotsa tuproqda ham, O’likdil tirikdan ko’ra muhtaram. 1 Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 179 б. 2 Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 190 б. 131 Agar yaxshi o’lsa dili o’lmagay, Yomon o’lsa ham hech zarar bo’lmagay 1 . «Bo’ston»ning uchinchi «Ishq haqida»gi bobida Layli va Majnun, Farhod va Shirin ishqidan misollar keltiril gan bo’lib, ishq ning sof bo’lishi, ko’ngillarning toza bo’lishi lozimligi uqtiriladi va yana alloma ishqni parvonaning shamga o’zini urishi kabi tasvirlaydi. Aql qancha zo’r bo’lsa-yu nomdor, Uni ishq zo’ri qilur tor-mor 2 . «Bo’ston»ning to’rtinchi «Kamtarlik haqida»gi bobida kamtarlikning kamoloti, bu fazilat ortidan insonga fazl-u karamning yetishi, xokisor insonlar hamisha el ardog’ida bo’lishi tasvirlangan. Azizlikni topdi, bo’lib xoksor, Bo’lib kamtarin, topdi ko’p e’tibor 3 . Yoki: El oldida bo’lg’in aziz, mo’tabar, O’zingni desang hammadan kam agar 4 . Asarda kamtarinlik xislati ulug’lanar ekan chiroyli o’xshatish keltiriladi: Bulutdan tomib tomchi suv nogahon, Xijil bo’ldi daryoni ko’rgan zamon. Dedi: «Daryo bor joyda kimman o’zim, U bor joyda o’zlikni ilmas ko’zim» 5 . Demak, tomchi daryo oldidagi borlig’ini angladi. Sen bilgandan ko’p, sen ko’rgandan keng narsa va hodisalar bor ekanki, maqtanish yaramaydi. Shunga qarata alloma deydi: Agar bo’lsa har kimda to’g’ri xayol Demas kibr bilan toparman kamol 6 . «Bo’ston»ning beshinchi bobi «Rozilik haqida» dir. Rozilikning belgilarida sabr-bardoshli, boriga shukr qilib yashash , qanoatli bo’lish kabilar kirsa uning aksini ta’magirlik, xiyonatkorlikda ko’rinadi. 1 Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 193 б. 2 Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 206 б. 3 Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 209 б. 4 Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 217 б. 5 Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 209 б. 6 Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 209 б. 132 Alloma: «Insoniylik hamisha rozi-rizolikda, minnatdor bo’lishda, hurmat qlishda bilinadi », - deydi. «Bo’ston»ning oltinchi bobi «Qanoat haqida» dir. Qanoat bilan ko’kka yetgay boshing, Tama’ birla ko’krakka tushgay boshing. Bir arpaga sotma sharaf gavharin, Ta ’ma to’kkusi hurmatingning barin. Ta ’maga bo’ysunmasa har kishi, U qul ermas, ozod o’tar turmushi. Tama’ jamiyatdan chiqorgay seni, Uni haydagil, u chiqormay seni 1 . «Bo’ston»ning yettinchi bobi «Tarbiya haqida» bo’lib, tarbiyada ota- onaning o’rni, oilada, ko’cha-kuyda yomon xislatlardan voz kechish kabi qator xususiyatlar haqida so’z yuritilgan. Oiladagi muhit bola tarbiyasida alohida o’rin tutadi. Sa’diyning ta’kidlashicha, oila bolaning baxti, kelajagi uchun zamin yaratuvchidir. Oilada asosiy tayanch otadir. U mas’uliyatli tarbiyachidir. Ota o’z bolalarini tarbiyalashi, o’qitishi, hunarga o’rgatishi, jismonan chiniqtirishi, qobiliyatini rivojlantirishi, buning uchun esa bolani tarbiyalash kerak, tarbiya bo’lmasa, boladagi qobiliyat so’nadi. Sa’diy bolaning tarbiyasida har bir so’zni o’ylab aytishga odatlanish muhim omil sanal ishini ta’kidlaydi. Agar aytmasang, so’z senga mubtalo, Gar aytsang, u bo’lgay boshingga balo 2 . «Bo’ston»ning sakkizinchi bobi «Shukr va omonlik haqida» bo’lib, shukr qilib yashash, shukr qilish ortidan hamisha omonlikning kelishi tasvirlangan. Fig’on etma bechoralikdan sira, O’zingdan ham ojiz kishi bor, qara 3 . Alloma insonlarni yaxshilikka chorlar ekan, insonni ogohlikka, yon-atrofdagi voqea- hodisalar, kishilar holidan boxabar bo’lish, qo’lidan kelgancha ko’maklashish lozimligini ta’kidlaydi va: Tagingda sening tulporing bor, uchar, Yayov holi ne kechdi, sen – bexabar, 1 – deydi. 1 Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 224 б. 2 Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 229 б. 3 Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 247 б. 133 «Bo’ston»ning to’qqizinchi bobi «Tavba haqida» bo’lib, o’tkinchi hoy-u - havaslarga berilmaslik, qarilikda yoshlikni havas qilmaslik, o’tgan hayotdan afsuslanmaslik kabi masalalarga e’tibor qaratilgan. O’tirgan eding boshqalar o’rniga, Birov ham o’tirgay sening o’rningga. Kecha o’tdi-yu erta ma’lum emas, Hisob et shu kunni – g’animat nafas 2 . Xulosa qilib aytganda, Shayx Muslihiddin Sa’diy Sheroziy o’zining «Bo’ston» va «Guliston» asarlarida inson kamolotining asosiy omillari sanalgan ma’naviy-axloqiy hamda jismoniy kamolotga erishishning inson hayotidagi ahamiyati, ilm li bo’lishning o’ziga xos afzalliklari, muayyan kasb yoki hunar o’rganishning foydali jihatlari, shuningdek, insonda axloqiy sifatlarni tarbiyalash masalalari xususida so’z yuritadi. Allomaning fikricha, quyidagi fazilatlarni o’z qiyofasida mujassam eta olgan insongina haqiqiy ma’noda komil, yetuk inson sanaladi: bilimli, mehnatsevar, kamtar, olijanob, himmatli, sahovatli, saxiy, shijoatli, g’ayratli, qat’iyatli, mard, jasur, jismonan kuchli, to’g’ri so’z, va’dasiga vafodor, adolatli, do’stga sodiq, o’z kuchi va mehnatiga tayanib ish ko’ruvchi va hokazolar. Mutafakkir tomonidan ta’lim-tarbiya masalalariga bag’ishlab yaratilgan asarlar hamda ularning mazmunida ilgari surilgan g’oyalar bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Ular pedagogik fikr taraqqiyotida o’zining munosib o’rniga egadir. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling