Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI Pedagogi
boyliklarni saqlash
va pulni sarf qilishning foydali va maqbul kasbiy xususiyatlariga ishora qiladi. Muallif poklik va sahovatni, tamagirlikdan xol i va beg’uborlikni maqbul ish va adolatlilikning muhim xususiyatlardan biri sifatida qayd etadi. Uchinchi qismda oilani yaratish siyosati haqida so’z boradi. Muallifning so’zlariga ko’ra, nikohning asosiy sababi - naslni saqlab qolish va avlodni davom ettirish. U diyonatli ayolni erining xazinasi, ro’zg’orda erining yordamchisi va uning yo’qligida ishlarini boshqaruvchisi sifatida ko’rsatadi. Tusiy ayolni boshqarishda uchta asosiy usulni taklif qiladi: – Erkak kishi qudratli va g’ururli bo’lishi kerak; – Erkak kishi ayolga xush muomalada bo’lishi kerak; 1 library.ziyonet.uz/ru/book/download/28752 95 – Erkak kishi ayoliga uy-ro’zg’ordagi sharoitlarni tashkil qilib berishi kerak 1 . Ikkinchi maqolaning to’rtinchi bobi (ro’zg’orshunoslik fani )da Tusiy farzandni tarbiyalash haqidagi fikrlarni ifodalab, bola dunyoga kelgandan so’ng unga go’zal ism berilishi kerakligini yozadi. Ushbu bob davomida muallif bolani tarbiyalashning turli bosqichlarini bayon etib o’tadi. Kitobning 7 bobdan iborat oxirgi maqolasida Tusiy «davlatni boshqarish» qoidalari haqida gapiradi. Birinchi qismda xalqning madaniyatga bo’lgan ehtiyoji, ijtimoiy tizim, davlat boshqaruv ilmining mohiyati va ahamiyati tushuntiriladi. Tusiy barcha ishlarni shaxs yakka o’zi boshdan kechirishga qodir emasligi sababli, o’z avlodining davomiyligini ta’minlash maqsadida boshqa odamlarning yordamiga muhtoj ekanligini ta’kidlaydi. Shaxsning ijtimoiylashuvi va jamiyat talablari asosida shakllanishini siyosat sifatida izohlaydi. Olim sevgi va uning shakllari haqida gapirab, jamiyatda insonlar orasidagi munosabat va aloqa o’rnatish uchun zarur bo’lgan elementlardan biri (vositalaridan biri) sifatida tasvirlaydi va insonlar o’rtasidagi sevgining yaralishi va birligiga chorlaydi. Tug’ilishdan (tabiatan) inson kamolotga erishishga qadar, o’zga shaxslar bilan do’stlik munosabatlarini qurishga majbur bo’ladi. Buning uchun tabiatan odamlar o’zlarining sevgisini izlaydilar. Muallif odamlarga bo’lgan muhabbatni ikki qismga ajratadi: - Tabiiy muhabbat (majburiy emas); - kuchli muhabbat (irodali sevgi). Kuchli muhabbatning o’zi 4 turga bo’linadi: tez paydo bo’ladi va tezda yo’qoladi; asta-sekin paydo bo’lib, asta-sekin yo’qoladi; asta-sekin paydo bo’ladi, tezda yo’qoladi; sekin- asta paydo bo’lib, asta-sekin yo’qoladi. Uchinchi maqolot davlat va uning boshqaruvi, davlat boshq aruvchisining vazifalari haqida bo’lib 2 , fuqaro va uni ijtimoiy himoyalash kabi bir qator dolzarb masalalar borasida fikr yuritilgan. Ushbu masalalar bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotgan emas. 1 library.ziyonet.uz/ru/book/download/28752 2 http://www.allbest.ru/ Лейла Рагими. Общая характеристика произведения «Ахлаги- насири» (Насирова этика) хаджи Насреддина Туси.Вестник КазНПУ 2012 Алматы 96 Tusiy: «Hokim – tadrijiy mukammallikni boshqaradigan, ilohiy ilhom oladigan va qonun chiqaradigandir», 1 – deb tushuntiradi. Tusiy jamiyatning turlari va shaharlarning paydo bo’lishi haqida ham gapiradi. Insonning irodasi 2 qismga bo’linadi, ya’ni yaxshi va yomon , xuddi shunday jamiyat ham 2 qismga bo’linadi. Ya’ni, yaxshilik uchun yaratilgan jamiyat va yovuzlik bilan paydo bo’lgan jamiyat . Yaxshi maqsadda yaratilgan jamiyat «mukammal jamiyat», yomonlik yordamida qurilgan jamiyat «nomukammal» deb ataladi. Demak, haqiqat va yaxshilik ko’plikdan tashkil topmagan (ya’ni haqiqat bir), birlikdagi jamiyat - mukammal jamiyat bo’ladi. Birlashmagan jamiyat - nomukammal jamiyat bo’lib u 3 turga bo’linadi: johil, fosiq, shafqatsiz. To’rtinchi bob mamlakat boshqaruvi va shaharlarning tavsiflari bilan bog’liq. Tusiy davlatni boshqarishning 2 turini ko’rsatadi: - mukammal rahbar. Uning maqsadi insonlarning tadrijiy rivojlanishi natijasida abadiy baxtga erishtirishdir. - nomukammal rahbar (zo’ravon, yolg’onchi, hiyla-nayrangning ustasi). Bunday siyosatchining maqsadi insonlarni o’z maqsadi yo’lida qurbon qilish, baxtsizlikka yetaklash , rahbarlikdan o’z manfaati yo’lida foydalanish. Beshinchi bobda Tusiy do’stlarga nisbatan do’stlik munosabatlari va xulq-atvorning mazmuni haqida fikr yuritadi. Olim yaxshi do’st topishga bor kuchini sarflaydigan va do’stona munosabatda bo’ladigan kishini komil va baxtli deb hisoblaydi. Tusiy, do’stlar va dushmanlarning xususiyatlarini inobatga olgan holda do’stlarini ikki guruhga ajratadi: «haqiqiy» va «soxta do’st». Oltinchi bobda Tusiy xalqning turli qatlamidagi odamlar bilan munosabat qoidalarini tasvirlab beradi. Muallif ijtimoiy tuzilmaning qatlamlari uch turdan ortiq emasligiga ishonadi: shuhrat jihatidan yuqori tabaqali; shuhrat jihatidan past tabaqali; shuhrat jihatidan teng tabaqali. Agar u yuqori tabaqali bo’lsa, u o’z mavqeini saqlab qolishi kerak, agar u quyi tabaqada bo’lsa, o’zini yuqori darajagacha 1 История этических учений: Учебник / Под ред. А.А. Гусейнова. - М.: Гардарики, 2003. - 911 с. C-303 97 ko’tarilishga harakat qilishi kerak va agar u teng tabaqada bo’lsa, o’z o’rnini yuqori tabaqaga ko’tarishga harakat qilishi lozim. Mutafakkirning yana bir tarbiya masalalarini qamrab olgan asari «Adab ul-mutaallimin»dir. Asarning birinchi bobini muallif ilmning ahamiyatiga bag’ishlaydi, ikkinchi bobda ilmni egallash yo’llari va unga qo’yiladigan talablar, maktab va madrasalardagi qonun-qoidalar borasida fikr yuritiladi. «Tolib, - deydi, muallif – ilmiy bilimni egallab uni ertalab, shomda va kechasi bilan takrorlashi, ko’p kitob o’qishi, eng kerakli joyini xotirasiga saqlab qolishi kerak. Shu yo’l bilan u tez rivojlanadi, o’sadi. Lekin uni ko’p o’qishga majburlash kerak emas, bu tolibni holdan toyishga olib keladi». Tusiy maktab ta’limiga kengroq e’tibor qaratib, o’qituvchi ilmiy bilimlarni o’quvchilar bilim darajasida mos hajmda oddiydan murakkabga tomon tashkil qilishini aytib: «O’qituvchi doimo darsni takrorlab turishi, kitobning murakkab joylarini o’quvchining bilim darajasiga mos qilib izohlashi lozim. O’quvchiga o’zi tushunmagan narsalarni majburlab yozdirish, o’quvchining bilim olishga qiziqishining susayishiga olib keladi», – deb tushuntiradi. Tusiy o’qituvchining nutq madaniyati va o’qitish qobiliyatiga to’xtalar ekan: «O’qituvchi nutqi hech qachon va hech qayerda zaharxandali, qo’pol yoki qattik bo’lishi mumkin emas. Dars paytida o’qituvchining o’zini tuta olmasligi ishni buzishi mumkin», – deydi. Asarda ilmning fazilati haqida fikr yuritilib shunday deyiladi: «Hech kimga sir emaski, Ollohning ne’matlari ichida ilm eng sharaflisidir. Zero, ilm insoniyatga xosdir. Shuning uchun, ilm – abadiy saodatga eltuvchi yo’ldir». Bu vositalar o’quvchilarga bilim berish yo’lidagi o’qituvchining harakatlaridir. Tusiyning ilmiy pedagogik merosining muhim jihatlari o’qituvchi shaxsida ilmlilik va olijanoblikni mujassam holda ko’rgani va ta’lim- tarbiya birligining bola shaxsiga qaratilishi bilan xarakterlanadi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling