Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi
-jadval. «Masnaviyi ma’naviy»ning tuzilishi
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI Pedagogi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-kitob 2-3 kitob 4-5-kitob 6-kitob
5-jadval.
«Masnaviyi ma’naviy»ning tuzilishi «Masnaviyi ma’naviy»ning tuzilishi muallifga tegishli ovoz, hikoya ovozi, anologiya (o’xshash, qiyoslash)ga ososlangan ovoz, badiiy so’z va personaj dialogi, axloqiy ta’sir, ma’naviy munozara hamda yagona to’xtamdan iborat 1-kitob 2-3 kitob 4-5-kitob 6-kitob Birinchi kitob shaxs ma’naviy- axloqiy shaklla- nishiga birinchi qadam, xulqning pok va go’zal bo’lishiga e’tibor qaratilgan. Ikkinchi va uchinchi kitob inson ma’naviy- axloqiy shakllanishida hayot mohiyati va unga munosabat borasida, nafs, hirs, manmanlik, takabburlik, ma’naviy shaklla-nishga tahdidlar borasida fikr yuritiladi va aqli noqislarga izohlar berib o’tiladi To’rtinchi va beshinchi kitob ko’proq insonlarni ziyo, nur, ya’ni ilm-u ma’rifatga chor- laydi. Aksariyat hikoyatlarda ilm-sizlik, axloqsizlik qoralanadi. Inson o’zidagi yomon xislatlardan qutulib, kamolot yo’lini tanlashi borasida fikr yuritilgan Oltinchi kitob inson ma’naviy- axloqiy shaklla- nishida, ko’proq insonning o’z mohiyatini anglashi, qal- bidagi shubha- gumonlarni yo’qotishiga qaratilgan «Masnaviyi ma’naviy»dagi hikoyalar tartibi muammo yoki mavzu, voqea va hodisaning murakkabligi yoki ahvoli, echim «bir qissa ming hissa» kabi izchillikda tuzilgan «Masnaviy»ning birinchi kitobi so’zboshisida: «Masnaviy Haq taolo vosil bo’lish sirlarini kashf etishda va ilm-ul-yaqin hosil qilishda diyonat usullari usullarining usulidir,» – deyiladi. «Masnaviy» – hayotning barcha sohalarini qamrab olgan kitob. Bu kitob, asosan, 137 insonning yuksak tafakkur va axloqi borasida ibrat- namuna bo’lib xizmat qiladi 1 . Birinchi kitobda «Shoh, kanizak va tabib», «Baqqol va uning to’tisi», «G’ilay shogird», «Xalifa va Layli», «Nafs vahshiy hayvon kabidir», «To’tiqush», «Keksa cholg’uchi», «Bir ko’za suv», «Tilshunos va qayiqchi», «Vujudiga igna bilan rasm soldirgan odam», «Menu biz», «Mehmon», «Karning bemor ziyorati», «Ko’ngil oynasi» kabi bir qator hikoyatlar va hikmatli so’zlar keltirilgan bo’lib, shaxs ma’naviy-axloqiy shakllanishiga birinchi qadam, xulqning pok va go’zal bo’lishiga e’tibor qaratilgan. Asardagi hikoyatlarda sharqona an’analarning saqlanganligi yaqqol ko’zga tashlanadi. Hikoyat va matallar orqali keltirilgan obrazlardagi munosabatlarda ustoz va shogird munosabati, ota o’g’il munosabati, ayol erki, insoniylik, javonmardlik, donishmandlik munosabatlari ustun turadi. Jaloliddin Rumiy – Muhammad ibn Muhammad ibn Husayn Balxiy derkim: «Tengsiz, mislsiz, o’xshashi oz bo’lgan narsalarni, yuksak so’zlarni, hidoyat gavharlarini, zohidlarning tariqatini, mo’min bandalarning bog’u gulshanini o’z ichiga olgan, eshiklari qulfsiz, ma’nolari teran ushbu manzuma 2 » – «Masnaviy» inson kamolotini ko’zlab yaratilgan. «Masnaviy»ning kitob shaklida yaralishida Mavlono bilan birgalikda faoliyat ko’rsatgan shogirdi Hasan Chalabiy borasida Mavlono quyidagilarni ta’riflaydi: Bo’yla asli bor uning, asliga nur sochgay quyosh, Bo’yla nasli bor uning, nasliga yulduz nurposh 3 . Rumiy tomonidan bunchalik ta’riflangan Chalabiyning keng qalb kishisi, iymon- e’tiqodi kuchli, mehnatsevar, fahm-farosotda tengi yo’q inson bo’lganligi anglash imkonini beradi. Chunki Chalabiyda bunchalik matonat bo’lmaganda edi, Rumiyning so’zlari qog’ozga muhrlanmagan bo’lardi. Asar Rumiyning o’z qo’li bilan yozgan «nay» obrazi aks etgan 18 misrali she’r bilan boshlanadi va u 43 yilda yozib tugatiladi. Tingla naydin, chun hikoyat aylagay, Ayriliqlardin shikoyat aylagay. 1 Румий Жалолиддин. Маснавийи маънавий. /Форсийдан Ўзбекистон халқшоири Жамол Камол тарж; – Т.: «MERIYUS» XҲMK, 2010. – 846 б. – (6-бет). 2 Румий Жалолиддин. Маснавийи маънавий. – Т., 2010. – 846 б. – (7-бет). 3 Румий Жалолиддин. Маснавийи маънавий. – Т., 2010. – 846 б. – (7-бет). 138 Birinchidan, Nay yasalishi jihatidan sodda ko’rinishiga ega bo’lsa-da, murakkab tuzilish kasb etadi. Uning sirtidan olib tashlangan bir parcha po’stloq ostida qolgan pardaga tovushning urilib chiqishi, ovoz tembri tufayli ma’noli nola ohangi paydo bo’ladi. Shoir nayning shu xususiyatini obrazlash tirish orqali inson qalbiga ta’sir ko’rsatishni ko’zlaydi. Rumiyda musiqaga moyillik bo’lgani sabab musiqa sozlarining mazmun-mohiyatini yaxshi anglay olgan. Shuning uchun u nay obrazini hech kimda uchramaydigan usulda ta’riflay bilgan. Jumladan, shoir «nay»ni shunday ta’riflaydi: «Nayzor, qamishzor qanchalik xor- zor ko’rinishda bo’lmasin, o’z maskanida bo’lgani uchun nay yayrab- yashnab o’sadi. O’z maskanidan uzilib dunyo shavqi- zavqiga to’la bo’lgan maskan bilan oshno etilganda, uning nolasi qalblarni larzaga keltiradi. Nay bu zavq- u shavqdan ko’ra o’zining xor-u zor makonini afzal ko’radi». Demak «Masnaviy»da kirishdan boshlab nafsni tiyish, kamtar bo’lish lozimligiga e’tibor qaratilmoqda. Ikkinchidan, asarda «nay» obrazi bir murid ko’rinishida tasvirlangan bo’lib, oddiy bir qamishga ishlov berish orqali «nay» yaraladi va nay o’zining otashin kuyi orqali mohiyatini tinglovchiga anglatadi. Bu holat muridga ta’lim-tarbiya berish jarayoni shakllari «asliga qaytish», «qalbda o’tli bo’lish», «o’zligini anglash» orqali murid o’z mohiyatini anglashiga muqoyasa qilish mumkin. Yana «nay» obraziga misol keltirilib: Ul qamishlar bir ariqdin suv ichar, Bittasi bo’m-bo’sh, birida qand, shakar 1 . – deyiladi. Pedagogik tahlil nuqtai nazaridan qamishlar – shogirdlar, suv esa ustozdir. Ustoz tomonidan berilgan ta’lim-tarbiya shogirdlar tomonidan turli xil d arajalarda qabul qilinadi, ya’ni har bir shaxs individual xarakterga egaligi, fiziologik shakllanishidan kelib chiqqan holda ma’lumotni qabul qiladi. Demak, shoir qarashlaridan hamma ham ma’lumotni bir xilda qabul qilavermasligi, shuning uchun ustoz har bi r shogirdi imkoniyatiga qarab unga ta’sir ko’rsatishi kerakligini anglash mumkin. Asarda hikoyatlar mazmunan bir- biriga bog’liq holda joylashtirilganday ko’rinsa-da, ba’zida hikoyatda ko’tarilayotgan 1 Румий Жалолиддин. Маснавийи маънавий. – Т., 2010. – 846 б. – (16-бет). 139 mavzu mantiqan umuman boshqa burilish yasaydi va oxirida baribir birinchi belgilangan maqsadga qaytib, uning mohiyati ochib beriladi. Bu jarayon tarbiyaning hayot bilan bog’langanlik tamoyiliga mos keladi. Rumiy pedagogik qarashlarining bu holati juda kuchliligi bilan boshqa didaktik asarlardan farq qiladi. Sho ir o’z hikoyatlarida zamonasining avliyolari va zabardast olimu fuzalolari hayotidan misollar keltiradi. U tabiblar (ustozlar) obrazini keltirar ekan, Abu Ali ibn Sino shaxsiga to’xtalib, u bilan bog’liq voqealarni o’zining hayotiy kechinmalari bilan bevos ita bog’lab tasvirlaydi. Shams Tabriziyning Mavlono bilan uchrashuvi, Shamsning ruhiy ta’siri Rumiy qarashlarida katta to’ntarish yasadi. Rumiy asarda Shams borasida fikr bildirar ekan, uni inson shuuri va butun jahonga ta’sir ko’rsata oladigan yuksak ma’naviy qudrat sohibi sifatida ta’riflaydi. Shams ruhan ozod kishi bo’lganligi uchun bir joyda muqim turolmaydi. Shuning uchun u bir necha bor Rumiyni tark etib, boshi oqqan tomonga chiqib ketadi. Har safar u ketganda Rumiy halovatini yo’qotadi va uni topishga bor kuchini safarbar qiladi. Shams topilib kelganda esa xuddi unga jon kirib tirilib qolganday: Eslagil yillarcha xush suhbatlaring, Suhbat aylab, topgan ul ne’matlaring 1 – deydi. Shoir o’zining ruhiy ustozi Shams Tabriziy haqidagi kechinmalarini ehtiros bilan so’zlaydi. Bu xususiyat asarning boshqa kitoblarida ham kuzatiladi. Rumiy o’z asarini ma’naviy boy qadriyatlarga tayanib mazmunan boyitishga harakat qiladi. Masalan, xalq og’zaki ijodi, xalq maqollari, «Avesto»ning buyuk davlat, yuksak ma’naviyat va yuksak darajada rivojlangan madaniyat bo’lganidan guvohlik beruvchi tabdillaridan so’zlab, zardushtiylik dinining yaxshilik va yomonlik xudosi holatlarini tasvirlaydi. «Avesto»dan namunalar, Ezop hikoyalaridan misollar, hind «Panchatantra» eposi sanalmish «Kalila va Dimna», Firdavsiyning «Shohnoma»si, Sanoiyning «Hadoyiq al-haqiqat» yoki Attorning «Mantiq ut-tayr»dan masallar keltiradi. Rumiyda Qur’on oyatlari va Hadislarga keltirilgan sharhlar insonning hayotiy qobiliyatini mustahkamlash, tafakkurini, ma’naviyatini yuksaltirish, uning e’tiqodini har xil nomaqbul va salbiy 1 Румий Жалолиддин. Маснавийи маънавий. – Т., – 846 б. – (11-бет). 140 ta’sirlardan asrash uchun ko’maklashadi. U insonni o’zidagi yomon illatlar, nafs va yovuzlikka qarshi kurash olib borishga, o’z-o’zini anglashga undaydi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling