Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/56
Sana08.05.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1446201
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   56
Bog'liq
PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI Pedagogi

Yer egaligi. 
Mo’g’ullar hukmronligi davrida O’rta Osiyoda 
y
erga bo’lgan egalikning mulki devon, mulki inju, mulki vaqf va mulk 
deb ataluvchi to’rt xil shakli mavjud edi. Mulklarning kattagina qismi 
harbiy ma’murlarga davlat oldidagi xizmatlari uchun hadya qilingan 
y
erlar bo’lib, ular suyurg’ol yerlari deb yuritilardi. Suyurg’ol hajmi 
jihatidan (uning tarkibiga katta yer maydonlari, suv havzalari, dasht-
yaylovlar ham kirib ketar edi) iqtadan farq qilar edi. Bu davrda davlat, 


26 
mulk (xususiy yerlar), vaqf (diniy idoralar ixtiyoridagi yerlar) yerlarda 
ko’p hollarda ijarada chorakor dehqonlar mehnat qilishgan. Bir qism 
ijarador-
o’rtahol dehqonlar esa muzoriylar deb yuritilgan. 
XIII asrning 60-70 yillariga kelib, rasman yagona hisoblangan 
mo’g’ul imperiyasi aslida erondagi Hulagiylar, Movarounnahrdagi 
Chig’atoylar, Rusiya, Volga bo’yi, Ural va boshqa yerlar Oltin O’rda 
deyarli mustaqil qismlarga bo’linib ketdi
1

XIII asrda Movarounnahr va Xurosonda madaniy hayot. 
XIII asrning 80 yillarida madaniylanish kuzatildi. Ularning 
tarafdorlari Munqaxon (1251-
1259) va Chig’atoy ulusi noibi 
Ma’sudbek (1238-1289)ning xizmatlari va pul islohoti natijasida 
xo’jalik va iqtisodiy hayotda jonlanish sodir bo’la boshlaydi. 
Movarounnahr, Xuroson va 
boshqa o’lkalar bilan mustahkam madaniy 
aloqalarni 
o’rnatdi. Mamlakatni tumanlarga, viloyatlarga bo’lib, ularni 
noiblar orqali idora etish tartibini joriy etdi. Natijada ichki savdo-sotiq 
tartibga solindi, tashqi savdo munosabatlari ham yaxshilandi. 
Barpo etilgan yangi tuzumda dinga, xususan ulamolarga bo’lgan 
munosabat ham anchayin boshqacha bo’ldi. Bungacha O’rta Osiyo 
taraqqiyoti doirasida islomning to’laqonli, har taraflama boy shakli 
yuzaga kelgan va yuksak 
darajada tayyorgarlik ko’rgan mahalliy 
ulamolar muhiti mavjud edi.
2
Keyinroq istilolar natijasida hududda 
ko’plab markaziy shaharlar vayronaga aylandi, islom dini davlat dini 
maqomini yo’qotdi. Xususan, Buxoro va Samarqand hanafiy 
ulamolari ijtimoiy salmog
’i tobora pasayib bordi. Bu esa mazkur 
maktab ilmiy salohiyatida avval turg’unlikka, so’ngra esa 
parokandalikka olib keldi
3
. Yangi sharoitda ulamolarning boshqa bir 
toifasining ahamiyati osha bordi. Ular avvaliga xarizmatik (karomatli) 
shayxlar, ovloq yerlik (chekka hududlik) shayxlar nomlari bilan 
ma’lum bo’ldilar. Masalan: Yahyo al-Boxarziyning bobosi 
Kubraviya
4
tariqati peshvosi mashhur shayx Sayfiddin Boxarziy 
(1190-
1261) ham, o’z navbatida, birinchilardan bo’lib islomni qabul 
1
Murtazoeva R.H. umumiy tahriri ostida. O’zbekiston tarixi. – Т., 2005 – 206-bet. 
2
Абдусатторов А. Мовароуннаҳрлик ҳанафий фақиҳлар меросининг амалий аҳамияти // 
Истиқлол йиллари: миллий-диний қадриятларнинг халққа қайтиши. –Т.: 2001. –118-121 
б.
3
Муминов А. Мавераннахрская школа фикха IX-XIII века // ОНУз. – Т.:1990, № 10. – 
С.41-42. 
4
Кубравиййа // ИЭС.–М.: Восточная лит-ра, 1998. – Вып.1. – С.59-61 


27 
qilgan mo’g’ul hukmdori Berka(1257-67)ning islomga kirishida 
bevosita sababchi bo’lgan. 
Movarounnahr va Xurosonda bu davrga kelib, shahar 
voyronalari 
o’rnida mahobatli imorat-u inshootlar qad ko’taradi. Fan, 
adabiyot, ma’rifat va madaniyatning ayrim tarmoqlari ham tiklana 
boshlaydi
. Xususan, shaharsozlik bilan bog’liq bo’lgan binokorlik va 
me’morchilik 
yo’lga 
qo’yildi. 
Koshinpazlik, 
ganchkorlik, 
parchinsozlik, me’moriy g’isht o’ymakorligi va me’moriy xattotlik 
asriy ar
’ana va tajribalar asosida tiklanib, hatto birmuncha taraqqiy 
ham etdi. Binokor-
me’morlar qo’li bilan qurilgan ko’rkam imorat-u 
inshootlar: masjid, madrasa, xonaqoh, maqbara, minora va saroylar 
qad ko’tardi. Buxorodagi Fathobodda Sayfiddin Boxarziy maqbarasi, 
Mahmud Torobiy dahmasi, Xoja Orif Revgariy 
– Mohitobon 
maqbar
asi, Xoja Mahmud Anjir Fag’naviy (Fataviy) maqbarasi, 
Samarqanddagi Shohizinda 
me’moriy ansamblining asosiy qismi 
b
o’lgan Qusam ibn Abbos maqbarasining ziyoratxonasi, Ko’hna 
Urganchdagi Najmiddin Kubro va 
To’rabekxonum maqbaralari va 
ikkita katta minora
Xo’janddagi Duvaxon maqbarasi shular 
jumlasidandir. 
Buxoroni 1207 
– yili (XIII asrda) Xorazmshohlar bosib olib, 
1219 yili Chingizxon, 1273 yili Hulagiylardan Oqbek tomonidan 
talon-
taroj qilinadi. Ma’sudbek hukmronligi (1238-1289) davriga 
kelib Buxoroda qur
ilish va me’morchilik ishlari olib borilib, 1000 
kishiga mo’ljallangan «Mas’udiya»
1
va 
Ulug’ Munkexonning onasi 
qurdirgan 
«Xoniya» madrasalari qayta bino qilingan
2

Markaziy Osiyoning mo’g’ullar tomonidan istilo etilishi 
oqibatida ko’plab mahalliy olim va fuzalolarning Yaqin Sharq 
musulmon o’lkalariga ko’chib o’tishlari Movarounnahrga xos ilm 
ma’rifatni tarqatish an’analarining boshqa o’lkalarda ham keng 
yoyilishiga sabab bo’ldi. 
Shubhasiz, Chingiz o
’rdalarining bosqini Movarounnahr va 
Xuroson ilm-fan, adab
iyot o’choqlariga katta zarba bo’lib urildi. XIII 
asr va XIV asr oxirlariga qadar, 
mo’g’ullar qadami yetmagan yoxud 
ularning ta’siri kam bo’lgan Dehli sultonligi, Janubiy Eron, Kichik 
1
Жуманазар, Абдусаттор. Бухоро таълими тизими тарихи [Матн] / А.Жуманазар. – 
Тошкент: Akademnashr, 2017. –328-бетлар 
2
Бухоро таълими тизими тарихи. – Т., 2017. – 47-бетлар. 


28 
Osiyo, qisman Suriya va Misrda ilm-
fan, ma’rifat adabiyot taraqqiy 
eta boshladi. Movarounnahr, Xuroson va Xorazmda 
mo’g’ullar 
qirg’inidan tasodifan qutulib kelgan adiblar, yozuvchilar, shoir va 
olimlar 
o’z ona Vatanini tark etib, Hindiston, Eron, Turkiya, Misr va 
boshqa Yaqin Sharq mamalaktlariga bosh olib ketdilar. Jumladan, 
buxorolik shoir, adib va adabiyotshunos Muhammad Avfiy, shoshlik 
shoir Badriddin Chochiy, naxshoblik Ziyo Naxshabiy, kesh 
(shahrisabz)lik Amir Sayfuddin Maxmud(Hindistonda), nasaflik olim 
Aziziddin Nasafiy (Yazd), shoir Kamol X
o’jandiy, Nosir Buxoriy 
(Eronda), xorazmlik Muhammad Izzuddin Xorazmiy (Tabrizda), 
Shayx Najmiddin Roziy (Bog’dodda), balxlik Bahouddin Valad 
(Kichik Osiyo) va boshqalar 
o’zga mamlakatlarda yashab, ijod 
qilganlar. 
X-
XIII asrlar davomida Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlari, 
Eron, Ozarbay
jon, O’rta va Kichik Osiyo xalqari bir-biri bilan uzviy 
aloqada bo’lib kelganlar. Bag’dod, Sheroz, Tabriz, Buxoro, 
Samarqand kabi shaharlar madaniyat va taraqqiyotning markazi 
bo’lib, o’zlarining ko’zga ko’ringan olimlari, shoirlari hamda fan va 
madaniyat 
o’choqlari bilan butun dunyoga tanilgan edilar. 
Buyuk 
ko’p qirrali olim Nosiriddin Tusiy (1201-1274) falsafa, 
geografiya, musiqa, optika, tibbiyot, tarbiya, mineralogiya kabi 
ilmlarda ijod qilgan. Olimning ayniqsa 
«Axloqi Nosiriy» nomli 
pedagogik asari mashhurdir. 
Buyuk olim, tabib, tasavvuf falsafasining yirik vakili, kubroviya 
mashoyixlaridan biri Aziziddin Nasafiy (1220-1305), Shayx 
Najmiddin Kubro va Ibn al - 
Arabiy ta’limotlarini o’zaro bog’lagan, 
o’zining 22 risoladan iborat «Al-inson al-komil» («Komil inson») 
asarini yaratadi. Bu as
ar olam va odam birligi ta’limoti mohiyatini 
tashkil etadi. 
XIII-XIV asrning 2-yarmida fors tojik adabiyoti namoyondasi, 
mashhur mutafakkir adiblardan yana biri Muslihiddin 
Sa’diy Sheroziy 
(1184-1293)dir. U 
o’zining «Bo’ston» va «Guliston» deb nomlangan 
axloqiy-falsafiy va didaktik asarlari bilan fors-tojik adabiyotining 
taraqqiyotida 
o’chmas iz qoldirgan. 
Buyuk tasavvuf shoiri Jaloluddin Rumiy (1207-1272) 
o’zining 
o’ttiz olti ming baytdan iborat «Masnaviy ma’naviy»sini yaratadi. Bu 


29 
asarda u 
so’fiylik falsafasining asoslarini sodda va ayni paytda 
murakkab bo’lgan hikoyatlarda talqin etdi. 
O’z davrining buyuk adiblaridan biri Amir Xusrav Dehlaviy 
(1253-1325) Nizomiy Ganjaviydan s
o’ng «Xamsa» asarini yaratib, 
Sharq adabiyotida xamsachilikni an’ana shakliga kiritgan shoir, 
musiqashunos mutafakkir hisoblanadi. Buyuk shoir Ziyovuddin 
Naxshabiy (1263-1350)ning fors, urdu va hind tillarida yaratgan 
adabiy falsafiy hamda tabobat ilmiga tegishli qator asarlarining deyarli 
barchasi bizning davrimizga qo’lyozma sifatida yetib kelgan. Ularning 
eng mashhuri fors tilida bitilgan «To’tinoma»dir. 
Forsiy tilda ijod qilgan shoir, mutafakkir va faylasuf Pahlavon 
Mahmud 
hamda turkiy tilda ilk bor payg’ambarlar tarixi qissasini 
yaratgan 
Nosiriddin Burhoniddin Rabg’uziy va boshqalar ham shu 
davrda yashab ijod etgan. 
Undan tashqari XIII asrning 2-yarmidan boshlab tarixnavislik 
ham rivojlandi. Jumladan, Shahobiddin Muhammad ibn Ahmadan-
Nasaviy (vaf. 1249)ning 
«Siyrat as-sulton Jaloliddin Munkburniy»
1
va 
Minhojuddin Abu Umar Usmon ibn Muhammadal-Juzjoniy (1193-
1262)ning 
«Tabaqoti Nosiriy» (Nosirga atalgan tabaqalar) asari, Al-
Juvayniy 
– Oloviddin Atomalik ibn Bahouddin Muhammadning 
«Tarixi jahonkusho», Rashiduddin ibn Fazlulloh ibn Imoduddavla 
Abulxayral Hamadoniy (1247-1318)ning jahon tarixini 
o’z ichiga 
olgan 
«Jome’ ut-tavorix» («Tarixlar majmuasi»)
2
kabi tarixiy asarlari 
yaratildi. Ushbu asarlarda bayon etilgan XIII asr boshlaridagi ijtimoiy-
siyosiy hayotiga oid 
ma’lumotlar benihoyat qimmatlidir. 
Tarixiy manbalarga murojaat etadigan b
o’lsak, Ibn al-Asirning 
(1160-1234) 
«Al-komil fit-tarix» («Mufassal tarix») asari Sharq 
mamlakatlari x
alqlari, shuningdek, O’rta Osiyo xalqlari tarixini 
o’rganishda alohida ahamiyat kasb etadi. Asar 12 jilddan iborat bo’lib, 
dunyoning «yaratilishi»dan to 1231 - yilga qadar Sharq 
mamlakatlarida bo’lib o’tgan ijtimoiy-siyosiy voqealarni yilma-yil 
bayon etib beradi. Asarning, ayniqsa mo’g’ullar istilosiga 
bag’ishlangan XII jildi alohida e’tiborga molik bo’lib, O’rta Osiyo 
1
Шиҳобиддин Муҳаммад ан-Насавий. Султон Жалолиддин Мангуберди. -Тошкент: 
O’zbekiston, 2006. – 384 б. 
2
Рашидиддин Фазлуллоҳ. Жомеъ ут-таворих. //Ўзбекистон Тарихи: Хрестоматия. – Т., 
2014. 
– Б 137-138 


30 
hamda Sharq mamlakatlarining XIII asrning birinchi choragidagi 
ijtimoiy-
siyosiy tarixini o’rganishda asosiy manba vazifasini o’taydi. 
Yoqut al-Hamaviyning 
«Mu’jam al-buldon» (Mamlakatlar 
qomusi) asari qomusiy xarakterga ega bo’lib, unda O’rta Osiyo 
xususida 
qimmatli ma’lumotlar mavjud. Asarda mo’g’ullar 
istilosigacha bo’lgan davr tarixi, madaniy hayoti (taniqli shaxslar, 
ularning faoliyati) to’g’risida hikoya qiluvchi ma’lumotlar to’plangan. 
Alouddin Otamalik Juvayniy (1226-
1283) Mo’g’uliston, O’rta 
Osiyo, O’zbekiston hamda Eronning XIII asrdagi ijtimoiy-siyosiy 
tarixidan 
hikoya 
qiluvchi 
«Tarixi Jahonkushoy» («Jahongir 
(Chingizxon) tarixi
»)
1
nomli shoh asari bilan shuhrat topdi. Asar 1260 
yilda yozib tugallangan.
Asar uch qismdan iborat: 1) Mo’g’ullar; ularning Chingizxon 
(1246-1249) davrigacha
, shuningdek, Jo’chixon, Chig’atoyxon va 
avlodlarining tarixi; 2) Xorazmshohlar va Xurosonning mo’g’ul 
hukmdorlari davridagi (1258 yilgacha) tarixi; 3) Eronning 1256-1258 
yillardagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli, shuningdek, Ismoiliylarning diniy-
harbiy uyushmasi va Ismoiliylar davlati (1090-1258 yy.) tarixi. 
O’rta Osiyo tarixining XIII asrlarning ijtimoiy-siyosiy holatini 
o’rganish uchun bu asarning I-II qismlari alohida qimmatga ega. 
Asarning Xorazm va Xorazmshohlar tarixiga oid (II qism), 
Movarounnahr va Sharq
iy Turkiston tarixi, shuningdek, Mo’g’uliston 
haqidagi xabarlar asosan muallifning bu mamlakatlarga qilgan 
sayohatlari vaqtida to’plangan ma’lumotlar asosida yozilgan. 
Faxriddin Abu Sulaymon Dovud ibn Abulfazl Muhammad 
Banokatiy(vafoti 1330)ning jahon tari
xini o’z ichiga olgan «Ravzat 
ulil-albob fi tavorix al-akobir va-l 
– ansob» («Akobirlar va asil 
(kishilar
») tarixi xususida oqillar bog’i»)
2
nomli asari bilan mashhur 
bo’ldi. Asar muqaddima va to’qqiz qismdan iborat. To’qqizinchi 
qismda, m
o’g’ullarning tarixi va ularning istilochilik yurishlari bayon 
etilgan
. Xullas, Banokatiyning mazkur asari O’rta Osiyonning XIII-
XIV asrning birinchi choragidagi tarixi, geografik holati va 
aholisining turmushini o’rganishda muhim manbalardan hisoblanadi. 
1
Жувайний. Тарихи жаҳонгушой. // Қўлёзма, ЎзФАШИ № 12148; №610; № 4597. 
2
Банокатий. Равзат ули-л-албоб фи таворих ал-акобир ва-л-ансоб. // Қўлёзма, ЎзФАШИ 
№ 7330. 


31 
O’rta Osiyo, balki o’rta asr butun musulmon Sharqi tarixida 
muhim bo’lgan Xorazm davlatchiligi tarixining eng murakkab va 
fojiaviy davrini yoritishda Shahobiddin Muhammad an-Nasafiyning 
«Siyrat as-sulton Jaloliddin Mankoberti» («Sulton Jaloliddin 
Mangubertiy (yoki Mankubirni) hayotining tafsiloti
») asari muhim 
o’rin egallaydi. Aytish joizki, Ibn al-Asir, Nasaviy va Juzjoniylar 
Chingizxon, uning harbiy boshliqlarining yurishlari tarixini to’la 
bayon etmaganlar. 
O’rta Osiyoning XIII asri tarixini to’liqroq bayon qiluvchi 
asarlardan yana biri Abulfazl ibn Muhammad Jamoliddin Al-
Qarshiyning 
«Al-Mulxaqot bi-s-Suroh» («Suroh lug’atiga ilovalar») 
asaridir. Ushbu asar Chig’atoy ulusidagi (1227-1370) Qayduning 
vorisi Chopar
1
hukmronligi davrida bitilgan hamda mahalliy 
musulmon olimig
a tegishli, mo’g’ullar hukmronligi davrida ayni shu 
usulda yozilgan yagona tarixiy asar hisoblanadi. Aynan shuning uchun 
mazkur asar mo’g’ullar hukmronligi davrida (1218-1370) O’rta Osiyo 
va Sharqiy Turkiston tarixi, hamda madaniy hayotini yoritishda 
muhim ahamiyat kasb etadi
2

Jamol al-
Qarshiy O’rta Osiyo tarixshunosligida musulmon 
namoyondasi, tarixchi, adabiyotshunos hamda tilshunos sifatida 
muhim ahamiyat kasb etadi. Asarni Chig’atoy ulusi va Qoshg’ar 
madaniyati tarixiga bag’ishlangan ensiklopedik xarakterga ega 
bo’lgan mustaqil asar deb hisoblasak, mubolag’a bo’lmaydi. Unda 
mo’g’ullar davridagi diniy va dunyoviy hayot, islom madaniyati 
markazlari, O’rta Osiyo shaharlarining olimu-ulamolari, fozilu-
fuzalolari haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lishimiz mumkin. Asarda 
shuningdek, avtobiografik x
arakterdagi ko’plab ma’lumotlarga duch 
kelish mumkin. 
O’lkaning har bir shahrida hayot qaynab, savdo-sotiq, 
hunarmandchilik g’oyatda rivojlangan. Hunarmandlar ishlab 
chiqargan turli xildagi gazlamalar, zargarlik buyumlari, kiyim-
kechaklar, gilam-
poyondoz, teri, jun, yog’-moy, sovun, qurol-aslaha, 
egar-jabduq
lar, ho’l meva, quruq meva, ipakliklar, javohirlar va 
1
Чопар ибн Қайду ибн Қистой ибн Ўқтой – 1302 йилда тахтга ўтирган.
2
Мирза Мухаммад Хайдар. Тарих-и Рашиди / Введение, перевод с персидского А. 
Урунбаева, Р. П. Джалиловой, Л. М. Епифановой. – Ташкент: Фан, 1996. – С. 611. 


32 
boshqa ko’plab mahsulotlar ham ichki bozorda, ham tashqi bozorda 
xaridorgir bo’lgan. 
O’rta Osiyoni ta’rif etar ekan, bir vaqtlar ushbu zamindan o’tgan 
Yoqut Hamaviy: 
«Uning barcha viloyatlarida yurasanmi, yo 
bozorlarida yurasanmi 
– buning farqi yo’q. O’ylaymanki, Xorazm 
singari bepoyon va keng ye
r, shu singari aholisi ko’p yurt dunyoda 
bo’lmasa kerak», – degan hayratomuz so’zlarni yozgandi. 
Yoqut 
Hamaviy 
Xorazm, 
Movarounnahr 
va 
Xuroson 
viloyatlarini 
o’zaro olib borilgan savdo-sotiq munosabatlari taraqqiyot 
uchun muhim rol o’ynaganligi va obod shaharlar bo’lganligini 
ta’kidlagandi
1

Ushbu davrda ijodining butun islom olamiga tarqalishini 
xohlagan olimlar o’z asarlarini arab tilida yozar edilar. Hatto, ular 
mahalliy ehtiyojga ko’ra forscha yozgan asarlarini arabchaga tarjima 
qilardilar. Bu asrda har ikki tilni bilgan mualliflarning ta’siri ostida 
ko’pgina arab kalimalari forscha kalimalar o’rnini egallagan, arab 
tiliga xos ba’zi uslubiy xususiyatlar ham forschaga o’tgan. O’zlari 
yashagan muhit taqozosiga ko’ra, arabchadan ko’ra forschani 
yaxshiroq bilgan Movarounnahr va Xuroson sulton va beklari o’z 
buyurtmalariga muvofiq 
yozilgan asarlar forscha bo’lishini istar 
edilar. Xuddi shuningdek, devon ishlarida ham davlatning rasmiy tili 
sifatida fors tili ishlatilgan, farmonlar shu tilda yozilgan. 
Keyinchalik kuzatiladiki, fors tili ilm tili sifatida arab tilidan 
ustunroq mavqega erishdi va bu ahvol XIII asrda yanada kuchaydi. 
Avvallari arabcha yozilgan ilmiy va tarixiy asarlar bu davrda 
forschaga o’girildi. Masalan: Narshaxiyning kitobini «ko’pchilik 
kishilar arab tilida yozilgan kitobni o’qishga rag’bat 
ko’rgazmaganliklari» sababli do’stlarining iltimosiga binoan 
arabchadan fors tiliga tarjima qilingan. 
Sulton 
Alouddin 
Muhammad 
davridagi 
xorazmshohlar 
davlatining atoqli arboblaridan Shihobiddin Abu Sa’d ibn Imron al-
Xevaqiy mashhur faqih, shofi’iya mazhabining muftiysi edi. 
Eng zukko va ziyrak odamlar ham unga xizmatkorlikka yarar 
edi. Sulton juda muhim ishlarda u bilan maslahatlashardi. Uning 
1
Ёқут ал-Ҳамавий. Муъжам ал-удабо. Миср, 1925, 1929, 1931; Элмуродов И. Ёқут ал-
Ҳамавийнинг «Муъжам ал-удабо» асари X-XII асрлар Хоразм илм-фани ва адабиёти 
тарихини ўрганишда муҳим манба. Тарих фанлари номзод. дисс. Т., 2002. 


33 
ostonasida podsholar, vazirlar, amirlar navbat kutib turishar, ul zot esa 
o’z davrining imomlariga ta’lim berar edi. Shihobiddin Xorazmning 
beshta madrasasida dars o’qir, faqat darslari tamom bo’lganidan keyin 
u sultonning hojiblari bilan turli ishlar haqida gaplashar edi. U 
Xorazmdagi Shofi’iya masjidi qoshida shunday ajoyib kutubxona 
ochganki, avval ham, 
keyin ham unga teng keladigani bo’lmagan
1

Buxoroning mashhur mudarrislaridan biri Muhammad Umar ibn 
Muhammad Qutbiddin ibn Umar al-Ansoriy al-Aqliy al-Buxoriy edi 
(vaf. 1220). U Buxorodagi eng obruli shayx-mudarrislardan 
hisoblangan. Madrasa mudarrisligi obr
o’li mansab bo’lib, ba’zan 
iste’foga chiqqan yuqori martabali amaldorlar mudarris bo’lib ishlar 
edilar. Sulton yangi madrasalar qurilishini odatda taniqli din 
arboblariga topshirar edi. Masalan, Xurosondagi bir madrasa qurilishi 
muftiy va imom Aziziddin Alp Balxiyga, Nishopurdagi bir madrasa 
qurilishi 
– muftiy va mudarris imom Faxriddin Abu Sobit Abdulaziz 
ibn Abduljabbor Kufiyga topshirilgan. 
XIII asrda Buxoroning Dehqon tumanida Xizonatul-kutub 
Dorul-fuqaro 
– xalq kutubxonasi ochilgan bo’lib, bu yerda nodir 
qo’lyozmalar saqlanar edi. Xorazm va Xuroson shaharlarida mumtoz 
fors she’riyati namunalari uslubiyoti asosida turkiycha she’rlar 
yozilgan, arabcha va forscha asarlar turkiychaga ham tarjima qilingan. 
Bu jarayon mo’g’ul istilosidan so’ng ham davom etdi. 
Ushbu mutafakkirlar va ular asarlarining 
ta’lim-tarbiyaviy 
jihatlari shaxsning shakllanishi, rivojlanishi va kamolotiga qaratilgan 
edi. Jumladan, asarlarda shaxs shakllanishiga 
ta’sir etuvchi omillar – 
nasl, muhit, ta’lim-tarbiya, mezonlar – insonparvarlik, vatanparvarlik, 
mehnatsevarlik, haqsevarlik, ilmlilik hamda komponentlar: tan, aql, 
ruh, muloqotning 
o’rni va ahamiyati ilmiy asoslanganligini ko’ramiz. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling