Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI Pedagogi
«Axloqi Nosiriy»dan
1 (Parcha) «Axloqi Nosiriy»da Aflotunning Arastuga vasiyati. Aql va idrok rivoji va sog’lom turmush madaniyati to’g’risida foydali maslahatlar: 1 www.culturalnet.ru/main/getfile/686 98 - doimo o’rgan, izlan, bilim olish bilan shug’ullan. Eng avvalo maqsadingni belgila, keyin egallash uchun ilm tanla; - olim mehnatining amaliy foydasini, halol, adolatli va yaxshi niyatliligi bilan uning qiymatini belgila; - Xudodan faqat foydali va abadiy farovonlikni so’ra; - doimo hushyor bo’l, chunki yovuz odamlarning hiyla- nayranglari chegara bilmas; - imkonsiz narsalar uchun orzularga berilma; - bilginki, ilohiy jazo intiqom olishga emas, balki tarbiyalash maqsadiga ega; - noloyiq hayot kechirma, toki u noloyiq o’lim bilan nihoya topmasin; - yaxshilikka baxshida qilinmagan umr befoyda sanaladi; - hech qanday muammo sening aybing tufayli sodir bo’lmadimi? Yoki qanday yaxshi ish qila olishing haqida fikr yuritmasdan uyquga ketma. O’zingning beparvoliging tufayli imkoniyatingni qo’lingdan chiqarmadingmi, esla; - sen mavjud hayotingni va o’limdan keyin nima yuz berishini o’ylab ko’r; - hech kimga tanbeh berma, chunki dunyo o’zgaruvchan; - o’z hayoti va kelajagidan qayg’urmaydigan odam baxtsizdir; - sening xizmatingga tegishli bo’lmagan narsaga maqtanma; - muhtojlardan muruvvat kutma, o’zing ularga muruvvat qo’lini cho’z; - aqlini yo’qotib, dunyo lazzatlaridan zavqlanib uning musibatidan esankirab qayg’urganni oqil deb bilma; - har doim o’limni esla, boqiy dunyoga ketganlarning o’limidan saboq ol; - agar sen odamlarning shafqatsizligi haqida bilmoqchi bo’lsang, ular aytadigan narsalar haqidagi mish-mishlarni tarqatish haqida ko’plab keraksiz so’zlarga e’tibor ber. Bilginki, boshqalarga nisbatan yomon niyatlarga ega bo’lgan odam tug’ilganidan baxtsizdir, chunki yovuzlik kuchlari dastlab uning g’oyalari va e’tiqodida yashaydi; - ehtiyotkorlik bilan o’yla, keyin gapir, yaxshilab taqqosla, o’lcha, so’ng amalda qo’lla, chunki sharoit o’zgarishi mumkin; 99 - hamma bilan do’stlashishga qodir bo’l, ko’p ham g’azablanma, chunki g’azablanish odatga aylanishi mumkin; - bugun senga yordam so’rab murojaat qilgan insonning hojatini ertaga qoldirma,chunki ertaga nima bo’lishi mumkinligini bilmaysan; - yomon odatlardan aziyat chekayotgan kishiga qaramlikdan xalos bo’lishi uchun yordam ber; - agar dushmanlaringning so’zlari va ishlari senga aniq bo’lmasa, ularga hukm chiqarishga shoshilma; - faqat so’zda emas, balki amalda ham dono bo’l, so’zdagi donoliklar bu dunyoda qoladi, ammo dono amallar abadiy yashaydi; - agar sen aziyat cheksang, yaxshi ishlar bilan shug’ullan, azob- uqubat o’tkinchi, yaxshilik abadiydir; - o’sha kun haqida o’ylab ko’r, seni chaqirsalar eshitmaysan, gapirish qobiliyating yo’qoladi, eshitib, gapirib, eslab ham bilmaysan; - aniq bil, sen do’sting kim va dushmaning kimligini bila olmaydigan y erda bo’lishing mumkin. Shuning uchun hech kimning mukammal emasligidan nafratlanma; - ishon, sen hamma teng bo’lgan joyda bo’lishing mumkin, shuning uchun manmanlik qilma, doimo «yo’l»ga tayyor tur, chunki sen qachon «ko’chish»ing mumkinligini bilmay qolasan; - shuni bilib qo’y, hamma qimmatli narsalar ichida, buyuk Yaratuvchi tomonidan bizga berilgan, donishmandlikdan ko’ra yaxshiroq narsa yo’q; - fikr, so’z va amali o’rtasida mutanosiblik bo’lgan inson, dono insondir; - yaxshilikni taqdirla, yomondan saboq ol; - mohiyatni o’rgan, esda saqla, tushun; - doimo barcha amallaringni sog’lom fikr va o’zaro bog’liq holdagi talab asosida qur; - bu dunyoning biron-bir ulkan yumushida dangasalik va sovuqqonlikni o’tkazib yuborma, sustlik va irodasizligingni ko’rsatma, ezgulikni, sahovatni behuda sarflama; - yaxshi nomni qo’lga kiritishni ko’zlab, qonunga xilof ishga qo’l urma; - vaqtinchalik huzur-halovat tufayli hurmatli insonlarni yo’qotma – arzirli umringni yo’qotasan. 100 - donishmandlikni kuylovchi bo’l, donishmandlarni tingla, dunyo lazzatlariga berilma; - ijobiy urf-odatlardan yuz o’girma, biron ishni vaqti soati etmasdan boshlama, biror-bir ishga kirishsang uni aqlan, vijdonan, sharaf bilan amalga oshir; - boyliging oshganda, gerdayma, atrofdagilarni kamsitma, nochor bo’lganingda ruhan tushib, ayanchli qiyofada bo’lma; - do’sting bilan munozaraga kelmaydigan darajada munosabatda bo’l, dushmaning bilan munozarada undan baland bo’lish darajasida o’zingni tut; - hech kim bilan janjallashma, hamma bilan samimiy bo’l, hech qayer da soddalik va xushmuomalalikni aqlsizlikka yo’yma. - o’zing uchun ma’qul deb hisoblaydigan narsalar uchun birodaringni koyima; - bekorchi ishdan quvonma, taqdiringdan umidvor bo’lma, yaxshi ishni ayama, hech kimni aldama, hech kimning ustidan hazil qilma. - baxtga erishish uchun har doim adolat, haqiqat, yaxshi niyat yo’lidan bor va bularga Olloh yordami bilan erishasan. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling