Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi


Naqqoshlik va o’ymakorlik


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/56
Sana08.05.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1446201
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   56
Bog'liq
PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI Pedagogi

Naqqoshlik va o’ymakorlik. IX-XIII asr boshlarida 
me’morchilik bilan birga naqqoshlik va o’ymakorlik san’ati ham 
ancha rivoj topadi. Imoratni o’ymakor ustun va to’sinlar, devorlarini 
bo’yoqli yoki ganchkori naqshlar bilan bezash keng tarqaladi. Bu 
davrga kelib naqqoshlik va tasviriy san’at o’zgacha tus oladi. 
Endilikda jonli mavjudotlarni tasvirlashdan murakkab geometrik va 
islimi gulli naqshlar ishlashga o’tiladi. Imoratning peshtoqi, eshigi va 
devorining ayrim qismlari turli mazmundagi bitiklar bilan qoplanar 
edi. 
Xattotlik. 
Bu davrda xattotlik xalq san’atining muhim va keng 
tarqalgan sohalaridan biri edi. Hali kitob bosish kashf etilmaganligi, 
qo’lyozma kitoblarning nusxalari faqat qo’lda ko’chirilishi tufayli 
xattotlik san’ati ancha rivoj topdi. Turli uslubda husnixat bilan bitilgan 
xattotlik namunalari me’moriy naqshlarda ham hayotiy mazmun va 
estetik zavq beruvchi bezak sifatida ishlatiladi. Shunday qilib, IX-XIII 
asr boshi me’morchiligi va unda ishlatilgan naqsh uslublari, xattotlik 


16 
namunalari o’z navbatida mehnatkash aholining did-nafosat, 
binokorlik g’oyalari va sermazmun ijodini yaqqol namoyon etadi. 
Musiqa san’ati. IX-XIII asr boshlarida musiqa san’ati ham 
g
’oyat taraqqiy qiladi. Bayramlar, to’ylar, xalq sayillari va boshqa 
marosimlar, 
shubhasiz, kuy va qo’shiqsiz o’tmas edi. Bu davrda 
sozandalar 
ud, tanbur, qo’biz, rubob, nay, surnay, karnay, qo’shnay va 
qonun 
kabi g’oyat xilma-xil torli, zarbli va puflab chalinadigan 
cholg’u asboblaridan keng foydalanganlar. Xalq kuylari asosida 
keyinchalik tojik va o’zbek xalqlarining mumtoz kuyi «Shashmaqom» 
uchun poydevor bo’lgan «Rost», «Xusravoniy», «Boda» «Ushshoq», 
«Zerafkanda», «Buslik», «Sipohon», «Navo», «Basta», «Tarona» kabi 
yangi-
yangi kuylar ijod etilgan. Bu soz va kuylarning ko’pi o’zbek va 
qardosh xalqlarining madaniy merosi tarzida hozirgi kungacha 
saqlanib kelmoqda. Musiqa san’ati she’riyat hamda musiqashunoslik 
ilmi bilan uzviy bog’langan holda taraqqiy etadi. 
XIII asrda bastakor, musiqa nazariyotchisi Safiuddin al-Urmaviy 
mashhur bo’ldi. Yaqin va O’rta Sharq mumtoz musiqa nazariyasida 
XIII asrga qadar Maqomlar soni aniq belgilanmagan edi. Safiuddin al-
Urmaviy musiqa nomlaridagi parda tuzilmalarini ilmiy tas
niflab, o’n 
ikki maqom tizimini ishlab chiqqan. Darvishali Changiyning musiqa 
risolasida ta’kidlanishicha, Safiuddin al-Urmaviy butun Sharqda 
mashhur o’n ikki maqom tizimini sozanda, bastakor, musiqashunos, 
shoir Devonai Gulxaniy (XIII 
asr o’rtalari – Bag’dod – XIV asr 
boshlari) taklifi bilan ishlab chiqqan. Devonai Gulxaniy ko’pgina 
naqsh, savt, peshrav, debocha kabi shakllarda asarlar yaratgan. Ushbu 
tizim birmuncha takomillashtirilgan holda qariyb XVII asrga qadar 
qo’llanib kelingan. 
Safiuddin al-Urmaviy 
tomonidan ud cholg’u asbobi pardalariga 
mo’ljallab yaratilgan 2 xil tabulaturalar ma’lum bo’lgan. Ular jadval 
shaklida bo’lib, tovushlar balandligi turli xarflar bilan, davomiyligi 
esa raqamlar (yoki nuqtalar) yordamida ifodalangan. 
Din. IX-
XIII asr ma’naviy hayotida islom dini muhim o’rin 
egallaydi. Bu davrda musulmon Sharqida keng tarqalib, jahon dini 
darajasigacha ko’tarilgan islom dini va shariati musulmon 
dunyosining mafkurasiga aylandi. Movarounnahr aholisi islom dinini 
qabul qilib, shariat ahkomlarini bajarishga, arab tili va yozuvini 
o’rganishga kirishdi. Markaziy shaharlarda qator masjid va madrasalar 


17 
qad ko’tardi. Movarounnahrda birinchi madrasa X asrda Buxoroda 
ochilgan. U 
«Farjak madrasasi» deb atalgan. 
XIII asrga kelib esa Buxoroning Darvoza mahallasida hatto 
qonunshunoslar uchun maxsus 
«Faqihlar madrasasi» qurilgan. Bunday 
oliy dorilfunun asosan islom dini ta’limotining asosiy manbalari: 
Qur’oni Karim, hadisi sharif va arab tilini mukammal o’rganishga 
katta e’tibor bergan. Shariat ahkomlarini har tomonlama chuqur 
o’rgatishda «Tafsir» – Qur’oni Karimning sharhlari juda boy va 
qimmatli manba hisoblangan. Fiqh fani (islom huquqshunosligi) axloq 
va shariat ahkomlari borasida mukammal ma’lumot beradi. Islom dini 
ta’limotining ravnaqi va targ’ibotining kengayishida, ayniqsa, Buxoro 
shahri mar
kazga aylandi. Buxoro madrasalaridan juda ko’p yetuk 
fiqhshunos olimlar, qozilar, imomlar yetishib chiqdi. Shu boisdan 
Buxoro IX asrdan boshlab 
«Qubbat ul-islom» - «Islom dinining 
gumbazi» nomi bilan shuhrat topadi. Bu xususida tasavvufshunos 
olim, professor N.Komilovning fikrlari ahamiyatlidir. 
«XIII asr 
boshlarida tasavvuf tarixida alohida bir mahsuldor davr bo’ldi. Bu 
davrga kelib, tasavvuf ham nazariy-ilmiy nuqtai nazardan, ham amaliy 
harakatchilik nuqtai nazari
dan o’zining yuksak cho’qqisiga ko’tarilgan 
edi. Ayniqsa, Muhiddin Ibn al-Arabiy, Yahyo Suhravardiy, Najmiddin 
Kubro kabi mutafakkir shayxlar, Farididdun Attor, Ahmad Yassaviy, 
Jaloliddin Rumiy kabi ulug’ so’fiy shoirlar tasavvuf ilmining doirasini 
kengaytirdilar, uni hikmat bilan boyitdilar. Tasavvuf Sharq fikriy 
taraqqiyotidagi ko’p asrlik tajribalarni qamrab olib, uni rivojlantirdi, 
din va falsafa, hikmat va vahdat, kalom va hadis ilmlarini birlashtirdi, 
ilohiy ilmlar bilan dunyoviy ilmlarni o’zaro bog’lashga harakat qildi. 
Natijada tasavvuf Sharq kishisining tafakkur tarzi va axloq normasini 
belgilaydigan hodisaga aylanib qoldi
1
». 
Tasavvuf ta’limotining buyuk siymolaridan biri Najmiddin 
Kubro (1145-
1221) edi. U Xorazmda «Kubraviya» tariqatiga asos 
soladi
. Yassaviy tariqatidan farqli o’laroq, Kubraviya tariqatida 
tarkidunyochilik rad etil
adi. Kamolot yo’lida olib boriladigan 
mashaqqatli mehnat jarayonida bu dunyo noz-
ne’matlaridan 
bahramand bo’lishning joizligi g’oyasi ilgari suriladi. Ushbu 
tariqatning j
avonmardlik g’oyasi xalqqa va Vatanga bo’lgan 
1
Тасаввуф/ Н.Комилов; - Т.: “Movarounnahr” – “O’zbekiston”, 2009. – 15 б. 


18 
muhabbatni, 
har qanday og’ir damlarda ham omma bilan birga 
bo’lish, Vatanni mudofaa qilish va uning mustaqilligi uchun kurashni 
targ’ib etadi. 
XIII asrlarga kelib Xorazmshoh (Anushteginiy)lar (1077
–1231) 
hukmro
nligi ostida bo’lgan Movarounnahr markaziy shaharlarida 
yangi masalalar bo’yicha fatvolar berilib, majlislarda ixtilofli 
masalalar o’zaro bahs-munozaraga sabab bo’ldi. Natijada, faqihlar 
muayyan yechimlarga asoslangan fatvolarni tartibga soldilar, qator 
allomalar, fiqh va huquqiy hujjatlar tuzishning metodologik hamda 
amaliy sohalariga oid asarlar yozdilar. Movarounnahr faqihlari 
chiqargan fatvolarning anchagina qismida muammoga yondashuvning 
o’lkaga xos shart-sharoitlar va an’analardan kelib chiqqanligini 
kuzatish mumkin. Shuni inobatga olish kerakki, o’lkada markazlashga 
shaharlarning shakllanishi savdo-sotiq, pul va mulk munosabatlariga 
tegishli fatvolar ko’lamining ortishi bilan xarakterlanadi. 
Movarounnahrlik faqih va qozilar oila-nikoh munosabatlariga ham 
ko’p o’rinda murojaat etganlar. Shunisi qiziqki, ular nikohdan ko’ra 
ko’proq taloq masalalarini yechishga e’tibor qaratganlar. Ushbu 
munosabatni oilaning mustahkamligi va uni saqlab qolishga intilish 
bilan asoslash mumkin. Movarounnahrning X-XIII asrlardagi 
voqeligini aks ettirgan bu qarorlar va rasmiy hujjatlarga bag’ishlangan 
asarlari o’z davrida yuksak qadrlanib, mintaqaning o’zida va undan 
tashqari hududlardagi qozilik devonlarida qo’llanma sifatida 
foydalanildi. 
Islom o’lkalarida X-XIII asrlarda faoliyat yuritgan faqih va 
qozilar musulmon dunyosining huquq ijodkorlari bo’lib, ijodiy va 
amaliy faoliyatlarining bosh mezoni mulkchilik, savdo-sotiq, ijtimoiy-
axloqiy munosabatlarni huquqiy jihatdan asoslash, tartibga solish va 
mustahkamlashga erishish bilan belgilanadi
1

XIII asr boshida Xorazmshohlar hukmdori Sulton Muhammad 
Oloviddin davriga kelib yangi hududlar bosib olinib, o’z chegaralari 
maydoni 1203 
– yili G’o’r, 1204 – yili Hirot, 1207 – yili Buxoro, 1212 
– yili Samarqandni bosib olinishi hisobidan toboro kengayib 
1
Бекмирзаев Илхомжон Исроилжонович. X-XIII асрлар Мовароуннаҳр ижтимоий 
муносабатларига оид процессуал ва нотариал ҳужжатлари (07.00.05 – ислом тарихи ва 
манбашунослиги) тарих фанлари доктори (DSc) диссертацияси автореферати - 
Тошкент – 2017 йил


19 
bormoqda edi. 1212 
– yilga kelib xorazmshoh Anushteginiylar davlati 
s
harqning eng buyuk davlatiga aylanib, o’z ichiga Movorounnahr, 
Xuroson, Mozandaron, Kirmon, Iroqi Ajam, Ozarbayjon, Seyiston, 
G’azna, Balx, Qandahor o’lkalarini olgan edi. Badavlat 
Movarounnahr, Xuroson va 
Xorazm savdo ahli, o’lkamiz behisob 
boyliklari, yuqori madaniyatli ajdodlarimiz yaratgan ajoyib me’moriy 
binolari, qolaversa, qadimiy yurtimizning fayz-
u tarovati mo’g’ullarni 
ham anchadan beri o’ziga jalb qilgan. 
XIII asr boshlariga 
kelib, mo’g’ullarning qiyot bo’rjig’inlar 
qabilasi sardori Temuchin
1
ko’plab qabilalarni bo’ysundirib, 
boshchilikni 
qo’lga olgach, 1206 – yilda bo’lib o’tgan qurultoyda 
«Chingizxon» unvoni bilan oliy mo’g’ul hukmdori – xon deb 
ko’tariladi va shundan e’tiboran Chingizxon qo’shinining 
ko’chmanchi xalqlar va o’troq davlatlarni bosib olishdan iborat 
yurishlari boshlanadi. 
Mo’g’ullar davlatida qurultoydan avvalroq 1203 – yildayoq hali 
bir tizimga ega bo’lmagan qonunlar to’plami vujudga kelib, u o’z 
ichiga yorliqlar (buyruqlar), yasoq (qonunlar), bilik 
(nasihat)larni o’z 
ichiga olgan bo’lib, ayniqsa «Yasoq» o’z ichiga quyidagilarni 
kiritgan: xalqaro, shaxsiy va sud huquqlari. 
«Yasoq»qa qarab ish 
tutish qat’iy belgilab qo’yilgan bo’lib, undagi qonunlar mo’g’ullarning 
qadimiy urf-
odatlari, an’analari, mavjud siyosiy tuzum mohiyatidan 
kelib chiqqan holda keskin va juda qattiq tarzda, patriarxal harbiy 
tuzumni o’zida aks ettirgan ravishda tuzilgan edi. ««Yasoq» 
qonunlarining asosiy yo’nalishi quyidagilardan iborat bo’lgan: 
1.
Hukmdor (xon) «Yasoq»da qat’iy rioya etish xususida 
qasamyod qilishi, amal qilmagudek bo’lsa, xonni umrbod qamash 
mumkin bo’ladi. 
2.
Chingizxon mo’g’ullar orasida diniy adovat kelib chiqmasligi 
uchun barchaga to’la diniy erkinlik beradi. Ruhoniylar soliqdan ozod 
etiladi. 
3.
Ayollar naslni davom ettiruvchi bo’lganliklari uchun ham 
urush vaqtida ularning gunohlari kechirilishi lozim. 
1
Тошов Н. Алоуддин Жувайниийнинг «Тарихи жаҳонгушо» асари – Марказий 
Осиёнинг XII-XIII асрлар тарихига оид муҳим манба. Тарих фан. ном… дисс. –
Тошкент, 2004. –Б.39. 


20 
4.
Jazolash darajasi sifatida o’lim jazosini eng ko’p miqdorda 
qo’llash belgilangan. 
5.
Bosib olinayotgan mamlakatlar xalqiga butkul rahm-shafqat 
qilmaslik ta’kidlangan»
1

Ana shunday qonunlar ostida qariyb XIII asr oxiriga qadar 
davom etgan istilolar Chingizxon hukmronligi davrida va uning 
vafotidan keyin ham davom etdi. Natijada qirqqa yaqin davlat 
mo’g’ullar tomonidan bosib olindi. Shu jumladan, O’rta Osiyo hududi 
1219 
– 1221 yillarda istilo qilindi. 
Chingizxon davlati Xitoyni bosib olishidan avval Xorazmshoh 
Muhammadning sharqda joylashgan davlatlar qiziqtirgan, Xitoy 
tomoniga harbiy yurish qilish niyati 
bo’lgan. Chingizxonning Xitoyni 
bosib olganligi 
to’g’risidagi xabarni eshitgan Xorazmshoh bu 
voqeaning 
to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligini bilib kelish uchun 
Chingizxon huzuriga 
o’zining mashhur elchisi Sayid Bahoviddin 
Roziyni yuboradi. Bu har ikkala hukmdor davlatlari 
o’rtasida elchilik 
munosabatlarining 
o’rnatilishiga asos bo’ldi. O’z navbatida, 
Chingizxon ham javob tashrifi bilan 
o’z savdo karvonlarini elchilar 
bilan Xorazmshoh yurtiga yuborgan. Bu elchilarga taniqli savdogar 
Mahmud Yalavoch al-Xorazmiy, Aliakbar 
Xo’ja al-Buxoriy va Yusuf 
Kenka al-
O’troriylar boshchilik qilgan edilar. 
Xorazmshoh Muhammad elchilarni 1218 
– yilning bahorida 
Buxoroda kutib oladi. Lekin Muhammadga Chingizxonning 
«o’zining 
eng ardoqli 
o’g’illari qatorida» ko’rishni bayon etgan qismi yoqmaydi. 
Albatta, o’zini «Iskandari Soniy», «Allohning yerdagi soyasi»
2
deb 
yer-u 
ko’kka qo’yarga joy topmay yurgan Xorazmshoh Oloviddin 
Muhammad yana kimsan bir 
sahroyi, g’ayri din Chingizxonga o’g’il 
bo’lsa-ya. 
Xorazmshoh 
Oloviddin 
Muhammad 
yoniga 
Mahmud 
Yalavochni chorlab bor haqiqatni bayon etishni, uning xizmatiga 
o’tib, maxsus josus bo’lib xizmat qilishni buyuradi. O’z hayotidan 
xavfsiragan Mahmud Yalavoch, muarrix an-Nasafiyning yozishicha, 
1
Murtazoeva R.H. umumiy tahriri ostida. O’zbekiston tarixi (Oliy o‘quv yurtlarining 
nomutaxassislik fakultetlaritalabalari uchun darslik) 
– Т., 2005 – 181-bet. 
2
Шарқнинг машҳур сулолалари / Ш.Воҳидов, А.Қодиров. – Тошкент: Akademnashr, 
2013. 
– 191-бет. 


21 
«sulton eshitishni xohlagan» ma’lumotni aytib, sulton taklifiga 
ko’nadi. Xorazmshoh unga qimmatbaho javohir sovg’a qilib, 
Chingizxon bilan shartnoma tuzishga rozi ekanligini bildiradi. 
Chingizxon 
Mahmud Yalavoch guruhi xizmatidan, to’plangan 
ma’lumotlardan mamnun bo’ladi. Zero Yalavoch o’z rahnamosiga 
sodiq qolib, bor haqiqatni Chingizxonga yetkazgan edi. 1218 
– yili 
yana takror Chingizxon Xorazmga juda katta savdogar va elchilarni 
yuboradi. Savdo karvoni Urganchga yetib bora olmaydi. U 
O’tror 
shahar hokimi Inalxon 
buyrug’i bilan talanadi va qirib tashlanadi. 
Xorazmshoh Muhammad tomonidan tashkil etilgan diplomatik 
munosabat 
tufayli Chingizxonning O’rta Osiyo hududlariga yurishi 
boshlanadi. 
1219-yilning oxirlarida Chingizxon Xorazmshoh Muhammadga 
qarshi urush harakatlarini boshlaydi
1
. 1220-yil 7-10 fevralda 
Chingizxon Buxoroga yetib boradi. Buxoroda bu vaqtga 12 ming 
janchidan iborat shahar 
qo’shini va 20 minglik «lashkari berun» 
(tashqari lashkari) mavjud edi. Qamalning uchinchi kuni Inalxon 
boshliq lashkar 
mo’g’ul saflarini yorib o’tib, Amudaryo tomon 
chekinadi. 
Buxoroliklar 
shahar 
qozisi 
Badriddinxon 
boshliq 
o’z 
oqsoqollarini Chingizxonning oldiga shafqat 
so’rab yuboradi. Hijriy 
617 (milodiy 1220) yilda muharram oyining boshida 
mo’g’ullar 
Buxoroni egallaydilar. 
Gurxon (Ko’kxon) boshliq 400 mudofaachilar qamalga olingan 
Buxoro arkida 12 kun davomida 
mo’g’ullarga qarshi qahramonona 
kurashadilar. Movarounnahrning qadimiy markazlaridan 
bo’lgan 
Buxoroni bir necha kun talon-taroj qiladilar. 
«Muqaddas kitoblar 
saqlangan sandiqlarni otlarga oxur sifatida ishlatdilar. Ilm yulduzlari 
bo’lgan mullalar, shayxlar qullar kabi, e’tiborli mo’g’ul janchilariga 
xizmatkor qilib, goho esa 
mo’g’ul baxshilariga masxara uchun 
berildi
... O’zlarining san’atlari, ilm-ma’rifatlari, nozik tabiatlari va 
axloqlari go’zal bo’lgan Buxoro baxtsiz va masxara etildi»
2
. Ibn al-
Asir (XIII asr)ning 
yozishicha, «asirlar otliq va qurollangan 
mo’g’ullar orqasidan piyoda yetib yurolmasa, ko’plari yo’lda ochlik 
1
Шарқнинг машҳур сулолалари. – Т., 2013. – 195-бет. 
2
Вамбери, Ҳерман. Бухоро ёхуд Мовароуннаҳр тарихи. – Т.: Адабиёт ва санъат 
нашриёти, 1990. – 23-бет. 


22 
va sovuqdan 
o’lib ketar edilar». Sayohatchi Ibn Battuta (XIV asr) ham 
o’zining «Sayohatnoma» asarida mo’g’ullar istilosi paytida 
«Buxoroliklar xor-zor bo’lib, obro’lari qolmadi»,
1
– deb ta’kidlaydi.
Chingizxon 1220-yil martida Samarkand shahriga yaqinlashadi. 
Shahar mudofasida 110 ming askar (shuning 60 ming nafari turkiy, 50 
ming nafari tojiklar edi)
2
. Shahar noibi Sulton Muxammadning 
tog’asi 
Tug’oyxon edi. Chingizxon bu joyga hamma qo’shinlarini yig’adi. U 
shahar tashqarisida joylashgan 
Ko’ksaroy qo’rg’onidan turib shaharni 
qamal qilinishiga boshchilik qiladi. Qamalning beshinchi kuni 
lashkarboshilar va shahar ahli 
mo’g’ullarga taslim bo’lishga qaror 
qiladi. Qozi va shayxulislom boshchiligida 
mo’g’ullarga vakillar 
boradi. M
o’g’ullar Samarqandning bosh suv inshooti «Jo’yi arzis» 
(Qo’rg’oshinnova)sini buzib tashlab, shaharni suvsiz qoldiradi. 
Namozgoh darvozasidan bostirib kirib, barcha istehkomlarni vayron 
qiladilar. Bir guruh himoyachilar shahar uchun kurash olib boradi. 
Mo’g’ullar masjidga o’t qo’yadi. Aholining 30 minga yaqin 
hunarmandlari asirga olinadi. Chingizxon xizmatida 
bo’lgan Xitoy 
ruhoniysi Chan Chunning 
so’ziga qaraganda mo’g’ullar bosqinidan 
so’ng shaharda ilgarigi aholining chorak qismigina qolgan edi. Shu 
tariqa Movaraunnahrning poytaxti qadimiy Samarqand yer bilan 
yakson etiladi
3

Mo’g’ullarning qattiq zarbasidan keyin ko’pgina 
shaharlar oyoqqa tur
ib, hatto madaniyati gullagan bo’lsa ham, ammo 
Buxoro va Samarqand ilgarigi ma’naviy hayotiga qaytishiga ancha 
vaqt kerak bo’ldi. 
M
o’g’ullar istilosiga qarshi xalqning ozodlik kurashida asli 
turkiy sarkardalardan bo’lmish Temur Malik hamda Xorazmshohlar 
davlatining so’nggi hukmdori Jaloliddin Manguberdi xizmatlari 
hurmatga sazovordir. 
Vatan ozodligi yo’lida jon fido qilgan buyuk 
ajdodimiz Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi mustaqil 
O’zbekistonda 1999-yili keng nishonlandi. Xorazmda unga haykal 
o’rnatildi, yirik ko’cha va maydonlarga uning nomi qo’yildi, 
1
Ибн Баттута. Саёҳатнома «Туҳфат ан-нуззор фи ғаройиб ал-амсор ва ажойиб ал-
асфор». – Т.: – «Sharq», 2012. – 688 б.
2
Самарқанд тарихи. 2 томлк. Масъул муҳаррир И.М.Мўминов. Таҳрир ҳайъати 
В.А.Абдуллаева ва бошқ. 1-том. – Т.: «Фан», 1971. – 159-бет. 
3
Вамбери, Ҳерман. Бухоро ёхуд Мовароуннаҳр тарихи. – Т., 1990. – 24-бет. 


23 
videofilm, pyesa va dostonlar yaratildi. 2000-yil, 30-avgustda 
«Jaloliddin Manguberdi» ordeni ta’sis etildi. 
XIII asrning ikkinchi yarmi 
– XIV asrning boshlarida yashagan 
Rashididdin shunday yozgan edi: «Solnomalarni aql-idrok bilan 
o’rganish shu haqda guvohlik beradiki inson zoti dunyoga kelgandan 
buyon mo’g’ul qo’shinlari tomonidan qilingan vayronalar hech bir 
mamlakatda bo’lgan emas. 
Chingizxon va uning avlodlariga o’xshab odamlarni ko’p qirgan 
va ko’p mamlakatlarni bosib olgan hukmdorlar hech qachon 
bo’lmagan. Hatto, nomi chiqqan jahongashta makedoniyalik 
Aleksandr ham Chingizxonga tenglasha olmaydi. Chingizxon 
shoshmay harakat qili
b ko’p xalqlarni bo’ysundirdi. 
Uning o’g’illari va so’ngra avlodlari urushib olingan yerlarni 
saqlash bilan bir vaqtda boshqa mamlakatlarni ham bosib oldilar. 
Bosqinchilarning urushlarida yirik shahar va viloyatlarning aholisi shu 
darajada ko’p o’ldirildiki, tirik qolganlar ozchilikni tashkil etdi. 
Masalan, Turkiston, Balx, Shaburgan, Talikan, Marv, Saraxs, Hirot, 
Ray, Hamadon, Qum, Isfahon, Marag, Ardabil, Barda, Gyandja, 
Bag’dod, Mavsil, Irbil va boshqa bu shaharlarga tegishli viloyatlarda 
shunday fojea s
odir bo’lgan edi. 
Mo’g’ul qo’shinlari ko’p o’tib turgan viloyatlarda esa odamlar 
ko’p o’ldirildi yoki ular qochib jon saqladilar. Turar joylari esa 
kultepaga aylantirildi. Hozirda faqat o’ndan bir qism joylardagina 
obodonchilik va bunyodkorlik ko’zga tashlanmoqda. To’g’ri ayrim 
joylarda sun’iy sug’orish, bozorlarni va shaharlarni tiklashga harakat 
qilinmoqda, lekin bu ishlarning oxiriga yetkazilmaganligining guvohi 
bo’lib turibmiz. Bordiyu ko’rsatilgan ishlar nihoyasiga yetkazilganda 
ham vayrona bo’lib yotgan joylarga solishtirilsa hech narsaga 
arzimaydi
»
1
. Darhaqiqat Movarounnahr hududida shahar va qishloqlar 
o’zlarining asl holiga kelmagan edi. Bu kamdek mo’g’ul 
hukmdorlarining zulmi va talon-taroji tobora kuchayib boraverdi. 
Mo’g’ullar istilosidan so’ng Movarounnahr, Xurosonning gullab 
yashnagan dehqonchilik vohalari tamomila halokatga uchradi. 
Sharqda dong’i ketgan qadimiy va obod shaharlar, jumladan 
1
Рашидиддин Фазлуллоҳ. Жомеъ ут-таворих. //Ўзбекистон Тарихи: Хрестоматия. – Т., 
2014. 
– Б 137-138 


24 
Samarqand, Buxoro, Urganch, Xo’jand, Marv, Termiz, Balx, 
Nishopur va boshqa shaharlar xarobazorlarga aylantirildi. Bir necha 
asrlik tarixga ega bo’lgan mashhur ipak savdo yo’llari izdan chiqdi. 
Ilm-fan, madaniyat namoyondalari xor-zor etildi. Shaharlar ahlining 
barchasi ona shaharlarini tark etdilar, yoki qirib tashlandilar. 
Istilochilar ilk bora 
yuqori madaniyatli aholining 
ilm-fan, 
me’morchilik 
sohalaridagi 
yutuqlarini, 
yuksak 
darajadagi 
hunarmandchilik, tijorat, sug’orma dehqonchilikni shu o’lkaga kelib 
ko’rdilar. 
Chingizxon o’limi arafasida (1227 yil avgust) zabt etilgan turli 
y
erlarni o’g’illariga ulus qilib bo’lib berdi. Mo’g’ullar ko’chmanchi 
xalq bo’lgani uchun boshqaruv tizimini tushunmas edilar. 
Chingizxonga bu o’lkalarni yaqindan biladigan, sodiq do’sti Mahmud 
Yalavoch rahnamolik qildi. Unga soliqlar tushumini muntazam 
nazorat etish va 
o’lkada mo’g’ullarga qarshi g’alayon bo’lishining 
oldini olish mas’uliyati yuklatilgan edi
1

Xullas, mo’g’ullarning hukmronligi moddiy va ma’naviy 
qashshoqlikni, adolatsizlik va zo’ravonlikni keltirdi, xolos. Agar xalq 
mana shunday misli ko’rilmagan og’ir hayotga qarshi bosh ko’tarsa, 
yuqorida ta’kidlangan fojealarning takrorlanishi turgan gap edi. 
Shunga q
aramay, xalqning erksevarligi ustun kelib qo’zg’olon 
ko’tardi. Bu qo’zg’olonga Buxoro yaqinidagi Tarob qishlog’ida 
elakchilik kasbi bilan shug’ullanuvchi Mahmud Tarobiy (1238) 
boshchilik qildi. 
Qo’zg’olonning ko’tarilishi va dushmanga qarshi olib 
borilgan qattiq janglar o’zbek xalqining mustaqillik va ozodlik 
g’oyasining mahsuli hisoblandi. Bu g’oya mo’g’ul hukmdorlarining 
vahshiyona qirg’ini va vayronalariga qaramay o’zining kuch-qudratini 
namoyish etgan edi. 
Mahmud Torobiy boshchiligida 
Buxoroda mo’g’ullar zulmiga 
qarshi ko’tarilgan xalq harakati, qo’zg’oloni mo’g’ullarga qattiq zarba 
bo’ldi. Ancha yo’qotishlardan so’ng mo’g’ullar Buxoroga kirib, 
shahar va uning atrofid
agi kishilarni talashga va o’ldirishga kirishgan. 
Xo’jandda turgan Maxmud Yalavochning bu yerga kelishi bilan 
Buxorodagi qirg’in to’xtatilgan. U talangan va vayron etilgan 
shahardan hech qanday soliq yig’ib, bo’lmasligiga Chig’atoyni 
1
Шарқнинг машҳур сулолалари. – Т., 2013. – 199-бет. 


25 
ishontira olgan. Mahmu
d Torobiy qo’zg’oloni mag’lubiyatga uchrasa 
ham, u izsiz ketmagan. Mo’g’ul ma’murlari endilikda mahalliy aholi 
bilan ehtiyotkorona munosabatda bo’lib, o’lpon va soliqlarni 
kamaytirishgan. Ma’lum muddat turli o’zboshimchaliklarga chek 
qo’yilgan. Chig’atoy ulusini mo’g’ul xoqon (qoon)lari nomidan 
boshqargan Mahmud Yalavoch va uning o’g’li Mas’ud Yalavoch bu 
paytda ham xoqonlar manfaatini ko’zlab, ham mahalliy xalqqa 
xayrixoh bo’lib nozik siyosat yuritganlar. 
XIII asr o’rtalarida Chig’atoy ulusining mo’g’ul amaldorlari 
doirasida o’troqlikka ko’chish, shahar hayotiga yaqinlashish, mahalliy 
o’troq aholining boy madaniyatidan foydalanish jarayoni kuchayadi. 
Mo’g’ulistonning ulug’ xoqoni Munke soliq va hashar ishlarini 
tartibga solish to’g’risida maxsus-farmon yorliq chiqardi. Yomlar 
bo’ylab pochta xizmati uchun ajratilgan otlar soni belgilanib, aholidan 
ortiqcha ot talab qilish man etildi. Shuningdek, elchilarga, qo’llarida 
bevosita topshiriqlari bo’lmasa, shahar yoki qishloqlarga kirmasligi va 
aholidan ular uchun belgilanadigan ortiqcha yem-xashak hamda oziq-
ovqat olmasligi uqtirildi. Shu tariqa aholi o’zboshimchalik bilan yig’ib 
olinadigan hisobsiz to’lovlardan ozod bo’ldi. 
Mamlakat ijtimoiy hayotida sodir bo’lgan jiddiy o’zgarishlar, 
shubhasiz uning iqtisodiy jih
atdan jonlanishiga turtki ham bo’ldi. 
Mo’g’ullar istilosi davrida xarob bo’lgan hunarmandchilik, savdo-
sotiq va dehqonchilik asta-sekin tiklana boshladi. Hunarmandchilik va 
ichki-tashqi 
savdoning 
jonla
nishi, shubhasiz, xarob bo’lgan 
shaharlarning qayta tik
lanishiga sabab bo’ldi. Garchi hali ko’pgina 
shahar va viloyatlar xaroba va yarim xaroba holida yotgan bo’lsa-da, 
Urganch va Buxoro shaharlari qayta tiklanadi. Qadimgi Samarqand 
vayronalari yonginasida yangitdan shahar qad ko’taradi. Shaharlarda 
turli xil 
davlat, jamoat va ma’rifat binolari qad rostlaydi. Shahar 
bozorlari gavjumlashadi. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling