Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI Pedagogi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3 - MAVZU. XIII ASRDAN XIV ASRNING BIRINCHI YARMIGACHA XALQ PEDA GOGIKASIDA TA’LIM- TARBIYA Tayanch iboralar
- Xalq hajviya va latifasi.
Nazorat topshiriqlari:
1. XIII asrdan XIV asrning birinchi yarmigacha Movarounnahr va Xurosonda musulmon mamlakatlarida ta’lim-tarbiya tizimi. 1 А.Шиммел. Мир исламского мисцизма 189 с. 48 2. Maktablarda ta’lim tizimi: «sahardan shomgacha» an’anasi. 3. Maktabda o’qitiladigan darsliklar va ularning mazmuni. 4. «Chahor kitob» – islomga oid pand-nasihatlar kitobi. 5. XIII asrdan XIV asrning birinchi yarmigacha Movarounnahr va Xurosonda madrasalar da ta’lim va tarbiya. 6. Madrasalar va ularning bosqichlari. 7. Madrasalarda o’qitiladigan ta’lim dasturlari va o’quv fanlari tartibi. 8. Madrasalarda keng foydalanilgan ta’lim shakl, metod va vositalari. 9. Madrasalar va ularning turlari hamda moddiy va ma’naviy ta’minoti. 10. Mudarrislik eng mas’uliyatli va sharafli kasb. 49 3 - MAVZU. XIII ASRDAN XIV ASRNING BIRINCHI YARMIGACHA XALQ PEDA GOGIKASIDA TA’LIM- TARBIYA Tayanch iboralar: hajviya, latifa, rivoyat, Afandi obrazi, latifalari, Guldursun o’zbek xalq rivoyati, vatanparvarlik, insonparvarlik, Muhammad Avfiy Buxoriy, «Javome’ ul-hikoyot va lavome’ ul-rivoyot». Xalq hajviya va latifasi. Hajviya muayyan davrdagi va jamiyatdagi odamlarning kurashidan umumbashariy, buyuk va teran ma’no, xulosalar chiqargani uchun abadiy hayot kasb etadi. Xalq hajviyasidagi yana bir muhim xususiyat uning o’lmasligi, abadiy yashashidir. Bu hajviya yaratilgan zamon va makon sharoitiga bog’liq bo’ladi. Lekin ularning xususiyatlarini va vaziyatini aks ettirish bilan kifoyalana olmaydi. Agar shunday bo’lsaydi, bunday hajvlar asrlar osha yashay olmas va bizgacha yetib kelolmasdi. Xalq hajviyotining muhim xususiyati shundaki, u yashash uchun kurashda mazlum kishilarning ustunlikka erishis h yo’lida foydalanadigan qurolidir. O’rta asrlarda jamiyatdagi hokim sinflar ustunlikni moddiy jihatdan qo’lga kiritganlar. Eziluvchilar esa hokim sinfga qarshi kurashish uchun hajvdan qurol sifatida foydalanadilar. Bunday hajviya siyosiy va ijtimoiy nuqtai nazardan kuchsizlarning kuchlilarga qarshi ishlatuvchi qurolidir. Hajviyaning muhim xususiyati, uning ma’lum makon va zamonda bo’lishidir. Xalq hajviyoti paydo bo’lgan davrga, makonga, zamon va joy sharoitiga bog’liq bo’ladi. Hajviya jamiyatda yuz berayo tgan hodisalar bag’rida paydo bo’ladi. Shu hodisani aks ettirib, o’zi ham takomillashib boradi. Hukmron sinflarning faqat «kuldirish uchun kulish» hajvida esa davrni, jamiyatni aks ettirish xususiyati yo sira yo’q, yoxud nihoyatda oz miqdordadir. Latifa (arab. – mutoyiba, hazil) – xalq hajviyoti janrlaridan, tanqidiy mazmundagi qisqa yumoristik hikoya. Qadimdan O’rta Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan. Latifalar qahramoni jonli va ta’sirchan so’zlaydigan, hazil-mutoyibaga boy, haqiqat va adolatni himoya qiluvchi hozirjavob shaxs. Sharqda latifaning ilk namunalari Yusuf 50 Xos Hojibning «Qutadg’u bilig», Rumiyning «Masnaviyi ma’naviy», Sa’diyning «Guliston» asarlarida uchraydi. Latifa janri XI asrdan so’ng keng shakllandi va rivoj topdi. Latifa qahramoni o’zbeklarda Afandi, tojiklarda Mushfiqiy, turkmanlarda Mirali nomi bilan yuritiladi. Afandi – turkiy xalqlar og’zaki ijodidagi obraz. Ismi Xo’ja Nasriddin (Afandi laqabi). Afandi obrazi va uning yaratilish tarixi bo’yicha qator tadqiqotlar amalga oshirilgan bo’lib, turlicha qarashlar mavjud. Ko’pgina olimlar Nasriddin Afandi haqidagi latifalarni XIII asrda paydo bo’lgan deb sanashadi. Bir qator olimlar esa Nasriddin Afandining latifalari arablarning Juha ismli satirik qahramoni Saljuqiylar (Anadolu va Turkiston ) satirasiga Xo’ja Nasriddin sifatida tanilib, keyinchalik turkiy xalqlar tomonidan taraqqiy etgan deb ta’kidlashadi. Boshqa olimlar bu qahramonlarni faqat tipologik o’xshashligi mavjudligi, har bir xalqning folklorida taniqli satirik qahramonlar borligini aytib o’tishgan. Sharq xalqlarida Nasriddinning – Xo’ja Nasriddin, Mulla Nasriddin, Afandi kabi turli xil nomlari mavjud. U o’zbeklarda Afandi (Nasriddin afandi), turklarda Xoja Nasriddin, qozoqlarda Xo’ja Nosir, ozarbayjonlarda Mulla Nasriddin deb yuriti ladi. Xo’ja Nasriddin haqidagi birinchi latifa 1480 – yilga tegishli «Saljuqnoma» kitobida keltiri lgan. Afandi yozuvchi va san’atkorlar ijodidan munosib o’rin olgan. Yozuvchilar tomonidan asarlar, qissalar yaratilgan. Afandi haqidagi xalq ijodi bo’lmish latifalar to’plam holida bir necha bor nashr etilgan. Kino, teartlarda Afandi obrazi sahnalashtirilgan. «Nasriddinning yoshligi» dramasi, «Nasriddin Xo’jandda», «Nasriddin Buxoroda», «Xo’ja Nasriddin sarguzashtlari», «Xo’ja Nasriddinning o’n ikki qabri», «Afandining besh xotini» filmlari, «Xo’ja Nasriddin» operettasi, «Nasriddin afandi» musiqali komediyasi, shuningdek tasviriy san’at, haykaltaroshlik asarlari yaratilgan. Ko’pgina shaharlarda masalan, Buxoro, Anqara shaharlarida Afandiga yodgorliklar qo’yilgan. Hattoki 1-aprel 2018 yil «Xalqaro astronomlar birlashmasi» tomonidan kosmik ob’ekt hisoblangan kraterga Nasriddin Afandi nomi berildi. Xo’ja Nasriddinning ba’zi latifalaridagi kabi xalq hajviyasining ayrim namunalarida ham zamon va makon uyg’unligining buzilish holatini uchratish mumkin. Lekin ularda ham makon va zamonning 51 muayyan birligini ko’rsa bo’ladi. Chunki bunday latifalarning o’zida biz uni yaratgan odamlar yashagan davr va jamiyatga doir biror maqsad mavjudligini ko’ramiz. Bunday hajviya xoh Aristafanning komediyalari singari yozma tarzda, xoh Xo’ja Nasriddinning latifalari singari og’zaki shaklda bo’lsin, uni yaratgan jamiyat ahvolini aks ettiruvchi, o’sha davrni tasvirlovchi eng yaxshi asarlardir. Sirakuza hukmdori Dionisos Aflotundan Afinaning qonunlarini qaysi kitobdan o’rgangan ma’qul, deb so’raganida, buyuk faylasuf unga Aristafan komediyalarini o’qishni maslahat bergandi. Aziz Nesin «Biz ham XIII asr Saljuqiylar davri ila tanishmoqchi bo’lganlarga Xo’ja Nasriddin latifalarini o’rganishni tavsiya qilamiz» deydi. Xo’ja Nasriddin yashagan XIII asrda Sharq xalqining ahvoli aynan shunday edi. Xuddi shu asrda Saljuqiylar, Xorazmshohlar davlati y erlari mo’g’ullar tomonidan bosib olingan, Saljuqiy, Xorazmshoh hukmdorlar, beklar va amaldorlar esa o’z manfaatlari uchun mo’g’ullar bilan birgalikda xalqqa qarshi ish yuritishgan. Shunday bir sharoitda xalq zolimlarga qarshi kurash uchun hajviyaga murojaat qiladi. Shu vosita yordamida dushmandan o’ch oladi. Bunday hajv qo’rquvning mahsuli bo’lgani uchun muvaffaqiyatlidir. Chunki qo’rquv ham eng kuchli tuyg’ulardandir. Yozilmagan yoki san’atkor bo’lmagan, oddiy xalq ijodining mahsuli bo’lgan og’zaki hajv – kulgining qo’rquvdan tug’ilishi diqqatni yanada ko’proq jalb qiladi. Xalq shunday vaziyatlarda afsonaviy qahramonlar yaratadi. O’zi to’qigan hajviy intiqom tuyg’ularini ana shu afsonaviy qahramonlarga bog’lab, ularning tilidan gapirish orqali qo’rqoqligi tufayli orttirgan gunohini yuvishga harakat qiladi. Buning eng yaxshi namunasini yana Xo’ja Nasriddinda ko’rishimiz mumkin. Xalq o’zi yashayotgan davrdagi hukmron kuchlarni va amaldorlarni hajv qilmoqchi yoxud ular ustidan kulmoqchi bo’lsa, yo vaziyatga hamohang biror Xo’ja Nasriddin latifasini to’qir yoki manbadan olingan latifani afandi nomiga bog’lab Xo’ja Nasriddin hikoyasiday taqdim qilardi. Xo’ja Nasriddin mo’g’ullar Sharqda zulm va falokat seli kabi oqib kelib hammayoqni xonavayron qilgan paytda yashagandi. Mo’g’ul istilosi natijasida iqtisodiy jihatdan kambag’allashgan, ijtimoiy jihatdan cho’kkan, siyosiy tazyiqlar natijasida har tomonlama mo’rtlashgan bir muhitda mo’g’ullar tomonidan mag’lub qilingan 52 xalqning amalga oshirib bo’lmaydigan isyonkor orzularini hajv yo’li bilan ifodalangan va shu tariqa xalqning bunday og’ir sharoitda yashay olishini, yurag ini bo’shatib, ovunishini ta’min etgan Xo’ja Nasriddin ham tarixiy shaxs, hamda ramziy bir obraz edi. Xo’ja Nasriddin hayotining jo’shqin davri ana shu alg’ov-dalg’ov paytga to’g’ri keldi. Xalqqa xos qudratli hajv ham ayni shu davrda yaratildi. U xalqni ezuvchi ichki va tashqi dushmanni nishonga olardi. Afandi barcha latifalarda mard, to’g’ri so’z, haqiqatgo’y, adolatni ulug’lovchi, beva-bechoralarning homiysi, shuningdek shaxs va jamiyat kamchiliklari ustidan kuluvchi xalq qahramoni sifatida gavdalangan. U ba’zi adolatsiz amaldorlar, qozilarning, so’zi bilan ishi mos kelmaydigan din peshvolarning kirdikorlarini fosh etgan, ularga bo’lgan munosabatini yengil mutoyiba yoki achchiq hajv orqali ixcham va obrazli tarzda ifodalagan. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling