Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI Pedagogi
Aziziddin Nasafiy.
To’liq nomi – Aziziddin ibn Muhammad an - Nasafiy) (1220, Nasaf, Qashqadaryo – 1305, Yazd, Abarko’h) – buyuk ensiklopedist olim, tabib, tasavvuf falsafasining yirik vakili. Shayx Najmiddin Kubro va Ibn al - Arabiy ta’limotlarini o’zaro bo g’lagan kubroviya mashoyixlaridan biri. Aziziddin Nasafiy dastlab Nasaf, so’ng mo’g’ullar istilosi davrida Buxoro madrasalarida ta’lim olgan 1 . Falsafa va tasavvufni o’rganish bilan birga tib ilmidan ham yuksak mahoratga ega bo’lgan. Bir muddat Buxoro madrasalarida talabalarga tasavvufdan darslar o’tgan. Nasafiy 1243-52 - yillarda Xurosonda yetuk oriflardan bo’lmish Sa’diddin Hamaviy (Hamuya, 1191-1252) bilan tanishadi va uni o’zining piri deb biladi. 1273 - yili Buxorodan Bahrobod (Xuroson )ga ketgan, Isfahon va Sheroz safaridan so’ng Yazdning Abarko’h shahrini maskan tutgan. Umrining oxirigacha shu yerda yashab, shu yerda vafot etgan. 1 Ҳомиджон Ҳомидий. Тасаввуф алломалари. – Т.: «Шарқ», 2009. – 130 б. 101 Nasafiy hamma asarlarini fors tilida yozgan. Nasafiyni komil inson tadqiqotchisi desak mubolag’a bo’lmaydi. «Al - inson al – komil » («Komil inson») asari olim yozgan risolalarning eng mashhuri bo’lib, uni fransiyalik olim Marijan Mole fransuz tiliga tarjima qilgan. Kitob bir muqaddima va turli mavzularga bag’ishlangan 22 risoladan iborat. Undagi risolalarning ko’pi «Manozil us-soyirin» ( «Yo’lovchilar qo’nalg’asi»)ning ba’zi nusxalarida uchraydi. Ushbu asar 556 sahifa bo’lib, irfon va hikmatlarga oid nozik tushunchalardan bahs yuritadi. Irfon va hikmat masalalari va asosi haqida yana «Bayot ut-tanzil » nomli kichik va muxtasar kitobi ham bor. Nasafiyning bildirishicha, uning fikr va aqidalari faqat «Maqsad ul-aqso» ( «So’nggi maqsad») asarida ifodalangan. Asar 8 fasl, 8 bob va 1 xotimadan iborat. Shuningdek, olimning «Kashf ul – haqoyiq» ( «Haqiqatlarning yaralishi»), «Zubdat ul – haqoyiq» («Haqiqatlar qaymog’i»), «Nuzul va uruj» («Quyilash va ko’tarilishi»), «Mabda’ va ma’od» («Chiqish va qaytish»), «Miftoh ul-asror» («Sirlar kaliti»), «Nafsi insoniy», «Vahdati vujud» va boshqa kitoblari chet ellarda chop etilgan. «Zubdat ul-haqoyiq» asari tasavvufshunos olim, professor N.Komilov tarjimasida o’zbek tilida chop etildi. Olam va odam birligi ta’limoti Nasafiy asarlarining mohiyatini tashkil etadi. Uning ijodi arab, ingliz, nemis, fransuz, turk, hind, rus olimlari tomonidan tadqiq etilgan. Qo’lyozma nusxalari Vena, Leyden, London, Kalkutta, Dushanbe, Istanbul, Sank-Peterburg, Tehron shaharlari kutubxonalarida, O’zbekiston FA Sharqshunoslik instituti qo’lyozmalar fondida saqlanadi. Aziziddin Nasafiy tasavvuf ta’limotini rivojlantirishga ustozlari – shayx Najmiddin Kubro, Sa’diddin Hamaviylarning g’oyalarini davom ettirdi. U «Insoni komil» nomli risolasida komil insonga ta’rif berib, shunday yozadi: «Bilgilki, komil inson deb shariat va tariqat va haqiqatda yetuk bo’lgan odamga aytadilar va agar bu iborani tushunmasang, boshqa ibora bilan aytayin: bilgilki, komil inson shunday insondirkim, unda quyidagi to’rt narsa kamolotga yetgan bo’lsin: yaxshi so’z, yaxshi fe’l, yaxshi axloq va maorif» 1 . 1 Комилов Н. Тасаввуф ёки комил инсон ахлоқи. Биринчи китоб. Т.: Ёзувчи, 1996. 147- бет. 102 Bu sifatlar bilan ziynatlangan odam yolg’on, riyo va badkirdorlikdan chekinadi, hamma vaqt ezgu niyat bilan yashab, ezgu ishlarga tayyor turadi. Yaxshi sifatlarni egallab borgan odam komil inson martabasiga ko’tarila oladi. Komil inson – insonlarning eng mukammali, eng oqili va donosi. Komil inson insonlar jamiyati ichidan yetishib chiqadigan mo’tabar zotdir. Insonlar komillikka axloqiy-ma’naviy poklanish jarayonida erishadilar. Aziziddin Nasafiy kamolotning belgisi sifatida ikki narsani asos qilib oladi. Birinchisi – hamida (go’zal) axloq bo’lsa, ikkinchisi – o’z- o’zini tiyish. Shu ikki asosning bor yoki yo’qligiga qarab u odamlarni uch qismga ajratadi. Birinchisi, hamida axlo qiy xislatlar bilan bezanmagan va o’z- o’zini tanimagan odamlar. Ikkinchisi, hamida axloqiy xislatlar bilan bezangan, ammo o’z-o’zini anglamagan odamlar. Uchinchisi, hamida axloqiy sifatlar bilan be zangan va o’z-o’zini tanigan, anglagan odamlar. Olimning nazarida uchinchi toifa odamlar komil insonlardir: «Binobarin, insonning kamolotga erishishi hamida axloqqa ega bo’lish va o’z-o’zini tanish bilan amalga oshadi» 1 . Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling