Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI Pedagogi
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH
6 CONTENT Introduction........................................................................................... 7 1-topic: Social and cultural life in Movarounnahr and Khuroson from the XII century to the firt half of the ХIV centuries ........................... 13 2-topic: Schools and madrassahs and the system of learning in Movarounnahr and Khuroson from the ХIII century to the first half of the XIV century .................................................................................. 35 3-topic: Upbringing and learning in pedagogy from the XIII century to the first half of the XIV century ......................................................... 49 4- topic: ХIII century and the first half of the XIV century sophism represetatives and their views on the upbriging ................................. 65 5- topic: ХIII century and the first half of the XIV century philosophers and their views on human being ................................... 86 6- topic: ХIII century and the first half of the XIV century oriental thinkers and their pedagogical views ................................................ 119 Dictionary ......................................................................................... 165 List of the used literature .................................................................. 177 7 KIRISH Jahonda inson va uning qadr-qimmati, jamiyat taraqqiyoti ajdodlar qoldirgan boy ma’naviy meros bilan baholanib, kelajak poydevori sifatida qadrlanib kelinadi. Jumladan, buyuk mutafakkirlarimiz ma’naviy merosi Yevropa hamda Osiyoning ko’pgina rivojlangan mamlakatlari tadqiqot markazlarida keng o’rganiladi. Allomalarning ma’naviy-ma’rifiy qarashlarini o’rganishga asoslangan loyihalar , muzey va virtual muzeylar, jamg’armalar, konferentsiyalar, internet sahifalari hamda ilmiy jurnallar tizimi joriy etilgan. Jumladan, B utunjahon Tinchlik qo’mitasi qarori bilan 1958 yil Sa’diy Sheroziy ma’naviy merosi bo’lmish «Guliston»ning 700 yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlangan. Xusrav Dehlaviy asarlarining umuminsoniy ahamiyati hisobga olinib, 1973 yil YUNESKO qaroriga muvofiq 700 yilligi xalqaro miqyosda nishonlangan. 2007 yilda YUNESKO tomonidan Jaloliddin Rumiy dahosiga ehtirom ko’rsatilib, Rumiy tavalludining 800 yilligi dunyo miqyosida keng nishonlangan. Ushbu e’tirof allomalarning boy ma’naviy merosi umumbashariy ahamiyatga ega ekanligini isbotlaydi. Mamlakatimizda ma’naviy meros, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning tiklanishi, yoshlarni har tomonlama yetuk , ma’nan yuksak, komil inson qilib tarbiyalash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan. Zero, jamiyat ravnaqi «...o’z haq-huquqini taniydigan, o’z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, yon atrofida sodir bo’layotgan voqea-hodisalarga mustaqil yondasha oladigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg’un holda ko’radigan, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalash» 1 ga bog’liq ekan, buning uchun fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada takomillashtirish katta ahamiyatga ega. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida»gi PF-4947-sonli Farmonining qabul qilinishi yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirishda «jismonan sog’lom, ruhan va 1 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: “Маънавият”, 2011. – 76-77 б. 8 aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash...» 1 jarayonlarini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqdi. Respublikamiz hamda dunyo xalqlari tomonidan keng e’tirof etilgan, shaxsga ma’naviy-axloqiy ta’sir ko’rsatishda, o’tmish allomalar ning ta’lim-tarbiyaviy qiymatga ega bo’lgan ma’naviy merosi bilan tanishish imkonini berdi. Mazkur m a’naviy meros orqali shaxsda iymon- e’tiqod, bag’rikenglik, iroda, qalb pokligi, vijdon uyg’oqligi, go’zal axloq, o’z-o’zini anglash kabi sifatlarni qaror toptirish zarurligi allomalarning ma’naviy merosidan ta’lim jarayonida foydalanishni yo’lga qo’yish va rivojlantirish hamda o’qitishning zamonaviy shakl, metod va vositalarini takomillashtirish katta ahamiyat kasb etadi. O’rta Osiyoda IX-XIII asr boshlarigacha Somoniylar, Qoraxoniylar, G’aznaviylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar davlatlari hukmronlik qildilar . Bu davlatlar xalqaro maydonda o’z mavqei va tutgan o’rni jihatidan katta e’tibor va nufuzga ega bo’ldilar. Ahmad Nasr, Ismoil Somoniy, Alptakin, Mahmud G’aznaviy, To’g’rulbek, Sulton Sanjar, Otsiz, Takash singari tadbirkor va uzoqni ko’ra oladigan davl at arboblari davrida O’rta Osiyoda hayotning barcha jabhalarida yuksalishlarga erishildi, davlat hokimiyati mustahkamlandi, nisbatan tinchlik, osoyishtalik va barqarorlik vujudga keldi. Movarounnahr, Xuroson va Xorazm deb ataladigan bu hududlarda mustaqil davlatlarning tashkil topishi ularda siyosiy barqarorlik, iqtisodiy rivojlanish va madaniy hayotning ravnaqiga katta ta’sir ko’rsata boshladi. Buxoro, Samarqand, Urganch va Marv kabi shaharlar ilm-fan va madaniyat markazlari sifatida shakllanib, rivojlana boshladi. Tarixchi Abu Mansur as-Saolobiyning Somoniylar Buxorosiga bergan ta’rifi butun O’rta Osiyo davlatlarining IX-XIII asrlardagi ahvoliga tegishlidir: «...shon-shuhrat makoni, saltanat ka’basi va zamonasining ilg’or kishilari jamlangan, yer yuzi adiblarining 1 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги «Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар Стратегияси тўғрисида»ги ПФ-4947-сон Фармони. Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. 2017 йил, 6-сон, 70-модда. 9 yulduzlari porlagan hamda o’z davrining fozillari yig’ilgan joy edi». O’rta Osiyo hukmdorlari ilm ahli bilan yaqinlashdilar. Mamlakatni boshqarishda ularning bilimi va maslahatlaridan foydalandilar. Hukmdorlarning aksariyati bu davrda o’z saroylarida olim, shoir va usta san’atkorlar, turli sohalar bo’yicha qimmatbaho kitoblarni to’plashga odatlandilar. Saroyga jalb etilgan olim va shoirlar kutubxonalardagi nodir qo’lyozma asarlar bilan mag’rurlanardilar. O’rta Osiyodan Damashq, Qohira, Bag’dod, Kufa, Basra va boshqa madaniyat markazlari bo’lmish shaharlarda borib fan, madaniyat taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shgan olimlar bu davrga kelib ko’paya bordi. Bag’dod shahri Sharqning ilm-fan markazi sifatida olamga tanildi, chunki IX asrda bu y erda «Bayt ul-Hikma» ( «Donishmandlar uyi») Sharqning fanlar akademiyasi tashkil etildi. Bunga monand holda X asr oxirlarida Xorazmda ham xalifa Ma’mun davrida (995 – 997y.) «Donishmandlar uyi» – «Bayt ul-Hikma»- «Ma’mun akademiyasi» (Xorazm akademiyasi) tashkil topdi. Bu ikki ilm o’chog’ida Sharqning mashhur va ma’lum olimu allomalari tahsil ko’rganlar. Ular orasida Ahmad Farg’oniy, Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino va boshqa buyuk mutafakkirlarning nomlari bor. IX- XIII asrlarda islom dini va so’fiylik O’rta Osiyo xalqlari davlatchiligi tarixida katta rol o’ynay boshladi. Movarounnahrda bu davr arab xalifaligidan mustaqil bo’lgan davlatlarning paydo bo’lishi va rivojlanishi davri bo’lgan bo’lsa, islom bu vaqtda Sharqda keng tarqalib, jahon dini darajasiga ko’tariladi, musulmon dunyosining mafkurasiga aylanadi. Arab tili xalqaro aloqa almashuv tili darajasiga ko’tariladi. Azaldan savodli, madaniyat darajasi yuqori bo’lgan xalq tez orada, nafaqat, arab tilini, balki islomni ham chuqur o’rganib, arab tili va shariat masalalarida kitoblar yozadigan olimlarni yetishtirib chiqara boshladi. Shaharlarda masjidlaru- madrasalar qurilishiga e’tibor berila boshladi. Masalan, manbalarning darak berishicha, Buxoroda dastlabki madrasa Kovushdo’zlar timi yaqinida barpo qilinadi. Hatto qonunshunoslar uchun ham maxsus «Faqihlar madrasasi» nomli ixtisoslashtirilgan madrasa qurilgan. Bunday bilim maskanlarida Qur’oni karim, Hadis ilmi va shariat asoslari har tomonlama mukammal o’rganilgan. O’sha davr shaharlari orasida islom dini 10 ta’limotini chuqur o’rganish va targ’ib qilishda Buxoro shahri alohida o’rinni egallaydi. Yuqorida qayd qilinganidek, madrasa-yu, maktablarning borligi bu yerda ilohiyot fanining yetuk namoyondalari yetishib chiqishiga xizmat qildi. Shuning uchun bo’lsa kerak, Buxoro shu davrdan boshlab «Qubbat-ul-islom» («Islom dinining gumbazi») nomi bilan shuhrat topa boshladi. Sekin-asta markazlashgan davlatning asosiy mafkurasiga aylangan islom dini boshqa diniy qarashlarni siqib chiqara bordi va xalq ommasini itoatda ushlab turish uchun qurol vositasi ham bajara boshlaydi. Bu davrda islom ta’limotiga bebaho hissa qo’shgan Imom al-Buxoriy va Iso at- Termiziy kabi ko’plab ulamolar yetishib chiqdilar. Ular shu kunga qadar h adis ilmining eng ko’zga ko’ringan, butun musulmon dunyosi tomonidan tan olingan allomalari darajasiga ko’tarilgan insonlardir. IX-XII asrlarda xalqlarning turmush tarzi yaxshilana borgani sari ilm- fan, me’morchilik, tasviriy san’at bilan birga musiqa ham rivojlana boshlaydi. Ushbu asrlar Sharq uyg’onish davri – Sharq Renessansi sifatida dunyo ilmiy jamoatchiligi tomonidan haqli ravishda tan olinganligi ma’lum. Ammo XIII asrda Osiyo ayniqsa Movarounnnahr, Xuroson hamda Xorazmshohlar davlatining Mo’g’ullar bosqinchiligiga uchrashi butun Sharq xalqlarini larzaga soldi, to’liq yuz yil tarix sahifalarida qora dog’ sifatida muhrlandi. Ayniqsa O’rta Osiyo alloma, mutafakkirlari- yu, ilm ahlini o’z oilalari bilan ona yurtlaridan chiqib ketishga majbur qildi. Ayrimlari o’zlarining ona yurtlari uchun jonlarini fido qilgan bo’lsalar, yurtidan uzoqda bo’lganlar o’z asarlarida yurt dardini kuyladilar. XII asrning ikkinchi yarmi va XIV asr birinchi yarmi oralig’ida Sharqda yashab, ijod etgan: Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling