Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/56
Sana08.05.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1446201
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   56
Bog'liq
PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI Pedagogi

Jaloliddin Rumiy. XIII asrdagi tasavvuf adabiyotining buyuk 
namoyandasi, so’fiylik ta’limotining yetuk vakili Jaloliddin Rumiy 
hayoti va faoliyati bilan ma’naviyati yuksak ustozdir. Jaloliddin 
Rumiyning asl ismi Muhammad ibn Muhammad bin Husayn al-
Balxiy deya qayd etiladi. U yor-
u do’stlari tomonidan mavlono 
unvoni bilan e’zozlangan. «Jaloliddin», «Rumiy», «Mavlaviy» kabi 
bir necha taxalluslarga ega bo’lgan. Mavlono hijriy-qamariy 604 yili 
rabi’ ul-avval oyining oltinchi (melodiy 1207, 30 sentyabr) kuni 
«Ummul-bilod» («Shaharlar onasi») deb atalmish qadimiy Balxda 
yetuk voiz Bahouddin Valad xonadonida dunyoga kelgan. 
Mo’g’ullar 
1
Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 246 б. 
2
Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 256 б. 


134 
istilosi davrida yoshligida oilasi bilan Balxdan chiqib ketib, oxiri 
Kichik Rumda umrining oxirigacha yashab ijod etgan. Uning buyuk 
shaxs sifatida kamol topishi, yaratgan asarlarining bebaho qiymatga 
ega bo’lishida o’sha davr shart-sharoiti muhim ahamiyat kasb etadi. 
Jaloliddin Rumiy ma’naviy merosini o’rganish uning asarlari
mazmuni va kim tomonidan yozib qoldirilganini tahlil qilishni taqozo 
qiladi. 
Rumiyning hozirgi davrgacha yetib kelgan beshta qimmatli 
asarlari ichida ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid qarashlar o’z ifodasini 
topgan «Masnaviyi ma’naviy» asari yetakchi o’rinni egallaydi. 
Shuningdek, «Masnaviyi ma’naviy» inson tafakkurining yuksak 
ko’rinishi va yuksak axloq kitobi sifatida, bugungi global iqtisodiy va 
siyosiy o’zgarishlar jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu asar 
barcha 
zamonlar uchun ma’naviy-axloqiy tarbiyani amalga oshirishda 
muhim qo’llanma bo’la oladi. 
Mavlaviyga «Masnaviy» burhondir, 
Pahlaviy alfozida Qur’ondir. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling