Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/56
Sana08.05.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1446201
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   56
Bog'liq
PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI Pedagogi

Nazorat topshiriqlari: 
1.
XII asrning ikkinchi yarmi – XIV asrning boshlarida 
Movarounnahr va Xuroson allomalarining jahon fani va madaniyati 
taraqqiyotiga 
qo’shgan hissasi. 
1
Шиҳобиддин Муҳаммад ан-Насавий. Султон Жалолиддин Мангуберди. -Тошкент: 
O’zbekiston, 2006. 22- боб, 71, 72- бетлар. 


34 
2.
XIII asrning birinchi yarmi – XIV asrning boshlarida 
Movarounnahr va Xurosonda sodir bo’lgan siyosiy-ijtimoiy 
o’zgarishlarni madaniy hayotga ta’siri. 
3.
XIII asr boshlarida mo’g’ullar hukmronligi va uning ijtimoiy-
ma’naviy hayotga ta’siri. 
4.
Mo’g’ullar istilosiga qarshi xalq (Temur Malik, Jaloliddin 
Manguberdi, 
Mahmud 
Torobiy)ning 
vatanparvarlik, 
ozodlik 
kurashlari. 
5.
XIII asrning oxirida Movarounnahr va Xurosonda madaniy 
o’zgarishning ijtimoiy hayotga ta’siri. 
6.
XIII asrning oxirida XIV asrning boshlarida ilm-fan va 
madaniyat o’choqlari. 
7.
XIII asrning 2-yarmidan boshlab tarixnavislikning 
rivojlanishi. 
 


35 

– MAVZU. XIII ASRDAN XIV ASRNING BIRINCHI 
YARMIGACHA MOVAROUNNAHR VA XUROSONDA 
MAKTAB VA MADRASALAR HAMDA ULARDAGI 
TA’LIM TARBIYA MAZMUNI 
 
Tayanch iboralar: 
maktab, madrasa, mudarris, ta’lim tizimi, 
jarayoni, mazmuni, fan, darsliklar, chor kitob, ta’lim shakl, metod, 
vositalari, nazorat, imtihon, kutubxona, maktab va madrasalar 
ta’minoti. 
XIII 
asrdan 
XIV 
asrning 
birinchi 
yarmigacha 
Movarounnahr va Xurosonda maktab va madrasalar. Samarqand 
va Buxoro hamda Urganch ko’p zamonlardan beri ilmu madaniyat 
bobida o’zaro musobaqa qilishar, Movarounnahr va Xuroson 
shaharlari balog’at, sarf, nahv (morfologik va sintaksis), she’r hamda 
ma
’naviy-axloq (nafosat)da ilgarilab ketgan edilar. Mo’g’ullar 
istilosidan so’ng O’rta Osiyoda ma’naviy hayot so’ndi. Shunga 
qaramay Samarqand, Buxoro, Urganch, Marv, Balx, Nishopur kabi 
yirik shaharlarda maktab va madrasalar 
o’z faoliyatini davom ettirda. 
Ushbu davrlarda maktab va madrasalar masjidlar qoshida tashkil 
etilgan. Maktab va madrasalarda yoshlarga ma’lum dastur asosida 
ta’lim va tarbiya berilgan. Ta’lim-tarbiyaning asosiy maqsadi 
yoshlarga diniy va dunyoviy bilim asoslarini o’rgatishga, ularda 
go
’zal axloq-odob va eng yaxshi insoniy fazilatlarni shakllantirishga 
qaratilgan. 
Maktab 
– O’rta Osiyoda boshlang’ich ta’lim muassasasi 
sanalgan. «Maktab» so’zi arabcha «yozadigan joy» ma’nosini 
anglatadi. Maktablardagi ta’lim tizimi bir qancha bosqichli va puxta 
tashkil etilgani bois savod o’rganish ko’p vaqtni olar edi. Chunonchi, 
faqatgina alifboni o’rganishga 3-4 oydan bir yilgacha, ba’zida undan 
ham ko’p vaqt sarflanar edi. Har bir maktabda 20 ga yaqin o’quvchi 
bilim olgan. Maktab darslarini mullalar olib borgan. Mulla 
– O’rta 
Osiyo 
mamlakatlarida 
musulmon 
odatining 
bilimdoni, 
din 
xizmatchisi, diniy maktab o’qituvchisi, savodli, ilmli kishi 
hisoblangan. Domulla 
– katta mulla degan ma’noni anglatgan. 


36 
O’rta asrlarda barcha musulmon mamlakatlarida ta’lim-tarbiya 
tizimi uch bosqichdan: boshlang’ich ta’lim, umumta’lim va oliy ta’lim 
bosqichlaridan iborat bo’lgan. Boshlang’ich ta’lim masjidlar 
qoshidagi maktablarda berilgan, u besh yilga mo’ljallangan va 
o’quvchilar 4-5 yoshdan qabul qilingan, qabul qilish yoshi qat’iy 
chegaralanmagan. O’g’il bolalar masjid imomlari, qizlar ayol xalfalar 
qo’lida tarbiyalangan. XIII asrdan boshlab har bir masjid imomi 
barcha o’g’il bolalarni Qur’onni o’qitish majburiyatini olgan va bu 
faoliyatni tekshiruvchi maxsus xodimlar ham tayinlangan. Maktab 
ta’minoti masjid hamda ota-onalar yordamida ta’minlangan. Har bir 
mulla o’quvchilarni o’zining o’qitish metodikasi bo’yicha o’qitgan. 
Shuning uchun maktablarda yagona o’qitish dasturlari mavjud 
bo’lmagan. Boshlang’ich maktablarda arab yozuvi va o’qish, Qur’oni 
Karim va hadisdan olingan namunalar, abjad hisobi, she’riy kitoblar, 
pandnoma, axloq-
odob o’qitilgan. O’qish davomiyligi ob-havo, milliy 
marosimlar, bayramlar bilan belgilanib ba’zida ota-onalar fikrlari ham 
inobatga olingan. O’qish issiq kunlarda 2-3 oygacha to’xtatilgan. 
O’qish kunining boshlanishi va tugashi aniq vaqt bilan belgilanmagan. 
U qadimiy an’anaga ko’ra kun yorishishi va botishi «sahardan 
shomgacha» bo’lgan. O’quvchilar o’rganilayotgan fanga qarab 
guruhlangan: «Taxtaxona» (mulla tomonidan yozilgan taxtachada 
alifboni 
o’rganish), 
«Abjadxona» 
(Abjad 
o’quvchilar), 
«Haftiyakxona» (Haftiyak o’quvchilar), va «Qur’onxona» (Qur’on 
o’quvchilar) 
deb 
yuritilgan. 
O’quvchilar 
sinfdan-sinfga 
ko’chirilmagan faqat o’qish guruhini tugatganiga qarab keyingi 
guruhga o’tkazilgan. Yaxshi o’qiydigan o’quvchilar mulla tomonidan 
taqdirlab borilgan. Ayrim maktablarda yozish ham o’rgatilgan. O’qish 
hijjalab o’qitish usuli asosida amalga oshirilgan. Tovush asosida 
harflar nomlari belgilangan. 
O’quvchilar dastlabki o’qish ko’nikmalarini egallaganlaridan 
so’ng «Haftiyak»ni (forscha, «Qur’onning yettidan bir qismi») 
o’qishni boshlaganlar. Ushbu kitob Qur’oni karimning diniy 
marosimlari
ni ado etishda ko’proq (13-14 ta) o’qiladigan kichikroq 
suralarini o’zida jamlagan, qiroat kitobi shakliga keltirilgan. 
«Haftiyak»ni o’qish maktablarda ikki yilgacha, ba’zan undan ham 
uzoq davom etgan. 
«Haftiyak» maktablarda xrestomatiya vazifasini 
o’tagan birinchi qo’llanma hisoblanadi. 


37 
O’quvchilar «Haftiyak»ni tugatganlaridan so’ng «Chor kitob» 
(To’rt kitob)ni o’qishga kirishganlar. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling