Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi
-jadval. «Axloqi Nosiriy»ning tuzilishi
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI Pedagogi
2-jadval.
«Axloqi Nosiriy»ning tuzilishi birinchi maqola ikkinchi maqola uchinchi maqola Axloqni poklash Oila farovonligi Davlatni boshqarish 2 qismdan iborat: 1. «Asoslar» 7 bob; 2. «Maqsadlar» 10 bob- dan iborat; 5 bobdan iborat; 8 bobdan iborat; xulqiy tarbiya va axloqiy hislatlarni egallash haqida so’z yuritib, axloqning asosiy tushunchalari: donolik, adolat, shijoat va iffatga mufassal to’xtaladi, axloq ilmining maqsad va vazifalarini belgilab beradi oila va oilaviy hayot masalalariga bag’ishlangan, unda bolalarni tarbiyalash va kamolga yetkazish, kasb-hunarni egallash, xulq-odob qoidalari, nutq madaniyati va boshqalar yoritiladi ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag’ishlangan, unda shahar, ya’ni davlatda yashovchi xalqlar, davlat boshlig’i va fuqarolarning o’zaro munosabati, jamiyat haqida fikr- mulohazalar o’rin egallagan. 1 http://www.allbest.ru/ Лейла Рагими. Общая характеристика произведения «Ахлаги- насири» (Насирова этика) хаджи Насреддина Туси.Вестник КазНПУ 2012 Алматы 90 Asarning mazmuni bilan tanishar ekanmiz, uning 7 bobi axloq bilan bog’langan. Sharqdagi an’analarga muvofiq dunyoni tushunish, fanlarning vazifalari va turlari haqida qisqacha to’xtalganligining guvohi bo’lamiz. Asarda ta’kidlangan axloq ilmining vazifasi dunyodagi barcha narsalarni qanday bo’lsa, shundayligicha tushunish, undagi mavjudotlarni qismlar ga (analiz qilib) bo’lib ko’rsatishdir. Kitobning birinchi bobida muallif har bir fanning o’ziga xos xususiyatlari, uslub va asoslari borligini bildiradi. Tusiy fikriga ko’ra, «nafs» axloq ilmining mavzusi sanaladi. «Nafs»da me’yorni mukammallik darajasi, kuch va qudrat, kamolotga erishishning asosiy yo’llaridan iborat deb izohlaydi. Kitobning ikkinchi bobida «nafs» va «muloqot» haqidagi tushunchalar berilgan. Tusiy fikriga ko’ra, insonning xohish-irodasi uning mohiyatida yotadi va tug’ma xulq-atvorning kuchiga ega, ya’ni o’zini boshqa hech qanday vositaga muhtoj emas deb hisoblaydi. Tanada sodir bo’ladigan o’zgarishlar, barcha choralar va faoliyatlar nafs ta’siri ostida paydo bo’ladi. Muallif Ollohni mohiyat, Undan o’zga narsalarni esa tasodif deb hisoblay di. Ya’ni, agar mavjudligi boshqa mustaqil narsaga bog’liq bo’lsa, unda bunday narsalar tasodif deb ataladi, agar u mustaqil bo’lib, boshqa mustaqil narsaga bog’liq bo’lmasa, u mohiyat deb ataladi. Ya’ni nafs tasodif bo’lmasa, u mohiyatdir. Olim kitobning uchinchi bobida nafslarni sanab o’tadi. Uni boshqa kuchlardan ajratib turadigan uchta turini ajratib ko’rsatadi: o’simlik, hayvon va inson nafsi. Ushbu nafslarning har biri alohida ravishda bir nechta kuchga ega: tanavvul qilish, rivojlanish, o’sish va ko’payish. Kitobning to’rtinchi bobida Tusiy, insonni oliy mavjudod, ya’ni hamma narsaning eng muhimi ekanligini ko’rsatadi. Keyin jonli tabiat, jonivorlar va eng oliy mavjudod inson toifalarigacha nafsning o’rnini belgilab beradi. Kitobning beshinchi bobi nafsning kamoloti va nuqsonlari haqida bo’lib, har birining mavjudligi va o’ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Nosiriddin Tusiy so’zlariga ko’ra, insonning o’ziga xos xususiyatlari bor, ularning mavjudligi tufayli boshqa jonzotlardan farq qiladi. Bu xususiyat muloqotning kuchidir. Nutqning quvvatini anglagan kishi yaxshini yomondan ajratadi oladi. Bu kuch orqali 91 insonning harakati yaxshi va yomon amallarga bo’linadi va nihoyat, bu (yaxshi va yomon) amallar insonni abadiy baxtga (agar yaxshi ish bo’lsa) yoki, aksincha (agar bu yomon bo’lsa) baxtsizlikka yetaklaydi. Darhaqiqat, inson o’z qudrati bilan baxtli yoki baxtsiz bo’lishi mumkin. Nafs ni to’g’ri va munosib shaklda qo’llash, insonni komillik darajasiga ko’taradi. Kitobning oltinchi bobida Tusiy inson nafsining kamolotini tushuntirib, uni takomillashtirishni ilmiy va amaliy kuchga bog’liq holda tasniflaydi. Ilmiy va amaliy kuchlar muloqotning tarkibiy qismlari sifatida, nazariy bilim ilmiy qudratning kamoloti va amaliy bilim amaliy qudratning kamoloti ekanli gini ta’kidlaydi. Tusiy so’zlariga ko’ra, ilmiy qudrat kamolotga erishish, ilm- fanni mafkuraga aylantirish, oliy mavjudot darajalariga erishish va ularning asl mohiyatini bilishdir. Nihoyat, barcha mavjudotlarning mavjudligi manbai bo’lgan mutlaq mohiyatga erishish, tavhid (birlik)ning vaqtini tushunishdir. Shu nuqtai nazardan Tusiy, nazariy hikmatni uch qismga bo’ladi. Birinchisini Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling