Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI Pedagogi
86 5 - MAVZU. XIII ASRDAN XIV ASRNING BIRINCHI YARMIGACHA FAYLASUF OLIMLAR VA ULARNING KOMIL INSON HAQIDAGI QARASHLARI Tayanch iboralar: «Axloqi Nosiriy», «Zubdat ul-haqoyiq», «Insoni komil» ta’lim-tarbiya, odob-axloq, ilm-ma’rifat, ma’naviyat, iymon, e’tiqod, do’stlik, mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, komil inson. XIII asrdan XIV asrning birinchi yarmigacha tasavvuf allomalari bilan bir safda faylasuf olimlar va mutafakkirlar jamiyatning ijtimoiy, ma’naviy hamda madaniy hayotida ulkan iz qoldirdilar. Ularning ilmiy merosida insonni tarbiyalash masalalari «axloqi zamima (yomon xulqlar) »dan «axloqi hamida (yaxshi xulqlar)»ga kelish yo’li tasvirlangan bo’lib, «axloqi zamima» – hirs, shahvat, johillik, badniyat vasfi sanaladi. U qalbning kasalligidir. Uni davolash esa - yomon axloqning zararli oqibatlarini tushuntirish orqali amalga oshirish lozimligi asarda o’z aksini topgan. Axloqi hamida (yaxshi xulqlar) – hikmat, adolat, iffat va shijoat yaxshi fe’l-atvorlarning asosidir. Allomalar bu borada «Qalbni malham bo’lguvchi hikmatlar bilan tarbiyalash » lozimligini olg’a suradilar hamda asarlarida «vujudi bashariy »dan, «vujudi ma’naviy»ga erishish – «axloqi zamima» (yomon xulqlar)dan yomon fe’llarni chiqarib, tozalab «axloqi hamida» va «axloqi pisandida» (yaxshi va maqtovga sazovor xulqlar)lar bilan bezash lozimligini ta’kidlaydilar. Nosiriddin Tusiy. Abu Ja’far Muhammad Nosiriddin Tusiy 1201 yilning 18 fevralida Xurosonning Tus shahri yaqinidagi Jahrun qishlog’ida tavallud topdi. Diniy va falsafiy ilmlarni 1216 yildan Nishopurda, shaharni m o’g’ullar bosib olganidan keyin (1222) esa, Tusda o’rgangan. 1228-55-yillarda ismoiliy hukmdorlar, jumladan, Ko’histon hokimi Nosiriddin va uning o’g’li Muyiniddin saroyida xizmat qilgan. 1255- 73 yilllarda mo’g’ul hukmdorlari Xulogu va Abaqa huzurida mas’ul lavozimlarni egallagan. 1274 yilda Bag’dodda vafot etgan. Nosiriddin Tusiy iltimosiga ko’ra astronomik ilmiy-tadqiqotlar uchun XIII asrda Janubiy Ozarboyjonning poytaxti Marog’a shahrida 87 1259 yili Xuloguxon rasadxona qurdirdi. Maktabning ilmiy rahbari Nosiriddin Tusiy edi. Xuloguxon ush bu rasadxonadan o’z manfaatini ham ko’zlagan edi, ya’ni u turli harbiy yurishlar va boshqa ma’muriy tadbirlarni amalga oshiradigan omadli kunlarni aniqlash va bunday kunlarni oldindan bildiradigan taqvim jadvali tuzishni olimlardan talab qilgan edi. Bunday jadvallarni tuzish esa ma’lum astronomik kuzatishlarni taqozo qilardi. Nosiriddin Tusiyning g’ayrati va shijoati sabab bo’lib, bu rasadxona XIII asrning yirik ilmiy markaziga aylandi va tarixda o’chmas iz qoldirdi. O’rta asr tarixchisi Rashididdinning ma’lum qilishicha, rasadxonaning yuzga yaqin xodimi bo’lgan va Tusiy Marog’a rasadxonasining asoschisi sifatida shuhrat qozongan. Sharqning ikkinchi astronomik ilmiy maktabi XV asrda Samarqandda Mirzo Ulug’bek tomonidan tashkil etilgan. Rasadxonaning qurilishi va ishga tushirilishida Tusiy rasadxonasining ko’pgina ijobiy tajribalaridan, jumladan, ilmiy ishlarni rejalashtirishda va olingan natijalarni taqqoslashda keng foydalanilgan. Tusiy, minerialogiya, tibbiyot, riyoziyot, falsafa, tabiatshunoslik va ayniqsa falakiyotga oid asarlar hamda tarjima va sharhlar muallifi. U ko’pgina yunon olimlarining asarlarini arab tiliga tarjima qilgan. Uning 150 ga yaqin asarlari va maktublari mavjud bo’lib shulardan 25 tasi fors, qolganlari arab, ayrimlari arab, fors va turkiy tillar birligida yaratilgan. Uning matematika va astronomiyaga oid «Algebra va al- muqobaladagi hisoblash masalalari haqida risola», «Astronomiyadan Nosiriddinning esdaliklari», fizikaga oid «Nurning sinishi va qaytishi ha qidagi risola», «Issiq va sovuq haqidagi risola», boshqa fanlar sohasida Xuloguxonga bag’ishlangan «Tansiqnomai Elxoniy» («Elxon minera-logiyasi»), «Ziji Elxoniy», mantiq bo’yicha yozgan «Asos al-iqtibos» («Bilim olishning asoslari»), fiqh hamda kalomga ba g’ishlangan «At-Tajrid» («Nutq pokligi») va «Qavoid al-aqoid» («Aqidalar asosi») asarlari qimmatli meros hisoblanadi. Biz buyuk olim va faylasufning qanday darajada pedagogik g’oyalar targ’ibotchisi ekanligi uning ushbu sohada yaratgan asarlari va ularning ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati orqali tan olamiz. Olimning 150 dan ortiq asarlari ichida pedagogika sohasiga tegishli g’oyalarini «Adab ul-muallimin» («O’qituvchi odobi»), «Adab ul-mutaallimin» («O’quvchilarning xulq-atvori»), «Axloqi Nosiriy», «Axloqi Muh tasham», «Ovsaf ul-ashraf» («Azizlarimning mukofoti»), «Usuli 88 omuzish» («O’qitish metodlari») nomli asarlari mazmunida ifodalaydi 1 . Sharqda keng tarqalgan «Axloqi Nosiriy» asarining yozilish tarixi haqidagi ma’lumotga ko’ra Tusiy Ko’histon (arabchasi Qahaston Eron sharqida) hokimi Nosiriddin Abdurahim ibn Abi Mansur Muhtasham Ko’histoniy huzuruda xizmatda bo’lgan davrida bir shohona majlisda ishtirok etadi. Majlisda suhbat komil, hakim va fozil ustoz Abu Ali Ahmad ibn Muhammad ibn Yoqub ibn Miskavayh Xozin Roziyning «Kitob ul-tahorat» («Poklik va pokizalik kitobi») haqida boradi. Kitob arab tilida yozilganligi sababli majlis qatnashchilarining ko’pchiligi uning g’oyalarini kengroq yoritish va mazmunini teranroq anglashga yordam berish uchun, kitobni fors tiliga tarjima qilish maqsadga muvofiqligi haqida fikr bildirdilar. Hukmdor Nosiriddin Abdurahim ibn Abi Mansur bu xayrli ishning bajarilishiga amr etdi. Shuning uchun kitob uning irodasini hisobga olgan holda «Axloqi Nosiriy» deb ataldi. Agarchi ushbu kitob amaliy hikmat (axloq) nuqtai nazaridan oliy darajada mukammal yozilgan bo’lsa ham, ammo unda ikki qismning joyi, ya’ni madaniy hikmat (ijtimoiy falsafa) va manziliy hikmat (uy- ro’zg’or yuritish, oilaviy iqtisod) 2 kabi qismlari yozilmay qolgan bo’ladi. Bu qismlarni to’ldirish va yozish maqsadga muvofiq edi. Natijada Abu Ali Miskavayhning «Kitob ul-tahorat» asarining mazmunini to’liq saqlagan holda, keyingi davrlarda o’tgan barcha hukamolarning axloq to’g’risidagi qarashlarini inobatga olib, hamda yozilmagan qismlarni yoritib, dunyoni anglash, unga munosabat bildirish, fanlar, ularning turlari hamda vazifalarini yoritib kitob qayta yoziladi. Shu tariqa «Axloqi Nosiriy» asari vujudga keladi. Yana bir manbada, «Axloqi Nosiriy» kitobining birinchi asosiy maqoloti «Tahzib ul-axloq» («Axloqni poklash») aslida Ibn Miskavayh Roziyning arab tilida yozilgan «Kitob ul-tahorat» kitobining erkin tarjimasidir. Kitobning ikkinchi maqoloti 1 Dr. M.Demirkol. Nasireddin Tusinin bilim ve felsefedeki yeri // Şarkiyat İlmi Dergisi. Sayı: IV (Kasım, 2010), s.50 2 library.ziyonet.uz/ru/book/download/28752 file:///D:/ укув%20кулланма/ibn_sinoning_falsafij_maktabiga_mansub_nasriddin_tusi.pdf 89 G’azzoliyning «Kimyoi saodati»dan ilhomlanib yozilgan 1 , – deb ta’kidlanadi. Keyinchalik , Nosiriddin Tusiyning «Axloqi Nosiriy» asari ta’sirida Husayn Voiz Koshifiyning (1495) «Axloqi Muhsiniy», Jaloliddin Davoniyning (1502) «Axloqi Jaloliy», Qinalizoda Ali Afandining (1572) «Axloqi Ali» asarlari yaratilganligi ma’lum. «Axloqi Nosiriy» – Tusiyning axloqqa oid asari bo’lib, uning asosiy mazmuni – «donishmandlik» hisoblanadi. Unda axloqiy muammolar ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Asarni yozishda muallif Arastu, Aflotun, Ibn Miskavayh, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Homid al G’azzoliylarning axloqiy ta’limotlaridan foydalangan. Risola keyingi davrlarda Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida keng tarqaldi. U Eron, Ozarbayjon, Hindiston, arab mamlakatlari, Movarounnahr va Xurosondagi maktab va madrasalarda asosiy qo’llanma vazifasini o’tagan. Umuman olganda kitob, uch maqola va natijadan iborat. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling