Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi
-jadval. «Shukasaptati» va «To’tinoma» asarlarining tuzilishi
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI Pedagogi
6-jadval.
«Shukasaptati» va «To’tinoma» asarlarining tuzilishi Asar Tuzilishi Muallifi Obrazlar Shukasaptati (To’tining yetmish hikoyasi) XII asrda sanskrit tilida yaratilgan; hikoya, qissa, hikmatlar 70 kecha 70 hikoya bayoni kabi tuzilgan; voqeaband, axloqiy-estetik mavzudagi asar; Xalq og’zaki ijodi To’ti, Madanavinoda Prabxavati «Javohir al- asmar» (Suhbatlar javohiri) yoki «To’tining hikoyal ari» XIV asrda fors tilida yaratilgan; hikoya, qissa, hikmatlar 52 kecha 57 hikoya bayoni kabi tuzilgan; voqeaband, axloqiy-estetik mavzudagi asar; Imod ibn Muhammad an-Naoriy To’ti Said Moxi-Shakar To’tinoma XIV asr fors tilida yaratilgan; hikoya, qissa, hikmatlar 52 kecha 52 hikoya bayoni kabi tuzilgan; voqeaband, axloqiy- estetik mavzudagi asar; Ziyovuddin Naxshabiy To’ti Maymun Xujasta Tota qohani (To’tining qissalari) XVIII asr urdu tilia yaratilgan; hikoya, qissa, hikmatlar 37 kechada 37 hikoya bayoni axloqiy- voqeaband, estetik mavzudagi asar; Sayid Haydar Baxsh Haydariy To’ti Maymun Xujasta 162 «To’tinoma»da keltirilgan hikoyalarda donolik, vafodorlik, axloq- odob, mehr, to’g’rilik, aql, do’stlik, fidoiylik, jovonmardlik xislatlarini tarbiyalash va salbiy bevafolik, axloqsizlik, mehrsizlik, nodonlik, xudbinlik, egrilik, ayyorlik, ochko’zlik, zulmkorlik, pushaymonlik xislatlarning salbiy oqibatlari va undan voz kechish haqida bayon etilgan. Voqealar hayotiy mazmun kasb etib tinglovchiga tushunarli va mulohaza yuritishga chorlaydigan tarzda keltirilgan. To’ti tomonidan hikoyalarga yo hissadan qissa chiqariladi, yoki kitobxonning o’ziga xulosa chiqarish uchun qoldiriladi. Asarda to’ti obrazi orqali tarbiya jarayoni shaxsning muayyan maqsad asosida ijtimoiy hayotga tayyorlovchi tarixiy-ijtimoiy tajribaga suyangan holda olib boruvchi faoliyat jarayoni ekanligi isbotlanadi. Jumladan, to’ti obrazi orqali Xujastaning shaxsiga qissa, rivoyat va hikmatlardan foydalangan holda muntazam va tizimli ta’sir etish imkoni beriladi. Demak, tarbiya ijtimoiy hodisa bo’lib, insonning shaxs bo’lib shakllanishini ta’minlaydigan eng qadimiy va abadiy va ma’naviy qadriyatlardan biri ekanligi yana bir bor isbotlandi. Hikoyalar tarbiya qonuniyat va printsiplarining barchasini qamrab olganligi bilan xarakterlidir. Tarbiya jarayonining mohiyati vafo va sadoqatni, oila mustahkamligini saqlab qolishga qaratilgan. Asarda keltirilgan voqeabandlik tarbiyada o’z-o’zini tarbiyalash, tarbiyalash va qayta tarbiyalash sistemasini aks etgan. Ushbu sistemada to’ti tomonidan badfikrli Xujastani yo’ldan qaytarish maqsadida tarbiya va qayta tarbiyalash jarayoni kuzatiladi. Vafo, sadoqat, iff at kabi ijobiy xislatlardan namuna, o’rnak sifatida keltiriladi. Ochko’zlik, hurmatsizlik, nafs, hirs kabi illatlarning salbiy oqibatlari keltiriladi. Odatda, inson qarama-qarshiliklarni yengaverib, o’z rivojlanishini yuqori bosqichga ko’tariladi va keyingi bosqichda undan ham murakkabroq qarama-qarshiliklarni yengishga qodir mukammal faoliyat usullarini egallay di. Lekin ushbu tizimda o’z- o’zini tarbiyalash funktsiyasi faqat nafsga qaratilganligi uchun oila muqaddasligi ikkinchi o’ringa o’tadi, Xujasta muqaddas atalmish oilasidan ayriladi. Shu bilan birga asar mazmunida fozila, oqila, dono, or nomusli, farosatli, iffatli, xushfe’l, xushmuomalali ayol obrazlari hamda bir so’zli, aqlli, pahlavon, mehnatsevar, vatanparvar, olijanob erkak 163 obrazlari ham keltiriladiki, bu albatta oila mustahkamligining asosiy omili sifatida ko’rsatiladi. Quyida asar mohiyatining tahlili natijasida asosiy obrazlar mazmuni keltiriladi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling