Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI Pedagogi
kursi
– mushkulot (falsafa, mantiq, geografiya, tibbiyot, tabiy fanlar va kalom il mi), so’ng fiqh kursi – masala - dinshunoslik va qonunshunoslik (Qur’on tafsirlari, hadislar, shariat qonunlari, faroiz – meros huquqi, matematika, mol-mulkni taqsimlash) bo’limlariga ajratilgan. Talabalar o’z xohish-istaklari va qobiliyatlariga qarab mush kulot yoki masala bo’limlaridan birini, agar istasalar, har ikki bo’limni o’qib tamomlashlari mumkin edi. Madrasalarda to’liq kursni o’qib tamomlash uchun talabalardan falsafa va huquq fanlariga oid 1 Бухоро таълими тизими тарихи. – Т., 2017. – 58- бет. 2 Ўзбекистон миллий энциклопедияси. Тошкент: ЎзМЭ, 2003. V ж. – Б.376 42 taxminan 140 ga yaqin darslik- qo’llanmani o’zlashtirish talab etilgan. Madrasalarda yuridik (fiqh) va diniy ilmlar ( Qur’on, qiroat, tafsir, hadis) birinchi o’rinda turib, talabalarning qiziqishlari va mudarrislarning mavjudligiga qarab, falakiyot, handasa, kimyo, tarix, adabiyot, aruz ilmi, me’morlik asoslari, xattotlik, musiqa, axloq, notiqlik kabi fanlar ham o’qitilgan. Ko’pgina madrasalarda o’quv fanlari quyidagi tartibda bo’lgan: 1) arab morfologiyasi; 2) arab tili sintaksisi; 3) mantiq; 4) kalom; 5) falsafa (hikmat); 6) usuli fikh; 7) islom qonunchiligi (fikh); 8) Muhammad s.a.v.ning hikmatlari; 9) Qur’on sharxi (tafsir); 10) huquq (faroiz), 11) elementar arifmetika va handasa 1 . Asosiy ta’lim metodlari ma’ruza va bahs-munozaralarni tashkil qilgan. Ma’ruza(va’zxonlik)larda 100 tadan 400 tagacha tinglovchilar, ta’lim oluvchilar qatnashgan. O’rta tipdagi madarasalarning vazifalariga maktablar uchun mullalar va masjid uchun din peshvolarini tayyorlash kirgan. Oliy tipdagi madrasalarning vazifalariga davlat idoralari, boshqaruv mahkamalariga qozilarni tayyorlash, shariat ulamolarini tayyorlash, musulmon qonunshunosligini tushunadigan mutaxassislarni tayyorlash kirgan. Madrasalarga nafaqat diniy bilimlarga qiziquvchilarni balki turli ziyolilar tabaqalari, o’qituvchilik, tabiblik kasbini egallashni xohlovchilarni ham o’qitganlar. Oliy tipdagi madrasalar Samarqand, Buxoro, Urganchda bo’lganligi uchun turli yurtlardan tolibi ilmlar kelib ta’lim olib, bu yurtlarning dong’ini dunyoga tanitganlar. O’rta Osiyodagi madrasalarda ta’lim beradigan mudarrislar arab tilida dars olib borishlaridan tashqari, adabiyot va ilmiy talablar asosida fors hamda turkiy tillarda ta’lim berganlar. Bundan tashqari arab va fors tilida yozilgan kitoblar o’qitilib, ular mudarris tomonidan talabalarga turkiy tilda sharhlab berilgan. 2 Madrasada mudarrislar va boshqa xizmatchilar maosh, talabalar stipendiya, o’quv jihozlari (daftar, kitob, qalam va b.) va turar joy bilan ta’minlanganlar. Madrasada arab, fors va turkiy allomalarning asarlaridan tashqari qadimgi hind va yunon olimlaridan Klavdiy, Ptolomey, Sokrat, Platon, Aristotel va boshqalarning arab tiliga o’girilgan asarlari hamda ularga 1 http://knowledge.allbest.ru/pedagogics 2 Ўзбекистон миллий энциклопедияси. Тошкент: ЎзМЭ, 2003. V ж. – Б.376 43 yozilgan sharhlar darslik sifatida o’qitilgan. Badiiy adabiyotga doir asarlardan Abulqosim Firdavsiy, Forobiy, Ibn Sino hamda Beruniy asarlari sevib o’rganilgan 1 . Madrasalarda bilim berishda asosan «Suhbat» va «Munozara» metodlariga amal qilingan, talabalarning mustaqil fikrlashiga alohida e’tibor qilingan. Madrasai oliyalar nafaqat ta’lim-tarbiya, ayni vaqtda ilm- ma’rifat markazi ham bo’lgan. Talabalar imtihon yoki tanlov asosida o’qishga qabul qilinganlar. Mudarrislar ham imtihon qilingan va davlat rahbari tomonidan tayinlangan. Mudarrislar dars berishdan tashqari qozilik, muftiylik kabi davlat ishlari bilan ham shug’ullanib turishgan. O’qish yili oxirida ham talabalar o’tilgan fanlar yuzasidan imtihon topshirishgan. Imtihon bevosita ota-onalar ishtirokida qabul qilingan. Madrasani muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarga shahodatnoma (diplom) topshirilgan. Madrasani muvaffaqiyatli tamomlaganlar islomning yetuk ulamolari: shayx, shayxulislom, mulla, imom, mudarris, maktab muallimi, yoki qozi, muftiy, a’lam, mirza sifatida davlat mahkamalariga yuborilgan. XIII asr oxiri XIV asr boshlaridan boshlab madrasalar xonmadrasalari, eshonmadrasalari, xususiy madrasalar kabi turlarga bo’lingan 2 . Muassislarga madrasani ta’minlash uchun maxsus mulk – vaqf ajratilgan. Ularning moliyaviy xarajati vaqf daromadi hamda davlat xazinasidan ajratilgan qo’shimcha mablag’ hisobiga qoplangan, har bir madrasaning o’z vaqf mulki va vaqfnoma hujjati bo’lgan. Vaqfnomada madrasaning chiqimi, undagi xizmatchilar: mutavalli, mudarris, hofiz, muhri, naqib, farrosh, oshpaz va boshqalar, shuningdek, talabalar soni, ularga berilgan maosh va nafaqalar aniq ko’rsatilgan. 3 Madrasalarni boshqarish, o’qitish jarayoni va xo’jalik ishlariga shayxulislom va qozilar rahbarlik qilishgan. Ular vaqf yerlaridan kelgan daromadlarni, ushr, sadaqa va ehsonlarni madrasa ehtiyojlariga taqsimlab sarflagan. Mutavalli vaqf kirimlari, madrasaning moliyaviy xarajati, ta’mirlash, xodim va talabalarga to’lanadigan haq va boshqa ishlarga mas’ul bo’lgan. Madrasa 1 Бухоро таълими тизими тарихи. – Т., 2017. – 52- бет. 2 Ўзбекистон миллий энциклопедияси. Тошкент: ЎзМЭ, 2003. V ж. – Б.376 3 Бухоро таълими тизими тарихи. – Т., 2017. – 52- бет. 44 xizmatchilari, mudarrislari va talabalarga beriladigan yillik maosh miqdori naqd pul va ovqatlik don hisobidan ajratilgan 1 . Madrasalarning ehtiyojlariga vaqf daromadlaridan bir qismi vaqf mulkini saqlab turish, madrasa binosini ta’mirlash uchun ajratilgan, ma’lum qismi esa mutavvali, mudarrislar, talabalar, masjid imomi, muazzini, sartaroshi, farroshi va boshqa xizmatchilarga berilgan. XIII asrga kelib madrasa-maqbaralar vujudga kelib bitta gumbazli xonasi shu madrasa asoschisiga daxma sifatida xizmat qilgan. U 2 qavatli, to’g’ri burchakli hovli, mudarris va toliblar uchun hovli atrofida yashash uchun hujralar va dars xonalardan tashkil topgan. Har bir madrasa qoshida o’zining kutubxonasi 2 ham bo’lgan. Madrasa o’quv dasturining umumiy jihatlari X-XII asrlarda ishlab chiqilgan va keyinchalik takomillashib borgan. Mashg’ulotlar, odatda, sentyabrda boshlanib, mart oyigacha davom etgan. Yoz oylari va ramazon oyida ta’tilga chiqilgan. Madrasalarda shanba, yakshanba, dushanba, seshanba kunlari mashg’ulotlar olib borilgan. Haftada ikki kun ya’ni chorshanba va payshanba kunlari mustaqil mutolaa kunlari, juma kuni esa dam olish kuni bo’lgan. Madrasalarda bir o’qish yili 7 oy davom etadi. O’qish yili mezon oyining birinchi kuni 21 sentyabrda boshlanib, hamal oyining birinchi kunida 21 martda tugallangan. Qolgan oylar ta’til kunlari hisoblanib, talabalar bu vaqtda xo’jalik ishlari bilan shug’ullanganlar 3 . Darslar quyosh chiqish payti (bomdod namozidan keyinroq) boshlangan. Madrasalarda talabalarning ta’lim va tarbiya olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ularga har kuni to’rt mahal issiq ovqat va iqtidorli talabalarga qo’shimcha mukofotlar ajratilgan. Mutaallim (ilm oluvchi), ustozining huzurida quyidagi odoblarga rioya etishi shart hisoblangan: - a vvalo salom berish va kirishga izn so’rash; - behuda gaplarni gapirmaslik; - ustoz r uxsatisiz so’z boshlamaslik; - ustoz so’zlariga e’tiroz bildirmaslik; - shaxsiy manfaat istagida ustozga qarshi chiqishdan saqlanish; 1 Бухоро таълими тизими тарихи. – Т., 2017. – 82- бет. 2 Бухоро таълими тизими тарихи. – Т., 2017. – 110- бет. 3 Бухоро таълими тизими тарихи. – Т., 2017. – 63- бет. 45 - dars vaqtida boshqalar bilan so’zlashmaslik; - dars dan boshqa narsalar bilan chalg’imaslik; - u stoz turganda shogird ham o’rnidan turishi; - ustoz haqida yaxshi gumonda bo’lish, ya’ni ko’rinishidan noto’g’ri ishdek tuyulgan bir ishini ko’riboq, u haqida yomon fikrga bormaslik. Madrasalarda ichki tartib- intizomga qat’iy amal qilingan. Madrasa nizomini buzgan talaba va xizmatchilar uch marotabagacha ogohlantirilgan, kamchilik yana takrorlansa, bunday shaxslar madrasadan chetlashtirilgan. Lekin bu kabi ko’ngilsizlik, kamdan-kam hollarda sodir bo’lgan. Madrasaning ichki hayotiga daxldor masalalar mutavalli, mudarrislardan tarkib topgan hay’at kengashida hal etilgan. O’qituvchi-mudarrislik eng mas’uliyatli va sharafli kasb hisoblangan. Eng iste’dodli, barcha bilimlardan xabardor, hurmat- e ’tibor qozongan allomalar maxsus komissiya sinovidan o’tib, mudarrislik vazifasiga tavsiya etilgan. Ba’zi madrasalarga butun boshli qishloqlar vaqf qilib berilgan. Ba’zan iste’foga chiqqan yuqori martab ali amaldorlar mudarris bo’lib ishlagan. Yozma manbalarda Anushteginlar davrida Xorazmda 12 mingdan ziyod masjid, ular qoshida shuncha maktab, 4440 ta madrasa bo’lganligi qayd etiladi. Faqat Gurganjda madrasalar soni 700 taga yaqin bo’lgan. Xorazmshoh anushteginiylar davrida madrasalarning imomlari va mudarrislari sulton yoki uning noibi tomonidan tayinlangan. Masalan, xorazmshoh Elarslon 1162 - yilda Turkiston xoqoni Abulmuzaffar Tabg’ach Bug’roxon zimmasiga boshqa ishlar bilan birga, madrasalarga munosib mudarrislar tayinlash vazifasini ham yuklangan. Uzoq yillar madrasaning mudarrisi maktab darslariga rahbarlik qilishi mumkin bo’lgan. Madrasaning barcha vaqflari shu kishining tasarrufiga berilgan, mudarrisga vaqf daromadlaridan munosib ishlarga, imoratlar qurish, ziroat uchun pul ajratilgan. Madrasaning barcha ilohiyotchi, faqih, ulamolari, talabalari mudarrisni izzat-hurmat qilishlari, uning yig’inlariga qatnashishlari zarur bo’lgan va mudarris shayx deb ham yuritilgan. Yangi madrasalar qurilishi odatda taniqli din arboblariga topshirilgan. Masalan, Xurosondagi bir madrasa qurilishi muftiy va imom Aziziddin Ali Balxiyga, Nishopurdagi yana bir madrasa 46 qurilishi muftiy va mudarrisi imom Faxriddin Abu Sobit Abdulaziz ibn Abduljabbor Kufiyga topshirilgan. Xorazmshoh Jaloliddin taniqli ma’rifatparvar olim Muqarrabiddin Muhammad ibn Ibrohim Pahlavon al-Xorazmiyga Isfahonda otasi sulton Alouddin Muhammad xotirasi uchun katta madrasa qurishni topshirgan va bu ishga 30 ming dinor mablag’ ajratgan. Bu mablag’dan tashqari yana Iroqdan keladigan xirojlarning bir qismi «…madrasa qurilishini tamomlash uchun qo’shimcha mablag’lar berilgan. Muqarrabiddin Isfahonga borib, madrasa qurilishini boshladi. To’rt oydan keyin madrasa qurilishi nihoyasiga yetdi » 1 . Xorazmshohlar davrida Buxoroning Dehqon tumanida Xizonat ul-kutub Dor ul-fuqaro – xalq kutubxonasi ochilgan bo’lib, bu yerda nodir qo’lyozmalar saqlangan 2 . Madrasalarda yetishib chiqadigan ilm ahlining hammasi ham qozi, imom bo’lavermay, ular orasidan dunyoviy ilmlar: tabobat, matematika, falakiyot, falsafa, mantiq, jo’g’rofiya, huquqshunoslik, grammatika, adabiyot, san’at va boshqa sohalar bo’yicha puxtagina bilim orttirgan olimlar yetishib chiqqan. Bunday bilim egalari xalq o’rtasida obro’ qozonib, ular atrofida, shubhasiz, iqtidorli shogirdlar to’plangan. Shu yo’sinda bilimdon allomalar soni ko’paygan. XIII asr boshlarida mo’g’ullar bosqini va ularning Movarounnahr, Xuroson va Xorazmda bir yarim asrlik hukmronligi boshqa sohalarda bo’lganidek, ta’lim-tarbiya va ma’naviy hayotga ham salbiy ta’sir ko’rsatdi. Bosqinchilar bosqini vaqtida Buxoroda, Samarqandda, Urganjda bir nechta maktab, madrasa, kutubxonalar yonib ketgan. Masalan: 1273 – yili Hulagiylarning bosqinchiligi vaqtida Buxoroda «Mas’udiya» madrasasi va katta kutubxona yondirilgan 3 . Qanchadan qancha qo’lyozmalar, muqaddas kitoblar yoqib yuborilgan. Kitob jovonlari otlarga oxur sifatida ishlatilgan. Vaqf yerlari tortib olinib, bosqinchilar o’zining mulklariga qo’shganlar. 1 Буниёдов З. Ануштагин Хоразмшоҳлар давлати (1097-1231). – Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1998, 157-б. 2 Ануштагин Хоразмшоҳлар давлати (1097-1231). – Т., 1998, 163-б. 3 Бухоро таълими тизими тарихи. – Т., 2017. – 117- бет. 47 Mo’g’ullar tomonidan madrasalar qoshidagi vaqf yerlari uchun yuqori soliq solingan. Toliblar ta’lim olishi hamda har kunlik ehtiyoji uchun soliqlar to’lashga qurblari yetmay o’qishni tashlashga majbur bo’lganlar. Maktab va madrasalarda ta’limning davom etishi uchun Shayxlar bor-budlarini soliqlarning q iymatiga qaramay to’lashga qaratganlar. Shu bilan oz bo’lsa ham madrassalarda ta’limning davom ettishiga erishganlar. Birgina Shayx Majididdin Bag’dodiy bu xayrli ishga 20000 oltin sarflagan 1 . Mulla va mudarrislar o’ldirilgan yoki qul sifatida ishlatilgan. Ayrim ma’lumotlarda mulla va mudarrislarning bir qismi Chingizxon xonadoni farzand lariga ta’lim bergan. Ayrim shayx va maktabdorlar o’z shogirdlari va mulozimlari bilan o’zga yurtlarga bosh olib ketganlar. Ayrim mo’g’ul xonlari tomonidan tasavvuf vakillariga hurmat ehtirom ko’rsatganlar, buning sababi xalq bunday kishilarni qattiq hurmat qilib ularga ergashganligidadir. Bunday tasavvuf vakillaridan biri, kubroviylik tariqatining yirik namoyandasi, mashhur valiy va shayx Sayfiddin Boxarziydir. U 1190 yili X urosonning Boharz qishlog’ida tug’ilgan, 1261 yili Buxoroda vafot etgan. Sayfiddin Box arziy mo’g’ullar bosqiniga qattiq qarshilik ko’rsatgan. Uning xalq o’rtasidagi kuchli nufuzidan cho’chigan mo’g’ul hukmdorlari u bilan hisoblashishga majbur bo’lishgan. M o’g’ul hoqonlari Munkexon (1251-60), Hulaguxon (1256-65), Xubilayxon (1260-94)larning onasi – Suyurko’ktani beka (Tuluyning bevasi) Buxoroda «Xoniya» madrasasi va xonaqoh qurdirib, unga juda ko’p qishloqlarni vaqf qilgan hamda shayx Sayfiddin Boxarziyni mudarris va mutavalli qilib tayinlagan. Movarounnahrdagi ijtimoiy- siyosiy hayotda shayxning o’rni katta bo’lgan va Sayfiddin Boxarziyga «Shayx ul-olam» (Olam shayxi) unvoni, Buxoro shahriga esa, «Buxoroi sharif» maqomi berilgan. Shayx vafotlaridan so’ng Buxoroning Fathobod degan mavzeida u kishining sharafiga maqbara qurdiriladi va bugungi kungacha bu maqbaraning muayyan qismi saqlanib qolgan bo’lib, hamisha insonlar ziyorat qilib turishadi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling