Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI Pedagogi
«Masnaviy»ning ikkinchi kitobi: «Toki foydadan xabar berilmas
ekan, bandasi qimirlamas. Zero, ul bandasini qimirlatuvchi, odamiyga xos bir narsadirkim, so’z, maslahat ana shu xususidadir», ya’ni «Janobi Haq har narsani mezoni ila berar, hisobsiz, mezonsiz bermas», – deyiladi. Ikkinchi kitobda insonning ma’naviy-axloqiy shakllanishida ikkinchi qadam ko’proq insondagi mezon, me’yor, sabr, matonat, vijdon tushunchalari borasida fikr yuritilgan va u shunday boshlanadi: Masnaviy nazmida yuz berdi sukut, Vaqt lozim qondin ayrilguncha sut. Ul shirinsut qondin ayrilmaydi, to Etmaguncha toleing farzand ato. Ul Ziyoulhaq Husomiddin bu on Masnaviyni burdi ko’kdin yer tomon 1 . Ikkinchi kitob ancha tanaffuslardan keyin yana davom ettirilib asarda «Xayoldagi hilol», «Ilonchi voqeasi», «Iysoning hamrohi», «Darvesh va muttaham xizmatchi», «Podshoning lochini», «Xalvo», «So’qir ko’zlar», «Eshak ketdi», «Bir muflis kishi», ««Agar...»li uy», «Mardum malomati», «Odamiy pinhon erur til ostida», «Chanqagan kishi», «Do’stlik» kabi ko’plab hikoyatlar keltiriladiki, bu hikoyatlar insonda iymon- e’tiqodning shakllanishida katta ahamiyat kasb etadi. Kitobda boshidan oxirigacha foydasiz ilm borasida so’z yuritilib: Uyqu – bedorlik bilimlar birla, hoy, Kechsa nodon birla, bedorlikka voy 2 , – deyiladi. Bu misralar mantiqan «Bilimli bo’lib uxlamoq bilimsiz ibodat etishdan afzaldir» hadisiga muqoyasa qilinadi. Uni Rumiy o’z ruhiy holati tufayli ma’naviy darslardan bebahra qolgan shogirdlariga xuddi uzr sifatida keltiriladi. Bir ariqdan, sira oqmaydi suv, O’zi ichmas, boshqalarga bermas u. 1 Румий Жалолиддин. Маснавийи маънавий. – Т., 2010. – 846 б. – (131-бет). 2 Румий Жалолиддин. Маснавийи маънавий. – Т., 2010. – 846 б. – (132-бет). 141 Unda bir obi zilol topmas qaror, Yo’q yana labtashna, suv ichmoqqa zor 1 . Bu misralar ma’naviyatsiz kishilarga qaratilgan bo’lib, ariq – vosita, suv – ma’no ramzini anglatadi. Suv ariq orqali o’z manziliga y etib, tashnaning chanqog’ini qondiradi. Ustoz esa hayotdagi vosita bo’lib, undagi ma’no ma’naviyatdir. Ustoz vazifasida bo’laturib, o’zidagi bor bilimni shogirdiga berib bilmasa, unda ma’no-mohiyat bo’lmasa, bunday ustozlardan hech qaysi shogird bilim olishga oshiqmaydi. Shuningdek, bilimsiz kishi ustoz bo’la olmaydi. «Zero, o’zgalarga bermoq istarsan bilim, ul bilim yo’qdir o’zingda, o’ylakim 2 ». Bilamizki, Rumiy buyuk voiz ham edi. Ikkinchi kitobning kulminatsion nuqtasi sifatida Rumiyning tinglovchiga nisbatan: «...hikoyatning ko’proq tashqi jihatlariga e’tibor qilib, uning asl ma’nosidan bebahra qolishi» haqida so’z yuritganini belgilash mumkin. Chunki bu holatda Rumiy o’zi ko’p bor to’qnashgan insoniyatdagi mavjud muammoni y echishga harakat qiladi va «Garchi so’z yo’qdir, vale so’z sehri bor...» – deydi va insonni ogohlikka, uyg’oqlikka chorlaydi. «Masnaviy»ning uchinchi kitobi quyidagi misralar bilan boshlanadi: Ey Ziyoulhaq Husomiddin, ketur, Ul uchinchi jildi, uch sunnat erur. Och o’shal ganjinayi asrorni, Qo’y hama uzringni, ayt axborni 3 . «Masnaviy» boshlanishidan yana Husomiddinga murojaat qilinmoqda, chunki Rumiy tomonidan belgilangan bu olis ma’naviyat yo’lining mashaqqatlariga Husomiddinning sabr qilishiga dalda sifatida Rumiy uni ma’rifatga o’rta-o’rtada chorlab qoladi. «Masnaviy»ning uchinchi kitobida «Fil qissasi», «Bir qishloqlik shaharlikni mehmonga chaqirib aldagani», «Shoqolning tovuslik da’vo etgani», «Lofchining jazosi», «Muzlagan ajdaho voqeasi», «Filning shaklu shamoyili», «Vahimaga tushgan ustoz», «Darvesh hikoyati», «Ibtidodan intihoni ko’rgan zargar qissasi», «Nafsga bandi 1 Румий Жалолиддин. Маснавийи маънавий. – Т., 2010. – 846 б. – (145-бет). 2 Румий Жалолиддин. Маснавийи маънавий. – Т., 2010. – 846 б. – (138-бет). 3 Румий Жалолиддин. Маснавийи маънавий. – Т., 2010. – 846 б. – (246-бет). 142 bo’lgan kishi», «Xachir va tuya» kabi qator hikoyatlar keltiriladi. Uchinchi kitob inson ma’naviy-axloqiy shakllanishida uchinchi qadam – oraliq tashxis sifatida nafs, hirs, manmanlik, takabburlik, ma’naviy shakllanishga tahdidlar borasida fikr yuritiladi va aqli noqislarga izohlar berib o’tiladi. Kitobning «Bir Shayx voqeasi» hikoyatida Daquqiy (Daquqiy haqida aniq tarixiy ma’lumotlar yo’q. Mavlono ushbu nom ostida bag’dodlik mashhur mudarris Abdul Mun’im binni Muhammadni ko’zda tutgan, degan taxminlar bor) qissasi va karomatlari haqida gapirilib, Daquqiy obrazi orqali nafs tarbiyasi tasvirlanadi: «Bir narsaga bog’lanib qolmaslik uchun, ey nafs, deyman, bir narsaga erishmoq bo’lsang, yo’lga tush, imtihondan yaxshi o’tish uchun ko’nglingni biror yerga bog’lagin», – deyiladi asarda va Daquqiy yuksak ma’naviyatli inson sifatida gavdalantiriladi. Asarning keyingi kitoblarida komil insonlar timsolini tasvirlashda Daquqiy qatorida Luqmon, Ayoz siymolari keltiriladi. «Masnaviy»da ko’p bora tilga olingan Samarqand, Damashq, Iroq, G’azna, Buxoro nomlari tarixdan ilm-ma’rifat maskanlari sanalgan. Masalan, asarda «Qulning tuhmatga uchrab Buxorodan qochgani» hikoyatida bir Sadri Jahon (Buxoroda Sadr Muhammad ibn Abdu llaziz «Sadri jahon» unvoniga sazovor bo’lgan) izmidagi qul tuhmatga uchrab, o’n yil darbadar yurib, yurtini sog’inib qaytib kelibdi. Do’stlari qulga Buxoroga borma, shoh navkarlari seni o’n yildan beri pichog’ini tezlab qidirib yuribdi, – deyishibdi. Oshiq baribir Buxoroga boribdi. Bunda yurt sog’inchi, Vatan hissi tasvirlangan bo’lib, darhaqiqat, inson Vatanida qanchalik xavf- xatar bo’lishiga qaramasdan ona zaminini qo’msaydi, o’z yurtiga intiladi. Uchinchi kitobni mutolaa qilish jarayonida shu narsa ayonlashadiki, kitobning dovrug’i orta boshlagandan unga ta’na toshlarini otadiganlar ham paydo bo’lgan. Uchinchi kitobning kulminatsion nuqtasi qisqa o’ylovchi kimsalarning «Masnaviy»ga, ya’ni ma’naviyatga tosh otishganidir: Dedi: yuksak so’z emasdir Masnaviy, Anbiyoning qissasi ul, payravi. Unda yo’qdir bahsi asrori baland, Avliyo qaylarga surmishlar saman... 143 Barchasi ma’lum va takrordir faqat, Qayda ul so’zdirkim, lol qolsin xirad... 1 O’zining aqli qosirligi tufayli «Masnaviy»ga tosh otuvchilarga javoban Rumiy: To qiyomat solgay ul Qur’on nido: Ey jahlga jonni etganlar fido! Siz meni afsona, ertak bildingiz, Muncha kufru muncha ig’vo qildingiz. Ta’nalardan balki hosil bo’ldi shul: Siz emishsiz foniyu afsona ul... Har nafas yodimdadir pandi Hakim, Ta’nalarga zarra parvo etmagum... 2 – deydi. Rumiyning javobidan shu narsani anglash mumkinki, ko’zlangan maqsad sari dadil qadam tashlash, yo’lda uchraydigan har qanday g’ovdan qo’rqmaslik talab etiladi. Rumiy ijodi bizga ma’naviy poklik haqida tushuncha berib, ma’naviy tahdidlardan (axloqsizlik, vayronkorlik, buzg’unchilik g’oyalaridan) ogoh etadi va unga qarshi qat’iylik bilan kurashishga undaydi. Zero, ma’naviyatga qarshi qaratilgan har qanday tajovuz, tahdid o’z-o’zidan mamlakat xavfsizligi, uning milliy manfaatlari, jismonan va ma’nan sog’lom avlod kelajagini ta’minlash yo’lidagi jiddiy xatarlardan biriga aylanishi va oxir-oqibatda jamiyatni inqirozga olib kelishi mumkin. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling