Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI Pedagogi
sodiqlik, rahm-shafqat, xayriya, qarindoshlik rishtalari, mukofot,
tenglik, har qanday ishni hukm qilishda boshqalarning huquqlarini buzmaslik, do’stlik, umid va ibodat deb keltiradi. 93 Beshinchi bobda, axloqsizlikning ko’rinishlari ta’kidlanadi. Olim, johillikni donolikning dushmani, qo’rqoqlikni jasoratning, ochko’zlik, odobsizlikni adolatning istibdodi bilan izohlaydi. Tusiyga ko’ra, har qanday fazilat o’z chegarasiga ega va har qanday fazilat cheklovdan past yoki ustun darajaga erishsa, shafqatsizlikka aylanadi. Olim axloqsizlikka olib keladigan xatti-harakatlarni yettita omilga xasislik, jahldorlik, qizg’anchiqlik, adovat saqlashlik, shahvoniylik, manmanlik, hasadgo’ylikka va yuksak axloqiy tafakkurga olib keluvchi xatti- harakatlarni o’n to’rt omilga sabr-toqat, qanoat, yordam va do’stona munosabat, odamiylik, saxiylik, yumshoqlik, olijanoblik, adolat, kamtarlik, sadoqat, samimiylik, huquq va burchlilik, yaxshi fazilat, vijdonlilik va boshqalarga ajratadi. Bular olimning fikricha axloqiy tarbiyaning maqsadini tashkil qilmog’i lozim. Oltinchi bobda, qadr- qimmat o’rtasidagi farq va qadr-qimmat bilan tashqi o’xshashlik yoritiladi. Yettinchi bobda adolat qiymatining boshqa fazilatlardan afzalligi, uning xususiyatlari va turlari yoritilgan. Tusiy, munosabatlarda tenglikni yaratish va adolat bilan yondashish lozimligini ta’kidlaydi. Uning fikriga ko’ra, adolatli inson nomuvofiq narsalarni muv ofiqlashtiradigan insondir. Bunday odam o’rtacha va tenglik me’yorlari bo’yicha mukammal hakam bo’lishi kerak. Adolat va tenglikning haqiqiy yaratuvchisi – birlik vujudi hisoblanadigan ilohiy vijdondir (inson vijdoni). Adolatning fazilatlariga erishgan inson ilohiy yaqinlikka erishadi (eng oliy yaqinlik). Sakkizinchi qism baxtning fazilatlari va darajalarini o’zlashtirishga bag’ishlangan. Har bir inson o’zining tug’ma iste’dodi, izlanishi va tirishqoqligi tufayli ezgu fazilatlarni egallaydi 1 . To’qqizinchi bob, sog’lom istak va qadr-qimmatni saqlab qolish haqida. Tibbiyot fani inson sog’lig’ini saqlash uchun mijozga mos keladigan malhamlardan foydalanishni tavsiya etgani kabi, axloqiy qonunlar ham nafsni sog’lom saqlab qolish uchun umumiy xususiyatlarga ega b o’lgan insoniy munosabatlarni qo’llab- quvvatlashni talab qiladi. 1 library.ziyonet.uz/ru/book/download/28752 94 «Maqsadlar» ning oxirgi bobida Tusiy nafs xastaliklarini davolash qoidalari, ya’ni razillik haqida gapiradi. Tananing davolanishida (tibbiyotda) bo’lgani kabi, kasalliklar o’zlarining qarama-qarshiliklari bilan davolanadilar va xuddi shunday nafsni davolashda razillik o’zining qarama-qarshisi bilan yo’q qilinadi. Tibbiyot sohasida birinchi navbatda kasallik nimada ekanligi aniqlanadi, undan so’ng sabablari to’liq tekshiriladi va nihoyat davolash boshlanadi, axloq tarbiyasida ham shu jarayon kechadi. «Xonadon farovonligi» nomli ikkinchi maqola 5 qismdan iborat. Ushbu maqolada oila qurish madaniyati, bola tarbiyasi, oila boshlig’ining oila oldidagi burch va masuliyatlari, ayol va uning vazifalari borasida gap boradi 1 . Birinchi bobda ro’zg’orshunoslik fani ning ma’nosi ochib beriladi. Tusiy, ro’zg’orshunoslik fani oilani saqlashga yordam beradigan muhim fan ekaniga ishonadi va ro’zg’orshunoslik fanini oila qurishning donishmandi deb ataydi. Tusiy f ikriga ko’ra, «ro’zg’orshunoslik fani» ning umumiy asoslari inson tanasining tarkibiy qismlari o’rtasidagi muvozanatni saqlashga o’xshaydi. Agar muvozanat bo’lsa, uni himoya qiladi, agarda buzilgan bo’lsa, uni qayta tiklashga harakat qiladi. Ikkinchi qism esa boshqaruv, mol va dunyoni to’planishiga bag’ishlangan. Ushbu bobda Tusiy uchta asosiy vazifa pul topish, Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling