Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi
-jadval. «To’tinoma»dagi hikoya va obrazlarning mazmuni
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI Pedagogi
7-jadval.
«To’tinoma»dagi hikoya va obrazlarning mazmuni Obrazlar Faoliyati Maqsadi Natijasi To’ti ta’lim-tarbiya beruvchi, ustoz; vijdon ramzi to’g’ri yo’l ko’rsatish; kamolot sari yetaklash vadasi ustidan chiqadi Maymun savdogar, oila sardori; aql ramzi oila farovonligi uchun mehnat qilish sadoqatli do’sti yordami fitnaning o’z vaqtida oldini oladi Xujasta xonadon bekasi, nafs ramzi nafsini qondirish; huzr halovatda yashash baxt-saodatdan ayriladi Asarning asosiy maqsadi , ya’ni insonning axloqiy qarashlarini shakllantirib, uni bosqichma-bosqich barkamollik, kamolotga yetaklashga qaratilgan. Asardagi hikoyatlarda, asosan, insonning axloqiy qiyo fasini tarbiyalash g’oyalari vafodorlik va bevafolik oqibatlari, aql-idrok tantanasi, sahovatu muruvvat saodati, yovuzlik va ezgulik o’rtasidagi kurash motivlariga qaratilgan. Bu hikoyatlarning bosh qahramonlari har xil kasbdagi va toifadagi insonlar bo’lishi bilan bir qatorda, turli hayvonlar va qushlarni ham tashkil etadi va ular hikoyatlarning g’oyaviy yo’nalishini belgilab beradi. Ularda salbiy qahramonlar o’z qilmishlariga yarasha jazo oladi, ijobiylari murod maqsadlariga yetadi. Xulosa sifatida shuni ta’kidlash mumkinki, mutafakkirlarning ma’naviy merosidan foydalanish shaxslarda milliy va umuminsoniy qadriyatlar negizida ilmiy va gumanitar dunyoqarashni, yuksak ma’naviyat va ijodiy tafakkurni, e’tiqod va ijtimoiy faollikni oshiradi. Allomalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid qarashlaridan 164 foydalanib, shaxslarda ta’limning tarix, falsafa, xalq an’analari, urf- odatlari bilan uzviy birligini, boshqa xalqlar tarixi va madaniyatiga hurmat bilan munosabatda bo’lishni ta’minlaydi. Bundan tashqari, allomalar ning ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid qarashlaridan ta’lim va tarbiya jarayonda mustaqil fikrlaydigan, qarorlar qabul qilishga qodir, har tomonlama rivojlangan, barkamol shaxsni shakllantirishga yo’naltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling