Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi


Ўзбекистон миллий энциклопедияси


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/56
Sana08.05.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1446201
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   56
Bog'liq
PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI Pedagogi

Ўзбекистон миллий энциклопедияси. 9-жилд. Тўйчи Ҳофиз – Шаршара. Таҳрир 
ҳайъати А. Азизхўжаев, Б. Алимов, М. Аминов ва б. Т.: «Ўзбекистон миллий 
энциклопедияси» Давлат илмий нашриёти, 2005 – 123 б. 
3
Машриқзамин ҳикмат бўстони. Таржимон, тўпловчи ва изоҳ муаллифлари: Ҳамиджон 
Хомидий ва Маҳмуд Ҳасаний. Тошкент. “Шарқ” нашриётматбаа концерни, 1997 – 230 
б. 


156 
bosh vaziri Abul Fazl Allomiy «To’tinoma»ni qayta ishlab, hind tiliga 
tarjima qilgan. Ushbu tarjima bizgacha yetib kelmagan. Hozirda 1560-
1565 yillarda mazkur tarjima uchun ishlangan miniatyuralar AQSh, 
Daniya, Hindi
ston, Pokiston davlat muzeylarida eng noyob san’at 
asari sifatida saqlanib kelinmoqda. 
«To’tinoma»ga qo’l urgan ijodkorlar soni juda ko’p. Ular ichida 
Latifiy (XV asr) 
o’zbekcha (O’zbekiston FA Sharqshunoslik intida 
saqlanadi), Hindistonda Muhammad Qodiriy (XVII asr) forscha, 
Haydarbaxsh (XVIII asr) urdu, Asiriy (XIX asr), Mulla Qurbon 
Xiromiy (XIX asr) 
o’zbek tilida she’riy yo’lda yozib chiqqan va 
Mirzabobo (XX asr) asarlari mavjud
1
. Bu ijodkorlar Naxshabiy 
«To’tinoma»sini o’z asarlariga asos qilib olish bilangina cheklanmay, 
xalq og’zaki ijodidan ham unumli foydalanib, o’ziga xos nasrda bayon 
etilgan asarlar yaratish orqali forsiy va turkiy didaktik asarlar rivojiga 
ulkan hissa qo’shdilar. Natijada, «To’tinoma» an’anasi yangi bir 
bosqichga ko’tarildi fors, urdu, o’zbek adabiyotida to’tinomanavislik 
an’anasi paydo bo’ldi. 
«To’tinoma» sharqda: bengal, hind, turk, turkman, totor, o’zbek, 
afg’on, va g’arbda: ingliz, nemis, fransuz, rus
2
va boshqa tillarga ham 
tarjima 
qilingan 
hamda 
qo’lyozmalarining jahon fondlarida 
saqlanayotgan 85 nusxasi aniqlagan. 
Naxshabiy asarining Hindistonda eng mashhur varianti 1801 
yilda adib va tarjimon Sayid Haydar Baxsh Haydariy tomonidan 
«Tota qohani» («To’tining qissalari») nomi bilan urdu tiliga tarjima 
qilingan. Bundan keyingi t
arjimalarda «To’tinoma» Ziyovuddin 
Naxshabiy va Sayid Haydar Baxsh Haydariy kitob mualliflari sifatida 
nashr etila boshlangan
3
.
«To’tinoma» – Sharq xalqlari orasida keng tarqalgan axloqiy-
estetik mavzudagi asar. Xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy 
1
Ҳасанова Шафоат Саидбековна. «Тўтинома» ва «қуш тили» туркумидаги асарларнинг 
қиёсий-типологик ва текстологик тадқиқи: 10.00.10 – Матншунослик ва адабий 
манбашунослик (филология фанлари). Докторлик диссертацияси автореферати. 
Тошкент – 2016 йил. – 12 б. 
2
Акимушкин О.Ф. «Тути-наме» и предшественник Нахшаби (к вопросу индо-иранских 
культурных связах) // Письменные памятники Востока / Историко-филологические 
исследование. Ежегодник 1976-1977. М.: «Наука», ГРВЛ, 1984. С. 4-21. 
3
Нахшабий, Зиёвуддин. Тўтинома: ривоят. – Тошкент: «Ўзбекистон миллий 
энциклопедияси», Давлат илмий нашриёти, 2015. – 5 б. 


157 
tajribasiga tayanadi. 
O’z navbatida asar tarkibiga fors va arab 
adabiyoti folkloriga oid rivoyatlar ham kirgan. 
Unda to’tiqushning 
shahzoda Maymun va uning xotini Xujasta haqidagi ibratli hikoyalari 
majoziy shaklda badiiy aks ettiriladi. Maymun (aql), Xujasta (nafs) va 
To’ti (vijdon)larning o’zaro munosabatlari misolida odoblilik, 
yaxshilik, vafodorlik kabi insoniy fazilatlar ardoqlangan, yomonlik, 
takabburlik, bevafolik, makkorlik qoralangan. Asar har kecha 
tongacha to’tining Xujastaga aytib beradigan hikoyasi tarzida 
shakllantirilgan. 
Naxshabiy «To’tinoma»sida 52 kecha 52 hikoya 
bayon etilgan. Xiromiyda 52 kecha, lekin 51 hikoya keltiriladi. 
Haydarbaxsh asari o’z ichiga 37 kechada aytilgan 37 hikoyani 
qamraydi. Demak, Haydarbaxsh «To’tinoma»si Naxshabiynikiga 
nisbatan 15 ta hikoyaga kam
1
. Ushbu asarda hikoyalar orasida 
axloqsizlikni qoralovchi hikoyalar To’ti tomonidan Xujasta ko’nglini 
bilish, uning makriga tushib qolmaslik uchun ishlatilgan. 
Asarning qisqacha mazmuni quyidagicha. Dehli shahrida Ahmad 
Sulton ismli savdogar uzoq yillar farzand kutib, oxir-oqibat farzandli 
bo’ladi. Farzandining ismini baxt-saodatli, shodu xuramlik sohibi 
degan ma’noni anglatuchi ism Maymun deb qo’yadi. Ota farzandi 
oldidagi burchlarini ado etib, ism qo’yib, boqib, tarbiyalab, ilm berib, 
oilali qiladi. Maymun ham yetuk
, barkamol shaxs bo’lib voyaga yetib 
bir suluv Xujastaga o’ylanadi. Maymunning bir aqlli to’tisi bo’lib, u 
hamma ishini shu to’ti bilan bamaslahat bajaradi. Maymun savdo 
ishlari bilan uzoq safarga otlanib yori 
Xujastani to’tiqushga omonat 
topshiradi. Xujastaga nima ishni boshlamoqchi bo’lsang shu to’tidan 
maslahatlashib, ruxsat olib amalga oshir, deb safarga ketadi. 
Xujasta uyga yolg’iz qoladi. Bir kun u zerikib ko’nglini ko’tarish 
maqsadida ko’shk boloxonosiga chiqib, o’tgan-ketganni tomosha qilib 
turgan edi, shu payt ko’chada qaddi-qomati kelishgan yigitga ishqi 
tushib qoladi. U yigitning ham unga ishqi tushib, bir maston kampir 
orqali ishqiy xufiyanoma yuborib, uchrashish niyati borligini bildiradi. 
Xujasta ham bunga xayri xoh ekanligini kampirga aytib, kutsin men 
aytgan joyiga boraman, deb va’da beradi. Xujasta yori va oilasi 
1
Ҳасанова Шафоат Саидбековна. «Тўтинома» ва «қуш тили» туркумидаги асарларнинг 
қиёсий-типологик ва текстологик тадқиқи: 10.00.10 – Матншунослик ва адабий 
манбашунослик (филология фанлари). Докторлик диссертацияси автореферати. 
Тошкент – 2016 йил. – 65 б. 


158 
oldidagi muqaddas burchini unutib vada berganining yoniga borish 
uchun to’tidan ruxsat so’raydi. To’tining yonidagi yori mayna bu 
gapla
rni eshitib tutoqib, g’azablanib ketadi. Unga oilaning 
muqaddasligi, or-
nomus, er kishining g’ururi haqida gapirganda 
Xujastaning jahli chiqib maynaning boshini uzib tashlaydi. Bu holni 
ko’rgan to’ti Xujasta bilan ayyorona, avaylab ish kurish lozimligini 
o
’ylaydi. Xujasta har tun uni xufyona kutgan yori yoniga borish 
niyatida bezanib, To’tidan ruxsat so’raydi. To’ti shaxzoda Maymun 
oldidagi va’dasi tufayli har tun bir bahonalar topib, pandnoma, qissa 
va hikoyalar bilan Xujastani avrab tunni kun qiladi. Oxir-oqibat 
Xujastaning batniyati amalga oshmay qoladi. Maymun safardan 
qaytada. To’ti bo’lgan voqealarni unga aytib beradi va xulosa 
chiqarishni shahzodaga qo’yadi. Maymunning jahli chiqib Xujastani 
shahardan badarg’a qiladi. Uyidan badarg’a bo’lgan Xujasta 
qishloqma-
qishloq afsuslanib to’tining qissalarini hikoya qilgancha, 
odamlarga pand-nasihatlar qilib yurgan ekan. Ziyovuddin Naxshabiy 
va Sayid Haydar Baxsh Haydariyning «To’tinoma»si quyidagicha 
yakun topgan. 
Asarning bosh g’oyasi vafo va sadoqat, hayo va andishalilik, 
adolat va halollik, odob-
axloq me’yorlariga rioya qilish va olijanoblik 
bo’lib, to’tining barcha hikoya va qissalari shu g’oyani asoslash, 
isbotlashga qaratilgan. 
Ushbu didaktik yo’nalishdagi pandnoma asarda 
to’ti obrazi orqali insonni ezgu yo’lga boshlash, oila muqaddasligini 
saqlab qolish masalasi ko’tarilgan. «To’tinoma» ota-o’g’il 
munosabatlari, ona-bola, er-
xotin munosabatlari, do’stlik, shoh-vazir 
munosabatlari orqali yoritilgan. Ayrim hikoyalar majoziy hayvon, 
qush obrazlari orqali keltiriladi. Asarda ayyorlik, hiyla nayrang, aldov 
mazmundagi salbiy illatlarni qoralovchi hikoyalar salmoqli o’rinni 
egallab, unda ko’pincha makkora insonlar sirlari fosh etiladi. Nafsni 
jilovlash, fikrni tarbiyalash, uzoqni ko’ra bilish, oilaga sadoqatli 
bo’lish, axloqli, oru-nomusli bo’lish masalasi quloqqa malham 
bo’luvchi hikmatlar bilan tarbiyalanadi. 
Asarda «Moviy tusdagi qallob shaqalning qayg’uli taqdiri 
haqida»gi hikoya quyidagicha tasvirlangan. Oltin misol oftob botib
osmonda nuqra gardishli mohtob balqibdi. Samoda yulduz chehrali 
minglab parilar uning jamoliga mahliyo bo’lib, ta’rifini madh etuvchi 
baytu g’azallar aytishibdi. 


159 
Parichehra Xujasta ham yana odatdagidek yasan-tusan qilib, 
to’tining yoniga ijozat so’ragani kelibdi. Dono qushini xayolchan 
ahvolda ko’rib so’rabdi: 
-
Ey to’tijon! Nechun tashvishdasan? Nima Bo’ldiki, xomush 
o’tiribsan? To’ti g’amgin ovozda debdi:
-
Oh sahibjamol! Siz ikki boizzat xonadonning ham ardoqli 
qizi, ham suyukli kelinisiz. Sizdek oliya juvon ko’ngil qo’ygan yigit 
tag-zotl
imi yo’qmi? U tengingiz bo’lsa mayliga, xufiya ishqiy 
uchrashuvga qarshi emasman. Ammo, aksincha bo’lib chiqsa-chi? 
Unda hammaga masxara bo’lmay turib, ahdingizdan qayting. Negaki, 
tagi past odam doim tamagirlikni o’ziga maqsad qilib oladi. «Qizlar 
yigitga uchar, tamagir - 
aqchaga», deb nuqtadonlar bejiz aytishmagan.
Past-u nokas, nojinsdan ayla parhez, 
O’zingga teng davrani tanla har kez. 
Hikmatli bitiklarda: «Lochin ham, kabutar ham ko’kka o’z 
qavmi, ya’ni o’z galasi bilan parvoz qilur», deb bejiz yozilmagan. 
G’aflatda qolmang deyman, bekam. 
-
Sen mening panohim, mehribon g’amgusorimsan. 
Obro’yimga zarracha ham putur etmasin degan niyatda nasihat 
berasan. Gaplaringda jon bor, albatta. Unda ayt-chi, xushtorimning 
tagi-taxtini qay tarzda bilib olishim mumkin.
To’ti deydi: 
-
Odamning qaysi zotdan ekanligini nafaqat yurish-turishi va 
libosi, balki gap-
so’zidan ham bilsa bo’ladi. Har qanday kishining 
fazilati avvalo nutqidan ma’lum bo’ladi. Axloqsizni nutqi fosh etadi. 
Bu haqda shaqal qissasi ham bor edi, uni eshit
gan bo’lsangiz kerak? 
Xujasta payvasta qoshlarini tepaga ko’tarib, debdi: 
-
So’zga chechanim! Yo’q eshitmagan ekanman. O’tinaman 
aytib ber juda qiziqib ketyapman. To’ti navbatdagi qissasini shunday 
boshlabdi: 
-
Bir ochko’z shaqal o’rmon chetidagi qishloqlarning birida 
sanqib, goh u hovli, goh bu hovliga kirib sarqit qidirib yurgan ekan. 
Bir bo’yoqchining hovlisiga kirsa, o’rtada katta nil (bo’yoq to’ri) to’la 
bo’yoq turgan ekan. Qozonda nima bor ekan deb, bo’ynini cho’zib bir 
sakragan ekan, nogahon shalop etib qozonga tushib ketibdi. Undan bir 
amallab chiqib olib o’ziga qarasa, bosh-oyoq ko’m-ko’k rangda 
emish. Qo’rqqanidan qochib, o’rmon ichiga kirib ketibdi. 


160 
O’rmon ahli bunday moviy tusli maxluqni hech ko’rmagan ekan. 
Bundan ajablangan hayvonlar shaqalni bir ilohiy mabuda hisoblab, uni 
mahoraja, deb e’lon qilishibdi va shaqalning atrofida parvona bo’lib, 
unga xizmat qila boshlashibdi. Yo’q joydan hukmdor bo’lib olgan 
shaqal ham o’ziga haddan ziyod bino qo’yib mag’rurlanibdi-yu, 
ammo siri fosh bo’lib qolishidan qo’rqibdi. O’rmonning barcha 
hayvonlari «ma’bud»ga tiz cho’kib itoat eta boshlashibdi. Kechalari, 
odatga ko’ra, yonidagi shaqollar uxlaganda «Ma’buda» ham ularga 
qo’shilib uv tortar ekan-u, ammo buni hech kim sezmas ekan. Bir 
necha kun o’tgach kechqurun shaqallar yana uvillay boshlashsa, 
«ma’buda» ham bilmasdan uv tortib yuboribdi. 
Alqissa, yonida turgan yirtqichlar u ma’buda emas, balki oddiy 
bir shaqal ekanini bilib qolishibdi. Ancha vaqtdan beri bunday 
jirkanch hayvonga ta’zim qilib yurgani rosa alam qilib, ular qallob 
shaqalni burda-burda qilib tashlashibdi. 
O’z qissasini tugatgan to’ti Xujastaga debdi: 
– Bekam! Hamisha esda tuting, insonning yaxshi xislati ham, 
nuqsoni ham uning nutqida, so’zlashuv uslubida ayon bo’ladi. Mana 
bu baytlarni esa so’zim tasdig’i sifatida qabul aylang: 
Yor nutqi latif ermas, chun ta’bi emasdir ravshan, 
Zog’ qaydin ham nola qilsin xushnavo bulbul monand. 
Nasli fosiq kimsa o’rganmas donishdan ham adab, 
Axmoqlar amalni takrorlamas biror ahli tab. 
Asarda har kecha holati shunday 
shaklda tasvirlangan bo’lib, tun 
shu yo’sinda tongga aylanadi, Xujastaning yana orzusi ushalmay yum-
yum yig’laydi. 
Asrlar 
mobaynida 
Sharq mamlakatlarida «To’tinoma» 
mazmunidan siyosiy, ijtimoiy, adabiy, ta’lim-tarbiyaviy hamda 
madaniy sohalarda unumli foydalanib kelingan. Masalan: XIX asrning 
30 yillarida Xiromiy tomonidan yaratilgan asarlar va ayniqsa 
«To’tinoma» hikoyalarining o’zbek tilidagi tarjimasidan foydalanib, 
shahar maydonlarida qiziqchi va q
o’g’irchoqbozlar, o’yinchi 
san
’atkorlar xalq hayotidan hikoya qiluvchi lavhalarni o’ynab, 
tomosha ko’rsatib, boylar va saroy ahlining ochko’zligini fosh 
etganlar. Vafo va sadoqatni kuylaganlar. 
«To’tinoma»da chin insoniy 
sevgi bilan birga insonparvarlik, vatanparvarlik, ilmfan, kasb-hunarga 
mehr qo’yish, ma’rifatchilik targ’ib qilingan. Ushbu asar didaktik 


161 
asarlar turkumidagi Sharq xalqlarini birlashtirgan birinchi manba 
hisoblanadi. «Shukasaptati» («To’tining yetmish hikoyasi») hind 
xalqlarining og’zaki ijodi bo’lganligi uchun uning mazmunida hind 
falsafasining 
ilohiy g’oyalari va arkonlari o’z aksini topgan. Naoriy, 
Naxshabiy, Haydariy, Qodiriy, Xiromiylar naqllaridagi «To’tinoma» 
mazmunida hind xalq og’zaki ijodi namunalari bilan birga islom dini 
aqidalari va arkonlari ham o’z mazmunini topgan. 
«Shukasaptati» va «To’tinoma» asarlarining yaratilish tarixi va 
tuzilishi quyida keltirilgan jadval asosida umumlashtiriladi. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling