Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi


-jadval.  «Masnaviyi ma’naviy»ning tuzilishi


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/56
Sana08.05.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1446201
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   56
Bog'liq
PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI Pedagogi

5-jadval. 
«Masnaviyi ma’naviy»ning tuzilishi 
«Masnaviyi ma’naviy»ning tuzilishi muallifga tegishli ovoz, hikoya 
ovozi, anologiya (o’xshash, qiyoslash)ga ososlangan ovoz, badiiy so’z 
va personaj dialogi, axloqiy ta’sir, ma’naviy munozara hamda yagona 
to’xtamdan iborat 
1-kitob 
2-3 kitob 
4-5-kitob 
6-kitob 
Birinchi 
kitob 
shaxs ma’naviy-
axloqiy shaklla-
nishiga birinchi 
qadam, xulqning 
pok va go’zal 
bo’lishiga 
e’tibor 
qaratilgan.
Ikkinchi 
va 
uchinchi 
kitob 
inson ma’naviy-
axloqiy 
shakllanishida 
hayot mohiyati 
va 
unga 
munosabat 
borasida, 
nafs, 
hirs, manmanlik, 
takabburlik, 
ma’naviy 
shaklla-nishga 
tahdidlar 
borasida 
fikr 
yuritiladi va aqli 
noqislarga 
izohlar 
berib 
o’tiladi
To’rtinchi 
va 
beshinchi kitob 
ko’proq 
insonlarni ziyo, 
nur, ya’ni ilm-u 
ma’rifatga chor-
laydi. Aksariyat 
hikoyatlarda 
ilm-sizlik, 
axloqsizlik 
qoralanadi.
Inson o’zidagi 
yomon 
xislatlardan 
qutulib, kamolot 
yo’lini tanlashi 
borasida 
fikr 
yuritilgan
Oltinchi kitob 
inson 
ma’naviy-
axloqiy 
shaklla-
nishida, 
ko’proq 
insonning o’z 
mohiyatini 
anglashi, qal-
bidagi shubha-
gumonlarni 
yo’qotishiga 
qaratilgan 
«Masnaviyi ma’naviy»dagi hikoyalar tartibi muammo yoki mavzu, 
voqea va hodisaning murakkabligi yoki ahvoli, echim 
«bir qissa ming 
hissa» kabi izchillikda tuzilgan 
«Masnaviy»ning birinchi kitobi so’zboshisida: «Masnaviy Haq 
taolo vosil bo’lish sirlarini kashf etishda va ilm-ul-yaqin hosil qilishda 
diyonat usullari usullarining usulidir,» – deyiladi. «Masnaviy» – 
hayotning barcha sohalarini qamrab olgan kitob. Bu kitob, asosan,


137 
insonning yuksak tafakkur va axloqi borasida ibrat-
namuna bo’lib 
xizmat qiladi
1

Birinchi kitobda «Shoh, kanizak va tabib», «Baqqol va uning 
to’tisi», «G’ilay shogird», «Xalifa va Layli», «Nafs vahshiy hayvon 
kabidir», «To’tiqush», «Keksa cholg’uchi», «Bir ko’za suv», 
«Tilshunos va qayiqchi», «Vujudiga igna bilan rasm soldirgan odam», 
«Menu biz», «Mehmon», «Karning bemor ziyorati», «Ko’ngil oynasi» 
kabi bir qator hikoyatlar va hikmatli so’zlar keltirilgan bo’lib, shaxs 
ma’naviy-axloqiy shakllanishiga birinchi qadam, xulqning pok va 
go’zal bo’lishiga e’tibor qaratilgan. Asardagi hikoyatlarda sharqona 
an’analarning saqlanganligi yaqqol ko’zga tashlanadi. Hikoyat va 
matallar orqali keltirilgan obrazlardagi munosabatlarda ustoz va 
shogird munosabati, ota o’g’il munosabati, ayol erki, insoniylik, 
javonmardlik, donishmandlik munosabatlari ustun turadi. 
Jaloliddin Rumiy 
– Muhammad ibn Muhammad ibn Husayn 
Balxiy derkim: «Tengsiz, mislsiz, o’xshashi oz bo’lgan narsalarni, 
yuksak so’zlarni, hidoyat gavharlarini, zohidlarning tariqatini, mo’min 
bandalarning bog’u gulshanini o’z ichiga olgan, eshiklari qulfsiz, 
ma’nolari teran ushbu manzuma
2
» – «Masnaviy» inson kamolotini 
ko’zlab yaratilgan. «Masnaviy»ning kitob shaklida yaralishida 
Mavlono bilan birgalikda faoliyat ko’rsatgan shogirdi Hasan Chalabiy 
borasida Mavlono quyidagilarni ta’riflaydi: 
Bo’yla asli bor uning, asliga nur sochgay quyosh, 
Bo’yla nasli bor uning, nasliga yulduz nurposh
3

Rumiy tomonidan bunchalik ta’riflangan Chalabiyning keng 
qalb kishisi, iymon-
e’tiqodi kuchli, mehnatsevar, fahm-farosotda tengi 
yo’q inson bo’lganligi anglash imkonini beradi. Chunki Chalabiyda 
bunchalik matonat bo’lmaganda edi, Rumiyning so’zlari qog’ozga 
muhrlanmagan bo’lardi. Asar Rumiyning o’z qo’li bilan yozgan «nay» 
obrazi aks etgan 18 
misrali she’r bilan boshlanadi va u 43 yilda yozib 
tugatiladi. 
Tingla naydin, chun hikoyat aylagay, 
Ayriliqlardin shikoyat aylagay. 
1
Румий Жалолиддин. Маснавийи маънавий. /Форсийдан Ўзбекистон халқшоири 
Жамол Камол тарж; – Т.: «MERIYUS» XҲMK, 2010. – 846 б. – (6-бет). 
2
Румий Жалолиддин. Маснавийи маънавий. – Т., 2010. – 846 б. – (7-бет). 
3
Румий Жалолиддин. Маснавийи маънавий. – Т., 2010. – 846 б. – (7-бет). 


138 
Birinchidan, Nay yasalishi jihatidan sodda ko’rinishiga ega 
bo’lsa-da, murakkab tuzilish kasb etadi. Uning sirtidan olib tashlangan 
bir parcha po’stloq ostida qolgan pardaga tovushning urilib chiqishi, 
ovoz tembri tufayli ma’noli nola ohangi paydo bo’ladi. Shoir nayning 
shu xususiyatini obrazlash
tirish orqali inson qalbiga ta’sir ko’rsatishni 
ko’zlaydi. Rumiyda musiqaga moyillik bo’lgani sabab musiqa 
sozlarining mazmun-mohiyatini yaxshi anglay olgan. Shuning uchun u 
nay obrazini hech kimda uchramaydigan usulda ta’riflay bilgan. 
Jumladan, shoir «nay»ni shunday ta’riflaydi: «Nayzor, qamishzor 
qanchalik xor-
zor ko’rinishda bo’lmasin, o’z maskanida bo’lgani 
uchun nay yayrab-
yashnab o’sadi. O’z maskanidan uzilib dunyo 
shavqi-
zavqiga to’la bo’lgan maskan bilan oshno etilganda, uning 
nolasi qalblarni larzaga keltiradi. Nay bu zavq-
u shavqdan ko’ra 
o’zining xor-u zor makonini afzal ko’radi». Demak «Masnaviy»da 
kirishdan boshlab nafsni tiyish, kamtar bo’lish lozimligiga e’tibor 
qaratilmoqda. 
Ikkinchidan, asarda «nay» obrazi bir murid ko’rinishida 
tasvirlangan bo’lib, oddiy bir qamishga ishlov berish orqali «nay» 
yaraladi va nay o’zining otashin kuyi orqali mohiyatini tinglovchiga 
anglatadi. Bu holat muridga ta’lim-tarbiya berish jarayoni shakllari 
«asliga qaytish», «qalbda o’tli bo’lish», «o’zligini anglash» orqali 
murid o’z mohiyatini anglashiga muqoyasa qilish mumkin. Yana 
«nay» obraziga misol keltirilib: 
Ul qamishlar bir ariqdin suv ichar, 
Bittasi bo’m-bo’sh, birida qand, shakar
1

– deyiladi. 
Pedagogik tahlil nuqtai nazaridan qamishlar 
– shogirdlar, suv esa 
ustozdir. Ustoz tomonidan berilgan ta’lim-tarbiya shogirdlar 
tomonidan turli xil d
arajalarda qabul qilinadi, ya’ni har bir shaxs 
individual xarakterga egaligi, fiziologik shakllanishidan kelib chiqqan 
holda ma’lumotni qabul qiladi. Demak, shoir qarashlaridan hamma 
ham ma’lumotni bir xilda qabul qilavermasligi, shuning uchun ustoz 
har bi
r shogirdi imkoniyatiga qarab unga ta’sir ko’rsatishi kerakligini 
anglash mumkin. 
Asarda 
hikoyatlar 
mazmunan 
bir-
biriga bog’liq holda 
joylashtirilganday ko’rinsa-da, ba’zida hikoyatda ko’tarilayotgan 
1
Румий Жалолиддин. Маснавийи маънавий. – Т., 2010. – 846 б. – (16-бет). 


139 
mavzu mantiqan umuman boshqa burilish yasaydi va oxirida baribir 
birinchi belgilangan maqsadga qaytib, uning mohiyati ochib beriladi. 
Bu jarayon tarbiyaning hayot bilan bog’langanlik tamoyiliga mos 
keladi. Rumiy pedagogik qarashlarining bu holati juda kuchliligi bilan 
boshqa didaktik asarlardan farq qiladi. Sho
ir o’z hikoyatlarida 
zamonasining avliyolari va zabardast olimu fuzalolari hayotidan 
misollar keltiradi. U tabiblar (ustozlar) obrazini keltirar ekan, Abu Ali 
ibn Sino shaxsiga to’xtalib, u bilan bog’liq voqealarni o’zining 
hayotiy kechinmalari bilan bevos
ita bog’lab tasvirlaydi. 
Shams Tabriziyning Mavlono bilan uchrashuvi, Shamsning 
ruhiy ta’siri Rumiy qarashlarida katta to’ntarish yasadi. Rumiy asarda 
Shams borasida fikr bildirar ekan, uni inson shuuri va butun jahonga 
ta’sir ko’rsata oladigan yuksak ma’naviy qudrat sohibi sifatida 
ta’riflaydi. Shams ruhan ozod kishi bo’lganligi uchun bir joyda muqim 
turolmaydi. Shuning uchun u bir necha bor Rumiyni tark etib, boshi 
oqqan tomonga chiqib ketadi. Har safar u ketganda Rumiy halovatini 
yo’qotadi va uni topishga bor kuchini safarbar qiladi. Shams topilib 
kelganda esa xuddi unga jon kirib tirilib qolganday: 
Eslagil yillarcha xush suhbatlaring, 
Suhbat aylab, topgan ul ne’matlaring
1
– deydi. 
Shoir o’zining ruhiy ustozi Shams Tabriziy haqidagi 
kechinmalarini ehtiros 
bilan so’zlaydi. Bu xususiyat asarning boshqa 
kitoblarida ham kuzatiladi. Rumiy o’z asarini ma’naviy boy 
qadriyatlarga tayanib mazmunan boyitishga harakat qiladi. Masalan, 
xalq og’zaki ijodi, xalq maqollari, «Avesto»ning buyuk davlat, yuksak 
ma’naviyat va yuksak darajada rivojlangan madaniyat bo’lganidan 
guvohlik beruvchi tabdillaridan so’zlab, zardushtiylik dinining 
yaxshilik va yomonlik xudosi holatlarini tasvirlaydi. «Avesto»dan 
namunalar, Ezop hikoyalaridan misollar, hind «Panchatantra» eposi 
sanalmish 
«Kalila va Dimna», Firdavsiyning «Shohnoma»si, 
Sanoiyning «Hadoyiq al-haqiqat» yoki Attorning «Mantiq ut-tayr»dan 
masallar keltiradi. 
Rumiyda Qur’on oyatlari va Hadislarga keltirilgan sharhlar 
insonning 
hayotiy 
qobiliyatini 
mustahkamlash, 
tafakkurini, 
ma’naviyatini yuksaltirish, uning e’tiqodini har xil nomaqbul va salbiy 
1
Румий Жалолиддин. Маснавийи маънавий. – Т., – 846 б. – (11-бет). 


140 
ta’sirlardan asrash uchun ko’maklashadi. U insonni o’zidagi yomon 
illatlar, nafs va yovuzlikka qarshi kurash olib borishga, o’z-o’zini 
anglashga undaydi. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling