Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI Pedagogi
Jaloliddin Rumiy. XIII asrdagi tasavvuf adabiyotining buyuk
namoyandasi, so’fiylik ta’limotining yetuk vakili Jaloliddin Rumiy hayoti va faoliyati bilan ma’naviyati yuksak ustozdir. Jaloliddin Rumiyning asl ismi Muhammad ibn Muhammad bin Husayn al- Balxiy deya qayd etiladi. U yor- u do’stlari tomonidan mavlono unvoni bilan e’zozlangan. «Jaloliddin», «Rumiy», «Mavlaviy» kabi bir necha taxalluslarga ega bo’lgan. Mavlono hijriy-qamariy 604 yili rabi’ ul-avval oyining oltinchi (melodiy 1207, 30 sentyabr) kuni «Ummul-bilod» («Shaharlar onasi») deb atalmish qadimiy Balxda yetuk voiz Bahouddin Valad xonadonida dunyoga kelgan. Mo’g’ullar 1 Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 246 б. 2 Саъдий. Гулистон. Бўстон. – Т.:2013. – 256 б. 134 istilosi davrida yoshligida oilasi bilan Balxdan chiqib ketib, oxiri Kichik Rumda umrining oxirigacha yashab ijod etgan. Uning buyuk shaxs sifatida kamol topishi, yaratgan asarlarining bebaho qiymatga ega bo’lishida o’sha davr shart-sharoiti muhim ahamiyat kasb etadi. Jaloliddin Rumiy ma’naviy merosini o’rganish uning asarlari, mazmuni va kim tomonidan yozib qoldirilganini tahlil qilishni taqozo qiladi. Rumiyning hozirgi davrgacha yetib kelgan beshta qimmatli asarlari ichida ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid qarashlar o’z ifodasini topgan «Masnaviyi ma’naviy» asari yetakchi o’rinni egallaydi. Shuningdek, «Masnaviyi ma’naviy» inson tafakkurining yuksak ko’rinishi va yuksak axloq kitobi sifatida, bugungi global iqtisodiy va siyosiy o’zgarishlar jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu asar barcha zamonlar uchun ma’naviy-axloqiy tarbiyani amalga oshirishda muhim qo’llanma bo’la oladi. Mavlaviyga «Masnaviy» burhondir, Pahlaviy alfozida Qur’ondir. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling