Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/56
Sana08.05.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1446201
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   56
Bog'liq
PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI Pedagogi

Aziziddin Nasafiyning 
«Insoni komil» asari yirik 
pedagogik manba. 
Aziziddin Nasafiyning fikricha, ulug’ olamda 
mavjud xususiyatlar inson olamida aks etadi. Agar biz ulug’ olam 
xossalarini bilmoqchi ekanmiz, unda avval inson olamini har 
tomonlama anglab yetishimiz darkor. Olimning fikricha inson olami 
juda murakkab sir-sinoatlarga boy. Lekin insondagi barcha fazilat va 
xislatlar faqat Xudoning ixti
yori bilan bo’ladi.
Olimning fikricha, insonning jismi bilan ruhi orasida o’zaro 
aloqadorlik mavjud. shuning uchun inson kamolot darajalari turlicha 
bo’lganidek, uning ruhiy kamolot darajalari turlicha bo’ladi. Chunki, 
moddiy olam ruhiy olamsiz, ruhiy olam esa moddiy olamsiz mavjud 
bo’lmaydi. 
Inson jismi va ruhida bo’ladigan o’zgarishlar manbai, olimning 
fikricha, olamning asosini tashkil etgan unsurlar: tuproq, suv, havo, 
olovga bog’liq. Ushbu to’rt unsurning har biri o’z shakli va ma’nosiga 


114 
ega. Insonning jismi ham ana shu to’rt unsurning aralashuvidan paydo 
bo’lgan. 
Aziziddin Nasafiyning fikricha, inson 
– hayvon turlaridan biri 
bo’lib, u faqat ta’lim-tarbiya, o’qish va takrorlash, taqvo va zikr 
tufayligina inson darajasiga ko’tariladi. Hayot, bilim, iroda, quvvat, 
eshiti
sh, ko’rish, nutq, idrok kabi xususiyatlar insondan tashqarida 
mavjud emas. Bunday xususiyatlar, qobiliyatlar inson jismida harakat 
qilgandagina haqiqiy mavjudlik kasb etadi. Inson kamoloti xuddi shu 
mavjudlik bor joydagina sodir bo’ladi. Odamzod oilasini boqishi, 
boshqalarga yordam berishi, sabr qilishi, ozod bo’lishi kerak. Komil 
inson bo’lish uchun avvalo o’z-o’zini tanish zarur. Kimki, qanoat qilsa
– shoh, aks holda o’tkinchi hisning qulidir.
«Nafsi insoniy» kitobi. 
(Parcha) 
So’fiylar deydilar: «Inson kichik olamdir (olami sag’irdir) va aql 
bu olamning odamidir va jism Hav
odir va qo’rquv iblisdir va shahvat 
tovusdir v
a g’azab ilondir. Va yaxshi axloq jannatdir va yomon axloq 
– do’zax va aql quvvatlari, ruh quvvatlari va jism quvvatlari 
maloiklardirlar
»... 
E
y darvesh! Tuproq odami nurlarning mag’ribidir, zerokim 
butun nurlar jabarutning mashriqidan chiqqanlar va tuproq odamiga 
kelib tushganlar. Endi esa nur tuproq odamidan zohir bo’lur (shu bois) 
qiyomat kuni oftob mag’ribdan chiqar. 
...Bilgilki, ye
tti do’zax va sakkiz jannat bor. Har bir jannat 
muqobilasida bitta do’zax bor. Ammo birinchi jannat muqobilasida 
do’zax yo’kdir, Odam bilan Havvo shu birinchi jannatda edilar. Bu 
jannatda vujud (jismlar) yo’q edi va ziddiyatlar yo’q edi, shu bois 
muqobilada shayton yo’q edi... Ikkalasi (Odam va Havvo) bu birinchi 
jannatdan chiqarildilar va adam (yo’qlik) osmonidan vujud zaminiga 
kelib tushdilar. Xitob bo’ldikim: yo Odam, bu ikkinchi jannat sof 
ruhlarning joyidir, unda sokin bo’l, chunki bu yerda ochlik va 
chanqoqlik yo’qdir va issiq-sovuqning azobi ham yo’kdir. Mizoj (to’rt 
unsur) daraxtiga yaqinlashma, chunki agar mizoj daraxtiga 
yaqinlashsang, bu ikkinchi jannatdan chiqishga to’g’ri keladi. Agar bu 
jannatdan chiqsang, badbaxt bo’lasan, ya’ni muhtojlikka uchraysan, 
ochlik paydo bo’ladi va tashnalik yuz beradi va yalang’och bo’lasan 
va issiq-sovuqning azobi qiynaydi. Mizoj daraxtiga yaqinlashdilar va 


115 
ikkinchi jannatdan quvildilar va uchinchi jannatga kirdilar. Va 
uchalasi (uchinchisi iblisdir) tafrid (yolg’iz ruh) osmonidan tarkib 
(jismlar) zaminiga ye
tdilar va uchinchi jannatda muhtoj bo’ldilar va 
ochlik, tashnalik va yalang’ochlik ularni qiynadi. Va bu uchinchi 
jannat go’daklar va ablahlar jannatidir. Yana xitob bo’ldikim: Yo 
Odam, shu uchinchi jannatda yashab tur, chunki bul uchinchi jannatda 
ne’mat ko’pdir va senga mone’lik yo’q va da’vo, mulohaza, talab 
yo’kdir. Aql daraxtiga yaqinlashma, agar aql daraxtiga yaqinlashsang, 
bu uchinchi jannatdan ham chiqishga to’gri keladi. Va agar uchinchi 
jannatdan chiqsang, zolim bo’lasan. Akl daraxtiga yaqinlashdilar ... va 
uchinchi jannatdan chiqarildilar va to’rtinchi jannatga kirdilar. 
Ey 
darvesh! Ular shuning uchun zolim bo’ldilarki, aql daraxtiga 
yaqinlashmaguncha kulfatli emas edilar va ular uchun halol-u harom 
vojib emas edi. Va da’vo bilan talab yo’q edi... Aql daraxtiga 
yaqinlashgandan keyin kulfatga giriftor bo’ldilar va amru nahiy 
(
buyurilgan va man’ qilinganlar) sodir bo’ldi. Endi agar amrga itoat 
etib, nahiydan parhez qilmasalar, zolim bo’ladilar, ya’ni o’z-o’zlariga 
zulm qiladilar. Ey darvesh, ikkinchi jannatdan uch kishi badarg’a 
bo’ldilar: Odam, Havvo va shayton. Uchinchi jannatdan esa olti kishi 
chikdilar: Odam, Havvo, shayton, iblis, tovus va ilon. Odam 
– ruhdir, 
Havvo 
– jism, shayton – tabiatdir, iblis – qo’rquv, tovus – shahvatdir 
va ilon 
– g’azab. 
...Bilgilkim, olami kabir (katta olam)ning avvali bir javhardan 
iborat, xuddi olami sa
g’ir (kichik olam)ning boshi bir javhar 
bo’lganiday. Kichik olam boshining javhari nutfadir (inson urug’i) va 
kichik olamda mavjud bo’lgan har bir narsa nutfada mavjuddir. Va 
nutfa olamida bo’lmagan narsaning kichik olamda bo’lishi maholdir. 
Ey darvesh, agarchi mavjudotning har bir qismi bu nur sifatining 
mazharidir, ammo ikkita mazhar bag’oyat kuchlidirlar: biri insoni 
kabir (ulug’ inson), ikkinchisi insoni sag’ir (kichik inson). Insoni kabir 
qudrat mazharidir va insoni sag’ir ilm mazharidir, ya’ni falaklar, 
yulduzlar va anosir (to’rt unsur) qudrat mazharidirlar va komil inson 
ilm mazharidir.
...Bilgilki, insonlardan ba’zisi shunday xosiyatlarga egaki, 
boshqalarda bu xislat yo’q. Va odamizodning ham mavjudotning har 
biri biror xosiyatga egadir. Oda
mlardan ba’zisi shundayki, kimni 
ko’rsalar yoxud ko’rmagan bo’lsalar ham uning nomi, ota-onasining 


116 
nomi, qarindosh-
urug’larining nomini aytib beradilar va uning 
o’tmishi va kelajagidan xabar beradilar va buning bari to’g’ri chiqadi, 
yolg’oni bo’lmaydi. Bu toifa kishilarni nomgo’ylar va nomjo’ylar 
(nomni aytuvchilar) deb yuritadilar. Va yana odamlardan ba’zisi 
shunday xislatga egaki, nazarlariga biror narsa tushsa va yoqib qolsa, 
u narsa albatta zarar ko’radi yoki halok bo’ladi. Bu toifani yomon 
ko’zlilar va kasofat keltiruvchilar deydilar. Va yana ba’zilar 
shunaqaki, tillariga bir nima kelsa, o’sha narsa darhol muhayyo 
bo’ladi va bu toifani tili qoralar deydilar. Va yana odamlardan 
ba’zilari shundayki, eng qiyin ilmlarni, agar jiddu jaxd bilan 
kirishsalar, b
ir kunda o’zlashtirib oladilar va har qanday mushkul 
hunar yoki san’atni bir kunda yoki o’n kunda o’rganadilar va 
o’rgangan ilmlari, hunarlarini hech vaqt unutmaydilar. 
...Bilgilki, komil inson shunday insonki u shariat, tariqat va 
haqiqat borasida yetukdir va agar buni tushunmasang, boshqa ibora 
bilan aytay: bilgilki, komil inson deb shunday insonni aytamizki, unda 
to’rt narsa kamolga yetgan bo’ladi, ya’ni: yaxshi so’z, yaxshi amal, 
yaxshi xulq va ma’rifat. Uning tili poku dili pok, ishi va niyatlari 
pokdi
r. Ey darvesh, iloh yo’lini qabul etgan jami soliklar shuni 
(e
gallash bilan) mashg’uldirlar va soliklarning vazifasi ana shu to’rt 
narsani kamolga ye
tkazishdan iborat. Kimki bu to’rt narsani kamolga 
ye
tkazsa, o’zi ham kamolga yetadi. Darig’kim, ko’p odamlar bu 
yo’lga kirdilar, ammo girdoblarga g’arq bo’ldilar va maqsadga 
y
etolmadilar, murodlari hosil bo’lmadi. 
Komil inson nima ekanini bilding, endi bilgilkim bu komil 
insonning ism-
sifatlari (belgilari) ko’pdir, turli ismlarni e’tibor 
yuzasidan unga nisbatan 
beradilar va buning barchasi to’g’ridir. Ey, 
darvesh, komil insonni shayx va rahbar, hodiyu mahdi deydilar. Va 
dono va boli
g’ (balog’at cho’qqisi) va komil va mukammal va imom 
va xalifa va qutb va zamon egasi deb ulug’laydilar. Va jahonni 
ko’rsatuvchi jom va olamni ko’rsatuvchi ko’zgu va ulug’ taryok va 
iksiri a’zam deydilar. Va uni o’likni tirgizuvchi Iso va hayot suvini 
ichgan Xizr ham deydilar. Va Sulaymon deydilar, chunki qushlar tilini 
biladi va devu pariga shohdir. Va bu komil inson hamisha olamda 
bo
rdir, ammo bittadan ortiq emasdir, shu uchunkim mavjudot go’yo 
bir shaxs kabidir va komil inson bu shaxsning qalbidir. Bas, komil 
inson hamisha olamda bordir va qalb bittadan ortiq bo’lmaganiday, 


117 
komil inson ham bittadan ortiq bo’lmagay. Olamning bu yagonasi 
dunyodan o’tsa, boshqasi uning martabasiga yetadi va uning o’rnida 
o’tiradi, toki olam qalbi doimo tirik urib tursin. 
...Mulk, malakut va jabarut olamlarida hech narsa komil inson 
ko’zidan yashirin qolmaydi. Barcha ashyoning mohiyatini va ashyolar 
hikmati mohiyatini tub-tubigacha biladi. Odamlar koinotning 
qaymog’i va xulosasi hamda mavjudot daraxtining mevasidirlar, 
komil inson esa odamlar mavjudotining qaymog’i va xulosasidir. 
Mavjudot ham surat va ham ma’ni yuzasidan birato’la komil inson 
nazari ostid
adir. Chunki me’roj (ko’tarilish) ham surat va ham 
ma’niga ko’ra bu tarafdandir (inson tarafidandir). 
Ey, darvesh, komil inson ilohiyotni tanib, Xudoyi taolo 
diydoriga yetgandan keyin xalqqa rohat ye
tkazishdan ulug’roq toatni 
bilmagay va hech bir ishni bun
dan ortiq ko’rmagay va odamlarga 
ehson qilish, bir foydali so’z aytish yoki foydali ish qilishdan o’zga 
rohatni bilmagay. Toki odamlar u aytgan yo’ldan yurib, buyurgan 
ishni qilib, dunyoda osonroq yashasinlar va dunyoning balovu 
fitnalaridan emin bo’lsinlar va oxiratda azoblardan qutulsinlar. Kimki 
shunday qilgay, u nabilarning vorisidir. 
Ey darvesh, komil inson xalq orasida rostlikni barqaror etish va 
yomon odat-
rusumlarni xalq orasidan ko’tarish va odamlar ichida 
ezgu qonun-qoidalarni joriy etish, odamlarni X
udo yo’liga chorlab, 
oxiratni 
ta’riflash va dunyoni mazammat qilish, darveshligu 
xoksorlikning foydasini kishilar ongiga yetkazishni eng yaxshi ibodat 
deb biladi. Toki kishilar qalbida darveshlikka muhabbat uy
g’onsin va 
shahvat, boylikka nafrat paydo b
o’lsin. Komil inson yaxshilarga 
jannat ne’matini, yomonlarga esa do’zaxni sog’inadi, odamlarni bir-
birlariga muhabbatli va mushfiq qilish uchun kurashadi, toki odamlar 
bir-birlariga ozor yetkazmasinlar va bir-
birlarining o’rinbosarlari 
bo’lsinlar. Buyuradi, tokim odamlar tillari va qo’llari bilan bir-
birlarining tinchligi va omonligini ta’minlasinlar va shunga axdu 
paymon qilsinlar va bu ahdni buzmasinlar, agar buzsalar 
– 
imonsizdirlar....Bilgilki, g’ayb olamidan ravona bo’lgan har bir ato 
(ehson) yoki balo shahodat olamiga (moddiy dunyoga) kelib 
ye
tguncha komil inson qalbida paydo bo’ladi va u ushbu holdan 
xabardor bo’ladi. Boshqalar tushida ko’radigan narsalarni u o’ngida 
ko’radi.


118 
Ey darvesh, daryoi muhit 
– uqyonusda olamni ko’rsatuvchi 
ko’zgu o’rnatganlar, deb necha bor eshitgandirsan, uqyonusda nima 
voqea-
hodisa yuz bersa, nimaiki paydo bo’lsa o’sha ko’zguda 
ko’rinadi, deydilar. Bu uqyonus G’aybning g’ayb olamidir va bu 
ko’zgu esa – komil insonning qalbidir. G’aybning g’ayb olamidan 
nima narsaki ravona b
o’lgay vujud qirg’og’iga kelib yetguncha uning 
aksi komil inson dilida ifodalanadi va komil inson ushbu holatlardan 
ogoh bo’ladi. Va har kimki komil inson huzuriga kirsa, qalbida nima 
bo’lsa, ul narsalar komil inson qalbida paydo bo’ladi. 
Jumla mavjudot odamzodga shuning uchun sajda qiladiki, 
odamlar orasida komil inson bor. Bas, jumla odamzod komil inson 
tufayli (sharafli)dirlar. Mavjudot ichra komil insondan ko’ra ulug’roq 
va donoroq narsa yo’q, chunki komil inson eng pastdan eng 
yuqorigacha martabalardagi mavjudotning xulosasi va qaymo
g’idir va 
farishtalar, ruhoniy mavjudotlar va arshu kursi, samovotu kavokib 
hammasi komil inson xizmatidadirlar va hamisha komil inson 
tegrasini tavof qilurlar va komil inson ishlarini bajo keltirurlar... 
Komil inson ilm mazharidir, komil inson ilohiy zot sifatlarining ham 
mazharidir... 
Komil inson olamning siri va qutbidir, shu sababdanki, u 
ilmning muhiti-
manbaidir, olimdir, har bir narsani o’z joyida ko’radi 
va o’z mavqeida baholab, adolat qila oladi. Va odamlar hammasi 
uning tegrasida, u tufayli yashaydilar. Aflok va anjumning ikki qutbi 
bor va ular shu qutblar atrofida aylanadilar 
– bularning biri shimoliy 
ikkinchisi janubiy qutb. Odamlar ham ikki qutbga egadirlar 
– biri 
dono inson, ikkinchisi tavono, ya’ni kuchli inson. Agar bir kishi ham 
dono va ham kuchli bo’lsa, uning ishi oson kechadi, albatta, faqat 
komil insongina shunday fazilatga molik. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling