Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/56
Sana08.05.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1446201
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   56
Bog'liq
PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI Pedagogi

Xusrav Dehlaviy. 
Tug’ilgan joyi, nasl-nasabi Movarounnahr 
diyoridan bo’lgan mutafakkir zotlarning umumbashariy ma’naviy 
qadriyatlarning ravnaq toptirishga qo’shgan mehnatlari beqiyosdir. 
Shu o’rinda o’rta asrlarda ayrim siyosiy hamda ijtimoiy vaziyat tufayli 
o’zga yurtlarga borib, o’zlarining ilmiy-ma’rifiy faoliyatlarini davom 
ettirgan hamda jahon tsivilizatsiy
asiga hissa qo’shgan mutafakkirlarni 
keltirib o’tish joiz. Ayniqsa hind diyorida adabiyot, san’at, 
me’morichilik, bunyodkorlik ishlariga Amir Xusrav Dehlaviy, 
1
Румий Жалолиддин. Маснавийи маънавий. – Т., 2010. – 846 б. – (659-бет). 
2
Румий Жалолиддин. Маснавийи маънавий. – Т., 2010. – 846 б. – (707-бет). 


148 
Ziyovuddin Naxshabiy Zahiriddin Muhammad Bobur, Mirzo 
Abdulqodir Bedil, Mirzo Asadulloxon G’olib va boshqa ko’pgina 
buyuk shaxslar o’zlarining betakror hissalarini qo’shganlar. 
Xusrav Dehlaviy 
(taxallusi; to’la nomi Yaminiddin Abdulhasan) 
1253 yilda Hindiston shimoli
dagi Patyoli shahrida tug’ilgan, fors 
shoiri, adabiyotshunos, bastakor. Xusrav Dehlaviyning otasi Amir 
Sayfuddin Maxmud kesh (shahrisabz)lik a
sli lochin urug’idan bo’lib, 
mo’g’ullar istilosi vaqtida turkiy sulolalar hukmronlik qilayotgan 
Hindistonga ko’chgan. Dehli sultoni Shamsuddin Eltutmish (1211-
1236) unga amirlik unvonini bergan. 
Sayfuddin 
Maxmud 
mo’g’ullarga qarshi jangda halok bo’lgach (1261), yosh Xusrav 
Dehlaviyni bobosi Imod ul-
mulk o’z tarbiyasiga olgan. Uning shaxs 
va shoir sifatida shakllanishida onasi Davlatnozbegimning ham 
xizmati katta. Xushxat bo’lgani uchun xattot qilish maqsadida otasi 
uni dastlab Qozi Sa’duddin Muhammad ixtiyoriga bergan. Lekin 
bolaning she’r yozishga mayli kuchli ekanini ko’rgan ustozi va bobosi 
uni shoir Hoja Aziziddin tarbiyasiga topshirganlar. Yoshligidan 
alohida qobiliyati bilan ajralib turgan Xusrav Dehlaviy 
o’sha 
zamonning asosiy fanlari bo’yicha keng va chuqur bilim olib, turk, 
fors, arab va hind tillarini mukammal o’zlashtirgan. Shoir, olim, 
bastakor sifatida tanilgan Xusrav Dehlaviy saroy xizmatiga jalb 
qilingan. Uch sulolaga mansub yetti sulton s
aroyida xizmatda bo’lgan 
Xusrav Dehlaviy 
o’sha davr an’analariga ko’ra, o’z asarlarini ana shu 
sultonlarga bag’ishlagan. Xusrav Dehlaviy umrining oxirida saroy 
xizmatini tark etib, chishtiya tariqatining mashhur shayxi Nizomiddin 
Avliyoga murid tushgan, ta
riqat bosqichlarini bosib o’tib, valiyulloh 
maqomiga erishgan. Shohona Xusrav ismidan voz kechib, faqirona 
Muhammad Kosales (kosa yalovchi) nomini olgan. Navoiy 
«Nasoyim 
ul-muhabbat
» tazkirasida uni avliyolar qatorida zikr etgan. Xusrav 
Dehlaviy Dehlida 1325 yilda vafot etdi. Nizomiddin Avliyoning oyoq 
tomoniga dafn etilgan. 
Ilk asarlarini 
«Sultoniy» taxallusida yozgan. Dehlida yashagani 
uchun keyin Dehlaviy taxallusini olgan. Xusrav Dehlaviy Sharq 
adabiyotining deyarli barcha janrlarida ijod qilib, forsiy 
she’riyatni 
yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqqan ijodkor sanaladi. U nafaqat 
she’riy, balki nasriy asarlar ham yozgan. O’zining aytishicha, merosi 
500 ming baytga yaqin bo’lgan. Abdurahmon Jomiy uning 99 ta kitob 


149 
yozganini aytadi, ba’zi tazkiranavislar shoirni 199 kitob muallifi deb 
yozadilar. Badiuzzamon Xurosoniyning yozishicha, 
«Shoirlardan hech 
biri o’zidan keyin Amir Xusravchalik ko’p she’r qoldirmagan. U 
forsiydan tashqari, urdu, hind va arab tillarida ham asarlar yozgan
». 
Hayoti davomida yozgan s
he’riy merosini umr fasllariga moslab, 
5 devon tartib bergan shoir Sharq adabiyotida devon tuzish an’anasini 
boshlab bergan. Keyinchalik Jomiy va Navoiy ushbu an’anani davom 
ettirib, devonlarini shu tartibda tuzganlar. Bu devonlar 
«Tuhfat us-
sig’ar» («Yoshlik tuhfasi», 1272), «Vasat ul-hayo» («Umr o’rtasi», 
1284), 
«G’urrat ul- kamol» («Kamolot ibtidosi», 1293), «Baqiyai 
naqiya
» («Saralarning sarasi», 1316), «Nihoyat ul-kamol» («Kamolot 
nihoyasi
» 1325) deb atalib, umumiy hajmi 32645 bayt. Shoirning 
2000 dan 
ortiq g’azal, 300 atrofidagi qasida, 20ga yaqin masnaviy, 
1200dan ziyod ruboiy, 500tacha qit’a va boshqa janrlardagi asarlari 
ushbu devonlardan o’rin olgan. 
Xusrav Dehlaviy Nizomiy Ganjaviy 
«Xamsa»siga javob yozish 
bilan xamsanavislik an’anasini boshlab bergan. Uning 1299-1302 
yillarda yozilib, Alouddin Xiljiyga bag’ishlangan «Xamsa»si quyidagi 
dostonlarni o’z ichiga oladi: «Matla’ ul-anvor» («Nurlarning 
boshlanishi
»), «Shirin va Xusrav», «Majnun va Layli», «Hasht 
behisht
» («Sakkiz jannat») va «Oynai Iskandariy» («Iskandar 
oynasi
»), U Nizomiy dostonlarining shakli va syujeti, obrazlar 
silsilasini saqlagan holda, ularni o’ziga xos talqin etgan va yangi 
mazmun bilan boyitgan. Nizomiy dostonlari shoir dunyoqarashining 
kengligi va bilimining teranligini namoyish etsa, Xusrav Dehlaviy 
«Xamsa»si ruhiyat teranligi va qalb boyligiga ega. Xusrav Dehlaviy 
«Xamsa»si o’zidan keyingi shoirlarga kuchli ta’sir ko’rsatgan. 
Bundan tashqari, u 
«Qiron us-sa’dayn» («Ikki saodatli 
sayyoraning uchrashuvi
», 1289), «Miftoh ul-futuh» («G’alabalar 
kaliti
», 1291), «Duvalroniy va Xizrxon» (1316), «No’h Sipehr» 
(
«To’qqiz falak», 1318), «To’g’luqnoma» dostonlarini ham yozgan. 
Besh risoladan iborat 
«E’jozi Xusraviy» («Xusrav mo’’jizasi», 1319) 
nasriy asari esa 
ta’lim-tarbiya masalalaridan saboq beradi. Uning 
«Manoqibi Hind» («Hind manoqibi») va «Tarixi Dehli» («Dehli 
tarixi
») kabi tarixiy asarlar yozganligi haqida ma’lumotlar bo’lsada, 
ular hozircha topilgan emas. Musiqaga bag’ishlab yozgan risolasi ham 
bizgacha etib kelmagan. Ko’plab kuylarni unga nisbat beradilar. 


150 
Xusrav Dehlaviy 
o’z asarlarida barcha zamonlar uchun muhim 
bo’lgan ko’plab ijtimoiy-axloqiy masalalarni badiiy talqin qilgan. Odil 
podshoh orzusi, davlat mustahkamligi va mamlakat farovonligi, raiyat 
tinchligi, ma’rifat tantanasi, komil inson muammosi kabi g’oyalar 
shoir asarlarining asosiy mazmun-mohiyatini tashkil etadi. Badiiy 
so’zning qudratini namoyon qilgan asarlari ijod ahli uchun mahorat 
maktabi hisoblanadi. 
Xusrav Dehlaviy rang-barang mavzu va janrlardagi badiiy 
yuksak asarlari bilan Hindistondagi forsiyzabon adabiyotning tamal 
toshini qo’ygan. Uning ijodi tufayli Xuroson va Movarounnahr so’z 
san’atida mavjud bo’lgan barcha janrlar Hindiston adabiyotiga kirib 
borgan. 
Shoir asarlari o’zbek xalqi orasida ham keng tarqalgan, xususan, 
«Xamsa»si va devonlari qo’lyozmasi ko’plab ko’chirilgan. Navoiy o’z 
«Xamsa»sini yaratishda Nizomiy bilan bir qatorda, Xusrav 
Dehlaviy
dan ham kuchli ta’sirlangan, har bir dostoni muqaddimasida 
uni ustozlari qatorida ehtirom bilan tilga olib, ijodiga yuksak baho 
bergan. Falsafiy-tasavvufiy mavzudagi 
«Daryoi abror» («Pok kishilar 
daryosi
») qasidasiga javoban «Tuhfat ul-afkor» («Tafakkur tuhfasi») 
qasidasini yaratgan. Ogahiy 
«Hasht bihisht» dostonini nasriy yo’l 
bilan tarjima qilgan. Keyingi davrda shoir asarlari Vasfiy, Chustiy, Sh. 
Shomuhamedov, J. Kamol, N. Muhammad, J. Suvonqulov kabi 
shoirlar tomonidan tarjima qilingan. Shoir asarlaridan namunalar 
o’zbek tilida bir necha marta chop etilgan. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling