Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi
Xalq hikoyat va rivoyatlari
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI Pedagogi
Xalq hikoyat va rivoyatlari. Sharq xalqlari qadimdan maqol -
matallar, teran ma’noli hikmatli so’zlar, ibratli hikoyat va rivoyatlarga moyilliklari bilan ajralib turadilar. shuning uchun ham Sharqda didaktik asarlar rivojlangan. Sharqda hikoyat va rivoyatlarning u yoki bu darajasidan nafaqat adabiy balki ilmiy, siyosiy, tarixiy, diniy, tasavvufiy, tibbiy, falsafiy asarlarda ham keng foydalanilgan. Sharq xalqlarida xalq og’zaki ijodi va mumtoz adabiyotning eng ajoyib, payg’ambarlar, avliyolar, buyuk tarixiy shaxslar, ulug’ donishmandlar, mutafakkir olim va adiblar, xalq qahramonlari hayoti bilan bog’liq eng mashhur islom ma’rifati va tasavvuf haqiqatidan bahs etuvchi eng ibratli hikoyat va rivoyatlar mavjud. Hikoyat – Sharq va Janubiy Sharqiy Osiyo xalqlaridagi adabiy termin. Hikoya har qanday she’riy va nasriy asarni, ko’pincha voqeaband asarni anglatadi. Tor ma’noda muallifi yo’q yozma nasriy epos. Rivoyat (arab. – hikoya qilmoq) – voqea va hodisalarni, inson faoliyatini ba’zan uydirmalar vositasida, ba’zan real tasvirlovchi og’zaki hikoya shaklidagi, folklor janri. Hajmi qisqa, ikki yoki uch 55 epizoddan tashkil topadi, an’anaviy uslubiy shaklga ega bo’lmaydi. Odatda, oddiy bir hikoyachi bayo nidan boshlanib, og’izdan-og’izga o’tish jarayonida erkin talqin qilinadi. Rivoyat asosida voqelik va tarixiy shaxs bila n bog’liq hodisalar yotadi. Jumladan, rivoyat tarixiy haqiqatga asoslanib, mavzu jihatidan cheklanmagan. Unda ko’proq asriy tajribalar ommalashtiriladi, ezgu insoniy fazilatlar ulug’lanib, hayotdagi qusur va illatlar qoralanadi, mashhur kishilar hayoti va faoliyati bilan bog’liq ibratli voqealar hikoya qilinadi, odob axloq me’yorlari targ’ib tashviq etiladi. Ushbu xususiyati bilan har bir rivoyat o’ziga xos pandnoma, odobnoma sifatida namoyon bo’ladi. Rivoyat g’oyaviy mazmuniga ko’ra, tarixiy rivoyat hamda toponim rivoyatlarga bo’linadi. Tarixiy rivoyatda biror shaxs faoliyati va xalq qahramonlari bilan bog’liq hodisalar hikoya qilinadi, axloq va odobning ideal me’yorlari tashviq etilib, muayyan dalillar haqida axborot beriladi. Bunday rivoyatlar Ibn Sino, Beruniy, Amir Temur, Ulug’bek, Navoiy, Mashrab, Sulton Mahmud va boshqalar hayoti bilan bog’liq voqea va hodisalar asosida ham yaratilgan. Toponim rivoyatlarda shahar, qishloq, qo’rg’on, saroy, maqbaralar nomi hamda ularning yuzaga kelish sabablari bilan bog’liq voqealar hikoya qilinadi. Xotimasida odatda, hikoyadan maqsad ta’kidlanadi va muayyan dalil izohlanadi (Mas, «To’rabek xonim maqbarasi», «Guldursun qal’a», «Anda jon qildi», «Odinajonim», «Qo’ng’irot» va boshqalar.). Rivoyatlar bizgacha ko’proq og’zaki, qisman yozma shaklda yetib kelgan. Avfiy Buxoriyning «Javome’ ul-hikoyot va lavome’ ul-rivoyot», Vosifiyning «Badoe’ ul-vaqoe’», Xondamirning «Makorim ul-axloq» va boshqa asarlarda rivoyatlarning qadimiy namunalari keltirilgan. Xalqimizda juda ko’p rivoyatlar yozib qoldirilgan va ular xalq tarixi, madaniyati, hamda pedagogik qarashlarini o’rganishda muhim manbadir. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling