Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI Pedagogi
Xusrav Dehlaviy.
Tug’ilgan joyi, nasl-nasabi Movarounnahr diyoridan bo’lgan mutafakkir zotlarning umumbashariy ma’naviy qadriyatlarning ravnaq toptirishga qo’shgan mehnatlari beqiyosdir. Shu o’rinda o’rta asrlarda ayrim siyosiy hamda ijtimoiy vaziyat tufayli o’zga yurtlarga borib, o’zlarining ilmiy-ma’rifiy faoliyatlarini davom ettirgan hamda jahon tsivilizatsiy asiga hissa qo’shgan mutafakkirlarni keltirib o’tish joiz. Ayniqsa hind diyorida adabiyot, san’at, me’morichilik, bunyodkorlik ishlariga Amir Xusrav Dehlaviy, 1 Румий Жалолиддин. Маснавийи маънавий. – Т., 2010. – 846 б. – (659-бет). 2 Румий Жалолиддин. Маснавийи маънавий. – Т., 2010. – 846 б. – (707-бет). 148 Ziyovuddin Naxshabiy Zahiriddin Muhammad Bobur, Mirzo Abdulqodir Bedil, Mirzo Asadulloxon G’olib va boshqa ko’pgina buyuk shaxslar o’zlarining betakror hissalarini qo’shganlar. Xusrav Dehlaviy (taxallusi; to’la nomi Yaminiddin Abdulhasan) 1253 yilda Hindiston shimoli dagi Patyoli shahrida tug’ilgan, fors shoiri, adabiyotshunos, bastakor. Xusrav Dehlaviyning otasi Amir Sayfuddin Maxmud kesh (shahrisabz)lik a sli lochin urug’idan bo’lib, mo’g’ullar istilosi vaqtida turkiy sulolalar hukmronlik qilayotgan Hindistonga ko’chgan. Dehli sultoni Shamsuddin Eltutmish (1211- 1236) unga amirlik unvonini bergan. Sayfuddin Maxmud mo’g’ullarga qarshi jangda halok bo’lgach (1261), yosh Xusrav Dehlaviyni bobosi Imod ul- mulk o’z tarbiyasiga olgan. Uning shaxs va shoir sifatida shakllanishida onasi Davlatnozbegimning ham xizmati katta. Xushxat bo’lgani uchun xattot qilish maqsadida otasi uni dastlab Qozi Sa’duddin Muhammad ixtiyoriga bergan. Lekin bolaning she’r yozishga mayli kuchli ekanini ko’rgan ustozi va bobosi uni shoir Hoja Aziziddin tarbiyasiga topshirganlar. Yoshligidan alohida qobiliyati bilan ajralib turgan Xusrav Dehlaviy o’sha zamonning asosiy fanlari bo’yicha keng va chuqur bilim olib, turk, fors, arab va hind tillarini mukammal o’zlashtirgan. Shoir, olim, bastakor sifatida tanilgan Xusrav Dehlaviy saroy xizmatiga jalb qilingan. Uch sulolaga mansub yetti sulton s aroyida xizmatda bo’lgan Xusrav Dehlaviy o’sha davr an’analariga ko’ra, o’z asarlarini ana shu sultonlarga bag’ishlagan. Xusrav Dehlaviy umrining oxirida saroy xizmatini tark etib, chishtiya tariqatining mashhur shayxi Nizomiddin Avliyoga murid tushgan, ta riqat bosqichlarini bosib o’tib, valiyulloh maqomiga erishgan. Shohona Xusrav ismidan voz kechib, faqirona Muhammad Kosales (kosa yalovchi) nomini olgan. Navoiy «Nasoyim ul-muhabbat » tazkirasida uni avliyolar qatorida zikr etgan. Xusrav Dehlaviy Dehlida 1325 yilda vafot etdi. Nizomiddin Avliyoning oyoq tomoniga dafn etilgan. Ilk asarlarini «Sultoniy» taxallusida yozgan. Dehlida yashagani uchun keyin Dehlaviy taxallusini olgan. Xusrav Dehlaviy Sharq adabiyotining deyarli barcha janrlarida ijod qilib, forsiy she’riyatni yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqqan ijodkor sanaladi. U nafaqat she’riy, balki nasriy asarlar ham yozgan. O’zining aytishicha, merosi 500 ming baytga yaqin bo’lgan. Abdurahmon Jomiy uning 99 ta kitob 149 yozganini aytadi, ba’zi tazkiranavislar shoirni 199 kitob muallifi deb yozadilar. Badiuzzamon Xurosoniyning yozishicha, «Shoirlardan hech biri o’zidan keyin Amir Xusravchalik ko’p she’r qoldirmagan. U forsiydan tashqari, urdu, hind va arab tillarida ham asarlar yozgan ». Hayoti davomida yozgan s he’riy merosini umr fasllariga moslab, 5 devon tartib bergan shoir Sharq adabiyotida devon tuzish an’anasini boshlab bergan. Keyinchalik Jomiy va Navoiy ushbu an’anani davom ettirib, devonlarini shu tartibda tuzganlar. Bu devonlar «Tuhfat us- sig’ar» («Yoshlik tuhfasi», 1272), «Vasat ul-hayo» («Umr o’rtasi», 1284), «G’urrat ul- kamol» («Kamolot ibtidosi», 1293), «Baqiyai naqiya » («Saralarning sarasi», 1316), «Nihoyat ul-kamol» («Kamolot nihoyasi » 1325) deb atalib, umumiy hajmi 32645 bayt. Shoirning 2000 dan ortiq g’azal, 300 atrofidagi qasida, 20ga yaqin masnaviy, 1200dan ziyod ruboiy, 500tacha qit’a va boshqa janrlardagi asarlari ushbu devonlardan o’rin olgan. Xusrav Dehlaviy Nizomiy Ganjaviy «Xamsa»siga javob yozish bilan xamsanavislik an’anasini boshlab bergan. Uning 1299-1302 yillarda yozilib, Alouddin Xiljiyga bag’ishlangan «Xamsa»si quyidagi dostonlarni o’z ichiga oladi: «Matla’ ul-anvor» («Nurlarning boshlanishi »), «Shirin va Xusrav», «Majnun va Layli», «Hasht behisht » («Sakkiz jannat») va «Oynai Iskandariy» («Iskandar oynasi »), U Nizomiy dostonlarining shakli va syujeti, obrazlar silsilasini saqlagan holda, ularni o’ziga xos talqin etgan va yangi mazmun bilan boyitgan. Nizomiy dostonlari shoir dunyoqarashining kengligi va bilimining teranligini namoyish etsa, Xusrav Dehlaviy «Xamsa»si ruhiyat teranligi va qalb boyligiga ega. Xusrav Dehlaviy «Xamsa»si o’zidan keyingi shoirlarga kuchli ta’sir ko’rsatgan. Bundan tashqari, u «Qiron us-sa’dayn» («Ikki saodatli sayyoraning uchrashuvi », 1289), «Miftoh ul-futuh» («G’alabalar kaliti », 1291), «Duvalroniy va Xizrxon» (1316), «No’h Sipehr» ( «To’qqiz falak», 1318), «To’g’luqnoma» dostonlarini ham yozgan. Besh risoladan iborat «E’jozi Xusraviy» («Xusrav mo’’jizasi», 1319) nasriy asari esa ta’lim-tarbiya masalalaridan saboq beradi. Uning «Manoqibi Hind» («Hind manoqibi») va «Tarixi Dehli» («Dehli tarixi ») kabi tarixiy asarlar yozganligi haqida ma’lumotlar bo’lsada, ular hozircha topilgan emas. Musiqaga bag’ishlab yozgan risolasi ham bizgacha etib kelmagan. Ko’plab kuylarni unga nisbat beradilar. 150 Xusrav Dehlaviy o’z asarlarida barcha zamonlar uchun muhim bo’lgan ko’plab ijtimoiy-axloqiy masalalarni badiiy talqin qilgan. Odil podshoh orzusi, davlat mustahkamligi va mamlakat farovonligi, raiyat tinchligi, ma’rifat tantanasi, komil inson muammosi kabi g’oyalar shoir asarlarining asosiy mazmun-mohiyatini tashkil etadi. Badiiy so’zning qudratini namoyon qilgan asarlari ijod ahli uchun mahorat maktabi hisoblanadi. Xusrav Dehlaviy rang-barang mavzu va janrlardagi badiiy yuksak asarlari bilan Hindistondagi forsiyzabon adabiyotning tamal toshini qo’ygan. Uning ijodi tufayli Xuroson va Movarounnahr so’z san’atida mavjud bo’lgan barcha janrlar Hindiston adabiyotiga kirib borgan. Shoir asarlari o’zbek xalqi orasida ham keng tarqalgan, xususan, «Xamsa»si va devonlari qo’lyozmasi ko’plab ko’chirilgan. Navoiy o’z «Xamsa»sini yaratishda Nizomiy bilan bir qatorda, Xusrav Dehlaviy dan ham kuchli ta’sirlangan, har bir dostoni muqaddimasida uni ustozlari qatorida ehtirom bilan tilga olib, ijodiga yuksak baho bergan. Falsafiy-tasavvufiy mavzudagi «Daryoi abror» («Pok kishilar daryosi ») qasidasiga javoban «Tuhfat ul-afkor» («Tafakkur tuhfasi») qasidasini yaratgan. Ogahiy «Hasht bihisht» dostonini nasriy yo’l bilan tarjima qilgan. Keyingi davrda shoir asarlari Vasfiy, Chustiy, Sh. Shomuhamedov, J. Kamol, N. Muhammad, J. Suvonqulov kabi shoirlar tomonidan tarjima qilingan. Shoir asarlaridan namunalar o’zbek tilida bir necha marta chop etilgan. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling