Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/56
Sana08.05.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1446201
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   56
Bog'liq
PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI Pedagogi

Memorchilik va san’at. O’rta asr jamiyatining ijtimoiy-siyosiy 
tuzumi va islom dini mafkurasi madaniy hayotning bu sohasiga ham 
kuchli ta’sir qildi. Uning tashqi qiyofasi va mazmuni tubdan o’zgardi. 
Mamlakatning 
iqtisodiy 
rivojlanishi 
natijasida 
uning 
yangi 
yo’nalishda ravnaq topishi uchun qulay sharoit yuzaga keldi. 
Samarqand, Buxoro, Urganch,
O’zgan va Marv kabi shaharlarda bu 
davrda ko’plab saroy, masjid, madrasa, minora, maqbara, tim va 


15 
karvonsaroylar 
qurildi. 
Buxoro 
shahridagi 
Ismoil 
Somoniy, 
Namozgoh
, Minorayi Kalon hamda Vobkent va Jarqo’rg’ondagi 
minoralar 
hamda 
ko’pgina boshqa binolar o’sha davr 
me’morchiligining namunalarida hisoblanadi. Bu yodgorliklar o’ziga 
xos me’morchilikning rivoj topganligidan dalolat beradi. Bu davrda 
yo’nilgan tosh, pishiq g’isht va suvga chidamli qurilish 
qorishmalaridan turli xil suv inshootlari: suv omborlari - bandlar, 
novalar, ko’priklar, sardobalar barpo etiladi. Bunday inshootlarning 
o’lchamlari matematika nuqtayi nazaridan g’oyat puxta ishlangan. 
Turar joylar. X asrdan boshlab binokorlikda sinchkori imoratlar 
keng tarqaladi. XIII asrga kelib y
akkasinch va qo’shsinchli 
binolarning 
tagsinchlaridan 
tortib 
ustunlari-yu 
sarrovlari 
va 
to’sinlarigacha yog’ochlarni payvandlash uslubida qurilib
sinchlarning orasi xom g’isht yoki guvalalar bilan urib chiqish yanada 
takomillashdi. Bu tuzilishdagi imoratlarni qurish hozirgacha saqlanib 
keladi. 
Afrosiyob, Varaxsha, Buxoro va Poykand shahar xarobalarida 
topilgan 
turar joy qoldiqlaridan ma’lum bo’lishicha, X-XIII asr 
boshlarida ha
m paxsa va xom g’ishtdan qurilgan imoratlar shahar 
me’morchiligida asosiy o’rinni egallagan. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling